Ushlangan transport vositalari hisobi shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida (2252-son)
08.08.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2252]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 207-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Ushlangan transport vositalari hisobi shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-iyul,
99-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 6-iyuldagi 99-son buyrugʻiga ILOVA
Ushlangan transport vositalari hisobi
shakli
Izoh: mazkur kitob tuman-shahar IIB kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazilgan va ip oʻtkazilib tikilgan boʻlishi lozim. Har oyning yakuni boʻyicha maʼlumotlar jamlanib, tuman-shahar IIB YHXB(G)lariga taqdim etib boriladi. Hisob toʻgʻri yuritilishi uchun transport vositalarini saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar javobgar boʻladi.
