Birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2241-son)
05.07.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2241]
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-iyun,
178-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 22-iyundagi 178-son buyrugʻiga ILOVA
Birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar
ROʻYXATI
Izoh:
1. Yaroqlilik muddati oʻtgan va oʻramiga zarar yetgan dori vositalari hamda tibbiy ashyolar qoʻllanilishi taqiqlanadi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.9-bandi talablariga muvofiq tibbiyot qutichasi transport vositalarini ishlab chiqargan tashkilot tomonidan belgilangan joyga mustahkam oʻrnatiladi. Agar transport vositasini konstruksiyasida bunday joy koʻzda tutilmagan boʻlsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyda boʻlishi lozim.
Ushbu roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-iyun
