Portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida (87-son)
04.05.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 29-maydagi 20-15-200/13-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomasi tasdiqlansin.
2. Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-may,
87-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 4-maydagi 87-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
PORTLASh XAVFI VA PORTLASh-YoNISh XAVFI BOR OBYEKTLARDA OLOVLI IShLARNI XAVFSIZ OLIB BORILIShINI TAShKIL QILISh BOʻYIChA
NAMUNAVIY YOʻRIQNOMA
Ushbu Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
Yoʻriqnoma “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining nazorati ostidagi korxonalarda sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat oshirayotganlarning tashkiliy-huquqiy va mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va jamiyatlarda qoʻllash uchun moʻljallangan.
I bob. Umumiy talablar
1. Ushbu Namunaviy yoʻriqnoma “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi korxona, tashkilotlarda, barcha tashkiliy-huquqiy va mulkdorlik shaklidan, ularning qaysi idoraga tegishligidan qatʼi nazar, portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish boʻyicha asosiy talablarni belgilaydi.
2. Korxonalardagi olovli ishlarni olib borilishida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgarlik korxonalar rahbarlariga, hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun belgilangan tartibda javobgar etib tayinlangan shaxslarga yuklatiladi.
3. Olovli ishlarga material va konstruksiyalarni, ochiq olov, uchqun paydo qilish va qizdirish bilan alanga oldirishga qodir (elektrpayvandlash, gazpayvandlash, plazma bilan kesish, benzin bilan kesish, kavsharlash ishlari, uchqun hosil qiluvchi metallarga mexanik ishlov berish va h. k.) ishlab chiqarish operatsiyalari kiradi.
4. Portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni olib borishga kamdan-kam hollarda, bu ishlar uchun ajratilgan maxsus doimiy joylarda bu ishlarni olib borish mumkin boʻlmasa va faqat obyektda yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxsning yozma ruxsatnomasi bilan (ishlab chiqarish, sex, qurilma rahbari va shu kabilar) bosh muhandis, yoki uning ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari, yoki ishlab chiqarish boshligʻi tasdiqlagan ruxsatnomasi boʻlganda, ruxsat beriladi.
Har bir korxonada texnika xavfsizligi guruhi (boʻlimi) ushbu Namunaviy yoʻriqnomaga toʻliq amal qilgan holda olovli ishlarni olib borishi kerak boʻlgan ishlab chiqarishlar, sexlar, boʻlinmalar, uchastkalar va shu kabilar roʻyxatini tuzishlari kerak. Bunday obyektlar roʻyxati hududiy yongʻin oʻchirish organi bilan kelishilgan va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
5. Ushbu Namunaviy yoʻriqnoma asosida, 1995-yil 18-sentabrda tasdiqlangan “Sanoat korxonalari yongʻin xavfsizligi Qoidalari”ni hisobga olgan holda korxonalarda ishlab chiqarishning va mahalliy sharoitning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, olovli ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqarilishi kerak. Bu yoʻriqnomalar ushbu Namunaviy yoʻriqnomaga zid boʻlmasligi kerak va ulardagi talablar ushbu Namunaviy yoʻriqnomada belgilangandan past boʻlishi mumkin emas.
6. Portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlar faqat kunduz kuni amalga oshirilishi kerak (falokat holatlaridan tashqari).
7. Ushbu Namunaviy yoʻriqnoma talablari korxona boʻlimlari tomonidan bajarilayotgan ishlarga taalluqlidir.
8. Olovli ishlarni olib borishga, ish joylarida yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari haqidagi yoʻriqnomadan (yoʻriqlashdan) oʻtgan, malaka guvohnomasiga texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha malaka guvohnomasiga, taloniga ega mutaxassislarga ruxsat beriladi.
9. Olovli ishlar ikki bosqichga boʻlinadi: tayyorgarlik va asosiy, yaʼni bevosita olovli ishlarni olib borish.
10. Olovli ishlar, faqat boʻlinma rahbari imzo qoʻygan naryad-ruxsatnoma mavjud boʻlsa va olovli ishlar bajarilayotgan korxona bosh muhandisi yoki uning ishlab chiqarish boʻyicha boshligʻi tasdiqlagan boʻlsagina, olib borilishi mumkin (ilovaga qaralsin).
