Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudyalar majlis zaliga kirganlarida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrinlaridan turadi. Xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini zalda hozir boʻlganlarning barchasi tik turgan holda tinglaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari xoʻjalik sudiga tik turgan holda murojaat qiladi hamda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda raislik qiluvchi xoʻjalik sudi nomidan tartibni buzgan shaxsni ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan chiqarib yuborilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-185986
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 127-modda. Xoʻjalik sudining majlisidagi tartib Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-185981/127 (lex.uz/docs/-185986)