201-modda. Qaror qabul qilish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sud ishni nazorat tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi. Agar ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning hozir boʻlgan aʼzolaridan koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning aʼzolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
