Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (241-son)
24.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandiga muvofiq, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha summasi bir milliard soʻmgacha tuziladigan shartnomalarida 30 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Mazkur tartib ilovada keltirilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-avgust,
241-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qaroriga ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari
ROʻYXATI*
* Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha birja savdolarida sotish oldindan toʻliq haq toʻlash yoki chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlarida amalga oshiriladi.
