180-modda. Bojxona tekshiruvi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida dalillarni aniqlash va ularni qayd etish, ishga ahamiyati boʻlgan boshqa holatlarni aniqlash uchun joyni, hududlarni, binolarni, transport vositalarini, ashyolarni va hujjatlarni bojxona tekshiruvidan oʻtkazishga haqli.
Bojxona tomonidan koʻzdan kechirish hududi, binosi, transport vositasi, ashyolari va hujjatlari koʻzdan kechirilayotgan shaxs (uning vakili), kamida ikki xolis, zarur hollarda esa — mutaxassislar ishtirokida oʻtkaziladi.
Bojxona tomonidan koʻzdan kechirishni oʻtkazishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
