Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2242-son)
08.07.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2242]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Direktor B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-iyul,
01-222/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2011-yilning 6-iyuldagi 01-222/1-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
2. Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli oʻtkazish masʼuliyati, mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, taʼlim muassasalari qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyalari deb yuritiladi) raislari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
3. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlmagan shaxslarning test sinovlari oʻtkaziladigan binolarga kirishi taqiqlanadi.
4. Test sinovlari kunduzgi va maxsus sirtqi boʻlimlar uchun 1-avgustda oʻtkaziladi.
II bob. Test sinovlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish
1-§. Qabul komissiyalarini tashkil etish va ularning vazifalari
5. Taʼlim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.
6. Qabul komissiyasi raisi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida qabul komissiyasining ish rejasi tasdiqlanadi.
7. Qabul jarayonini yuqori darajada uyushqoqlik bilan, tartibli ravishda tashkil etish, test jarayonining xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda test sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlar va ularning ota-onalariga toʻliq maʼlumotlar berish qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
8. Qabul komissiyalari 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qiladi va hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida abituriyentlarga belgilangan shaklda tilxat beradi.
9. Qabul komissiyasi qabul jarayoni boshlangan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, mazkur Nizom, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli va tili boʻyicha qabul kvotalari, test oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati hamda ixtisoslik boʻyicha ijodiy imtihon topshiriladigan taʼlim yoʻnalishlarini qabul komissiyasining eʼlonlar taxtasiga joylashtirishi lozim.
10. Qabul komissiyalari test sinovlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni mazkur bobning 2-paragrafida belgilangan tartib boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish uchun tayyorlaydi.
11. Qabul komissiyasi hujjat topshirgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni hujjat topshirilgan kunning oʻzida qayd daftarlariga va Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan “ABT-Abitur” dasturi orqali bazaga xatosiz kiritadi va ularni elektron suratlari bilan birga Davlat test markaziga taqdim etib boradi.
“ABT-Abitur” dasturi orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, taʼlim turi, taʼlim muassasasining nomi, fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tugʻilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, taʼlim olgan taʼlim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma) raqami, diplom (shahodatnoma)dagi oʻrtacha bali, muddatli harbiy xizmatni tugatganlar uchun harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasi hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalar gʻolibi ekanligi haqida maʼlumot (agar shunday hujjatlar boʻlsa), toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va I guruh koʻzi ojiz nogironligi toʻgʻrisida maʼlumot, oʻquv tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usuli kiritiladi.
12. Taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish shakli va tili boʻyicha taʼlim muassasasiga topshirilgan hujjatlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari gʻoliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega boʻlgan hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va I guruh koʻzi ojiz nogiron abituriyentlar tomonidan topshirilgan hujjatlar haqidagi maʼlumotlar abituriyentlar va ota-onalar eʼtibori uchun qabul komissiyasi tomonidan har kuni eʼlon qilib boriladi.
13. Qabul komissiyasi test sinovlarini samarali tarzda oʻtishini taʼminlash maqsadida Davlat test markazi vakillari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida amaliy seminar mashgʻulotlarini oʻtkazadi.
14. Qabul komissiyasi 20-iyulgacha boʻlgan muddatda mazkur Nizomning 1-ilovasi 1 — 5-shakllari boʻyicha maʼlumotlarni qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi va ushbu hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritishi qatʼiyan man qilinadi.
15. Qabul komissiyasi 17-iyulda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi titul varaqalari va mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi abituriyent ruxsatnomalarini Davlat test markazidan qabul qilib olib, abituriyentlarga taalluqli maʼlumotlarni printerda xatosiz chop etadi.
16. Qabul komissiyasi 17-iyul kuni mazkur Nizomning 4-ilovasi 1-shakliga muvofiq taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha guruhlangan abituriyentlar sonining binolar va guruhlar boʻyicha taqsimotini mazkur Nizomning 1-ilovasi 1-shakli boʻyicha tayyorlangan abituriyentlardan kelib tushgan arizalar haqidagi maʼlumotlar va mazkur Nizomning 4-ilovasi 2-shaklidagi abituriyentlarning auditoriyalardagi oʻtirish oʻrinlari soni haqidagi maʼlumot bilan taqqoslab, Davlat test markaziga taqdim etadi va 24-iyulda abituriyentlarning binolar va guruhlar boʻyicha umumiy roʻyxatini mazkur Nizomning 4-ilovasi 3-shakli boʻyicha Davlat test markazidan qabul qilib oladi.
17. Qabul komissiyasi 27-iyulga qadar mazkur Nizomning 5-ilovasi 1-shakli boʻyicha koʻzi ojiz abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi maʼlumotlarni, 1-avgustda mazkur Nizomning 5-ilovasi 2 va 3-shakllari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va chet tili imtihonlari natijalarini Davlat test markaziga taqdim etadi va abituriyentlarning eʼtibori uchun maʼlumot sifatida eʼlon qiladi hamda ushbu maʼlumotlarning oʻzgarmasligini taʼminlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining abituriyentlarlarni talabalar safiga oʻtkazish haqidagi qarori chiqmaguncha eʼlonlar taxtasidan olmasligini taʼminlaydi.
