Oksitotsin (inyeksion eritma) preparatini veterinariyada qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani tasdiqlash toʻgʻrisida (59-son)
19.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli bayoniga muvofiq buyuraman:
1. “Oksitotsin (inyeksion eritma) preparatini veterinariyada qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 14-sentabrda tasdiqlangan “Oksitotsin (inyeksion eritma) preparatini veterinariyada qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-mart,
59-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 59-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Oksitotsin (inyeksion eritma) preparatini veterinariyada qoʻllash boʻyicha
Qoʻllanma
I. Umumiy maʼlumotlar
1. Oksitotsin (Oxytocin) — 1 ml tarkibida sintetik oksitotsin 10 IYE hamda xlorbutol faol boʻlmagan komponenti va inyeksiya uchun suv mavjud boʻlgan preparat.
2. Tashqi koʻrinishiga koʻra mexanik qoʻshimchalarsiz va hidsiz, shaffof rangsiz suyuqlik.
3. Oksitotsin shisha flakonlarga 50 ml dan qadoqlanadi.
4. Preparat yorugʻlik tushmaydigan, bolalar qoʻli yetmaydigan joyda, 2 dan 25°S gacha haroratda saqlanadi. Muzlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oksitotsinning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 2 yil.
II. Farmakologik xususiyatlari
5. Oksitotsin — oqsil-peptid strukturasi gipofizining orqa boʻlagi gormonidir. Bachadon silliq mushaklariga stimullovchi taʼsir koʻrsatadi, bachadonning qisqarish tezligini va kamroq darajada bachadon tonusini oshiradi.
III. Qoʻllash tartibi
6. Oksitotsin urgʻochi hayvonlarning tugʻruq faoliyatini stimullashtirishda (gipotoniya, bachadon atoniyasi), tugʻruqdan keyingi bachadondan qon ketishi; yoʻldosh tutilishi, tugʻruqdan keyingi bachadonning oʻz-oʻzini tozalash jarayonini yoʻlga qoʻyishda qoʻllaniladi; boshqa antibiotiklar va kimyoterapevtik vositalari bilan qoʻshilgan holda — endometritlarni, shuningdek mastitlar, agalaktiyalarni davolashda va sut sogʻilishini yaxshilashda qoʻllaniladi.
7. Preparat teri ostiga yoki mushak orasiga, bir marta quyidagi dozalarda qoʻllaniladi:
sigir va biyalarga — 2—4 ml (20—40 IYE);
qoʻy, echki, choʻchqalarga — 1—3 ml (10—30 IYE);
itlarga — 0,2—1 ml (2—10 IYE);
Ap — mushuklarga — 0,3—0,5 (3—5 IYE).
Zarur hollarda tezroq taʼsir koʻrsatishi uchun preparatni tomir orasiga asta sekinlik bilan tomchi infuziyasini qoʻllash orqali 5 % li glyukoza eritmasi yoki fiziologik eritma bilan birgalikda quyidagi dozalarda yuborish mumkin:
sigir va biyalarga — 0,25—1 ml dan (2,5—10 IYE) to 4 ml gacha (40 IYE), undan ortiq emas;
qoʻy, echki, choʻchqalarga — 0,05—0,25 ml dan (0,4—2,5 IYE) to 0,5 ml gacha (5 IYE), undan ortiq emas.
Agar birinchi marta kam doza qoʻllangan boʻlsa, 20—40 minutdan soʻng takroran yuborish mumkin.
8. Qarshi koʻrsatmalar. Preparat urgʻochi hayvonlarga homila notoʻgʻri joylashganda to uni toʻgʻrilanmaguncha, hamda bachadon boʻyni yetarli darajada ochilmaganda qoʻllanilmaydi.
9. Yuqori dozalarda bachadon qisqarishining tetaniya holatida davom etishini yuzaga keltirishi mumkin.
10. Hayvonlarni soʻyish va chorvachilik mahsulotlaridan foydalanishga cheklovlarsiz yoʻl qoʻyiladi.
IV. Noroziliklarni bayon etish tartibi
11. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: [email protected]. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.
