“Neftbaza va neftmahsulot omborxonalari uchun sanoat xavfsizligi qoidalari” ni tasdiqlash toʻgʻrisida (123-son)
12.06.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 15-iyuldagi 6-15/13-5510/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonalari uchun sanoat xavfsizligi qoidalari” tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Boshliq oʻrinbosari A. N. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-iyun,
123-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 12-iyundagi 123-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
NEFT BAZALARI VA NEFT MAHSULOTLARI OMBORXONALARI UChUN SANOAT XAVFSIZLIGI QOIDALARI
I bob. UMUMIY HOLATLAR
1. Mazkur “Neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonalari uchun sanoat xavfsizligi qoidalari” (quyida — Qoidalar)da belgilangan talablar neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonalarining xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olishga yoʻnaltirilgan.
2. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga tatbiq etish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va u tashkiliy-huquqiy hamda huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlar uchun moʻljallangan.
3. Neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonalari sanoat xavfsizligi qoidalari ishlayotgan, qayta qurilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va konservatsiya qilingan bazalari va neft mahsulotlari omborxonalari uchun taalluqli.
4. Mazkur Qoidalar quyidagi korxonalarga taalluqli emas:
a) bugʻlarining tarangligi 700 mm simob ustunidan yuqori boʻlgan mahsulot saqlanadigan neftomborlari;
b) alohida turgan avtoyoqilgʻi quyish shohobchalari;
v) neft konlari omborlari va magistral quvuroʻtkazgich omborlari.
5. Mazkur Qoidalar taalluqli boʻlgan neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonalari quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra litsenziyalanishi kerak boʻlgan sanoat xavfsizligi sohasidagi aniq faoliyat turini bajarish uchun ruxsatnomaga;
b) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnik moslamalarni, shu jumladan, xorijda ishlab chiqilganlarini ham qoʻllanilishiga ruxsatnoma;
v) xavfli ishlab chiqarish obyektini (quyida — XIO) ishlatishda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasi;
g) davlat reyestrida XIO ni qayd qilish toʻgʻrisidagi hujjat;
d) XIO ni qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
e) XIO da ishlarni olib borish qoidalarini belgilovchi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar.
6. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilanadi.
7. Neft bazalari yoki neft mahsulotlari omborlari XIO ni ishlatuvchi tashkilot quyidagilarga majbur:
a) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun, boshqa qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek sanoat xavfsizligi sohasidagi boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qilishi;
b) XIO ishchilar shtatini tegishli malakaviy talablarga javob beruvchi va ishga tibbiy jihatdan loyiq boʻlgan ishchilar bilan jamlash;
v) ishchilarni sanoat xavfsizligi boʻyicha tayyorlash va attestatsiya sinovlaridan oʻtkazish;
g) sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilish va tatbiq etish;
d) belgilangan talablarga koʻra kerakli asbob va ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish tizimlarining mavjudligini va ularning ishlashini taʼminlash;
e) sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishini taʼminlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanadigan inshoot va texnik qurilmalarni diagnostika qilish, sinash va rasmiylashtirish ishlarini belgilangan vaqtda bajarish;
j) avariya oqibatlarini bartaraf qilish va tugatish boʻyicha korxonaning tayyorligini taʼminlash: avariyani bartaraf qilish rejasi (quyida — ABR)ga, hamda neft va neft mahsuloti avariyali toʻkilishini bartaraf qilish rejalari (quyida — NATBR)ga ega boʻlish, ishchi xodimlar avariya holatidagi harakatlariga doir mashqlar oʻtkazish;
z) XIO da sodir boʻlgan avariya va baxtsiz hodisalar sabablarini texnik tekshirishda ishtirok etish, koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etish va shunday hodisalarning oldini olish boʻyicha choralar qoʻllash; XIO da sodir boʻlgan avariya va insidentlar hisobini olib borish;
i) XIO da avariya sodir boʻlgan holda ishchilar sogʻligʻi va hayotini himoya qilishga choralar qoʻllash;
k) obyektlarni begona shaxslar kirishidan va ruxsat berilmagan harakatlardan himoyalanishini taʼminlash;
l) sanoat xavfsizligi sohasida masʼul boʻlgan davlat organi, uning hududiy organlari va mansabdor shaxslarning tasarruflari boʻyicha berilayotgan buyruq va farmoyishlarini bajarish;
m) sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar bajarilganligi haqida oʻrnatilgan tartibda maʼlumot taqdim etish.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunini hayotga tatbiq etish boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan xavfli moddalar yuqori chegarasidan kam boʻlsa, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish majburiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va sanoat xavfsizligi sohasi boʻyicha maxsus vakolatlangan davlat ijroiya organi tomonidan belgilanishi mumkin.