Qabul komissiya shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 4-ilovasi 4-shakliga muvofiq abituriyentlarning umumiy roʻyxatini, shuningdek mazkur Nizomning 6-ilovasi 1—5-shakllariga muvofiq test oʻtkaziladigan binolarning reja-chizmasi, taʼlim muassasasi boʻyicha binolarning joylashish sxemasi, har bir bino uchun asosiy sxema va test sinovlari uchun moʻljallangan qavat boʻyicha auditoriyalarning joylashish sxemasi hamda test sinovlari oʻtkaziladigan binolar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotni eʼlon qiladi va ushbu maʼlumotlarni Davlat test markazi vakillariga yetkazadi.
18. Qabul komissiyasi 28-iyuldan boshlab test sinovlari oʻtkaziladigan binolarda mazkur Nizomning 7-ilovasi 1-shakli boʻyicha abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnoma”sini tarqatadi.
19. Qabul komissiyasi 30-iyul kuni Davlat test markazidan mazkur Nizomning 7-ilovasi 2-shakli boʻyicha ikki nusxada abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatini qabul qilib oladi.
20. Qabul komissiyalari harbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili, javoblar varaqasi raqami koʻrsatilgan holda 1-avgust kuni mazkur Nizomning 5-ilovasi 4-shakli boʻyicha Davlat test markazi orqali Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi boʻlimlar uchun taqdim etadilar.
Qabul komissiyalari toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar boʻlgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili, javoblar varaqasi raqami koʻrsatilgan holda 1-avgust kuni mazkur Nizomning 5-ilovasi 5-shakli boʻyicha Davlat test markazi orqali Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi boʻlimlar uchun taqdim etadilar.
21. Qabul komissiyasi test sinovlari oʻtkaziladigan kuni soat 5.30 gacha nazorat xizmati postlariga bino hududiga kirishga ruxsat berilgan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining roʻyxatini topshiradi.
22. Qabul komissiyasi test sinovlari oʻtkaziladigan kuni soat 7.00 gacha abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatini va abituriyentlarning guruhlar boʻyicha titul varaqalari solingan paketni Davlat test markazining bino boʻyicha vakiliga (bundan buyon matnda bino boʻyicha vakil deb yuritiladi) topshiradi.
23. Qabul komissiyasi test sinovlari tugagandan keyin test materiallarini belgilangan tartibda feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirilishini taʼminlashi shart.
24. Qabul komissiyasi Davlat test markazidan test sinovi natijalari bilan birga barcha titul varaqalarini tekshirib qabul qilib oladi va olingan kuni test natijalarini taʼlim muassasasida eʼlon qiladi hamda abituriyentlar va ularning ota-onalariga test natijalari boʻyicha toʻliq maʼlumotlar beradi.
25. Qabul komissiyasiga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi zimmasiga yuklatiladi.
2-§. Test sinovlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni test sinovlariga tayyorlash
26. Test sinovlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni test sinovlariga tayyorlash boʻyicha javobgarlik qabul komissiyalari zimmasiga yuklatiladi.
27. Qabul komissiyalari joriy yilda test sinovlariga qatnashadigan abituriyentlar sonini oʻtgan yilga nisbatan yigirma foiz qoʻshgan holda rejalashtiradi. Test sinovlari oʻtkazish talablariga javob beradigan bino va auditoriyalarning hududlar boʻyicha maʼlumotlar bazasidan test jarayonida foydalanish uchun tanlaydi.
28. Test sinovlari oʻtkaziladigan binolari reja-chizmasi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangandan keyin haqiqiy hisoblanadi.
29. Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar hududiy joylashuvi boʻyicha test materiallarini oʻz vaqtida va xavfsizligi taʼminlangan holda yetkazish hamda Davlat test markazining taʼlim muassasasi boʻyicha vakilining test sinovlari jarayonida nazorat qila olishi uchun bir-biriga yaqin boʻlishi kerak.
30. Test sinovlarini tartibli oʻtkazish uchun bino joylashgan hudud oʻralgan boʻlishi kerak.
31. Test oʻtkaziladigan bino sigʻimi kamida 360 nafar abituriyentga moʻljallangan boʻlishi lozim.
32. Har bir binoda abituriyentlarni tartibli va oʻz vaqtida kiritish uchun kirish eshigida nazorat xizmati postlari tashkil etilgan boʻlishi shart.
33. Har bir binoda test materiallarini tarqatish va yigʻib olish uchun moʻljallangan maxsus katta xona (shtab) tayyorlanadi va Davlat test markazining vakillari uchun yetarli miqdorda stol-stullar, statsionar telefon aloqasi va hujjatlarni test jarayonida saqlash uchun seyf bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
34. Test oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarning holati sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi shart.
35. Har bir qavatda kamida 180 nafar abituriyentlar uchun moʻljallangan 12 tagacha auditoriyalar tashkil etilishi hamda ushbu auditoriyalar Davlat test markazining qavat boʻyicha vakili (bundan buyon matnda qavat boʻyicha vakil deb yuritiladi) tomonidan nazorat qila oladigan masofada joylashgan boʻlishi lozim.
36. Taʼlim muassasasi boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan auditoriyalar raqami bino raqamining oʻsishi tartibida, bino boʻyicha yuqori qavatdan pastki qavatga kamayishi tartibida, auditoriyalarning tartib raqami ketma-ketligi guruhlar tartib raqamining ketma-ketligi bilan bir xil boʻlishi hamda test sinovlari qaysi binoda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, takrorlanmasligi kerak.