Avariya holatlarida olovli ishlarni olib borish uchun naryad-ruxsatnoma, olovli ishlar bajarilishi kerak boʻlgan boʻlinma rahbari yoki uning oʻrnidagi shaxs tomonidan berilishi mumkin. Bu holatda olovli ishlar korxona bosh muhandisini va texnika xavfsizligi xizmatini xabardor qilgan holda, naryad-ruxsatnoma bergan shaxsning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.
II bob. Olovli ishlarni olib borishga ruxsatnoma
11. Olovli ishlarni olib borishga, shu jumladan falokat holatida ham, ilovadagi shakl boʻyicha naryad-ruxsatnomani yozma ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
12. Olovli ishlar olib borilayotgan joyda boʻlinma rahbari yoki uning oʻrnidagi shaxs, olovli ishlarni tayyorlashga va olib borishga javobgar shaxsni tayinlaydi, olovli ishlarni olib borishda tayyorgarlik ishlarining hajmi va miqdorini, ularning bajarish ketma-ketligini, xavfsizlik choralarini, havo muhitining nazorat tartibini va himoya vositalarini belgilaydi. Bu uning naryad-ruxsatnomasining 8-bandidagi imzosi bilan tasdiqlanadi.
13. Naryad-ruxsatnoma ikki nusxada tuziladi va unda koʻrsatilgan tadbirlarni bajarish uchun, olovli ishlarni tayyorlashga va olib borishga javobgar shaxslarga beriladi.
14. Naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan barcha tadbirlarni bajargandan soʻng, olovli ishlarni tayyorlashga va olib borishga javobgar shaxs, tegishligicha 11-bandiga oʻz imzosini qoʻyadi. Shundan soʻng olovli ishlar olib borilayotgan joydagi boʻlinma rahbari yoki uning oʻrnida ishlayotgan shaxs, bajarilgan tadbirlarning toʻliqligini tekshiradi, yongʻin xavfsizligi xizmati (zarur boʻlganda korxonaning boshqa xizmatlari) bilan oʻzaro kelishadi, naryad-ruxsatnomaga imzo qoʻyadi va uni tasdiqlash uchun korxona bosh muhandisiga, yoki uning ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosariga, yoki ishlab chiqarish boshligʻiga beradi.
15. Olovli ishlarni bajaruvchi guruh tarkibi va yoʻriqnoma oʻtilgani haqidagi belgi naryad-ruxsatnomaning 9-bandiga yozib qoʻyiladi.
16. Naryad-ruxsatnoma olovli ishlar olib boriladigan joylari birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlangandan keyin hamda yongʻin xavfsizligi talablari toʻliq bajarilgandan soʻng korxonaning yongʻin xavfsizligi xizmati bilan oʻzaro kelishiladi.
17. Naryad-ruxsatnomani texnika xavfsizligi xizmati va korxonaning boshqa xizmatlari bilan (gazdan qutqaruv xizmati, energetika va boshqalar), shuningdek oʻzaro bogʻliq sex, uchastka (ish turiga bogʻliqlik holatiga qarab) rahbarlari bilan kelishish tartibi, zaruriyat boʻlganda, korxonada ishlab chiqiladigan yoʻriqnoma bilan aniqlanadi. Topshiriq-ruxsatnomada kelishilganlik rasmiylashtirilishi kerak yoki “kerak emas” deb yozib qoʻyiladi.
18. Naryad-ruxsatnomaning bir nusxasi olovli ishlarni olib borishga javobgar shaxsda qoldiriladi, boshqasi esa — korxonadagi yongʻin xavfsizligi xizmatining olovli ishlarni tayyorlash uchun javobgar shaxsga beriladi, bu haqda jurnalga qayd etiladi.
Agarda korxonada yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlmasa, olovli ishlarni olib borishga naryad-ruxsatnomani tasdiqlagan rahbar, olovli ishlarni olib borishda yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi tadbirlarni bajarilishini tekshirish uchun korxonadagi mutaxassislar ichidan javobgar shaxsni belgilaydi. Bu vaziyatda naryad-ruxsatnoma jurnalda qayd etiladi va yuqorida koʻrsatilgan shaxsda saqlanadi.
19. Bajaruvchilar faqatgina olovli ishlarni olib borishga javobgar shaxsning ruxsati bilan olovli ishlarni bajarish uchun kirishishi mumkin.
