“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qoʻllaniladigan akustik - emissiyani oʻzgartirgichlariga talablar”ni tasdiqlash haqida (111-son)
22.05.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” Boshligʻining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 25-may 20-15-216/13-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyul 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. Shoismatov tomonidan 2007-yil 21 mayda tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi meʼyoriy-huquqiy va meʼyoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan, buyuraman:
1. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qoʻllaniladigan akustik emissiyani oʻzgartirgichlariga talablar” tasdiqlansin.
2. Ushbu Talablar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjatlar jumlasiga kiritilgach kuchga kiritilsin va koʻpaytirilsin.
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-may,
111-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 22-maydagi 111-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARINI NAZORATI UChUN QOʻLLANILADIGAN AKUSTIK-EMISSIYANI OʻZGARTIRGIChLARGA
TALABLAR
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qoʻllaniladigan akustik-emissiyani oʻzgartirgichlarga talablar” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi 57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Ushbu talablar sanoat obyektlarini nazorat qilishda, shuningdek laboratoriya sharoitlarida akustik emissiya (AE)ni oʻrganishda ishlatiladigan kontaktli, bevosita, pyezoelektr akustik emissiya oʻzgartirgichlari (AEOʻ)ga joriy etiladi va AE oʻzgartirgichlarining asosiy parametrlarini aniqlash usullarini belgilab beradi.
Talablar AEOʻ parametrlarini aniqlash uchun ham analitik, ham eksperimental usullardan foydalanish tartibini belgilab beradi.
Parametrlarni aniqlashning eksperimental usullari asosini AEOʻ oʻrnatiladigan kalibrlovchi blok (obyekt) yuzasida sodir boʻladigan dinamik qoʻzgʻalishga AEOʻning taʼsiri tashkil etadi.
Talablarda AEOʻning yoʻnaltirilganlik tavsiflarini aniqlash va har xil turdagi toʻlqinlardan foydalanish tartibi belgilanmaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
Akustik emissiya oʻzgartirgichi akustik-emissiyaviy buzmaydigan nazorat asbobi (tizimi)ning muhim elementi hisoblanadi. AEOʻ akustik-emissiya jarayonidagi akustik signalni parametrlari AE manbalarini baholashda foydalaniladigan elektr signaliga oʻzgartiradi.
Akustik emissiya parametrlarini nisbiy oʻlchash va AE signallari parametrlarining yuklanish parametrlariga bogʻliqligini aniqlash sanoat obyektlarini nazorat qilishda AEOʻdan foydalanishning oʻziga xos jihatlari hisoblanadi.
1-§. AEOʻning asosiy parametrlari va texnik tavsiflari
1. Akustik emissiya oʻzgartirgichlarining pasportida ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan asosiy parametrlar (1-ilova):
a) AE oʻzgartirgichining oʻzgartirish koeffitsiyenti – s (V/m). Mazkur koeffitsiyent oʻtuvchi AEOʻ impuls xarakteristikasi (keyingi oʻrinlarda — impuls xarakteristika) maksimal miqdori um(V) ning bevosita AE oʻzgartirgichi ostida yoki uning yaqinida joylashgan etalon manbadan chiqayotgan akustik signalning maksimal qiymati u1{m)ga nisbati sifatida aniqlanadi:
b) n +0,1um — musbat qutblarga ega impuls xarakteristikalarning 0,1 um darajasidan ortiq chiqishlari soni, chiqishlar soni bilan oʻlchanadi. AE oʻzgartirgichining oʻlchanadigan asosiy parametrlari koʻrsatilgan tipik impuls xarakteristikasi 1-rasmda keltirilgan.
Izoh: Yozuvni soddalashtirish uchun n + 0,1um ishorasidagi (+0,1 um) indeksi tushirib qoldiriladi va nu ishora qoʻllaniladi.
1-rasm. Akustik emissiya oʻzgartirgichi (AEOʻ)ning tipik impuls xarakteristikasi
v) T0 – impuls xarakteristikaning asosiy tebranishlar davri davomiyligi, sekundlarda oʻlchanadi;
g) Eu – impuls xarakteristikaning energiyasi, joul (J)da baholanadi. Energiya quyidagi integral yordamida hisoblash orqali aniqlanadi:
(1)
bu yerda Z — AE signali energiyasi hisoblanadigan zanjir impedansi, i — AEOʻ impuls xarakteristikasi (signali)ning lahzaviy qiymati.
2. Akustik emissiya oʻzgartirgichlarining umumiy parametrlari:
a) impuls xarakteristikaning energiya parametrlari — talay hollarda aniq formula (1) boʻyicha hisoblanadigan energiya oʻrnida ishlatiladi.
Impuls xarakteristikaning nisbiy energiyasi:
(2)
Impuls xarakteristikaning xos energiyasi: E = u2k,
bu yerda k = e2 /8b, e — natural logarifmlar asosi, b — AEOʻ impuls xarakteristikasining soʻnishi.