37. Har bir auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlari soni 30 yoki 60 nafar abituriyentga moʻljallangan boʻlishi kerak hamda auditoriyalar yetarli miqdorda stol-stullar va test materiallarini tarqatish va qabul qilish uchun alohida stol bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
38. Test oʻtkaziladigan har bir auditoriyani tayyorlashda yorugʻlik tushish, shamollatish, abituriyentni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
39. Auditoriyalar xonadan-xonaga oʻtiladigan boʻlmasligi va ular bir nechta shartli auditoriyalarga boʻlinmasligi, shuningdek undagi stol-stullar boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallanmagan boʻlishi lozim.
40. Barcha auditoriyalardagi abituriyentlarning oʻtirish oʻrinlari raqamlangan boʻlishi lozim. Bunda toq qatorlar chapdan oʻnga, juft qatorlar oʻngdan chapga qarab raqamlanadi.
41. Auditoriyalarning eshiklariga qavat, guruh, taʼlim yoʻnalishi shifri va abituriyentlar soni yozilgan koʻrsatkichlar ilib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
42. Har bir test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoda test jarayoni uchun zarur boʻlgan axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan boʻlishi shart.
43. Har bir auditoriya soat, boʻr, yozuv taxtasi (doska), yelim, ichimlik suvi hamda abituriyentlar, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari soniga teng miqdorda havorang pastali sharikli ruchkalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
44. Auditoriyalarda test sinovlari topshiriladigan fanlarga taalluqli boʻlgan koʻrgazmali vositalar boʻlmasligi lozim.
45. 31-iyul kuni test sinovlari oʻtkaziladigan barcha binolarda nusxa koʻchirish vositalari saqlanadigan va test sinovlari oʻtkazilmaydigan auditoriyalar hamda qavatlarning kirish-chiqish eshiklari bino boʻyicha vakil ishtirokida yopib muhrlanishi lozim.
46. Test oʻtkaziladigan auditoriyalar sifatida oshxona, yoʻlak (koridor) va shunga oʻxshagan xonalardan foydalanish taqiqlanadi.
47. 30 nafar abituriyent uchun moʻljallangan auditoriyaga 1 nafar auditoriya rahbari va kamida 1 nafar kuzatuvchi hamda 60 nafar abituriyent uchun moʻljallangan auditoriyaga 1 nafar auditoriya rahbari va kamida 2 nafar kuzatuvchi biriktiriladi.
48. Taʼlim muassasasi boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan binolar haqidagi dastlabki maʼlumotlar ushbu paragrafda koʻrsatib oʻtilgan talablar asosida shakllantirilib, binolarning test sinovlari oʻtkazish uchun yaroqliligi boʻyicha tegishli idoralardan ruxsat olinganidan keyin 1-iyuldan kechiktirilmasdan mazkur Nizomning 4-ilovasi 2-shakli va 6-ilovasi 1—5-shakllari boʻyicha Davlat test markaziga taqdim etilishi lozim.
3-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishda Davlat test markazining asosiy vazifalari
49. Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi vazifalarni bajaradi:
test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini taʼminlaydi;
test materiallarini test sinovlari oʻtkaziladigan kunda soat 6.00 dan kechikmasdan, yetarli darajada taʼlim muassasalariga yetkazilishini taʼminlaydi;
auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun seminar mashgʻulotlarini talab darajasida tashkil etilishini nazorat qiladi;
Davlat test markazi vakillarining oʻz xizmat vazifalarini vakolati doirasida aniq bilishi va oʻz vaqtida test sinovlari oʻtkaziladigan binoga yetib kelishini taʼminlaydi;
taʼlim muassasalarini va mahalliy davlat hokimiyati organlarining auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini oʻqitishi uchun maxsus yoʻriqnoma bilan taʼminlaydi;
auditoriyalar taqsimotiga muvofiq test sinovi yakuni boʻyicha qaytarib keltirilgan javoblar varaqalari boʻyicha test sinovi natijalarini hisoblaydi;
mazkur Nizom va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
4-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari
50. Test sinovlarini joylarda toʻgʻri va adolatli oʻtkazish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklari Davlat test markazi tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasi 1-shakliga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlar asosida mazkur Nizomning 8-ilovasi 2-shakliga muvofiq Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etiladigan xodimlar haqidagi maʼlumotni tasdiqlaydi.
51. Mahalliy davlat hokimiyati organlari taʼlim muassasalarining murojaatiga asosan test sinovlarini oʻtkazish uchun belgilangan talablarga javob beradigan binolar va transport vositalari bilan taʼminlashga amaliy yordam beradi, shuningdek test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida nazorat xizmati postlarini tashkil etadi hamda vakolati doirasida test sinovlarini tartibli oʻtishi uchun tegishli organlarga koʻrsatma beradi.
5-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishda davlat test markazi vakillarining vazifalari
52. Test sinovlarini oʻtkazish uchun Davlat test markazining vakillari shartnoma asosida jalb etiladi.
Davlat test markazi vakillari manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, ilmiy muassasalar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlaridan tanlab olinadi.
Davlat test markazi vakillarini taʼlim muassasalariga taqsimlash Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
53. Davlat test markazi vakillari test jarayonida auditoriya rahbariga amaliy yordam koʻrsatadi.
Davlat test markazi vakillari oʻziga biriktirilgan bino, qavat va auditoriyalarda test oʻtkazish tartiblariga qatʼiy rioya qilinishiga javobgar shaxs hisoblanadi.
Davlat test markazi vakili test sinovlari uchun ajratilgan vaqt davomida test sinovlarining boshlanishi va tugashini qatʼiy nazorat qiladi, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida oʻtishini taʼminlaydi.
