Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2237-son)
10.06.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 10-iyun 2237-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2009-yil 21-dekabrdagi 371-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2062, 2010-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 11-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-iyun,
156-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 1-iyundagi 156-son buyrugʻiga ILOVA
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining
ROʻYXATI
Izoh:
1. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ushbu roʻyxatga kiritilgan dori vositalari xuddi shu tarkibdagi taʼsir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega boʻlgan dori vositalari ham kiradi.
2. Shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalarining barcha inyeksion dori shakllari retsept boʻyicha beriladi.
3. Dori vositalarining oʻramlari, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalari, ilova-varaqalarida koʻrsatilgan berish tartibidan qatʼi nazar, dori vositalarini berishda ushbu roʻyxatga amal qilinishi kerak.