9. Ishlayotgan neft bazalari va neft mahsulotlari omborlarini mazkur Qoidalar talablariga mos keltirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
II bob. TEXNOLOGIK OBYEKTLARGA DOIR SANOAT XAVFSIZLIGI TALABLARI
1-§. Neft bazalari va neft mahsulotlari omborlari uchun sanoat xavfsizligining umumiy talablari
10. Neft bazalari va neft mahsulotlari omborlarida sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasiga taʼsir etuvchi xavfli omillarni bartaraf qiluvchi va oldini oluvchi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi darkor.
11. Ishlab chiqilayotgan meʼyoriy, tashkiliy va texnikaviy taʼrifga mansub chora-tadbirlar quyidagi qismlarda aniq yoʻnalishga ega boʻlishi va amalga oshirilishi lozim:
a) sanoat xavfsizligini taʼminlashda;
b) avariyalarning oldini olishda;
v) portlashdan xavfli muhit vujudga kelishining oldini olishda;
g) portlashdan xavfli muhit ichida oʻt oldirish manbalarining paydo boʻlishining oldini olishda.
12. Sanoat xavfsizligiga quyidagilarning bajarilishi bilan erishiladi:
a) loyihalashda qabul qilingan texnik yechimlar;
b) jarayonni xavfsizlik qoidalari talablariga va texnologik rejim meʼyorlariga amal qilish;
v) ishlatish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda normativ-texnik hujjatlar talablariga javob beruvchi texnik qurilmalarni xavfsiz ishlatish;
g) malakali kadrlarni tayyorlash tizimi.
13. Avariyalarning oldini olishga quyidagilar bilan erishiladi:
a) avtomatlashgan boshqaruv tizimi va avariyaga qarshi himoyani qoʻllash;
b) buzmaydigan tekshiruv usulini qoʻllab, uskunaga reglamentlangan xizmat koʻrsatish va taʼmirlash;
v) sanoat xavfsizligiga taʼsir qiluvchi xavfli omillarning monitoring tizimi;
g) avariya va insidentlar boʻyicha maʼlumot bankini toʻplash va uni tahlil qilish;
d) avariya paydo boʻlishining oldini olish choralarini qoʻllash.
14. Portlash-yongʻindan xavfli muhit hosil boʻlishining oldini olishga quyidagilar bilan erishilishi kerak:
a) tez alangalanuvchi suyuqliklar (TAS) va yonuvchan suyuqliklar (YoS) bilan bogʻliq texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish;
b) uskunalarni shikastlanish va muddatidan oldin yedirilishdan himoya vositalari va texnik choralarni qoʻllash;
v) ishlatish sharoitlari boʻyicha yonuvchan gazlar ajralib chiqishi (chiqarib yuborish) manbalari boʻlishi mumkin boʻlgan uchastka, uzellar va ulamalarning germetikligini reglamentli tekshirish;
g) dastlabki bosqichda portlashdan xavfli muhitning hosil boʻlishini toʻxtatishga imkon beruvchi boshqaruv vositalarini muhosaralash, muhitni tekshirish;
d) portlashdan xavfli aralashmalar bugʻlarini tutib qolish va ularni sigʻim (kondensator)ga toʻplash;
e) yonuvchi moddalarni majburiy otqini (bugʻlanishi)ni maksimal kamaytirishga imkon beruvchi texnik vositalar va usullarni qoʻllash;
j) tutash idishlar turi boʻyicha portlashdan xavfli aralashmalar yigʻishning yopiq tizimini qoʻllash.
15. Portlashdan xavfli muhitda yongʻin roʻy berishi manbalari hosil boʻlishining oldini olishga quyidagilar bilan erishiladi:
a) portlashdan xavfli aralashmalar guruhi va kategoriyasidagi yongʻindan va portlashdan xavfli zonalarga mos keluvchi elektr uskunalarni qoʻllab;
b) elektr statik xavfsizligi talablarini qoniqtiruvchi texnologik jarayon usullari va rejalarini, uskunalarini qoʻllab;
v) bino, inshootlar va uskunalarning yashindan himoyalovchi qurilmalarini muntazam tekshirish;
g) konstruksiyada ehtimolli oʻt chiqish manbalarini, oʻchirishni tez ishlaydigan himoyali vositalarini qoʻllab;
d) uchqunsoʻndirgich va uchquntutqichlarni qoʻllab;
e) TAS va YoS boʻlgan uskunalar bilan ishlaganda uchqun bermaydigan asbobdan foydalanish;
j) yonuvchan muhit bilan kontaktga kirishi mumkin boʻlgan mashina, mexanizmlar, podshipniklar, qurilmalardagi qizish haroratini tekshirish;
z) pirofor moddalarning havo bilan kontaktini bartaraf etish;
i) meʼyoriy texnik hujjatlar, sanoat xavfsizligi qoidalari talablarini bajarish.
16. Ishlab chiqarish tekshiruv tizimi sanoat xavfsizligi ustidan quyidagilarni taʼminlashi kerak:
a) xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini tekshirish;
b) sanoat xavfsizligi holatini tahlil qilish va uni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarning bajarilishini tekshirish;
v) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyaning oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish va avariyani chegaralash va ularning oqibatlarini bartaraf qilishni tashkil qilishga tayyorligini taʼminlash.