20. Naryad-ruxsatnoma olovli ishlarning har bir turiga alohida rasmiylashtiriladi va (u) bir kunlik ish smenasi davridagini oʻz kuchiga ega. Agarda bu ishlar belgilangan muddatida tugatilmagan boʻlsa, olovli ishlar olib borilayotgan joydagi boʻlinma rahbari yoki uning oʻrnidagi shaxs tomonidan naryad-ruxsatnoma (muddati) uzaytirilishi mumkin, lekin bir smenadan — belgilangan ish vaqtidan koʻp boʻlmagan muddatga.
21. Ishlab chiqarishni toʻliq toʻxtatish bilan sexlarda toʻliq taʼmirlashni olib borilishiga va qayta taʼmirlash boʻyicha ishlarni olib borilishiga naryad-ruxsatnoma toʻliq taʼmirlash va qayta taʼmirlash boʻyicha ishlar jadvalida nazarda tutilgan muddatga rasmiylashtiriladi.
22. Korxonaning taʼmirlovchi sex ishchilar kuchi bilan yoki oʻzga (tashqi) tashkilotlar tomonidan olovli ishlar bajarilishida, olovli ishlarni olib borish uchun naryad-ruxsatnoma ushbu Namunaviy yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
23. Sigʻimlar ichida, apparatlarda, quduqlarda, kollektorlarda, zovurlarda va shu kabilarda olovli ishlarni olib borish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishda ushbu Namunaviy yoʻriqnomada va yopiq idishlarda (sigʻimlar, apparatlar, kollektorlar, xandaqlar va shu kabilar) (olovli ishlar) olib borish boʻyicha yoʻriqnomada nazarda tutilgan barcha tadbirlarning xavfsizligi hisobga olinishi kerak.
III bob. Tayyorgarlik ishlari
24. Tayyorgarlik ishlariga — asbob-uskunalarni, jihozlarni, kommunikatsiyani, konstruksiyalarni olovli ishlarga tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi ishlar kiradi.
25. Obyektni, unda olovli ishlarni olib borish uchun tayyorlash, bu ishga maxsus tayinlangan javobgar shaxs rahbarligida shu sexda ishlaydigan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, shu jumladan boshqa (chet) tashkilotlar obyektda ishlarni bajarganida ham.
26. Tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun javobgar etib, faqat ushbu obyektdagi mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun javobgar mansabdor shaxslar roʻyxati korxona, tashkilot yoʻriqnomalarida aniqlangan boʻlishi kerak.
27. Olovli ishlar olib borilayotgan joydagi boʻlinma tuzilishining rahbari yoki uning oʻrnidagi shaxs, bu ishlarni olib borilishiga va tayyorlanishiga javobgarlar bilan olovli ishlarga tayyorgarlik koʻrishda xavfli joylarni aniqlaydi, bu joylar chegarasi aniq ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar bilan koʻrsatiladi.
28. Payvandlash, qirqish, isitish va shu kabi ish joylari boʻr, boʻyoq, xatchoʻp yoki boshqa yaxshi koʻrinadigan tanishtiruvchi belgilar bilan belgilanadi.
29. Olovli ishlar olib boriladigan apparatlar, mashinalar, sigʻimlar, quvurlar va boshqa asbob-uskunalar dastlab toʻxtatilishi, portlash xavfi, portlash-yonish xavfi, yonish xavfi bor va zaharli mahsulotlardan ozod boʻlishi kerak, ular ishlab turgan apparatlardan va kommunikatsiyalardan (bu haqida tiqin-qopqoqni oʻrnatish va olish jurnalida yozib qoʻyilishi kerak) tiqin-qopqoqlar bilan uzib qoʻyilishi kerak va kimyo va neftgazni qayta ishlab chiqarish sanoati korxonalari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq taʼmirlash ishlariga tayyorlash boʻyicha tarmoq xavfsizlik qoidalari va yoʻriqnomalariga muvofiq olovli ishlarni olib borilishiga tayyorgarlik koʻrish kerak. Mashinalar va mexanizmlarni ishga tushirish uchun moʻljallangan ishlatuvchi apparatura elektr tarmoqdan uzilgan holda boʻlishi kerak va mashina va mexanizmlarning toʻsatdan ishlab ketishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar qabul qilinishi kerak.