Amplituda-sanoq energiyasi: E = u2m · nu
b) xususiy tebranishlar davri — T0; aniqlikni oshirish uchun quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi: T0 = tu/nu.
Rezonansli AEOʻ uchun xususiy tebranishlar davri aynan rezonans chastotasiga bogʻliq:
v) rezonans chastotasi (*): Gʻ0 =1/T0;
g) AEOʻ sifatliligi (*): Q = 1,37nu;
d) ishchi chastota mintaqalari ƒ,(*): ƒ= 1/1,37nuT0;
e) AEOʻ elektr impedansi (toʻliq qarshilik): Z = 1/2 ƒS, bu yerda ƒ = F0 rezonansli AEOʻ uchun, ƒ = (Gʻmax + Gʻmin)/2 chiziqli yoki keng tasmali AEOʻ uchun, bu yerda Gʻmax,min— AEOʻ oʻtkazish mintaqasining maksimal va minimal chastotalari;
j) impuls xarakteristikaning oʻsish vaqti (*): tn;
z) impuls xarakteristikaning tushish vaqti (*):ts;
i) impuls xarakteristikaning soʻnish koeffitsiyenti (*):δ = 2,3/nuT0;
k) chastotalar mintaqasidagi rezonans chastotada xususiy issiqlik shovqinlarining oʻrtacha kvadrat qiymati ƒ = 10 kHz;
l) ishchi chastotalar mintaqasidagi xususiy issiqlik shovqinlarining oʻrtacha kvadrat qiymati.
* Izoh: (*) — rezonansli AEOʻ uchun.
3. Akustik emissiya oʻzgartirgichlarining AE oʻzgartirgichlarini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan keltiriladigan va AEOʻ pasportida koʻrsatiladigan asosiy texnik tavsiflari:
1) Oʻzgartirgichning turi (konstruktiv): bir qutbli yoki differensial; rezonansli, keng tasmali yoki chiziqli; oldindan kuchaytirgich (peredatchik)ga ulangan yoki ulanmagan.
2) Amplituda-chastota xarakteristikasi (AChX).
3) Massasi (kg).
4) Ishchi haroratlar diapazoni (°S).
5) Kabelning uzunligi, agar kabel AEOʻ bilan qattiq ulangan boʻlsa (telemetriya chogʻida ishonchli qabul qilish masofasi, m).
6) AEOʻning fizik sigʻimi (Gʻ).
7) Izolatsiyaning qarshiligi (Ω).
8) Gabarit oʻlchamlari.
9) Ishonchlilik (buzilmasligi, mustahkamligi, saqlanishi) boʻyicha talablar; kafolatli muddat (yil).
10) Tashish va saqlash sharoitlariga qoʻyiladigan talablar.
4. Akustik emissiya oʻzgartirgichlarining umumiy texnik tavsiflari:
a) pyezoelektr elementning turi va oʻlchamlari;
b) himoya plastinkasi va korpus materiali;
v) tashqi atrof-muhit taʼsirlaridan, vibratsiyalar, zarblardan standartlarga muvofiq himoyalanganligi;
g) portlash va yongʻindan himoyalanganligi;
d) xalaqit qiluvchi toʻsqinliklardan himoyalanganligi;
e) obyektga mahkamlanishi;
j) AEOʻ ning yoʻnalganlik diagrammasi
II bob. Akustik emissiya oʻzgartirgichlari tasnifi va parametrlarga qoʻyiladigan talablar
5. Oʻzgartirish koeffitsiyenti boʻyicha AEOʻ toʻrtta sinfga ajratiladi:
birinchi sinf AEOʻ — sezgirligi 50 ·10 V/m kam boʻlgan oʻzgartirgichlar;
ikkinchi sinf AEOʻ — sezgirligi (50...100) · 106 V/m doirasida boʻlgan oʻzgartirgichlar;
uchinchi sinf AEOʻ — sezgirligi (100...200) · 106 V/m doirasida boʻlgan oʻzgartirgichlar;
toʻrtinchi sinf AEOʻ — sezgirligi 200·10 V/m dan yuqori boʻlgan oʻzgartirgichlar.
Birinchi sinf AEOʻ
6. Birinchi sinf AEOʻga kondensatorli oʻzgartirgichlar va lazer interferometrlarga asoslangan oʻzgartirgichlar kiradi. Koʻrsatilgan oʻzgartirgichlardan etalon va ishchi AEOʻ ni kalibrlashda foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkinchi sinf AEOʻ
7. Ikkinchi sinf AEOʻga pyezoelektr faol element qoʻllaniladigan keng tasmali oʻzgartirgichlar kiradi. Ulardan etalon va ishchi AEOʻni kalibrlashda foydalanish tavsiya etiladi.
Uchinchi sinf AEOʻ
8. Uchinchi sinf AEOʻga pyezoelektr faol element qoʻllaniladigan chiziqli va rezonansli oʻzgartirgichlar kiradi. Ulardan laboratoriya tadqiqotlarida foydalanish tavsiya etiladi. Agar AEOʻ oʻrtasidagi masofa 0,5 — 1,0 t dan oshmasa, kichik va oʻrta oʻlchamdagi sanoat obyektlarini nazorat qilishda ulardan foydalanish ruxsat etiladi.
