103-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona toʻlovlari toʻlanadi:
boj;
qoʻshilgan qiymat soligʻi;
aksiz soligʻi;
bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bogʻliq ruxsatnomalarni berganlik uchun yigʻimlar;
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻimlar;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimi;
tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi;
tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yigʻimi;
dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun haq.
Qonun hujjatlarida boshqa bojxona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin.