30. Olovli ishlar olib borilayotgan joydagi maydonlar, metall konstruksiyalar, binoning konstruktiv elementlari portlash xavfi, portlash-yonish xavfi bor va yongʻin xavfi bor (chang, chirkay-yelimlar, yonuvchi suyuqliklar va materiallar va boshqalar) mahsulotlardan tozalanishi kerak.
Yonuvchi gazlar va bugʻlar boʻlishi mumkin boʻlgan kanalizatsiya bilan bogʻliq toʻkiladigan quyishi voronkalar, lotoklardan chiqish joyi va boshqa uskunalar berkitilishi kerak. Olovli ishlar olib boriladigan joyda uchqun uchishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinishi kerak.
31. Olovli ishlar olib boriladigan joylar birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari (yongʻin oʻchirgichlar, qum toʻldirilgan quti, belkurak va boshqa yongʻin oʻchirish asbob-anjomlar) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Olovli ishlar olib boriladigan joylarida bevosita ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari mavjud boʻlsa, yongʻin oʻchirish dastak va yengni ichki yongʻini joʻmrakka ulangan holda ishlar olib borilayotgan joyga olib kelingan boʻlishi lozim.
IV bob. Olovli ishlarni olib borish
32. Olovli ishlarni olib borish uchun sexdagi muhandis-texnik ishchilardan ushbu vaqtda texnologik jarayonlarni olib borish bilan band boʻlmagan va portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borish qoidalarini biladigan javobgar shaxs tayinlanishi kerak.
33. Olovli ishlarga, havo muhitida yonuvchi moddalar boʻlmaganda va miqdori amaldagi sanitariya meʼyorlari boʻyicha ruxsat berilgan miqdoridan yuqori boʻlmagan zaharli moddalar (yonuvchi, portlash xavfiga aloqadorlardan tashqari) mavjudligida boshlashga ruxsat beriladi.
34. Olovli ishlar olib borilish vaqtida koʻrsatilgan ishlar olib boriladigan apparatlarda, kommunikatsiyada va xavfli joyda havo muhitining holati nazoratini vaqti-vaqti bilan amalga oshirish kerak.
35. Agarda olovli ishlar olib borilayotgan apparat yoki quvurlar ichida, xavfli joyda yonuvchi moddalar miqdori oshgan paytda, tezda (olovli ishlar) toʻxtatilishi kerak, gazlanish sabablari aniqlangandan, va faqat bartaraf etilgandan va havo muhitining meʼyori tiklangandan soʻnggina davom ettirilishi kerak.
36. Sexning texnologik xodimlari tomonidan olovli ishlar olib borilgan vaqtda, havo muhitiga portlash xavfi, portlash-yonish xavfi va yonish xavfi bor moddalarning ajralib chiqishiga imkon bermaydigan choralar qabul qilinishi kerak.
Olovli ishlar olib borilayotgan joylarda gazlanishi va changlanishi sababli yongʻin va portlash keltirib chiqarishini imkon beruvchi ishlarga: apparatlarning lyukini va qopqoqlarini ochishga, yuklarni tushirishga, ortiq yuklarni ortishga va mahsulotlarni toʻkishga ruxsat berilmaydi.
37. Portlash xavfi, portlash-yonish xavfi va yonish xavfi bor joylarda ishlashda, u yerda yonuvchi gaz va bugʻlarning uchib ketishi ehtimoli boʻlsa, uchqun bermaydigan materialdan tayyorlangan instrumentlarni ishlatish kerak.
38. Olovli ishlarni boshlashdan avval, olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxs bajaruvchilar bilan ushbu obyektda olovli ishlarni olib borishda xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazadi. Yoʻriqnoma olib borilishi, olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxs va bajaruvchilarning naryad-ruxsatnomadagi imzolari bilan tasdiqlanadi.
39. Olovli ishlarga tayyorgarlik koʻrish uchun, javobgar shaxsdan asbob-uskunalarni qabul qilgandan soʻng va ob-havo muhitining 33-bandi talablariga muvofiq qoniqarli holatda boʻlganida, olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxsga olovli ishlarni (amalga oshirishni) bajarishga ruxsat beriladi.
