Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (259-son)
05.12.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” Boshligʻining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2009-yil 30-dekabrdagi 6-15/11-10659/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) muvofiq buyuraman:
1. Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-dekabr,
259-son
Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 5-dekabrdagi 259-son buyrugʻiga ILOVA
MEMBRANA SAQLAGICh QURILMALARINI IShLAB ChIQISh, TAYYoRLASh VA IShLATISh
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, ortiqcha yoki vakuummetr bosimda ishlovchi sigʻimli jihoz va quvurlarni himoyalashda qoʻllaniladigan — membrana saqlagich qurilmalaridan foydalanishda sanoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan texnik talablarni belgilaydi.
I-bob. Umumiy qoidalar
1. Qoidalarda quyidagi iboralar va tushunchalar qoʻllanilgan:
membrana saqlagich qurilmasi (MSQ) — uziluvchi saqlagich membrana (bir yoki bir nechta) va uni mahkamlovchi tugundan (elementlarni qisib turuvchi) tashkil topgan qurilma boʻlib, boshqa elementlar bilan yigʻilgan holda, bugʻ-gaz aralashmasi massasining maʼlum bosimida ishga tushadi va bartaraf etish zaruriyatini taʼminlaydi;
vakuum MSQ — kriogen sigʻim va quvurlarda halokatli vaziyatlarda qoʻllaniladigan issiqlik izolatsiyasi boʻshligʻini bosim ortib ketishidan himoyalash uchun maxsus membrana saqlagich qurilmasi;
saqlovchi membrana (SM) — MSQdagi saqlovchi element, belgilangan bosimda parchalanib, zaruriy oʻtkazib yuboruvchi kesimni ozod etadi, himoyalanayotgan idishni (quvurni) tashlama tizim bilan ulaydi;
uziluvchi membrana (UM) — tekis yoki qubbasimon SM, sirtiga taʼsir etuvchi bosim ostida uzilishga ishlaydi;
“paqillovchi” membrana (PM) — ish jarayoni bosim ostida mustahkamlikni yoʻqolishi bilan bogʻliq (qavariq yuzasiga taʼsir etuvchi) qubbasimon SM. Mustahkamligi yoʻqolgan holda, membrana dastlab kuchsizlangan kesimi boʻylab pichoq tigʻlariga kesiladi yoki uziladi;
membrana toʻplami — bir xil haroratda va oʻrnatilgan bosimda ishga tushuvchi, bitta oʻram (tunuka) materialidan va bitta texnik topshiriq (buyurtma) boʻyicha tayyorlangan, umumiy texnik pasportga egalik qiluvchi — bir xil turdagi va oʻlchamdagi membrana;
vakuumga qarshi tayanch — teshikli qubbasimon qobiq, qavariq yuzasi UMni botiq yuzasiga mos, himoyalanayotgan idish (quvur)ni vakuumlanishida ingichka UMda deformatsiyalanish va mikro yoriqlar hosil boʻlish hollari oldini oladi;
pichoqli tigʻ — mustahkamlikning yoʻqolishi mobaynida PM kesilishini taʼminlovchi element;
qisib turuvchi elementlar — halqaning chekka uchastkasi boʻylab SMni mahkamlash (qisish) uchun xizmat qiluvchi detal;
himoya qobigʻi — SM foydalanish sharoitida emirilishga chidamli metall yoki nometall material qatlami boʻlib, SMni emirilishdan saqlash zaruriyatini nazarda tutadi;
emirilishga qarshi qoplama — MSQ foydalanish sharoitida emirilishga chidamli metall yoki nometall material qatlami boʻlib, MSQ elementlarini, ularni emirilishdan saqlash zaruriyati tugʻilsa, yuzasiga purkash, soxta qaynayotgan qatlamga botirish yoki boshqa usullarda qoplanadi;
issiqlikdan himoyalovchi ekran — SMning harorati taʼsiridan himoyalovchi element;
shikastlamagan xolda nazorat — membranalarni tayyorlash jarayonida ulardan har birini shikastlanishigacha olib kelmagan holda, ishga tushish bosimini belgilash imkonini beruvchi usul (uslub). Shikastlamagan holda nazorat usullarini koʻllash bilan aniqlangan ishga tushish bosimi nazorat (shikastlab) sinovlarini amalga oshirish bilan tekshiriladi;
statik nazorat — berilgan ehtimol bilan matematik kutish singari membrana toʻplamini ishga tushish bosimi diapazonini (qiymatlarda), ularning normal va logarifmik taqsimlanishi shartlaridan kelib chiqib, shikastlovchi sinovlar natijalarini tanlama hajmi boʻyicha aniqlash usuli;
ishga tushish aniqligi — texnik topshiriqlar bilan belgilangan shartlarda mazkur toʻplamidagi membranalarning ishga tushishi uchun haqiqiy bosim oraligʻi (chegara qiymatlaridan ogʻmaydi). Nazorat sinovining natijalari — statik yoki baholashning boshqa ishonchli usullarini qoʻllash orqali belgilanadi;
moʻljallangan xizmat muddati — foydalanishning taqvim davomiyligi. Bu sanaga erishilganida, obyektni, uning texnik holatidan qatʼi nazar, foydalanishdan chiqarish joiz;
kafolat majburiyatlari — MSQ yoki membranalarning texnik tavsifi ishlab chiquvchi tomonidan texnik pasportda koʻrsatilgan texnik shartlarga, buyurtmachining texnik topshirigʻiga muvofiqligi haqida tayyorlovchi majburiyati;
ishchi bosim (R ishchi) — himoyalanayotgan apparat (quvur)da, ish jarayonining normal holati davom etishida SMga taʼsir etuvchi bosim;
aks bosim — bartaraf etish tizimi tarafidan SMga taʼsir etuvchi (yoki taʼsir etishi mumkin boʻlgan) bosim;
hisobiy bosim (R xis) — mustahkamlik shartlari boʻyicha himoyalanayotgan idishga (quvurga) moʻljallangan bosim;
ishga tushish bosimi (R ishga.tush) — buyurtmachi bilan belgilangan, membrana parchalanishi (uzilishi) kerak boʻlgan bosim. Ishga tushish harorati bilan birga koʻrsatiladi;
ishga tushish harorati — buyurtmachi bilan belgilangan, qayd qilingan ishga tushish bosimida membrana parchalanishi (uzilishi) kerak boʻlgan harorat;
hisobiy diametr (D xuc) — MSQ, uning ishga tushish paytida hisobiy oʻtkazuvchanlik qobiliyatini taʼminlash uchun zaruriy bartaraf etish teshigining diametri (bartaraf etish quvurining taʼsirini hisobga olib);
ishchi diametr (D ishchi) — membrana parchalanganidan keyin hosil boʻladigan bartaraf etish teshigi maydonining (Gʻ, m2) shartli diametri (“nur” boʻyicha shartli diametri). Nazorat sinovlarining natijalari boʻyicha oʻrnatiladi;
shartli diametr (D sh) — MSQning shartli ichki diametri. U ajratgichiga MSQ oʻrnatilgan flanetsli yoki boshqa birikmaning shartli oʻtish diametri boʻyicha qabul qilinadi.
