16-modda. Bojxona rejimlarining turlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Quyidagi turdagi bojxona rejimlari (bundan buyon matnda rejim) belgilanadi:
1) erkin muomalaga chiqarish (import);
2) reimport;
3) eksport;
4) reeksport;
5) tranzit;
6) vaqtincha olib kirish (olib chiqish);
7) vaqtincha saqlash;
8) bojxona ombori;
9) erkin bojxona zonasi;
10) erkin ombor;
11) boj olinmaydigan savdo doʻkoni;
12) bojxona hududida qayta ishlash;
14) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
15) yoʻq qilish;
16) davlat foydasiga voz kechish.
Shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga oʻzgartirishga haqli.
Rejimlarning qoʻllanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
