42-modda. Bojxona nazorati zonalari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari boʻylab, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi.
Bojxona nazorati zonalarini tuzish va belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari orqali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib oʻtishga bojxona organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi.