54. Davlat test markazining taʼlim muassasasi boʻyicha vakili bino va qavat vakillarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
Har 12 ta auditoriyaga kamida bitta qavat vakili biriktiriladi.
55. Davlat test markazi vakili oʻziga yuklatilgan vazifalarni suiisteʼmol qilsa, shu jumladan binoga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻysa, abituriyentga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib bersa va shu kabi boshqa holatlarni sodir etsa, Davlat test markazining taʼlim muassasasi boʻyicha vakili tomonidan dalolatnoma tuzish orqali vazifasidan chetlashtiriladi hamda uning oʻrniga zaxiradan boshqa shaxs tayinlanadi va bu haqda nomzodni tavsiya etgan tashkilotga maʼlum qilinadi.
56. Davlat test markazi vakillari 29-iyul kuni qabul komissiyasi masʼul kotibi bilan birgalikda oʻziga tegishli bino, qavat va auditoriyalarning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi hamda binoning test sinovlariga tayyorligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va uni qabul komissiyasi orqali Davlat test markaziga yetkazadi.
57. Davlat test markazi vakillari 30-iyul kuni soat 8.00 dan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlari, qabul komissiyasi, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ishtirokida 1-avgustda oʻtkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun repetitsiya oʻtkazadi hamda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha binoda repetitsiya oʻtkazish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
58. Davlat test markazi vakillari 1-avgust kuni soat 6.00 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib keladi va bino hududiga nazorat xizmati postlari orqali roʻyxat asosida pasporti bilan kiradi.
59. Bino boʻyicha vakil test sinovlari oʻtkaziladigan kuni quyidagi vazifalarni bajaradi:
qavat vakillari bilan birgalikda soat 6.00 dan 6.30 gacha shtabda feldyegerlik xizmati xodimlaridan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari roʻyxatlarini, ularning ruxsatnomalarini hamda mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq test materiallarini qabul qilib oladi;
test materiallari solingan zaxira qutilarni seyfga joylashtiradi va muhrlaydi;
soat 7.00 dan 7.30 gacha qavat vakillariga, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatadi, kelmagan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari oʻrniga zaxiradagi shaxslarni tayinlaydi va mazkur Nizomning 11-ilovasiga asosan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining taqsimotini rasmiylashtiradi;
auditoriya rahbarlariga qabul komissiyasi tomonidan ikki nusxada berilgan abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatini va abituriyentlarning guruhlar boʻyicha titul varaqalari solingan paketni beradi;
mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq test sinovlariga kelmagan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi;
soat 7.45 dan 8.15 gacha qavat vakillari bilan birgalikda test materiallari qutilarini auditoriya rahbarlariga topshiradi va bu haqda mazkur Nizomning 13-ilovasi 1-shakliga muvofiq bayonnoma rasmiylashtiradi;
abituriyentning test materialida tipografik nuqson borligi haqidagi murojaati yuzasidan, zudlik bilan test materiallari zaxira qutilardan taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos test materiallarini qavat vakiliga beradi va bu haqda mazkur Nizomning 13-ilovasi 2-shakliga muvofiq bayonnoma rasmiylashtiradi;
abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilib boradi va test jarayonida muammo paydo boʻlganda, zudlik bilan Davlat test markazining taʼlim muassasasi boʻyicha vakili yoki doimiy vakili bilan bogʻlanadi, muammoni hal qilish choralarini koʻradi;
auditoriyalarda test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan abituriyentlarning testdan chetlashtirilishini va bu haqda dalolatnomalar tuzilishini nazorat qiladi;
test sinovining tugash jarayonini nazorat qiladi;
abituriyentlarning auditoriyadan pasporti va ruxsatnoma bilan chiqishini, ruxsatnomada javoblar varaqasi raqami yozilib, uning auditoriya rahbari va kuzatuvchisi tomonidan tasdiqlanganligini nazorat qiladi;
bino boʻyicha toʻldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar hamda testga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ruxsatnomalarini maxsus paketga solib muhrlaydi;
soat 12.20 dan 12.40 (ikkita fan boʻyicha test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.20 dan 11.40)gacha javoblar varaqasi paketi, savollar kitobi qutisi, titul varaqalari paketi auditoriyalarda yelimlanib, mazkur Nizomning 14-ilovasi 1, 2 va 3-shakllarida keltirilgan Davlat test markazi emblemalari bilan muhrlanishini nazorat qiladi;
soat 12.40 dan 13.00 gacha (ikkita fan boʻyicha test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.40 dan 12.00 gacha) mazkur Nizomning 13-ilovasi 1-shakli boʻyicha auditoriya rahbarlaridan test materiallari qutilarini muhrlangan holda qabul qilib oladi va oʻz vaqtida topshirgan auditoriya rahbarlari ruxsatnomasining tegishli joylarini toʻldirib, imzo qoʻyadi;
qavat vakillari ishtirokida test materiallari qutilarini mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq test materiallari qutisi reyestri asosida feldyegerlik xizmati xodimlariga topshiradi.