Toʻrtinchi sinf AEOʻ
9. Toʻrtinchi sinf AEOʻga pyezoelektr faol element qoʻllaniladigan rezonansli oʻzgartirgichlar kiradi. Ulardan sanoat obyektlarini nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi.
10. Chastota diapazoni boʻyicha AEOʻ quyidagi turlarga ajratiladi:
past chastotali AEOʻ — ishchi chastota 50 kNz gacha — katta koʻlamdagi va tovush soʻnishi yuqori boʻlgan obyektlarni nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi;
standart sanoat AEOʻ — 50 — 200 kHz — sanoat obyektlarini nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi;
maxsus sanoat AEOʻ — 200 — 500 kHz — kichik oʻlchamdagi (uzunligi 1m dan oshmaydigan) sanoat obyektlarini nazorat qilishda foydalanish tavsiya etiladi;
yuqori chastotali — ishchi chastota 500 kNz dan yuqori — kichik oʻlchamdagi (uzunligi 1 m dan oshmaydigan) sanoat obyektlarini nazorat qilishda va laboratoriya tadqiqotlarida foydalanish tavsiya etiladi.
11. Ishlab chiqarish obyektlarini nazorat qilishda asosan pyezoelektr faol element qoʻllaniladigan rezonansli AE oʻzgartirgichlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
12. Chastotalarni oʻtkazish tasmasi boʻyicha AE oʻzgartirgichlari uchta turga (amplituda-chastota xarakteristikasi turi bilan bogʻliq holda) ajratiladi:
Rezonansli AE oʻzgartirgichlari — oʻtkazish tasmasi 0,2 Gʻp ga teng, bu yerda Gʻp — AEOʻ ning ishchi chastotasi;
Chiziqli AE oʻzgartirgichlari — oʻtkazish tasmasi (0,8 ... 0,2) Gʻp, bu yerda Gʻp — AEOʻ ning ishchi chastotasi.
Keng tasmali AE oʻzgartirgichlari — oʻtkazish tasmasi 0,8 Fp dan ortiq.
Chiziqli va keng tasmali oʻzgartirgichlar uchun ishchi chastota oʻtkazish tasmasining yuqori — Gʻyu va quyi — Gʻq chastotalari bilan bogʻliqligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
va u AEOʻ ning oʻrtacha geometrik chastotasi hisoblanadi.
III bob. Oʻlchovlarni oʻtkazish sharoitlari
13. AEOʻ parametrlarini oʻlchash ishlari quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
a) atrof-muhit va elektr energiyasi taʼminoti sharoitlari:
havo harorati 20 ± 5 °S;
havoning nisbiy namligi 65 ± 15 %;
atmosfera bosimi 100 ± 4 kRa (750 ± 30 sht Ng.);
elektr tarmogʻi kuchlanishi 220 ± 4,4 V;
elektr tarmogʻi chastotasi 50 ± 0,5 Nz.;
b) vibratsiya, tashqi elektr yoki magnit maydonlari darajasi oʻlchash ishlarida qoʻllaniladigan apparatlarning hujjatlarida koʻrsatilgan doirada boʻlishi kerak;
v) apparatlarning qizish vaqti AEOʻ parametrlarini oʻlchashda qoʻllaniladigan apparatlarning texnik tavsifiga muvofiq belgilanadi.
ІV bob. Akustik emissiya oʻzgartirgichlarining asosiy parametrlarini aniqlash usullari
14. AEOʻ ning asosiy parametrlarini aniqlash AEOʻ ning impuls xarakteristikasini qayd etish, uning quyidagi parametrlarini oʻlchash va aniqlashga asoslangan:
impuls xarakteristikaning maksimal qiymati — im;
AEOʻ oʻrnatilgan obyekt yuzasida zarralarning normal qoʻzgʻalishining maksimal qiymati — i1;
oldindan belgilangan darajadan, masalan— 0,1 um dan ortiq chiqishlar soni — n (yoki impuls xarakteristika davomiyligi — tu). AEOʻ ning amplituda va faza-chastota xarakteristikalari majmui AEOʻ impuls xarakteristikasining Furye-oʻzgarishi yordamida hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi. AChX ni Oʻzstandart bilan kelishilgan boshqa usullar yordamida aniqlash ruxsat etiladi.
1-§. Absolyut oʻlchov usullari
15. Absolyut oʻlchov usullari quyidagilarni aniqlash uchun qoʻllaniladi:
AEOʻ ning oʻzgartirish koeffitsiyenti;
chiqishlar soni (impuls xarakteristika davomiyligi);
impuls xarakteristika asosiy tebranishlari davrining davomiyligi.