2. Qoidalar quyidagi hollarda qoʻllanish uchun moʻljallangan:
a) membrana saqlagich qurilmalarini loyihalashda, tayyorlash, sinash, foydalanish, taʼmirlash, va saqlash uchun tayyorlashda;
b) sanoat xavfsizligi ekspertizasining bajarilishida.
3. Mazkur Qoidalar loyihalanayotgan va qayta tayyorlanayotgan membrana saqlagich qurilmalariga, shu bilan birga foydalanayotgan, tayyorlash texnologiyasi va sifat nazorati orqali ishga tushish aniqligi (belgilangan) va oʻtish kesimi maydonining zaruriy kattalikka ochilishi taʼminlangan membrana saqlagich qurilmalariga taalluqli.
4. Membrana saqlagich qurilmasiga foydalanish hujjatlari tayyorlovchi zavodning texnik hujjatlariga, texnologik reglament, ushbu Qoidalar va Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan sanoat xavfsizligi boʻyicha standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
II-bob. Membrana saqlagich qurilmalari va membranalarga asosiy talablar
1§. Membrana saqlagich qurilmalari va membranalarga talablar
5. Membrana saqlagich qurilmalari texnologik jihoz obyektini ish muhitida yuzaga keluvchi xavfli ortiqcha yuklanish va (yoki) vakuummetr bosimdan himoyalash uchun qoʻllaniladi.
6. MSQ va membranalarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (buyurtma) asos qilib olingan. Texnik topshiriqda membrana saqlagich qurilmalari va membranadan foydalanishning muayyan sharoitidan kelib chiqib boshlangʻich maʼlumotlar va texnik talablar belgilangan boʻladi. MSQ va membranani ishlab chiqishga talablar mazkur Qoidaning 1-ilovasida koʻrsatilgan.
7. MSQni ishlab chiqishga texnik topshiriq buyurtmachi bilan rasmiylashtiriladi va loyihani ishlab chiquvchi bilan kelishiladi. Mazkur Qoidaning 2-ilovasida tavsiya qilinuvchi texnik topshiriqning shakli koʻrsatilgan. Buyurtmachi va buyurtmani bajaruvchi orasidagi kelishuvlar orqali shaklga toʻldirishlar kiritilishi mumkin.
8. Belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik shartlar (TSh) boʻyicha tayyorlanuvchi MSQ va membranalarga texnik topshiriq rasmiylashtirilmaydi.
9. MSQning texnik hujjatiga qurilmaning barcha elementlari uchun texnik hujjatni, payvandlangan vakuum MSQ uchun — MSQning yigʻma chizmalarini biriktirish joiz.
10. MSQni qabul qilib olish sinovi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11. MSQ va membranalarni tayyorlash amaldagi qonunchilikka binoan bu koʻrinishdagi ish faoliyatini yuritishga ruxsatnomasi boʻlgan tashkilot tomonidan buyurtmachining texnik topshirigʻiga binoan amalga oshiriladi. Bunda MSQning mazkur koʻrinishiga taalluqli MSQ uchun ishlab chiquvchining texnik hujjatlarida belgilangan talablarga, texnik shartlarga va amaldagi standartlarga rioya etiladi.
12. Tayyorlangan MSQ va membranalar texnik topshiriq, texnik shartlar, tayyorlash sifatini taʼminlovchi boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi shart.
13. MSQ va membranalarni takroriy toʻplami alohida buyurtma boʻyicha va nomenklaturaning muayyan birligi uchun ilgari koʻrsatilgan shartlar asosida ishlab chiqarilishi mumkin.
14. Agar MSQni ishlab chiquvchi bitta korxona boʻlib, tayyorlovchi boshqa boʻlsa, u holda tayyorlangan MSQga membranalarning takroriy toʻplami membranalarni tayyorlovchilar tomonidan MSQni ishlab chiquvchi korxonaning texnik hujjati boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
15. Membrana bilan tutashuvchi MSQning elementlari (qisuvchi elementlar, pichoqli tigʻlar, vakuumga qarshi tayanch va b.) MSQga ishlab chiqilgan hujjatlar boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan tayyorlanishi mumkin.
