Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Chet davlat huquqi qoʻllangan taqdirda xoʻjalik sudi bu huquq normalarining mavjudligi va mazmunini ularning tegishli davlatdagi sharhlanishiga va amalda qoʻllanishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlatning huquq normalari mavjudligini va ularning mazmunini aniqlash maqsadida xoʻjalik sudi yordam berishni yoki tushuntirib berishni soʻrab, Oʻzbekiston Respublikasining hamda xorijiy davlatning vakolatli organlari va tashkilotlariga murojaat qilishi yoxud mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Agar koʻrilgan choralarga qaramay chet davlatning huquq normalari mavjudligi yoki ularning mazmuni aniqlanmasa, xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qoʻllaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-185986
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 13-modda. Chet davlat huquqini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-185981/13 (lex.uz/docs/-185986)