120-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Javobgar ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun daʼvogarga qarshi daʼvo taqdim etishga haqlidir.
Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etishning umumiy qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Qarshi daʼvo quyidagi hollarda qabul qilinadi:
1) qarshi talab dastlabki talabni hisob qilishga qaratilgan boʻlsa;
2) qarshi daʼvoni qanoatlantirish dastlabki daʼvoni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman mumkin boʻlmaydigan qilib qoʻysa;
3) qarshi daʼvo bilan dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni tez va toʻgʻri koʻrishga olib kelsa.