2§. MSQ va membranalarning texnik hujjati, belgilanishi, yigʻilishi va oʻrab joylashtirilishiga qoʻyiladigan talablar
16. MSQ va unga tegishli membrana toʻplamiga texnik pasport ushbu Qoidaning 3 va 4-ilovasidagi shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi. Texnik pasportga konstruktorlik hujjatlari (chizmalar, texnik tavsif (TT), foydalanish boʻyicha rahbarlik va sh.k.) ilova qilinadi.
Kriogen rezervuar yoki kriogen quvurning — vakuum-zich gʻilofining tashkiliy qismi deb hisoblanuvchi payvandlangan vakuum MSQ uchun konstruksiya tavsifi, xizmat koʻrsatish tartibi, shu bilan birga germetiklikka vakuum sinovlari bilan almashtirishlar rezervuar yoki kriogen tizim (uskuna) foydalanish hujjatlarida keltirilishiga ruxsat etiladi.
17. Texnik pasport tayyorlovchi korxonaning texnik rahbari va (yoki) MSQ va membrananing tayyorlanish sifatiga javobgar shaxs bilan imzolanadi. Buyurtmachi va bajaruvchi orasidagi kelishuvlar orqali texnik pasport shakliga toʻldirishlar kiritilishi mumkin.
18. Membranalarni belgilash uchun, ular belgi quyruqlari bilan jihozlanadi. Belgi quyruqlarga, membrananing qubba tarafidan elektr grafik, zarba yoki foydalanish jarayonida uni oʻchib ketish sabablaridan mustasno boshqa usullarda bosiladi. Belgilash membranani ishga tushishiga taʼsir etmasligi kerak.
19. Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, agar mahkamlangan belgi quyruqlari membranalarni meʼyordagi faoliyatiga taʼsir koʻrsatsa yoki membranalarning oʻlchamlari juda kichik boʻlib, ularga mazkur Qoidaning 1-ilovasida belgilangan barcha maʼlumotlarni bosish imkoniyati boʻlmasa, bunday hollarda belgilash tarkibini tayyorlovchi korxona yoki mahsulot belgisi, membrana toʻplami va MSQ raqamlarini koʻrsatish bilan kifoyalansa boʻladi.
20. MSQ tayyorlangan yoki foydalanish joylarida yigʻilishi mumkin. MSQni yigʻish Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan sanoat xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
21. Yigʻish ishlarini membrana bilan muomala qilishga oʻqitilgan xodim amalga oshirishi shart.
22.Obyektda MSQni yigʻish va membranalarni almashtirish ishlari ish rahbarining kuzatuvi ostida, membrana bilan muomala qilishga oʻqitilgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
23.Obyektda MSQni yigʻish va membranalarni almashtirish ishlari ish rahbarining kuzatuvi ostida, membrana bilan muomala qilishga oʻqitilgan va xavfsizlik texnikasi boʻyicha guvohnomasida bunday koʻrinishdagi ishlarni bajarishga huquq berilganligi haqida belgi bitilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim. MSQ va membranalarni yigʻish va almashtirish ishlariga tayyorlangan xodimlar boʻlmaganligi hollarda bu ishlar tegishli vakolatga ega ixtisoslashgan taʼmir yoki sozlovchi tashkilotlarning xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
MSQni oʻrnatish va yigʻish boʻyicha operatsiyalar nazoratda boʻlishi va MSQdan foydalanish boʻyicha jurnalda qayd qilinishi lozim. Jurnalning tavsiya etiluvchi shakli ushbu Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan.
24. MSQ yigʻilgan holatda, vakuumga qarshi tayanchlari, pichoqli tigʻlar, qisib turuvchi va qurilmaning boshqa elementlari istalgan koʻrinishdagi transportda tashilishida, ularni mexanik shikastlanishi mumkinligi hollarini chetlatuvchi maxsus idishlarga oʻrab joylashtirilishi lozim.
25. Oʻrab joylanuvchi tarada kamida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
a) mahsulot nomi;
b) tayyorlovchi-korxona nomi;
v) membrana raqami;
g) membranalar turi va soni.
26. Saqlagich membranalarining saqlash idishini tashish jarayonida, to oʻrnatish joyiga yigʻilmagunicha ruxsat etilmagan yaqinlashish oqibatida ularni tasodifiy deformatsiyalanishi (bu bilan membranalarni faoliyat xossalarini buzulishiga olib kelish) hollarini chetlatish maqsadida takror muhrlab turish lozim.
3§. MSQ va membranalarni yigʻish va foydalanish tartibi
27. MSQ va membranalarni yigʻish hamda foydalanishda xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnoma va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarga amal qilish kerak.
28. MSQ va membranalarni yigʻish va foydalanish boʻyicha ishlarni membranalar bilan muomala qilishga oʻqitilgan shaxslar tomonidan bajarilishi lozim.