16. Solishtirish usuli yordamida oʻzgartirish koeffitsiyentini aniqlash uchun kalibrlovchi delta impuls manbai yoki pogʻonali qoʻzgʻatish manbai tomonidan qoʻzgʻatiladigan blok yuzasining absolyut dinamik normal qoʻzgʻalishlarini oʻlchash lozim. Oʻzstandart bilan kelishilgan usullar boʻyicha garmonik signaldan (masalan, MI 1786-87 dan) foydalanish ruxsat etiladi.
Oʻlchovlar akustik-elektron oʻzgartirish koeffitsiyenti aniq boʻlgan namunaviy akustik-elektron oʻlchash vositalari (namunaviy oʻzgartirgichlar) yordamida amalga oshiriladi. Namunaviy oʻzgartirgich (NOʻ) sifatida kondensatorli yoki lazerli oʻzgartirgichlardan, yoki ishlatilayotgan chastotalar diapazonida parametrlari boʻyicha ularga tenglasha oladigan oʻzgartirgichdan (pyezoelektr, maxsus konstruksiyali) foydalaniladi. AEOʻ ning oʻzgartirish koeffitsiyenti namunaviy oʻzgartirgichning oʻzgartirish koeffitsiyenti bilan solishtirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Namunali oʻzgartirgichning pasporti boʻlishi, unda oʻzgartirgichning Oʻzstandartda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ixtisoslashgan sinov laboratoriyasida oʻlchangan yoki nazariy (hisob-kitob) usul yordamida baholangan oʻzgartirish koeffitsiyenti koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Kalibrlash natijalari V/m fizik kattalik birliklarida ifodalanadi.
17. Kalibrlash chogʻida namunaviy oʻzgartirgich va kalibrlanayotgan AEOʻ blokning bitta yuzasida manbadan bir xil masofada va unga simmetrik ravishda joylashtiriladi. Kalibrlovchi blokda qoʻzgʻatish impulsi yuboriladi. Kalibrlanayotgan AEOʻ va namunaviy oʻzgartirgich bilan impuls signali qabul qilinadi. Quyidagi ifoda yordamida oʻzgartirish koeffitsiyenti sk aniqlanadi:
bu yerda so — namunaviy oʻzgartirgichning oʻzgartirish koeffitsiyenti, uk — kalibrlanayotgan AEOʻ ning chiqishidagi kuchlanishning maksimal qiymati, uo — namunaviy oʻzgartirgichning chiqishidagi kuchlanishning maksimal qiymati.
Shuningdek, kalibrlanayotgan AEOʻ va namunaviy oʻzgartirgichni blokning signal tarqatuvchi oʻzgartirgich (manba) joylashgan yuzasiga qarama-qarshi yuzada joylashtirish ruxsat etiladi. Bunday hollarda kalibrlash hajmiy toʻlqinlar yordamida amalga oshiriladi. Hajmiy toʻlqinlar taʼsirida kalibrlash natijalari qoʻshimcha maʼlumot hisoblanadi va yuza boʻylab tarqaladigan toʻlqinlar yordamida kalibrlash natijalarining oʻrnini bosmaydi.
18. 17-bandda koʻrsatilgan sxema boʻyicha ishlab chiqarish obyektlari, ishlab chiqarish obyektlarining maketlari (modellari)ni AE nazoratida va material namunalarini sinovdan oʻtkazishda qoʻllaniladigan etalon AEOʻ va ishchi AEOʻ kalibrlanadi.
AE ishchi oʻzgartirgichini kalibrlashda kalibrlanayotgan ishchi oʻzgartirgichga oʻxshash turdagi AE etalon oʻzgartirgichidan foydalaniladi.
19. Impuls xarakteristikasining chiqishlari soni AEOʻ ning raqamli ossillograf ekranida qayd etilgan impuls xarakteristikasidan foydalangan holda 0,1 um darajadan yuqori musbat qutbli chiqishlar sonini sanash yoʻli bilan aniqlanadi.
20. Impuls xarakteristikaning davomiyligi tu impuls xarakteristika koʻtarilish va tushishda 0,1 um ga teng boʻlgan daraja bilan kesishadigan momentlar oʻrtasidagi vaqt oraligʻini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi. Oʻlchov xotirali raqamli ossillograf ekranida amalga oshiriladi. Natija sekundlarda beriladi.
21. Xususiy tebranishlar davri — To ossillograf ekranida impuls xarakteristika maksimumida uning lahzaviy qiymatlarining takrorlanishi oʻrtasidagi vaqt oraligʻini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi. Aniqlik darajasini oshirish uchun davr davomiyligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
To = tu / nu
Rezonansli AEOʻ uchun Xususiy tebranishlari davri rezonans chastotasi bilan quyidagi ifoda yordamida bogʻlanadi:
ƒo = 1 / To
2-§. Nisbiy oʻlchovlar usuli
22. Nisbiy oʻlchovlar usulidan laboratoriya sharoitlarida ham, dala sharoitlarida ham foydalaniladi. Laboratoriya sharoitlarida nisbiy oʻlchovlar kalibrlovchi bloklar yordamida, dala sharoitlarida esa ham kalibrlovchi bloklar, ham natura obyektlari yordamida amalga oshiriladi. Oʻlchovlar 16-18-bandlarda koʻrsatilgan tartibda bajariladi.