60. Qavat vakillari test sinovlari oʻtkaziladigan kuni quyidagi vazifalarni bajaradi:
soat 7.30 gacha auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini shtabga boshlab keladi va bino rahbari tomonidan ularga ruxsatnomalar tarqatilishida ishtirok etadi hamda ularni belgilangan auditoriyalarga olib boradi;
test oʻtkazilayotgan auditoriyada abituriyent tomonidan test oʻtkazish tartibining buzilishini aniqlaganda, auditoriya rahbaridan ushbu holat boʻyicha test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilishini talab qiladi;
test sinovlari qoidalarini buzgan abituriyentlar boʻyicha oʻziga tegishli auditoriyalar rahbarlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalarni tasdiqlab, imzo qoʻyadi;
oʻziga tegishli qavatda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining faoliyatini nazorat qiladi. Oʻziga yuklatilgan vazifalarni suiisteʼmol qilgan, shu jumladan binoga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻygan, abituriyentga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib bergan va shu kabi boshqa holatlarni sodir etgan auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini vazifasidan chetlashtiradi hamda uning oʻrniga zaxiradan boshqa shaxsni tayinlaydi va ushbu holatlarni hisobotida koʻrsatadi;
auditoriya rahbari abituriyentning test materialida tipografik nuqson borligi haqida murojaat qilganda, murojaatning asosli ekanligini tekshirib koʻrib zudlik bilan bino boʻyicha vakilga murojaat qiladi hamda test materiallari zaxirasidan taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos test materiallarini keltirib beradi;
test sinovlari tugagach, oʻziga tegishli guruhlarning auditoriya rahbarlarini auditoriyada muhrlangan test materiallari qutilari bilan birga shtabga boshlab boradi va topshirish jarayonini nazorat qiladi.
6-§. Test sinovlari oʻtkazishda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarining vazifalari
61. Test sinovi oʻtkaziladigan auditoriyada test sinovini mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etilgan tarzda toʻgʻri va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.
Auditoriya rahbari auditoriya kuzatuvchisining faoliyatini nazorat qiladi.
62. Test sinovlari oʻtkazilayotgan taʼlim muassasasida auditoriya kuzatuvchisi sifatida ushbu muassasalarning vakillari ham tayinlanadi.
63. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni auditoriya rahbari va kuzatuvchisi oʻzi biriktirilgan taʼlim muassasasi binosiga soat 6.30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib kelishi shart.
Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi tomonidan binoga ortiqcha buyumlarni olib kirishlari taqiqlanadi.
64. Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi test sinovlari oʻtkaziladigan kuni soat 7.00 dan 7.30 gacha bino shtabida oʻzlariga tegishli ruxsatnomalarni oladi va oʻzlariga biriktirilgan auditoriyaga boradi va oʻzlarining ism va familiyalarini yozuv taxtasi (doska)ga yozib qoʻyadi.
Auditoriya kuzatuvchisi soat 7.30 dan 7.45 gacha auditoriyaning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, test jarayoniga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi. Agar auditoriyada abituriyentlar boʻlsa, ularni tashqariga chiqaradi. Auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlarini oʻrnatilgan tartib asosida raqamlanganligini tekshiradi.
65. Auditoriya rahbari soat 7.45 dan 8.15 gacha bino shtabida bino boʻyicha vakildan test materiallari qutisini muhri buzilmaganligini tekshirib, qabul qiladi, qavat vakili boshchiligida auditoriyaga olib keladi va soat 8.30 da auditoriya kuzatuvchilari va kamida ikki nafar abituriyentlar guvohligida test materiallarini muhrlanganligiga ishonch hosil qilib ochadi. Test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos savollar kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan savollar kitoblari va javoblar varaqasi, titul varaqalari uchun boʻsh paketlar, dalolatnoma shakllari hamda muhr va Davlat test markazi emblemalari mavjudligini tekshirib, mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq test materiallari qutisini ochilganligi haqida dalolatnoma tuzadi.
66. Auditoriya kuzatuvchisi soat 8.30 gacha auditoriya rahbaridan abituriyentlarning guruh boʻyicha roʻyxatini oladi va abituriyentlarni titul varaqasi, abituriyent ruxsatnomasi, pasporti asosida tekshirib (rasmlar shu abituriyentga tegishliligiga ishonch hosil qilib), ularni guruh roʻyxati boʻyicha auditoriyaga kiritadi hamda test sinoviga kelmagan abituriyentlarning oʻrnini boʻsh qoldiradi.
Auditoriya kuzatuvchisi titul varaqalaridagi rasmlarni pasportdagi rasm bilan taqqoslangan holda tekshiradi va abituriyentlarga tarqatadi.
67. Auditoriya kuzatuvchisi javoblar varaqalari va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli savollar kitoblarini abituriyentlarga tarqatib chiqadi. Shundan soʻng, auditoriya rahbari abituriyentlarga savollar kitobi raqami bilan javoblar varaqasi raqami mosligini hamda test materiallari nuqsonsizligini tekshirib chiqishlarini, javoblar varaqasi va savollar kitobi muqovasida koʻrsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyishlari boʻyicha koʻrsatma beradi.
Auditoriya kuzatuvchisi test sinoviga kelmagan abituriyentlarning javoblar varaqalari va savollar kitoblarini sanab, auditoriya rahbariga topshiradi, shuningdek auditoriya rahbarining koʻrsatmasi asosida abituriyentlar tomonidan toʻldirilgan titul varaqalarini yigʻib oladi va sanab, auditoriya rahbariga topshiradi.
Savollar kitobining muqovasi mazkur Nizomning 16-ilovasida, javoblar varaqasi namunasi mazkur Nizomning 17-ilovasida keltirilgan.
