Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (170-son)
10.06.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-iyun,
170-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-iyundagi 170-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. II boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
4. III boʻlimga quyidagi mazmundagi 35-1-band qoʻshilsin:
5. 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
6. 43-bandga “shuningdek rassomlik sanʼati” soʻzlari qoʻshilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 68—74-bandlar qoʻshilsin:
8. Izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ushbu Roʻyxat doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin”.
