197-modda. Protest keltirish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Protest keltirish uchun asoslar mavjud boʻlganda ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga ishni nazorat tartibida koʻruvchi sudga yuboradi.
Protestning mazmuni ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Protest keltirgan mansabdor shaxs uni protest koʻriladigan sud majlisi boshlanguniga qadar oʻzgartirish, toʻldirish yoki chaqirib olishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protest toʻldirilganligi, oʻzgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