29. MSQ va membranalarni foydalanishga kiritilishiga buyurtmachi korxona tomonidan membrana va unga yondosh detallarni yigʻish va montaj qilish joyida bajarilgan texnik koʻrik natijalaridan kelib chiqib, ruxsat beriladi. Bunday hollarda:
a) membranalarning texnik tavsifi texnik pasportda belgilangan foydalanish talablariga muvofiqligi tekshirilsin;
b) belgilash uchun quyruqda elektr grafik yoki boshqa usulda bosilgan texnik pasportda belgilanganlarga muvofiq toʻplam raqami, shu bilan birga tayyorlovchi korxona nomi yoki belgisi borligi tekshirilsin;
v) membranalarda nojoʻya saqlash yoki notoʻgʻri muomalada boʻlish natijasida vujudga kelgan ezilishlar yoki ularning izi, qirilish va boshqa shikastlanishlar topilgani hollarda, ularni keyingi foydalanishdan chiqarib butlovdan yangilari bilan almashtirilsin;
g) membranalar bilan tutashuvchi MSQ detallarida mexanik zarralar, moy, boʻyoq va sh.k. mavjud boʻlsa, ular tozalansin va yogʻsizlantirilsin;
d) membranalar bilan tutashgan detallarning oʻlchami va yuzasiga ishlov berish sifati ishchi chizmalardagi talablarga muvofiqligi tekshirilsin;
e) membranalar bilan tutashuvchi qisuvchi elementlarning tashqi yuzasida bartaraf etilgan ishchi muhit yoʻnalishini (himoyalanayotgan idish tarafdan) koʻrsatuvchi stryelka mavjudligi tekshirilsin, tashlama xavfsiz joyga yoʻnalganligiga ishonch hosil qilinsin.
30. MSQni saqlagich klapanlar bilan ketma-ket oʻrnatishda membrana va klapan orasidagi boʻshliqqa signal manometr (membranani soz holatini nazorat qilish uchun) bilan umumlashgan qaytaruvchi quvur biriktirilsin. MSQni saqlagich klapanlari oldidan oʻrnatishda klapanni uni demontaj qilmasdan turib nazorat va rostlash ishlariga imkoniyatni taʼminlash maqsadida qaytaruvchi quvur (signal membranani membrana va klapan orasidagi boʻshliq bilan umumlashtiruvchi) bosim manbaiga (masalan, siqilgan havo yoki azot balloniga) biriktirilsin.
31. Agar MSQni yigʻish ishlari isteʼmolchi korxonada bajarilsa, u holda butlovdagi mazkur toʻplam membranalaridan biri tutashgan detallari bilan flanetsli birikmaning ajratgichiga qotirilib, 20° S haroratda (yoki berilgan haroratda) suyuqlik yoki gaz bosimi bilan yuklantirilsin va membranani ishga tushguniga (parchalanguniga) qadar bosim orttirilsin. Qayd qilingan ishga tushish bosimi va membranani ochiqlik maydoni texnik pasportda keltirilgan maʼlumotlarga muvofiqligi, yigʻish ishlari toʻgʻri bajarilganligi, membranalar bilan tutashgan detallar esa ishchi chizmalar talablariga muvofiq bajarilganligidan dalolat beradi. Bundan keyin membranani mazkur toʻplami foydalanishga kiritiladi.
Bugʻ yoki suv issiqlik tarmoqlaridagi element va tuzilmalarini sinash bilan bogʻliq boʻlgan ishlar ularning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur boʻyicha amalga oshiriladi.
32. MSQ va membranalarning soz holati ular oʻrnatilgan sigʻimli jihoz va quvurlarga xizmat koʻrsatuvchi xodim tomonidan tekshirilishi shart.
33. MSQni taʼmirlash ushbu qurilmadan foydalanuvchi korxonaning maxsus oʻqitilgan xodimi yoki tegishli vakolatga ega ixtisoslashgan taʼmir korxonalarining xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Jihoz va quvurlarni bosim ostida ishlashida MSQni taʼmirlash va membranalarni almashtirish man etiladi.
35. MSQ va membranalarni taʼmirlash maqsadida ularni xavfli portlovchi, zaharli va agressiv moddalarda ishlovchi jihozdan ajratishda, albatta jihozni oʻchirish, boʻshatish, tozalash (yuvish, havo haydash) va ishlab turgan jihozdan tiqinlash bilan ajratish kerak.
36. MSQni saqlashga tayyorlash rejimi va tartibi asosiy jihozni saqlashga tayyorlash va qayta qurish loyihasida aytib oʻtilishi shart yoki qurilmani ishlab chiqargan korxona tavsiyalari boʻyicha amalga oshiriladi.
37. Foydalanish maʼlumotlari membranadan foydalanish jurnaliga muntazam ravishda kiritib turilishi lozim, jurnalning shakli ushbu Qoidaning 5-ilovasida keltirilgan.
III-bob. Yakuniy qoidalar
Ushbu Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. A. XAITOV
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. N. JAHONGIROVA
“Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi B. M. TEShABOYEV
Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalariga 1-ILOVA
1-bob. MSQ va membranalarning texnik shartlari
1§. MSQni qoʻllanish hududi
1. MSQdan foydalaniladi:
a) mustaqil saqlagich qurilmalari sifatida;
b) saqlagich klapanlar sirasida.
2. Uziluvchi membranali (UM) MSQ suyuq va gaz muhitida qoʻllaniladi.
3. “Paqillovchi” membranali (PM) MSQ gaz muhitida qoʻllaniladi. Suyuq muhitda ular membrana ostida kamida 2,4Dsh3 hajmdagi gaz yostigʻi boʻlgani hollarda ishlatiladi (maxsus “paqillovchi” membranalardan tashqari). Suyuq muhitda ishlashida foydalaniladigan “paqillovchi” membranali MSQ saqlagich klapanlaridan oldin, ularning orasidagi hajm kamida 8Dsh3 boʻlgani hollarida oʻrnatiladi.
4. Namunaviy membrana saqlagich qurilmalari:
1-rasm. Namunaviy membrana saqlagich qurilmalari
Uziluvchi membranali (tekis, avvaldan qavariqlashtirilgan, paketli teshiklari bilan va b.) qurilma (1a rasm) bartaraf etuvchi tizim tarafidan aks bosim tebranishlari mavjud boʻlmagan hollarda ishlatiladi. Zaruriy hollarda vakuumga qarshi tayanch nazarda tutiladi (punktir chiziqlar bilan koʻrsatilgan).
