84-modda. Bojxona chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona hududiga tovarlar va transport vositalarini olib kirishda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan tovarlar va transport vositalarini olib kirishda tashuvchi bojxona chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisida bojxona organini xabardor qiladi.
Tovarlar va transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaxs bu tovarlar va transport vositalarini olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi xabarnomani qayd etadi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar hamda transport vositalari keltirilishi lozim boʻlgan vaqt va joyni tayin qiladi. Agar tovarlarni olib oʻtuvchi shaxs ushbu xabarni yetkazmasa, bu vazifa tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu moddaning talablari Oʻzbekiston Respublikasining hududida joylashgan port yoki aeroportda toʻxtamay bojxona hududini kesib oʻtadigan dengiz, daryo va havo kemalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
