Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan tovarlar (mahsulotlar)ni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish haqida (901-4-son)
28.07.2011
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 901-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 18-son, 178-modda) asosida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. “Oʻzdavstandart” tomonidan 1999-yil 10-dekabrda 06/972-son va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 21-yanvarda 02/16-09-son bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 901, 2000-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 4-son) Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan tovarlar (mahsulotlar)ni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur oʻzgartishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-iyun,
P-1-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-iyun,
01-02/16-10-son