40. Olovli ishlar, ushbu Namunaviy yoʻriqnoma talablaridan cheklanishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanganda, naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilinmaganida, shuningdek xavfli vaziyat sodir boʻlganida, tezda toʻxtatiladi.
41. Taʼmirlash-montaj ishlarini tamomlaganidan soʻng, kislorod va yonuvchi gaz bilan ballonlarni xonada qoldirishga ruxsat berilmaydi. Ballonlarni ularning doimiy saqlash joylariga yuborish kerak.
42. Taʼmirlash ishlarini toʻgallanganidan soʻng, apparatlardagi va quvurlardagi buzilgan issiqlik izolatsiyasini tiklash kerak.
43. Bino, sex yoki xonada yongʻin xavfsizligi uchun javobgar mansabdor shaxs, olovli ishlarni olib borish joylarini ular tugagandan soʻng 3 — 5 soat davomida sinchiklab tekshirilishini taʼminlashi shart.
V bob. Rahbarlar va bajaruvchilarning majburiyatlari va javobgarligi
44. Olovli ishlarni olib borish uchun ruxsatnomani tasdiqlagan javobgar shaxs ushbu Namunaviy yoʻriqnomaga muvofiq chora-tadbirlarning bajarilishini tashkil qilishga majburdir.
45. Olovli ishlar olib borilayotgan joydagi boʻlinma tuzilmasining rahbari yoki uning oʻrnidagi shaxs, quyidagilarga majburdir:
olovli ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va ularni bajarilishini taʼminlaydi;
olovli ishlarni tayyorlash va olib borish uchun javobgar shaxsni, portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni olib borish qoidalarini va tayyorlash sharoitlarini biladigan muhandis-texnik ishchilar tarkibidan tayinlaydi;
olovli ishlarni boshlashdan oldin naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bajarilganligini tekshiradi;
olovli ishlarni olib borish davrida ushbu Namunaviy yoʻriqnoma talablariga rioya qilish boʻyicha nazoratni taʼminlaydi;
olovli ishlar olib borilayotgan joyda va ish jarayonida xavf tugʻdiradigan joyda havodagi muhit nazoratni tashkil qilishi va havoning namunasini tanlab olish davriyligini belgilaydi;
olovli ishlarni olib borishda naryad-ruxsatnomani yongʻin xavfsizligi xizmati, zaruriyat boʻlganida korxonaning boshqa xizmatlari va oʻzaro bogʻliq sex, uchastka rahbarlari bilan kelishishini taʼminlaydi;
46. Olovli ishlar olib borishga asbob-uskunalar va kommunikatsiyani tayyorlash uchun javobgar shaxs, quyidagilarga majburdir:
naryad-ruxsatnomada koʻrsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishini tashkil etadi;
naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishining toʻliqligini va sifatini tekshiradi;
olovli ishlar olib borilayotgan joyda va xavfli joyda havo muhitining tahlilini oʻz vaqtida olib borilishini taʼminlaydi;
olovli ishlar olib borish vaqti, kommunikatsiya yoʻllarining uzib qoʻyilishi va shu kabilar haqida oʻzaro bogʻliq (texnologik bogʻliq) boʻlinma rahbarlarini ogohlantiradi.
47. Olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxs, quyidagilarga majburdir:
olovli ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini tashkil qilishi;
olovli ishlarni bajaruvchilar bilan naryad-ruxsatnomaning 9-bandida nazarda tutilgan instruktaj oʻtkazishi;
olovli ishlarni bajaruvchilarda (payvandlovchi, qirquvchi) yongʻin va texnikasi xavfsizligi boʻyicha malaka guvohnomasi va taloni mavjudligini tekshirishi, ularni (olovli ishlarni) bajarish uchun asbob-uskunalar va vositalar sozligini va toʻliqligini (jamlanganligini), hamda ishlarni olib borishda maxsus kiyim-bosh, oyoq-kiyimlar va himoya toʻsiqlari bilan sharoitga muvofiqligini taʼminlaydi va tekshiradi;
olovli ishlar olib boriladigan joylarini birlamchi yongʻin oʻchirish vositalar bilan taʼminlashi — ishchi va xizmatchilarni qoʻshimcha shaxsiy himoya vositalari (protivogaz, qutqarish kamarlari, arqonlar va boshqalar) bilan taʼminlaydi hamda ulardan foydalanishini nazorat ostiga oladi;
olovli ishlar olib borilayotgan joyda boʻlishi kerak, bajaruvchilarning ishlarini nazorat qiladi;
olovli ishlar olib borilayotgan joydagi havo muhitining holatini bilishi kerak va zaruriy vaziyatda ishlarni toʻxtatishi kerak;
tanaffusdan soʻng olovli ishlar qayta boshlanganda, ishlar olib borilayotgan joyni va asbob-uskunalar holatini tekshirishi kerak, xonada (binoda) va apparatlarda havo muhiti tahlilining qoniqarli xulosasini olganidan soʻnggina ishlarni olib borishga ruxsat beradi;
olovli ishlar olib borilishi tugaganidan soʻng, ishlar oʻtkazilgan joyda alanga paydo boʻlishi manbaalari yoʻqligini tekshirishi kerak.
