178-modda. Tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlarni olib qoʻyish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona nazorati, koʻzdan kechiruvi paytida topilgan huquqbuzarlik quroli yoki bevosita buyumi boʻlgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xolislar hozirligida olib qoʻyiladi.
Olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar ish koʻrib chiqilgunga qadar bojxona organlari belgilagan joylarda saqlanadi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda jarima hamda tovarlar va transport vositalarining qiymati undirilishini taʼminlash uchun huquqbuzardan, agar u Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmasa va yuridik shaxsdan — agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududida filial yoki vakolatxonaga ega boʻlmasa, tovarlar va transport vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasi va valyuta boyliklari olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tovarlar, transport vositalari va boshqa ashyolarni olib qoʻyishning imkoni boʻlmagan taqdirda ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish taqiqlanadi, ularning saqlanishi esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taʼminlanadi.
