Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2112-1-son)
02.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2112-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) va “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 6-maydagi 39-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2112, 2010-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010y., 24-25-son, 203-modda) bilan tasdiqlangan Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-iyun,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 20-iyundagi 36-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini boshqarish — budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida respublika va hududiy gʻazna hisobvaraqlaridagi (yagona gʻazna hisobvaragʻidagi) hamda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi valyuta hisobvaraqlaridagi (milliy va xorijiy valyutadagi) pul mablagʻlarini boshqarish;
respublika va hududiy gʻazna hisobvaraqlari (bundan keyingi oʻrinlarda — RGʻH va HGʻH deb yuritiladi) — tegishli budjetlar uchun ochilgan, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaraqlari boʻlib, bu hisobvaraqlarga Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari kiritiladi. Davlat budjetining gʻazna ijrosiga toʻliq oʻtilganidan hamda RGʻH va HGʻH birlashtirilganidan soʻng barcha operatsiyalar yagona gʻazna hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yagona gʻazna hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — YaGʻH) — Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaragʻi boʻlib, bu hisobvaraqqa Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari kiritiladi”;
toʻrtinchi—oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshida:
“pul mablagʻlarining” soʻzlaridan oldin “(milliy va xorijiy valyutadagi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“hududiy (respublika) gʻazna hisobvaraqlari” soʻzlari “RGʻH va HGʻH (YaGʻH)” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning uchinchi xatboshisidan “oyda ikki marta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ustuvor yoʻnalishlarni (budjetdan mablagʻ oluvchilar va xarajatlar turlarining ustuvor yoʻnalishlarini) aniqlash tegishli Gʻaznachilik boʻlinmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻrnatilgan ustuvorliklar, shuningdek oylik daromadlar tushumi prognozi va tasdiqlangan oylik xarajatlar yoyilmasi asosida Gʻaznachilik boʻlinmalari budjetdan mablagʻ oluvchilarga XTRlar beradi”.
4. 8-bandda:
birinchi xatboshi “pul mablagʻlarini” soʻzlaridan oldin “(milliy va xorijiy valyutadagi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“RGʻH va HGʻH (YaGʻH)dagi hamda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi valyuta hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlaridan samarali foydalanish”.
5. 10-bandda “HGʻH (RGʻH)ga” qisqartmalari “RGʻH va HGʻH (YaGʻH)” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
6. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Respublika budjetidan (mazkur Nizomning 4a-ilovasiga muvofiq) va mahalliy budjetlardan (mazkur Nizomning 4b-ilovasiga muvofiq) moliyalashtiriladigan budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun XTRlarni berish qoida tariqasida oyda bir marta amalga oshiriladi”.
7. 14-band “ish haqidan ajratmalar” soʻzlaridan keyin “kapital qoʻyilmalari xarajatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. XTRlar respublika budjetidan moliyalashtiriluvchi budjetdan mablagʻ oluvchilarga mazkur Nizomning 6-ilovasidagi, mahalliy budjetlardan moliyalashtiriluvchi budjetdan mablagʻ oluvchilarga esa mazkur Nizomning 7-ilovasidagi shakl boʻyicha joriy kassa rejalariga asosan shakllantirilishi mumkin.
Bunda, agarda daromadlar tushumi tegishli oyning oxirida kutilsa, XTRlar daromadlarning haqiqiy tushumiga qarab beriladi”.
9. 19-banddan “hududiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
10. Nizomga 1a—7-son ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1—12-son ilovalaridagi tahrirga muvofiq bayon etilsin.
11. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2011-yil 20-iyun
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2011-yil 20-iyun
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
* Davlat budjeti, respublika budjeti, QR, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) budjeti.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1b-ILOVA
* Davlat budjeti, respublika budjeti, QR, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) budjeti.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
* Daromadlar nomi budjet tasnifiga muvofiq.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2b-ILOVA
* Hisobot oyining 3 sanasiga taqdim qilinadi.
** Daromadlar nomi budjet tasnifiga muvofiq.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2v-ILOVA
* Hisobot oyining 3 sanasiga taqdim qilinadi.
** Daromadlar nomi budjet tasnifiga muvofiq.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
* Daromadlar nomi budjet tasnifiga muvofiq.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3b-ILOVA
* Hisobot oyining 3 sanasiga taqdim qilinadi.
** Daromadlar nomi budjet tasnifiga muvofiq.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 8-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ILOVA
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 9-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4b-ILOVA
*Agar XTR tuman (shahar) Gʻaznachilik boʻlinmalarida berilgan boʻlsa, uni tuman (shahar) Gʻaznachilik boʻlinmasi moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish guruhi mutaxassisi imzolaydi.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 10-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Moliya yiliga XTR berilishi mumkin boʻlgan xarajatlar
ROʻYXATI*
*Moddalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻiga asosan aniqlashtirilishi mumkin.”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 11-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
* 26-satr summasi 6-satr summasidan kam yoki teng boʻlishi kerak”.
Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 12-ILOVA
“Davlat budjetining pul mablagʻlarini rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
* Budjet subvensiyasi, dotatsiyasi, ssudasi, budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar viloyat budjeti uchun, agar viloyat budjeti tuman (shahar) budjetiga mablagʻlar bergan hollarda, xarajat hisoblanadi.
** Budjet subvensiyasi, dotatsiyasi, ssudasi, budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar tuman budjeti uchun, agar tuman (shahar) budjeti viloyat budjetidan mablagʻlar olgan hollarda, daromad hisoblanadi.
*** 34-satr summasi 6-satr summasidan kam yoki teng boʻlishi kerak.”.