23. AEOʻ parametrlarini kalibrlovchi bloklardan foydalanmasdan — “yuzma-yuz” sxemasi boʻyicha oʻlchash ruxsat etiladi. Bunda kalibrlanayotgan AEOʻ va etalon pyezoelektr oʻzgartirgich signal tarqatuvchi pyezooʻzgartirgich bilan ishchi yuzalar yordamida akustik tutashtiriladi.
Qayd etuvchi apparat sifatida xotirali raqamli ossillografdan foydalaniladi. Shuningdek, bevosita AE asbobidan foydalanish ruxsat etiladi. Bunda u barcha zarur parametrlarni, yaʼni impulsning maksimal qiymatini, chegara (0,1 im) dan chiqishlar soni nu ni, impuls davomiyligi tu ni oʻlchanishini taʼminlashi kerak.
V bob. Tajribaviy tadqiqotlarni oʻtkazish sxemalari
24. Tajribaviy tadqiqotlarni oʻtkazishning kalibrlovchi bloklar qoʻllaniladigan tavsiya etilayotgan sxemalari 2 va 3-rasmlarda keltirilgan. 2-rasmda keltirilgan sxemada shisha kapillyar 4 ning uchi yuklovchi qurilma 6 va kalibrlovchi blokning ishchi yuzasi 1 oʻrtasida joylashgan. Yuklovchi qurilma vint yoki yukni 1 — 50 Nyuton (N) diapazonida bir tekis oshirib borish imkonini beruvchi moslama koʻrinishida tayyorlangan boʻlishi mumkin.
2-rasm. 1-chi oʻlchov sxemasi.
1. Kalibrlovchi blok 2. Kalibrlanayotgan AEOʻ 3. Etalon oʻzgartirgich 4. Kapillyar 5. Oʻzakning zoʻriqishini oʻlchash uchun pyezoplastinka 6. Yuklovchi qurilma 7. Raqamli ossillograf 8. Zaryadni kuchaytirgich 9. Oʻlchov asbobi
3-rasm. 1-chi oʻlchov sxemasi.
1. Kalibrlovchi blok 2. Kalibrlanayotgan AEOʻ 3. Etalon oʻzgartirgich 4. Kapillyar 5. Oʻzakning zoʻriqishini oʻlchash uchun pyezoplastinka 6. Yuklovchi qurilma 7. Raqamli ossillograf 8. Zaryadni kuchaytirgich 9. Oʻlchov asbobi
Kapillyar singanda pogʻonali funksiya koʻrinishidagi mexanik toyilish blok yuzasi boʻylab tarqaladi. Funksiyaning koʻtarilishi vaqti 0,1 μs dan oshmaydi. Kuchning qiymati yuklovchi vintda joylashtirilgan va oldindan kalibrlangan pyezoelement 5 yordamida oʻlchanadi. Kuch oʻlchov asbobi 9 ga ulangan zaryadni kuchaytirgich 8 dan foydalangan holda oʻlchanadi.
Namunaviy oʻzgartirgich (kondensatorli, lazerli, yoki kalibrlangan pyezoelektr) va kalibrlanayotgan AEOʻ signal manbaiga nisbatan simmetrik tarzda va undan bir xil 50-100 tsh masofada joylashtiriladi.
Ikkita oʻzgartirgichdan kelayotgan elektr signallari xotirali raqamli ikki kanalli ossillografga yuboriladi va unda qayd etiladi. Shundan keyin oʻzgartirgichlarning xarakteristikalari taqqoslanadi va kalibrlanayotgan AEOʻ parametrlari aniqlanadi.
25. Etalon va ishchi AEOʻ ishtirokida oʻlchovlarni oʻtkazish sxemalari, agar ular nazorat qilinayotgan obyektning kalibrlovchi bloki oʻrnida ishlatilayotgan boʻlsa, 2 va 3-rasmlarda keltirilgan sxemalar singari amalga oshiriladi.
VІ bob. Asosiy kalibrlovchi blokka qoʻyiladigan talablar
26. Asosiy kalibrlovchi blok nazorat qilinayotgan obyekt materialidan, yoki akustik xususiyatlariga koʻra unga yaqin materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak. 2,0 MNz ± 0,5 MNz chastotada standart defektoskop bilan tekshirilganda blokda exosignal amplitudasi pastdan berilgan signal amplitudasining 5% dan ortiq boʻlgan nuqsonlar boʻlmasligi kerak.
Agar nazorat obyektining materiali oldindan maʼlum boʻlmasa, blok materiali uchun StZ turidagi kam legirlangan konstruksiyaviy poʻlat ishlatilishi mumkin.
27. Blok yuzasining tozaligi Rz40 dan past boʻlmasligi kerak. Blok yassi parallel ishchi va tub yuzali parallelepiped koʻrinishida tayyorlangan boʻlishi kerak. 100 kHz dan yuqori chastotalar diapazonida ishlaydigan AEOʻ uchun blokning tavsiya etiladigan oʻlchamlari (mm): 500 x 500 x 250.