“Paqillovchi” membranali qurilma (1 v rasm), mustahkamlikning yoʻqolishida ishlaydi, bartaraf etuvchi tizim tarafidan aks bosim tebranishlari mavjud boʻlmagan hollarda ishlatiladi. Zaruriy hollarda pichoqli tigʻlar nazarda tutiladi (punktir chiziqlar bilan koʻrsatilgan).
Uziluvchi va yordamchi membranali qurilma (1s rasm), bartaraf etuvchi tizim tarafidan aks bosim tebranishlar mavjud hollarda ishlatiladi. Membranalararo hajm signal manometr bilan umumlashtirilishi (membranalarning soz holatini nazorat qilish uchun) kerak. Bartaraf etuvchi tizim tarafidan mumkin qadar maksimal bosimni tutib turgan holda, yordamchi membrana uziluvchi membranani ishga tushish bosimidan katta boʻlmagan bosimlarda ishga tushishi (parchalanishi) kerak.
“Paqillovchi” va yordamchi membranali qurilma (1d rasm), bartaraf etuvchi tizim tarafidan aks bosim tebranishlar mavjud hollarda ishlatiladi. Bu yerda ham membranalararo hajm signal manometr bilan umumlashtirilishi (membranalarning soz holatini nazorat qilish uchun) kerak. Bartaraf etuvchi tizim tarafidan mumkin qadar maksimal bosimni tutib turgan holda yordamchi membrana “paqillovchi” membranani ishga tushish bosimidan katta boʻlmagan bosimlarda ishga tushishi (parchalanishi) kerak.
Maxsus qurilmalar (1e rasm), kriogen rezervuar va quvurlarda qoʻllaniladi. Qoʻllanishidan maqsad halokatli vaziyatlarda issiqlik izolatsiyasi boʻshligʻini bosim oshib ketishidan himoyalash, bunda membrana oʻrnatilgan halqa bilan payvandlab biriktirilgan.
2§. MSQni oʻrnatish sxemalari va talablari
5. Mustaqil saqlovchi qurilma sifatida MSQ oʻrnatilishi mumkin:
a) richag-yukli va prujinali saqlovchi klapanlar oʻrniga, qachonki bu klapanlar ishchi muhit sharoitidan kelib chiqib, ularning inertligi yoki boshqa sabablari tufayli qoʻllash mumkin boʻlmasa;
b) idishlarni vakuummetr bosimi bilan xavfli yuklanishidan himoyalash uchun;
v) idishni bir vaqtning oʻzida ham vakuummetr va ham ortiqcha bosim bilan xavfli yuklanishidan himoyalash uchun.
6. Saqlovchi klapanlar sirasida MSQ oʻrnatiladi:
a) Klapan oldidan quyidagi hollarda (2-rasm):
1) qachonki klapanlar ishchi muhitning zararli taʼsiridan (emirilish, chirish, polimerlanish, kristallanish, kokslanish, qaynash, yaxlash va sh.k.) ishonchli ishlay olmasa;
2) yopiq klapanlardan zaharli, yongʻindan xavfli ishchi muhitlarini sizilishi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida;
3) klapanlarni qismga ajratmay turib, nazorat qilish va rostlash imkoniyatini taʼminlash uchun (“paqillovchi” membrana yoki uziluvchi vakuumga qarshi tayanchlar oʻrnatilganida). Klapanlarni ishga tushishi oʻchirilgan idishlarda, klapanni mustaqil bosim membranadan, masalan, siqilgan havo yoki azot ballonidan yuklantirib nazorat qilinadi.
2-rasm. Klapanni nazorat qilish va rostlashni taʼminlash maqsadida MSQni oʻrnatish sxemasi
b) Klapanlar bilan parallel (3-rasm) — bosimni bartaraf etishda tizimning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun. Katta boʻlmagan kesimli saqlovchi klapan halokatsiz xarakterli bosim ortishini sezadi (“navbatchi” klapan). Favqulodda muhitni bartaraf etishga moʻljallangan katta kesimli MSQ ochiq klapanda bosimning favqulodda oshishini sezadi;
3-rasm. MSQni klapan bilan parallel oʻrnatish sxemasi
v) klapan ortidan (4-rasm):
1) bartaraf etish tizimi tarafidan muhitning taʼsiri tufayli klapanlar ishonchli ishlay olmasa (emirilish, yaxlash va b.);
2) bartaraf etuvchi tizim tarafidan aks bosim tebranishlar klapanlarining ishga tushish aniqligiga taʼsirini yoʻqotish maqsadida.
4- rasm. MSQni klapanlar ortidan oʻrnatish sxemasi
7. MSQ ikkita boʻlgani hollarda ulardan oldin almashlab ulagich qurilmasini oʻrnatishga ruxsat beriladi (5-rasm) almashlab ulovchi qurilmaning istalgan vaziyatda idish (quvur)ni bosim ortib ketishidan himoyalanishi taʼminlanadi.
5-rasm. MSQ almashlab ulovchi qurilma bilan
8. MSQni saqlagich klapan izidan oʻrnatishda (klapandan oldin yoki keyin) membrana va klapan orasidagi boʻshliq quvurcha orqali signal manometr bilan umumlashtirilsin (membrananing soz holatini nazorat qilish uchun).
9. MSQni idishlar bilan bevosita biriktirilgan quvurcha yoki quvurlarga oʻrnatish lozim.
10. MSQni biriktiruvchi quvurlarni ularda ishchi muhitning yaxlab qolishidan himoyalash lozim.
11. Bitta quvurcha (quvur)da bir nechta MSQ oʻrnatilishida, quvurcha (quvur)ning koʻndalang kesim yuzasi unga oʻrnatilgan MSQlarining jami kesimlari maydonining 1,25 dan katta maydon qilib olinishi lozim.
