Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1639-1-son)
24.06.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1639-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/5-son qarori (roʻyxat raqami 1639, 2006-yil 11-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 463-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-may,
16/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/5-son qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. II boʻlimda:
“15799” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “16100”, “16102” va “16104” kodli hisobvaraqlar bilan toʻldirilsin:
“19925” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “19927” kodli hisobvaraq bilan toʻldirilsin:
“19931” va “22508” kodli hisobvaraqlarining “Nomi” ustunidagi “uzaytirilgan” degan soʻz “kechiktirilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“22104” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “22200”, “22203” va “22205” kodli hisobvaraqlar bilan toʻldirilsin:
“22502” kodli hisobvaragʻining “Nomi” ustunidagi “daromad (foyda)” degan soʻzlar “foyda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“22812” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “22814” va “22816” kodli hisobvaraqlar bilan toʻldirilsin:
“29805” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “29807” kodli hisobvaraq bilan toʻldirilsin:
“31700” va “31701” kodli hisobvaraqlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45217” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “45400” va “45401” kodli hisobvaraqlar bilan toʻldirilsin:
“45913” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “45917” kodli hisobvaraq bilan toʻldirilsin:
“54195” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “54400” va “54401” kodli hisobvaraqlar bilan toʻldirilsin:
“55106” kodli hisobvaragʻidan keyin quyidagi mazmundagi “55300” va “55301” kodli hisobvaraqlar bilan toʻldirilsin:
“55600” va “55602” kodli hisobvaraqlar chiqarib tashlansin;
“56714” kodli hisobvaragʻining “Nomi” ustunidagi “daromad” degan soʻz “foyda” degan soʻz bilan almashtirilsin”;
“56900” va “56902” kodli hisobvaraqlarining “Nomi” ustunidagi “Daromad” degan soʻz “Foyda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2. III boʻlimda:
“15799” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “16100”, “16102” va “16104” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari bilan toʻldirilsin:
“19925” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “19927” kodli hisobvaraqning taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“19931” kodli hisobvaragʻi taʼrifining “Nomi” ustunida:
birinchi xatboshidagi “uzaytirilgan” degan soʻz “kechiktirilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “uzaytirilgan”, “daromadi (foydasi)ga”, “daromad (foyda)ni” va “daromad (foyda)” degan soʻzlar tegishlicha “kechiktirilgan”, “foydasiga”, “foydani” va “foyda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“22104” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “22200”, “22203” va “22205” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari bilan toʻldirilsin:
“22502” kodli hisobvaragʻining taʼrifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22504” kodli hisobvaragʻi taʼrifining “Nomi” ustuni ikkinchi xatboshisidagi “daromad (foyda)” degan soʻzlar “foyda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“22508” kodli hisobvaragʻining taʼrifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22812” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “22814” va “22816” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari bilan toʻldirilsin:
“29805” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “29807” kodli hisobvaraqning taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“31700” va “31701” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45217” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “45400” va “45401” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari bilan toʻldirilsin:
“45913” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “45917” kodli hisobvaraqning taʼrifi bilan toʻldirilsin:
“54195” kodli hisobvaragʻi taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “54400” va “54401” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari bilan toʻldirilsin:
“55106” kodli hisobvaragʻining taʼrifidan keyin quyidagi mazmundagi “55300” va “55301” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari bilan toʻldirilsin:
“55600” va “55602” kodli hisobvaraqlarning taʼriflari chiqarib tashlansin;
“56714” kodli hisobvaragʻi taʼrifining “Nomi” ustuni ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga (foyda soligʻidan tashqari) va boshqa majburiy toʻlovlarga, shuningdek litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi”;
“56900” kodli hisobvaraq taʼrifining “Nomi” ustunidagi “Daromad” degan soʻz “Foyda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“56902” kodli hisobvaragʻining taʼrifida:
birinchi xatboshining “Nomi” ustunidagi “Daromad” degan soʻz “Foyda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foydaga hisoblangan soliqlar (foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va shu kabi boshqa soliqlar) va yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari uchun) boʻyicha xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi”.
