Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida (PF-1213-son)
16.08.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
8. Budjet hisobidan pul bilan taʼminlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida, nogironligi boʻlgan bolalar, ayollar va erkaklar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari va nogironligi boʻlgan shaxslar reabilitatsiya markazlari xodimlarini ragʻbatlantirish uchun — mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil qilishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 16-avgust,
PF-1213-son