12. MSQ oʻrnatilgan quvurchalardan va biriktiruvchi quvurlardan (idishdan MSQ gacha boʻlgan hududlarda) ishchi muhitni olish man etiladi.
13. MSQ ochiq va koʻzdan kechirish, xizmat koʻrsatish, yigʻish va qismlarga ajratish uchun qulay joylarga oʻrnatilishi lozim.
14. MSQ ishga tushishida xizmat koʻrsatuvchi xodimni jarohatlashi mumkin boʻlgan sabablarni, ishchi hududga zaharli, yongʻinga xavfli texnologik muhitni notashkiliy chiqarilishi va atrof muhitga zararli taʼsir etish xollarini bartaraf etish lozim.
15. MSQni almashlab ulovchi qurilma bilan oʻrnatishda himoyalanayotgan idish (quvur)ni oʻchirmagan holda, membranalarni (ishga tushishidan va foydalanish muddati tugaganidan soʻng) almashtirishga ruxsat etiladi.
16. Saqlovchi klapanlar oldidan MSQni almashlab ulovchi qurilmalari bilan oʻrnatishda (6-rasm) klapanlarni qismlarga ajratmay turib, himoyalanayotgan idish (quvur)ni oʻchirmagan holda, nazorat qilishga va sozlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
6-rasm. Saqlovchi klapanlar oldidan MSQni almashlab ulovchi qurilmalari bilan oʻrnatish sxemasi
17. MSQni almashlab ulovchi qurilmalari bilan oʻrnatishda, bartaraf etish gaz quvurini umumiy kollektorga biriktirilishida, MSQni ishga tushish ishonchliligini pasayishiga ruxsat berilmaydi.
18. MSQdagi olib ketuvchi quvurlarning kondensat toʻplanishi mumkin joylariga, ularni yoʻqotish maqsadida drenaj qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
19. Bartaraf etilayotgan zaharli, portlovchi va yongʻindan xavfli texnologik muhitlarni yopiq tizimlarga (keyinchalik utilizatsiya qilish maqsadida) yoki tashkiliy yoqish tizimiga yoʻnaltirish kerak.
20. Aralashgani hollarda, portlovchi qorishmalar yoki nomoʻtadil birikmalar hosil qilishga moyil bartaraf etiluvchi muhitlarni jamlashga ruxsat etilmaydi.
3§. MSQ va membranalarni ishlab chiqishga talablar
21. Ishlab chiqilgan MSQ va membranalar qurilmani talab etilgan oʻtkazuvchanlik qobiliyatini taʼminlash shartlarini qondirishi lozim, yaʼni:
Dsh ≥ Dishchi ≥ Dxis
shu bilan birga, bosimning belgilangan diapazonida membranalarni uzilish (ishga tushish) bosimi bilan taʼminlash boʻyicha talablarni, yaʼni:
a) MSQni mustaqil saqlagich qurilmasi sifatida oʻrnatilishida:
1) agar apparatdagi “portlash” bosimining oʻsish surati vaqtga nisbatan 10,0 MPa/s gacha boʻlgan qiymatlarni tashkil etsa:
Rishchi.maks ≤ Rishga-tush ≤ Rxis;
2) agar apparatdagi “portlash” bosimining oʻsish surati vaqtga nisbatan kamida 10,0 MPa/s ni tashkil etsa
Rishchi.maks ≤ Rishga-tush ≤ 0 8.Rxis
b) MSQni saqlagich klapanlar sirasida oʻrnatishda
1,2 Rishchi.maks Rishga-tush Rxis
22. MSQning minimal oʻtish kesimi maydoni (Dxis) loyihani ishlab chiquvchilar bilan hisoblanadi. Hisoblab chiqilgan maʼlumotlar MSQni ishlab chiqishga texnik topshiriqning ajralmas qismi hisoblanadi.
Xavfli portlovchi gaz, bugʻ va chang bilan havo aralashmalarini hosil boʻlishi mumkin boʻlgan apparatlar uchun MSQ oʻtish kesimlarining maydoni sanoat xavfsizligi boʻyicha normativ-texnik hujjatlarga muvofiq aniqlanadi.
Kimyoviy reaksiyaning nazoratdan, (yoki) halokat vaziyatlarida muhit oqimining boshqaruvdan chiqishi va yengil bugʻlanuvchi suyuqlikni qizdirilgan apparatga tegishi mumkin boʻlgan hollar uchun MSQning oʻtish kesimi — maydoni yopuvchi-rostlovchi organning mutlaq ochiq vaziyati uchun gidro va gaz mexanikasi bilan aniqlanadi.
23. Agar MSQda vakuumga qarshi tayanchlar koʻrib chiqilgan boʻlsa, u holda ular zaruriy oʻtkazuvchanlik qobiliyatini taʼminlashi, membrana shaklini takrorlovchi shaklga ega boʻlishi shart va ishlash vaziyatida ular orasidagi tirqish membrana qalinligidan kichik boʻlishi kerak.
24. MSQning konstruksiyasi MSQga membranani va MSQni flanets birikmasiga oʻrnatish variantining yagonaligini taʼminlashi shart; membrana qisqichini kuchaytirish tartiblashtiriladi.