68. Agar abituriyent savollar kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, auditoriya rahbari quyidagi ishlarni tezkorlik bilan soat 9.00 gacha amalga oshiradi:
auditoriyada test sinovida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan savollar kitobini javoblar varaqasi bilan birga murojaat qilgan abituriyentga beradi;
auditoriyada ortiqcha savollar kitobi boʻlmasa qavat vakilidan zaxiradagi shu taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos boʻlgan savollar kitobi va javoblar varaqasini keltirib berishni soʻraydi.
69. Auditoriya rahbari nuqsonli test materialiga “Nuqsonli” degan yozuv kiritib, uni almashtirilgan vaqtini koʻrsatadi hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyadi va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzib, nuqsonli test materialiga yelimlaydi hamda javoblar varaqasi paketiga solib qoʻyadi.
70. Auditoriya rahbari tomonidan abituriyentlarga javoblar varaqasini bukmaslik, javoblar varaqasining marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik tushuntiriladi.
71. Soat 8.30 dan 9.00 gacha auditoriya rahbari va kuzatuvchisi:
javoblar varaqasini toʻldirish qoidalarini tushuntiradi;
mazkur Nizomning 18-ilovasida keltirilgan auditoriya rahbarining abituriyentlarga eslatmasini oʻqib beradi;
abituriyentlarga javoblar varaqasi raqamini titul varaqasi va abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyiga toʻgʻri koʻchirib yozishlari boʻyicha koʻrsatma beradi;
abituriyentning javoblar varaqasi raqamini titul varaqasiga koʻchirib yozganligini tasdiqlash maqsadida titul varaqasining maxsus joyiga imzo qoʻyadi.
72. Auditoriya kuzatuvchisi soat 9.00 gacha abituriyentlarga javoblar varaqasi raqamini abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga yozdirib, imzo qoʻydiradi.
73. Test sinoviga kelmagan abituriyentlarning savollar kitobi auditoriya rahbari tomonidan ishlatilmagan savollar kitobi paketiga solinib, muhrlanadi va abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga test sinoviga kelmagan abituriyent haqida “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
74. Auditoriya rahbari test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qiladi va abituriyentlarni oʻrinlaridan turishlarini talab qiladi hamda auditoriya kuzatuvchisiga abituriyentlardan test materiallarini yigʻib olish boʻyicha koʻrsatma beradi. Test materiallarini yigʻib olinganidan soʻng auditoriya rahbari savollar kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib, abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyini toʻldirib, imzo qoʻyadi hamda abituriyentlarga test materiallarini topshirilganligini tasdiqlash maqsadida mazkur Nizomning 7-ilovasi 2-shaklida keltirilgan roʻyxatga (roʻyxat ikki nusxada toʻldirilib, bir nusxasi bino boʻyicha vakilga taqdim etiladi) imzo qoʻydirib, ularni abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan auditoriyadan chiqarib yuboradi.
75. Auditoriyadagi barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solinishi uchun auditoriya rahbari va kuzatuvchisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Javoblar varaqasi paketiga quyidagilar solinadi:
testda qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalari;
ishlatilmagan javoblar varaqalari;
test sinovidan chetlashtirilganligi haqidagi dalolatnoma yelimlangan javoblar varaqasi va titul varaqasi;
test materiallarining oʻz vaqtida topshirmaganlarni chetlashtirish haqidagi dalolatnoma yelimlangan titul varaqalari;
dalolatnoma yelimlangan holdagi nuqsonli savollar kitobi;
test sinoviga kelmagan abituriyentlarga tegishli titul varaqalari.
76. Auditoriya rahbari titul varaqalari paketiga test sinovida qatnashgan abituriyentlarning titul varaqalari va abituriyentlarning auditoriya boʻyicha roʻyxatini solib, auditoriya kuzatuvchilari va abituriyentlar guvohligida muhrlaydi hamda paket ustidagi maʼlumotlarni toʻliq rasmiylashtiradi.
77. Auditoriya rahbari ishlatilgan savollar kitoblarini, ishlatilmagan savollar kitobi paketini, javoblar varaqasi paketini hamda titul varaqlari paketini test materiallari qutisiga soladi, auditoriya kuzatuvchilari va abituriyentlar guvohligida mazkur Nizomning 19-ilovasi boʻyicha test materiallari qutisini yopish haqida dalolatnomani rasmiylashtiradi va muhrlaydi.
78. Auditoriya rahbari soat 12.40 (ikkita fandan test sinovlari topshiruvchilar uchun soat 11.40)dan kechikmay muhrlangan test materiallari qutisini bino boʻyicha vakilga topshiradi hamda ushbu materiallarni oʻz vaqtida topshirganligini tasdiqlatib, ruxsatnomasining tegishli joyiga imzo qoʻydiradi.
7-§. Test sinovlarini oʻtkazish
79. Abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan binoga pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan videokuzatuv orqali tartibli ravishda kiritiladi.
80. Oliy taʼlim muassasasida tanlangan taʼlim yoʻnalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari boʻyicha test sinovini topshiradi.
Test topshiriqlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
81. Test sinovi ertalab soat 8.30 da boshlanadi.
Abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kiritiladi. Test sinovlari boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
Soat 8.30 dan 9.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozadilar. Bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.
82. Test boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.
83. Abituriyent javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar boʻyicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yoʻqligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson boʻlganda darhol bu haqda auditoriya rahbariga xabar beradi.
