184-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Protestni chaqirib olish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 40-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etib, ishni kassatsiya tartibida koʻrishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Sud kassatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilsa yoki protest chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori, qaror ustidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar shikoyat qilmagan boʻlsalar, kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi.
Xoʻjalik sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
