17-modda. Sudyani rad qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va u rad qilinishi lozim:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;
2) shu ish ilgari koʻrilganida ekspert, tarjimon, prokuror, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
3) ishning pirovard natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi tarkibiga bir-biriga qarindosh boʻlgan sudyalar kirishi mumkin emas.
