15-modda. Xoʻjalik sudining tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudlarida birinchi instansiya boʻyicha ishlar sudyaning yakka oʻzi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida esa uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻriladi.
Sud raisining qarori bilan har qanday ish hayʼatda koʻrilishi mumkin.
Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida barcha ishlar xoʻjalik sudi tomonidan hayʼatda koʻriladi.
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudning tarkibi uch yoki undan ortiq toq nafar sudyadan iborat boʻlishi kerak.
Ishni koʻrish chogʻida hamma sudyalar teng huquqlardan foydalanadilar.
Ushbu Kodeksga muvofiq sudyaga ishni va ayrim masalalarni yakka tartibda hal qilish huquqi berilgan boʻlsa, u xoʻjalik sudi nomidan harakat qiladi.
