75-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi va vaqti
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi faoliyat koʻrsatadigan zonadagi shu maqsad uchun ajratilgan, tovarlarni joʻnatuvchi yoki oluvchi yoxud ularning tarkibiy boʻlinmasi joylashgan yerlarda bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.
Manfaatdor shaxsning yozma iltimosnomasiga binoan uning hisobidan va bojxona organining roziligi bilan bojxona rasmiylashtiruvi boshqa joylarda va bojxona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona organlari joylashgan yerlarda emas, bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarini, uskunalar hamda aloqa vositalarini bepul berib qoʻyadilar.