84. Abituriyent javoblar varaqasi berilgandan keyin abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini koʻchirib yozadi. Shundan soʻng, titul varaqasida koʻrsatilgan maxsus kod va javoblar varaqasiga koʻchirib yozadi va tegishli doirachalarni boʻyaydi.
85. Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga koʻchirilgan maxsus kod abituriyentning taʼlim tili, taʼlim yoʻnalishi, taʼlim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari, toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bola ekanligi hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona maʼlumot boʻlganligi sababli toʻldirilmagan javoblar varaqasi boʻyicha natija chiqarilmaydi va eʼtirozlar qabul qilinmaydi.
Abituriyent javoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga oʻzi haqidagi tegishli maʼlumotlarni yozib, imzo qoʻyadi. Agar abituriyent tomonidan ushbu maʼlumotlar kiritilmagan taqdirda, ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuziladi va test sinovi boʻyicha natija chiqarilmasligiga asos boʻladi.
86. Savollar kitobidagi har bir fan 36 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi. “Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani boʻyicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha oxirgi 6 ta savoldan iborat boʻladi.
Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun quyidagi vaqt meʼyorlari belgilanadi:
72 savolga — 2 soat;
108 savolga — 3 soat.
Har bir savolga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) javoblar varianti berilgan boʻlib, abituriyent ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni oʻzgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasining mos fan blokidagi doirachani belgilangan tartibda boʻyashi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas).
Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi “Belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu javobga ball berilmaydi.
Toʻldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
87. Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.
Javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni notoʻgʻri belgilagan abituriyentlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Javoblar varaqasini toʻldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt meʼyoriga qoʻshimcha 20 daqiqa ajratiladi.
88. Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiy man etiladi.
Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varagʻini yirtsa abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.
89. Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi, sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa shu kabi holatlarda test materiallarisiz qavat boʻyicha vakil kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.
90. Auditoriya rahbari tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarga boʻyash uchun qoʻshimcha berilgan yigirma daqiqalik vaqt boshlanganligi eʼlon qilinganda abituriyent savollar kitobi bilan ishlashni toʻxtatib, savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarni boʻyashni boshlashi, qoʻshimcha ajratilgan vaqt tugagani eʼlon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni toʻxtatishi shart.
Abituriyent test savollari yoki test sinovlarini oʻtkazish jarayoni yuzasidan eʼtirozlari mavjud boʻlganda, test materiallarini topshirganidan soʻng, qabul komissiyasi orqali Davlat test markaziga mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
91. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin tugatgan abituriyentlar yoki test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach abituriyentlar mazkur Nizomning 74-bandida nazarda tutilgan tartibda test materiallarini topshiradi.
III bob. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
92. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent test sinovlari natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh kun davomida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq shaklda yozma tartibda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻgʻrisida abituriyentga mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq xabarnoma beriladi.
Apellatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi.
93. Apellatsiya komissiyasi tarkibidagi ekspertlardan fanlar boʻyicha ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida qabul komissiyasi aʼzolarini, Davlat test markazi vakillarini hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilishga haqli.
94. Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
95. Apellatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test sinovida yoʻl qoʻygan notoʻgʻri javoblari roʻyxati hamda testda tushgan savollar kitobi beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining har bir notoʻgʻri chiqqan savoliga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
96. Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
97. Abituriyent tomonidan javoblar varaqasi, savollar kitobi yoki titul varaqasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda toʻldirilmagan, shuningdek test sinovidan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
98. Apellatsiya shikoyati koʻrilayotgan auditoriyaga abituriyent uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lugʻat, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirsa, apellatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, abituriyentlarga yordam bersa yoki yordam olsa, auditoriyaga xalaqit bersa, savollar kitobi varagʻini yirtsa, abituriyent apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish tartibini buzgan hisoblanadi va apellatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan dalolatnoma tuzilib, apellatsiya jarayonidan chetlashtiriladi va uning eʼtirozi qayta koʻrib chiqilmaydi.
99. Apellatsiya komissiyasi qarori boʻyicha maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga apellatsiya jarayoni toʻliq tugagandan soʻng 5 ish kuni ichida taqdim etadi.