28. Ishchi chastotasi 100 kHz dan past boʻlgan AEOʻ ni kalibrlash uchun qoʻshimcha blok qoʻllanilishi mumkin va qaytayotgan koʻplab sinov signallarining oʻlchovga koʻrsatadigan taʼsirini minimumga keltirish uchun uning oʻlchamlari oshirilishi kerak. Agar kalibrlanayotgan AEOʻ parametrlari va texnik tavsiflarining mazkur hujjatda belgilangan qiymatlariga ega boʻlish mumkinligi asoslangan boʻlsa, boshqa turdagi va oʻlchamdagi kalibrlovchi bloklardan foydalanish ruxsat etiladi.
29. Asosiy va qoʻshimcha kalibrlovchi bloklar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
blokning biror yuzasidan qaytgan birinchi impuls impuls xarakteristikaning qayrilishi 0,1 im darajaga chiqishidan oldin etib kelmasligi kerak;
yoki reverberatsiya amplitudasi (koʻp martali qaytishlarning maksimal qiymati) 0,1im dan oshmasligi kerak.
Ultratovushning blok materialiga soʻnishi koʻpi bilan 8 — 10 dB/m ni tashkil etishi, yoki operator 2,0 MNz + 0,5 MNz chastotada kamida 10 ta tub signalini kuzata olish imkonini taʼminlash doirasida boʻlishi kerak. Ishchi boʻlmagan yuzalaridan signal kam qaytadigan maxsus bloklardan foydalanish ruxsat etiladi.
VІІ bob. Akustik signalni qoʻzgʻatish manbalari
30. Sinov signalini ishlab chiqaruvchi elastik tebranishlar generatori sifatida istalgan ikkilamchi tebranishlar darajasi 0,1 img dan yuqori boʻlmagan (bu yerda img— generator impulsining amplitudasi) davomiyligi 0,1 μs dan oshmaydigan mexanik impulslar, yoki oldingi front davomiyligi 0,1 μs dan oshmaydigan pogʻonali impulslar koʻzgʻatuvchisidan foydalanish mumkin.
31. Pogʻonali funksiya (Xevisayd funksiyasi) koʻrinishidagi akustik signalni qoʻzgʻatish manbasi boʻlib borosilikat shishadan tayyorlangan shisha kapillyar naychaning sinishi xizmat qilishi mumkin. Naychaning tashqi diametrini 0,1 — 0,3 mm diapazonida tanlash tavsiya etiladi. Ichki kanal diametri, taxminan, naycha devori qalinligiga teng boʻlishi kerak. Nayni sindiradigan kuch 1 — 20 Nyuton diapazonida boʻlishi kerak.
32. Signal manbai sifatida, shuningdek, tsanga qalami grafit oʻzagining sinishi (Su-Nilsen manbasi) ham ishlatiladi. Bunda oʻzakning sinishi sodir boʻladigan paytdagi kuchni baholashni taʼminlash tavsiya etiladi. Oʻzakning diametri 0,2 — 0,5 mm diapazonida, qattiqligi TM - 2T (NV - 2N) boʻlishi kerak. Agar oʻzakni sindiradigan kuch 1 — 20 Nyuton diapazonida boʻlsa, oʻzakning materiali sifatida shisha ham ishlatilishi mumkin.
Blokning kapillyar (qalam oʻzagi) sinadigan joyiga blok yuzasini shikastlanishdan saqlash uchun tsianakril yelim bilan mikroskop predmet oynasining bir boʻlagini yopishtirib qoʻyish tavsiya etiladi. Ushbu oynaning oʻlchamlari 0,08 x 1,5 x 1,5 mm3 boʻlishi kerak.
33. Yuklovchi oʻzakdan kapillyarga tushadigan yukni gorizontal holatda joylashgan va oʻqi kapillyar oʻqiga perpendikulyar boʻlgan 2-3 mm diametrli shisha oʻzak orqali oʻtkazish tavsiya etiladi. Yuklovchi vintda yuklar yordamida kalibrlanadigan oʻlchov pyezoelementi boʻlishi kerak.
34. Akustik signal manbai sifatida ultratovush nazoratida ishlatiladigan keng tasmali pyezoelektr oʻzgartirgich, jumladan oʻzgaruvchan qalinlikdagi va (yoki) diametrli pyezoelementga ega pyezo oʻzgartirgich qoʻllanilishi mumkin. Bunday hollarda oʻzgartirgich impulsli generator ishlab chiqaradigan davomiyligi koʻpi bilan 0,1 μs boʻlgan elektr impuls yordamida qoʻzgʻatiladi.
VІІІ bob. Akustik emissiya oʻzgartirgichlarini kalibrlovchi blok va nazorat qilinadigan obyektga oʻrnatishga doir tavsiyalar
35. Kontaktli AEOʻ dan foydalanilganda akustik kontakt akustik toʻlqinlarni obyektdan AEOʻ ga uzatilishini taʼminlaydi. Akustik kontaktni taʼminlash uchun tegishli akustik shaffof kontakt muhitlari qoʻllaniladi.