II-bob. Texnik hujjatlar
1§. MSQning texnik pasportini rasmiylashtirish
25. MSQ texnik pasportida koʻrsatiladi:
a) tayyorlovchi-korxona nomi va manzili;
b) MSQ belgisi va texnik topshiriq (buyurtma) raqami;
v) MSQni tayyorlashga buyurtma bergan korxona nomi;
g) MSQ shartli diametri;
d) MSQ va unga membranalar tayyorlashda rioya etilgan normativ hujjatlar nomi;
e) membranani qisib turuvchi elementlar materiali;
j) membrana turi, belgisi (UM, MX yoki b.);
z) membrana materiali;
i) membrananing ishchi diametri (Dishchi) — nazorat sinovlarining natijalari boʻyicha oʻrnatilgan;
k) hisobiy diametr (Dishchi) — MSQga buyurtmachining TT boʻyicha;
l) toʻplamdagi membranalarning qoʻyilgan va 20° S haroratda ishga tushish bosimining minimal va maksimal qiymati
m) toʻplamda membranalar soni;
n) hisob yoki sinovlar bilan tasdiqlangan belgilangan xizmat muddati.
2§. MSQni belgilash
26. Belgi MSQning membranasini qisib turuvchi elementlarining tashqi yuzasiga elektr grafik yoki foydalanish jarayonida uni oʻchib ketish sabablaridan mustasno boshqa usullarda bosiladi.
27. Belgi quyidagilardan tashkil topadi:
a) tayyorlovchi korxonaning nomi (belgisi) yoki mahsulot belgisi;
b) texnik topshiriq (buyurtma) raqami;
v) MSQ turi va belgisi;
g) membrana turi va belgisi (UM yoki MX);
d) MSQning shartli diametri (Dsh);
e) hisobiy diametr (Dxuc) — MSQga buyurtmachining TT boʻyicha;
j) qisib turuvchi elementlar materiali;
z) membrana ishga tushishida (parchalanishida) muhit oqimining yoʻnalishi (qisib turuvchi elementlarda stryelka bilan koʻrsatiladi).
Vakuumga qarshi tayanch, pichoqli tigʻ, qisib turuvchi va MSQning boshqa elementlarida chizmaning raqami (buyurtma, texnik topshiriq yoki toʻplam raqamiga muvofiq) va belgisi qoʻyiladi.
3§. Membranaga texnik pasportning rasmiylashtirilishi
28. Membrana texnik pasportida koʻrsatiladi:
a) tayyorlovchi-korxona nomi va manzili;
b) membrana toʻplamining raqami — MSQ belgisi va texnik topshiriq (buyurtma) raqamiga muvofiq;
v) membranani tayyorlashga buyurtma bergan korxona nomi;
g) MSQ uchun membranalar tayyorlashda rioya etilgan TSh yoki boshqa meʼyoriy hujjatlar nomi;
d) membrana turi va belgisi (UM yoki MX);
e) membrana materiali;
j) MSQning (Dsh) boʻyicha belgilangan membrananing shartli diametri ( Dsh);
z) membrananing ishchi diametri (ochiqligi) (Dishchi), nazorat sinovlarining natijalari boʻyicha oʻrnatilgan;
i) hisobiy diametr (Dxis) — MSQga buyurtmachining TT boʻyicha;
k) toʻplamdagi membranalarning qoʻyilgan va 20° S da ishga tushish bosimining minimal va maksimal qiymati;
l) hisob yoki sinovlar bilan tasdiqlangan belgilangan xizmat muddati.
29. Hisob bilan tasdiqlangan taʼkidlangan xizmat muddati membranalardan aniq foydalanish sharoitidan kelib chiqib, belgilanadi:
a) materialning emirilish tezligi, himoyalanayotgan apparatda ishchi muhit tarkibi;
b) saqlagich membranani oʻrnatish joyida muhit harorati;
v) yuklanish darajasi (ishchi bosim va membranani ishga tushish bosimi orasidagi nisbat) va ishga tushishida bosimning kutilayotgan tezligi (apparatdagi muhitning “portlash” bosimini oʻsish surati);
g) membranadan foydalanish jarayonida yuklanish xarakteri (statik, oʻzgaruvchi kattalikda, pulslanuvchi);
d) materialning aniq foydalanish sharoitida siljuvchanlik surati.
4§. Membranalarni belgilash
30. Belgi quyidagilardan tashkil topadi:
a) tayyorlovchi korxonaning nomi (belgisi) yoki mahsulot belgisi;
b) membrana toʻplamining raqami;
v) membrana turi (UM yoki MX);
g) membrana materiali;
d) shartli diametr (Dsh) — MSQga binoan;
e) ishchi diametr (Dishchi) — texnik pasportda belgilanganiga binoan;
j) hisobiy diametr (Dxuc) — MSQga buyurtmachining texnik topshirigʻi (buyurtmasi) boʻyicha;
z) toʻplamdagi membranalarning qoʻyilgan va 20° S haroratda ishga tushish bosimining minimal va maksimal qiymati (barcha membranalar va mazkur toʻplam uchun).
31. Payvandlangan vakuum membranalarini belgilash oʻrnatilgan halqaning (saqlagich membrana payvandlangan) toʻgʻinida elektr grafik bilan amalga oshiriladi. Belgining tarkibi ushbu Qoidalarning 30-bandiga binoan bajarilsin.
Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalariga 2-ILOVA
Membrana saqlagich qurilmasini (MSQ) ishlab chiqishga va saqlovchi membranani (CM) tayyorlashga texnik topshiriqning (buyurtma) shakli
* Membranalarga texnik topshiriqni MSQning texnik pasportiga muvofiq tuzish lozim.
MSQ va membranalarni ishlab chiqish va tayyorlashga texnik topshiriq (buyurtma) shaklini toʻldirishga tushuncha
Texnik topshiriq himoyalanayotgan obyekt, uning xususiyati, oʻtuvchi jarayonlar koʻrsatgichlari haqida toʻliq taʼsirot berishi va shu obyekt loyihasi bilan moslashgan boʻlishi shart.