100. Apellatsiya komissiyasining apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
IV. Yakuniy qoida
101. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2011-yil 1-iyul
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAHIMOV
2011-yil 1-iyul
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 1-iyul
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QOʻZIYEV
2011-yil 1-iyul
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2011-yil 1-iyul
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MUHITDINOV
2011-yil 1-iyul
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi oʻrinbosari J. MIRTOJIYEV
2011-yil 1-iyul
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV
2011-yil 1-iyul
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2011-yil 1-iyul
Tashqi ishlar vaziri E. GʻANIYEV
2011-yil 1-iyul
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2011-yil 25-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2017-yil 21-iyuldagi 01-328-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2242-3, 28.07.2017-y.) asosan 5-shakl bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 763-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Titul varaqasi (old tomoni)
Titul varaqasi (orqa tomoni)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Abituriyent ruxsatnomasi (old tomoni)
Abituriyent ruxsatnomasi (orqa tomoni)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
* Kiril alifbosida test imtihonlarini topshirish uchun guruhlar shakllantirilishida taʼlim muassasasida faqat kiril alifbosida oʻqigan abituriyentlar kiritilishi lozim hamda jadvalning “Yozuv shakli” qismida “kiril” deb kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2017-yil 21-iyuldagi 01-328-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2242-3, 28.07.2017-y.) asosan 5-shakl bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 763-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
2-shakl (namuna)
3-shakl (namuna)
4-shakl (namuna)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Test materiallari qutisi
REESTRI
Eslatma: test materiallari qutisida shikastlanishlar va shu kabi holatlar sodir boʻlganda, bu haqda tegishli shaxs tomonidan mos kataklarda qayd etiladi, aks holda “+” belgisi qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Izoh: ushbu dalolatnoma shakllar qutisiga solingan holda, Davlat test markaziga yuboriladi. Dalolatnomaning toʻldirilmaganligi yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun Davlat test markazining bino boʻyicha vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
Izoh: ushbu dalolatnoma shakli auditoriyaga test materiallari qutisida boradi. Toʻldirilgan dalolatnoma test materiallari qutisiga solinadi va Davlat test markaziga yuboriladi. Dalolatnomaning toʻldirilmaganligi yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun auditoriya rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
Javoblar varaqasi (old tomoni)
JAVOBLAR VARAQASI (orqa tomoni)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
Auditoriya rahbarining abituriyentlarga
ESLATMASI
Hurmatli abituriyentlar! Mana bugun Respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalarida test sinovi jarayoni boshlandi. Sizlarga test sinovini muvaffaqiyatli topshirishlaringizda kuch quvvat tilayman. Test sinovini topshirish jarayonida quyidagilarga amal qilishingizni eslatib oʻtishni lozim deb bilaman:
Abituriyent savollar kitobi va javoblar varaqasini olgandan soʻng, soat 9.00 gacha savollar kitobi raqami bilan javoblar varaqasi raqami mosligini va har bir fan boʻyicha 36 tadan test savollari va javoblari berilganligini sinchiklab tekshirib chiqadi. Agar unda fanlar boʻyicha test topshiriqlarida tipografik xato, boshqa sabablarga koʻra toʻla nashr qilinmagan oʻrinlar, betlar almashishi va shunga oʻxshash xatolar boʻlsa, darhol auditoriya rahbariga xabar berishi kerak. Test sinovlari boshlanguncha abituriyent nuqsonsiz test materiallari bilan taʼminlanadi.
Abituriyent savollar kitobidan “Abituriyentlar diqqatiga” qismini oʻqib chiqishi va belgilangan qoidalarni bajarishi shart.
Abituriyent javoblar varaqasi berilgandan keyin abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini koʻchirib yozishi lozim. Shundan soʻng, titul varaqasida koʻrsatilgan maxsus kod javoblar varaqasiga koʻchirib yozadi va tegishli doirachalarni boʻyaydi.
Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga koʻchirilgan maxsus kod abituriyentning taʼlim tili, taʼlim yoʻnalishi, taʼlim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari, toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bola ekanligi hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona maʼlumot boʻlganligi sababli toʻldirilmagan javoblar varaqasi boʻyicha natija chiqarilmaydi va eʼtirozlar qabul qilinmaydi.
Abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyiga yozuv taxtasi (doska)dan auditoriya rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismini koʻchirib yozadi.
Abituriyent javoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga oʻzi haqidagi tegishli maʼlumotlarni yozib, imzo qoʻyadi. Agar abituriyent tomonidan ushbu maʼlumotlar kiritilmagan taqdirda, ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuziladi va bu natija chiqarilmasligiga asos boʻladi.
Savollar kitobidagi har bir fan 36 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi. “Matematika (informatika bilan)” fanidan test savollari “Matematika” fani boʻyicha birinchi 30 ta savol, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha oxirgi 6 ta savoldan iborat boʻladi.
Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun 72 savolga 2 soat, 108 savolga 3 soat vaqt beriladi. Javoblarni koʻchirib boʻyash uchun test sinoviga ajratilgan vaqtdan tashqari 20 daqiqa qoʻshib beriladi.
Har bir savolga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) javoblar varianti berilgan boʻlib, abituriyent ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni oʻzgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasining mos fan blokidagi doirachani belgilangan tartibda boʻyashi kerak.
Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi “Belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu javobga ball berilmaydi. Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.
Javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni notoʻgʻri belgilagan abituriyentlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Toʻldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varagʻini yirtsa abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.
Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi, sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa shu kabi holatlarda test materiallarisiz qavat boʻyicha vakil kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ILOVA
Izoh: ushbu dalolatnoma shakli auditoriyaga test materiallari qutisida boradi. Toʻldirilgan dalolatnoma test materiallari qutisiga solinadi va Davlat test markaziga yuboriladi. Dalolatnomaning toʻldirilmaganligi yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun auditoriya rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 20-ILOVA
Izoh: ushbu dalolatnoma abituriyentning javoblar varaqasi va titul varaqasi bilan birgalikda yelimlanib, javoblar varaqasi paketiga solinadi. Agar abituriyent test materiallarini oʻz vaqtida topshirmasa, dalolatnoma uning titul varaqasi bilan birgalikda yelimlanib, javoblar varaqasi paketiga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 21-ILOVA
Izoh: ariza test sinovi oʻtgan kuni test sinovi oʻtkazilgan binoda shaxsan abituriyent tomonidan ikki nusxada yoziladi va bir nusxasi qabul komissiyasi orqali, Davlat test markaziga taqdim etiladi. Ariza qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida, arizaning ikkinchi nusxasiga arizasi qabul qilib oluvchining familiyasi va ismi, imzosi va ariza qabul qilib olingan sana qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 22-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 293-modda; 2014-y., 33-son, 430-modda; 2016-y., 31-son, 385-modda; 2017-y., 30-son, 763-modda)
