105-modda. Bojxona yigʻimlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Quyidagi harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda bojxona yigʻimlari undiriladi:
tovarlar va transport vositalarini, shu jumladan kuzatuvchisiz bagajda, xalqaro pochta joʻnatmalari va yuklarda olib oʻtilayotgan notijorat maqsadlaridagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun;
tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun;
tovarlar va transport vositalarini bojxona organlari egaligidagi bojxona omborlari va vaqtincha saqlash omborlarida saqlaganlik uchun;
tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun.
