168-modda. Apellyatsiya instansiyasining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudi ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrgach:
1) sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilib, yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
4) hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilib, ishni yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
5) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ushbu Kodeks 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
