Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1531-2-son)
24.06.2011
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi BOSh DIREKTORIning
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1531-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1531, 2005-yil 7-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 372-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MUXITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-may,
7-yu-son