48. Smena boshligʻi (smena rahbari, smena ustasi) quyidagilarni bajarishga majburdir:
obyektda olovli ishlar olib borilishi haqida smena xodimlarini ogohlantiradi;
olovli ishlar olib borish vaqtida yongʻin, portlash paydo boʻlish imkoniyatlarini va ishchilarning jarohatlanishini oldini olib, texnologik jarayonni olib borilishini taʼminlaydi;
obyektda olovli ishlarni olib borilishi haqida smenani qabul qilish va topshirish jurnaliga bajarilgan ishlarni yozib qoʻyadi;
olovli ishlar tugaganidan soʻng, olovli ishlar olib borilishi uchun javobgar shaxs bilan birgalikda alanga olish imkonini yoʻqotish maqsadida, olovli ishlar olib borilgan joylarni tekshiradi va 3 soat davomida yongʻin oʻchogʻi paydo boʻlishining eng qulay joyida smena xodimlari bilan nazorat qilinishini taʼminlaydi.
49. Olovli ishlarni bajaruvchilar quyidagilarga majburdir:
yongʻin xavfsizligi boʻyicha malaka guvohnomasini va talonini oʻzida olib yurishi;
olovli ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha instruktaj olishi va naryad-ruxsatnomaga imzo qoʻyishi kerak, pudratchi (tashqi) tashkilot bajaruvchilari esa maxsus yoʻriqnomani qayd etish jurnalida yozib qoʻyish bilan ushbu sex, smena boshligʻidan (masteridan-ustasidan) olovli ishlar olib borilishida texnika xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha instruktaj olishi kerak;
olovli ishlar olib borilishi nazarda tutilgan joyda, ishlar hajmi bilan tanishishi kerak;
olovli ishlarni olib borish uchun faqat javobgar shaxsning koʻrsatmasi bilan olovli ishlarni boshlashi kerak;
naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilishi; faqat naryad-ruxsatnomada koʻrsatilgan olovli ishlarni bajarish; ish vaqtida sozlangan asbob-uskunalarni ishlatishi;
himoya vositalaridan foydalanishni bilishi va zaruriyat boʻlganda oʻz vaqtida ularni ishlatishi;
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanishni bilishi va yongʻin sodir boʻlgan vaziyatda tezda oʻt oʻchirish qismini chaqirish choralarini qabul qilishi va alangani bartaraf qilish uchun kirishishi kerak;
olovli ishlar tugatganidan soʻng, ular olib borilgan joylarni diqqat bilan koʻrib chiqishi hamda yongʻin, jarohatlanish va falokatlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tartibsizlik aniqlanganda, ularni bartaraf qilishi;
xavfli vaziyatlar paydo boʻlganda olovli ishlarni toʻxtatishi kerak.
50. Olovli ishlarni olib borishga naryad-ruxsatnomani tasdiqlagan shaxs, yoki uning oʻrnidagi shaxs, yoki smena boshligʻi (ustasi), olovli ishlarni tayyorlash, olib borish uchun javobgar shaxs, bajaruvchilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgardir.
VI bob. Yakuniy qoidalar
51. Ushbu Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi, “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi IIV yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi A.GʻULOMOV
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U. NAZAROV
Oʻzbekiston Respublikasi IIV yongʻin xavfsizligi Bosh boshqarmasining boshligʻi A. ISLOMOV
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi Gʻ. IBRAGIMOV
