Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlar qaror ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilinadi. Musodara qilish buyumning bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs mulki yoki mulki emasligidan, shuningdek bu shaxsning turgan joyi aniqlangan yoki aniqlanmaganidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Tovarlar va transport vositalarini musodara qilishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslardan undirib olinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-184746
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 195-modda. Musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-184744/195 (lex.uz/docs/-184746)