Suyuqlik ishlatilganda kontakt AEOʻ ni obyektga kuch bilan siqish orqali taʼminlanadi. Kontakt muhiti sifatida suv, silikon moy, yoki akustik toʻlqinlarni uzatilishini va ularning kamroq soʻnishini (6 dV dan oshmaydigan) taʼminlaydigan istalgan boshqa biror suyuqlik ishlatiladi. Siqish prujina, qoʻshimcha yuk yoki magnit yordamida taʼminlanadi. Oʻta koʻp yoki juda kam bosim hosil qilishdan saqlanish kerak. Siqish kuchining optimal miqdori 1 — 20 Nyutonni tashkil etadi.
36. Qattiq jismli kontakt akustik toʻlqinlarni kam soʻngan holda uzatilishini taʼminlaydigan yelim yordamida bajariladi.
37. Akustik bogʻlanish sifatida qator holatlarda obyekt bilan akustik bogʻlangan (payvand, kontakt muhiti yoki boshqa usul yordamida) mexanik ulovchi detallar (oʻzaklar, simlar, tegishli shakldagi tasmalar) koʻrinishidagi toʻlqin uzatkichlardan foydalaniladi. Obyektlarni nazorat qilishda toʻlqin uzatkichdan foydalanilganda AE oʻzgartirgichini toʻlqin uzatkich bilan birga kalibrlash tavsiya etiladi.
38. AEOʻ ni oʻrnatish va akustik kontaktni taʼminlashda quyidagilar tavsiya etiladi:
akustik kontakt turini tanlashda uni topish imkoniyati, harorat, kimyoviy jihatdan mosligi, vaqt oʻtishi bilan birdek turishi, radiatsiyaga chidamliligi, akustik mosligi sharoitlari hisobga olinishi kerak;
AEOʻ oʻrnatiladigan joy akustik kontaktning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan holda tayyorlanishi kerak;
yuzaning gʻadir-budrligi Rz40 darajadan past boʻlmasligi taʼminlanishi, yuza qiyaligi hisobga olinishi lozim;
toʻlqinlarni obyektdan AEOʻ ga uzatish chogʻida minimal yoʻqotishlarni taʼminlaydigan kontakt muhiti tanlanishi, obyekt qoplamasining qalinligi va bir jinsliligi hisobga olinishi kerak.
39. AEOʻ ning obyektga oʻrnatilishi va kontakt samaradorligi tegishli vositalar (imitatsion manba — ultratovush tarqatgich, Su-Nilsen manbasiga javob qaytishi) yordamida tekshiriladi.
40. Agar nazorat qilinadigan obyekt joylashgan sharoitlar AEOʻ ni joylashtirish imkonini bermasa, toʻlqin qaytargichlardan foydalanish ruxsat etiladi. Toʻlqin qaytargich keltirib chiqaradigan signalning soʻnish darajasi uning shakli, uzunligi, materiali va ulash usulini tanlash yoʻli bilan minimumga keltirilishi kerak.
41. Atrof-muhit taʼsirini hisobga olgan holda kontaktning barqarorligi, uni mahkamlashning mexanik mustahkamligi taʼminlanishi lozim. Zarur hollarda oʻzgartirgich va nazorat qilinayotgan obyekt yuzasi oʻrtasida elektr izolatsiyasi taʼminlanishi lozim.
Nazorat qilinadigan obyekt yoki AEOʻ da korroziyani keltirib chiqaradigan kontakt muhitining ishlatilishiga yoʻl qoʻymaslik kerak (ayniqsa uzoq vaqt davom etadigan kontaktda).
Nazorat qilinadigan AEOʻ obyektiga va ulovchi kabelga mexanik nagruzka tushishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
42. AEOʻ nazorat qilinadigan obyektga oʻrnatilgandan va nazorat tizimiga ulangandan keyin uning, shu jumladan oldindan kuchaytirgich, kabel, filtr, asosiy kuchaytirgichning ishlashi tekshiriladi. AEOʻ ning nisbiy oʻzgartirish koeffitsiyenti 22, 23-bandlarda bayon etilgan talablarga muvofiq aniqlanadi.
43. Obyektda AEOʻ ni oʻrnatish va tekshirish boʻyicha AE nazoratni oʻtkazishda hisobot materiallariga quyidagi maʼlumotlarni kiritish tavsiya etiladi:
1) Kontakt muhitning turi.
2) AEOʻ ni mahkamlash usuli (mexanik, magnitli va h.).
3) Kontakt yuzaning tozaligi va uni tayyorlash usuli.
4) Signallarning obyekt qoplamasidan oʻtish chogʻidagi yoʻqotishlar, yuzaning notekisligi va h.
5) Toʻlqin qaytargichlardan foydalanganda; ularning materiali, geometriyasi va signal parametrlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar.
