Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (194-son)
30.06.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit boʻyicha boʻlishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qarori 1-ilovasiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror bilan kiritilayotgan oʻzgartirishlar 2011-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-iyun,
194-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 194-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qarori 1-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “103” raqami “118” raqami bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “230” raqami “265” raqami bilan almashtirilsin.
