Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudida sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchilarining tarjimon yordamida ishga taalluqli materiallar bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish hamda oʻz ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi.
Turli davlatlarning korxona, muassasa va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik nizolari sudning ajrimiga binoan taraflar uchun maqbul tilda olib boriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-185986
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-185981/10 (lex.uz/docs/-185986)