Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1835-1-son)
28.06.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1835-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 13-iyundagi 14/5-son qarori (roʻyxat raqami 1835, 2008-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-iyun,
17/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/1-sonli qaroriga ILOVA
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2. 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va Ipoteka krediti berishni qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3. 25-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “tasdiqlangan” degan soʻz “qabul qilinganligi haqida shtamp qoʻyilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