Texnik topshiriq shaklini buyurtmachi ikki nusxada toʻldiradi (biri tayyorlovchi uchun, boshqasi oʻzida qoladi).
Har bir texnik topshiriq uchun ishlab chiquvchi tartib raqamini kiritadi, keyinchalik bu raqam topshiriq boʻyicha ishlab chiqilgan (tayyorlangan) texnik hujjatlarda (mahsulotda) koʻrsatiladi. Keyingi ehtiyot membranalarini buyurtma qilishda topshiriq rasmiylashtirilmaydi. Buyurtmachi bu hollarda ilgari tayyorlangan MSQ raqamini va unga zaruriy membranalar sonini koʻrsatadi.
Texnik topshiriqda (buyurtmada) quyidagilar belgilanadi:
Ishlatishdan maqsad, masalan: bosimning xavfli ortib ketishidan muhofazalash, klapanni muhofazalash va sh. k.
Qoʻllanish obyekti, masalan: suyuq xlor sigʻimi, rektifikatsiya ustuni, qorgich va sh. k.
Obyektdagi hisobiy bosim. Hisob bilan tasdiqlangan qiymat koʻrsatiladi.
Membranaga taʼsir etuvchi ishchi muhit, masalan:
a) suyuq;
b) gazsimon;
v) suyuq gaz pufaklari bilan;
g) ikki fazali, koʻp fazali abraziv qoʻshimchalar bilan;
d) yongʻindan xavfli;
e) polimerlanish, kokslanishga va sh. k. tobe;
j) agressiv.
Obyektda, ish jarayonining normal holati davom etishida membranaga taʼsir etuvchi ishchi bosim. Ortiq yoki vakuummetr (manfiy ishorasi bilan) bosimning minimal va maksimal qiymati koʻrsatiladi.
Bartaraf etish tizimi tarafidan membranaga taʼsir etishi mumkin boʻlgan aks bosim. Agar bartaraf etish bosim ostida turgan yopiq tizimga qaratib bajarilsa, bu bosimning minimal va maksimal qiymatini koʻrsatadi. Gazsimon mahsulotlarni atmosferaga chiqarishda, aks bosim mavjud emas (nolga teng) deb qabul qilinadi.
Obyektda vakuumni hosil boʻlishi. Mumkin yoki mumkin emasligi koʻrsatiladi, zaruriy hollarda vakuum qiymati koʻrsatiladi.
Qurilmaning hisobiy (oʻtkazuvchanlik qobiliyati boʻyicha) xavfsiz germetikligining buzilish diametri. Hisob bilan tasdiqlangan, obyektning germetikligini buzilishida zarur boʻlgan xavfsiz minimal kattaligi koʻrsatiladi.
Berilgan haroratda ishga tushish bosimi (minimal, maksimal) obyektning aniq foydalanish sharoitidan kelib chiqib, koʻrsatiladi: Rishga.tush.min — R ishchi.maks dan katta boʻlishi kerak; Rishga.tush.max — Rxis dan oshmasligi kerak. Agar taʼsir etuvchi harorat membranalar tayyorlanishiga namunaviy shartlarda belgilanganlaridan oshadigan boʻlsa, u holda, texnik topshiriqning (boshqa talablarning) 13-bandida membranani haddan tashqari harorat taʼsiridan himoyalash zaruriyati koʻrsatilsin.
Boshqa texnik talablar zaruriy hollarda koʻrsatiladi, masalan:
a) membranalarni ishga tushishida parchalarga parchalanmasligini taʼminlash yoki qurilmada parchalarni tutib qoluvchilarni nazarda tutish;
b) aks bosim tayanchi membranani ishga tushishiga taʼsir etmasligi kerak.
Qurilmani yigʻish. Qurilmani standart flanets birikmasining ajratgichiga yigʻishda diametr (Dsh), bosim (Rsh) va biriktirish ishlari meʼyoriy-texnik hujjatlar boʻyicha bajarilganligi koʻrsatiladi. Agar qurilma nostandart flanets yoki boshqa birikmaning ajratgichiga oʻrnatiladigan boʻlsa, hamda membranalar hozirda mavjud mahkamlash tugunlari uchun buyurtma qilinadigan boʻlsa, texnik topshiriqqa biriktiriluvchi oʻlchamlar koʻrsatilgan holda, chizma (eskiz) qistiriladi.
Emirilishga bardoshli materiallar. Obyektda ishlatish mumkin boʻlgan, MSQ va membranalarni tayyorlashda ishlatiladigan, ishga tushish aniqligi kafolatlangan emirilishga bardoshli materiallarning roʻyxati koʻrsatiladi. Agar membranalarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallardan hech biri emirilishga yetarlicha chidamlilik xossasiga ega boʻlmasa, u holda texnik topshiriqning 13-bandiga membranalarni emirilishdan himoyalash zaruriyati koʻrsatilishi lozim.
Membranalarning emirilishga chidamliligi. Texnologik reglament bilan talab etilgan, aktiv emirilish muhitida membranalardan minimal foydalanish muddati koʻrsatiladi.
Buyurtmadagi membranalarning soni. Membranalar ishga tushishida, shu bilan birga moʻljallangan foydalanish muddati tugaganida, ularni oʻz vaqtida almashtirish imkoniyatini taʼminlash uchun odatda bitta oʻrnatish joyiga (MSQ) kamida 5 ta membrana koʻrsatiladi.
Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalariga 3-ILOVA
MSQ texnik pasportining shakli
Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalariga 4-ILOVA
CM toʻplamiga texnik pasport shakli
Membrana saqlagich qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish qoidalariga 5-ILOVA
Membranalardan foydalanish jurnali