IX bob. Akustik emissiya oʻzgartirgichlarini kalibrlashni oʻtkazish tartibi
44. Etalon AEOʻ ning elektr akustik oʻzgartirish koeffitsiyenti “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi ruxsatnoma (litsenziya)siga ega organlar (laboratoriyalar) tomonidan qattiq jism yuzasining dinamik qoʻzgʻalish amplitudasini va impuls xarakteristika amplitudasini oʻlchash yoʻli bilan, namunaviy oʻlchov vositalaridan foydalangan holda aniqlanadi. Bunda mazkur hujjatning IV bobi 1-§, 2-§ da koʻrsatilgan usullardan foydalaniladi.
45. Ishchi AEU ni kalibrlash “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi ruxsatnoma (litsenziya)siga ega tashkilotlar tomonidan 44-bandga muvofiq kalibrlangan etalon AEOʻ dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
46. Ishchi AEOʻ ning asosiy parametrlari AEOʻ egalari tomonidan nisbiy oʻlchovlar usuli (22, 23-bandlar) va 45-bandga muvofiq kalibrlangan etalon AEOʻ dan foydalangan holda aniqlanadi.
47. Etalon AEOʻ ni kalibrlash bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Ishchi AEOʻ ning asosiy parametrlarini aniqlash har nazorat oldidan, lekin kamida bir yilda bir marta amalga oshiriladi.
AE oʻzgartirgichlarini kalibrlash natijalari “Kalibrlash sertifikati” shaklida rasmiylashtiriladi.
X bob. Yakuniy qoidalar
48. Ushbu “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qoʻllaniladigan akustik-emissiyani oʻzgartirgichlarga Talablar” “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U.S. NAZAROV
2009-yil 20-may
Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK Bosh direktori K.S. SANAKULOV
2009-yil 19-may
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi Gʻ.I. IBRAGIMOV
2009-yil 20-may
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qoʻllaniladigan akustik-emissiyani oʻzgartirgichlarga talablarga 1-ILOVA (Majburiy)
Akustik emissiya oʻzgartirgichi pasportining tarkibi
AEOʻ pasportida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
1. Modelning belgisi.
2. Seriya raqami.
3. Qabul qilingan sana.
4. Ishlab chiqaruvchining nomi.
5. Oʻzgartirgichning turi (konstruktiv).
6. Oʻzgartirgichning oʻzgartirish koeffitsiyenti.
7. Oʻzgartirgichning ishchi chastotasi (chiziqli va keng tasmali oʻzgartirgichlar uchun — markaziy chastota).
8. Impuls xarakteristikaning chiqishlari soni nu.
9. Asosiy tebranishlar davri To (rezonans chastota Gʻo).
10. Impuls xarakteristika energiyasi Ei.
11. Amplituda-chastota xarakteristikasi.
12. Parametrlarni aniqlash usuli toʻgʻrisida maʼlumotlar.
13. Oʻlchamlar.
14. Massa.
15. Harorat diapazoni.
16. Obyektga mahkamlanish sharoitlari.
17. Tayyorlangan sana.
18. Qabul qilgan shaxsning familiyasi va imzosi.
19. Qoʻshimcha maʼlumotlar (isteʼmolchining talabi boʻyicha):
20. AEOʻ ning xususiy issiqlik shovqinlari darajasi.
21. Sezgir elementning turi va oʻlchamlari.
22. Himoya plastinkasi va korpus materiali.
23. Tavsiya etiladigan kontakt muhiti.
24. Elektr ajratgich va kabel turi.
25. Fizik sigʻim.
26. Izolatsiya qarshiligi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qoʻllaniladigan akustik-emissiyani oʻzgartirgichlarga talablarga 2-ILOVA (Maʼlumot uchun)
Akustik emissiya oʻzgartirgichlarining asosiy parametrlarini aniqlashda ishlatiladigan oʻlchov apparatlari turlari roʻyxati
1. Impuls generatori (G5-54 turidagi).
2. Videoimpuls generatori, impulsli defektoskop (masalan, UD2-12 turidagi)dan foydalanish tavsiya etiladi.
3. Raqamli ossillograf (S8-8 turidagi).
4. Elektron-sanoqli chastotomer (ChZ-35A turidagi).
5. Grafopostroitel (N-306 turidagi).
6. Furye-oʻzgarishini bajara oladigan dasturlar paketiga ega kompyuter.
7. Sigʻim oʻlchagich.
8. Akustik maydon hosil qiluvchi - oʻzgartirgich AMHOʻ (MI 1786-87 boʻyicha).
Oʻzining parametrlari boʻyicha yuqorida koʻrsatilganlardan qolishmaydigan oʻlchov asboblari va vositalari ham ishlatilishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorati uchun qoʻllaniladigan akustik-emissiyani oʻzgartirgichlarga talablarga 3-ILOVA (Maʼlumot uchun)
Murojaat qilingan meʼyoriy hujjatlar
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini nazorat uchun koʻllaniladigan akustik-emissiyani oʻzgartirgichlarga talablarga 4-ILOVA
Atama va taʼriflar