2-§. Magistral neft mahsulot oʻtkazgichlarning tarmoqlari
17. Magistral neft mahsulot oʻtkazgichlar (MNMOʻ)ning tarmoqlanuvchi taqsimlovchi quvuroʻtkazgichlar (tarmoq) boʻyicha neft mahsulotlarni qabul qilish (berish), MNMOʻ tarmoqlari boʻyicha neft mahsulotlarni berish tartibi va uni tashkil qilish normativ hujjatlarida oʻrnatilgan talablarga rioya qilib amalga oshirilishi kerak.
18. Tarmoq inshootlari (qabul qilish uzellari), magistral quvuroʻtkazgichlar, neft va neft mahsulotlari omborlariga boʻlgan qurilish meʼyorlari va qoidalari (QMQ), magistral neft mahsulotoʻtkazgichlar (taqsimlovchi neft mahsulotoʻtkazgichlar)ni texnologik loyihalash va yongʻinga qarshi meʼyorlar talablariga mos boʻlishi kerak.
19. Tarmoq boshlanishidagi zulfinning (tarmoqning boshlangʻich nuqtasi), tarmoqning oxiridagi zulfinning, isteʼmolchi rezervuaridagi texnologik zulfinning germetikligi loyihadagi davlat standartlari talablariga mos ravishda aniqlanadi.
20. Isteʼmolchining texnologik quvuroʻtkazgichlariga tarmoq oxiridagi zulfinning ulanish uzeli quyidagilar bilan jihozlanadi:
a) tarmoqda ikkita berkituvchi poʻlat zulfinlar;
b) namunaolgichli namuna olish kamerasi;
v) olinadigan namunalarni toʻkish uchun sigʻimli kanalizatsiya tizimi;
g) manometrlar, neft mahsuloti navi (sorti)ni tekshirish asboblari;
d) elektruzatmalarning zulfinlari va yoritilish taʼminlash uchun elektrtaʼminlash tizimi;
e) tegishli toʻsiqlar.
21. Nazorat-oʻlchov asboblari (NOʻA) va hisobga olish vosita (asbob)lari bilan jihozlanganligi, tarmoqning avtomatlashtirish darajasi tarmoqlangan neft mahsulotoʻtkazgichlarni loyihalash, avtomatlashtirish, telemexanizatsiyalash amaldagi meʼyoriy hujjatlar yordamida aniqlanadi.
22. Tarmoqning oxirgi zulfinidan isteʼmolchining qabul qiluvchi rezervuarigacha boʻlgan texnologik tarmoqlar avtonom boʻlishi va tupikli tarmoqlanish, ortiqcha kesib ulanishga, tutashtiruvchi vositaga ega boʻlmasligi, manifoldlarda, estakadalarda, nasosxonalarda zulfinlar uzellari orqali oʻtishi kerak.
23. Isteʼmolchiga neft mahsulotlarini tarmoq boʻyicha berish, faqat MNMOʻ ni ishchi rejimida ishlash sharti bilan amalga oshiriladi.
24. Tarmoqda zulfinlarda avariyali vaziyatlar (gidrozarba)ning oldini olish uchun ularni quyidagi ketma-ketlikda ochish zarur: oldin tarmoqning oxirgi zulfinlari ochiladi, oxirgi zulfinlar ochilganligi haqidagi maʼlumot olingandan soʻng tarmoqning nol (boshlangʻich) kilometridagi zulfini ochiladi.
25. Har safar mahsulotni haydashdan soʻng isteʼmolchi trassasini aylanib, koʻzdan kechirib chiqishi zarur.
26. Xodimlarni avariyali vaziyatlardagi harakati, ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan avariyali vaziyatlarni chegaralashtirish rejasi, neft va neftmahsulotlari avariyali toʻkilishining oldini olish va uni bartaraf qilish boʻyicha rejaga mos boʻlishi kerak.
3-§. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalari
27. Temir yoʻl tsisternalariga neft va neft mahsulotlarini quyish va undan toʻkish ishlari maxsus uskunalangan quyish-toʻkish qurilmalari orqali amalga oshirilishi kerak. Ularning konstruksiyalari quyish-toʻkish operatsiyalarining xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlashi kerak.
28. Temir yoʻl tsisternalariga neft mahsulotlarini quyish, quyishni avtomatik cheklagichi, hamda mexanizatsiya vositalari bilan uskunalangan sharnirli-ulangan yoki teleskopik qurilmali avtomatlashtirilgan shlangsiz tizim boʻyicha amalga oshirilishi kerak. 700 tonna va undan koʻp massali tsisternalar guruhidan tushirib olinayotgan neft yoki tiniq neft mahsulotlarini quyishda, bugʻlarni regeneratsiya qurilmasiga, gazyigʻgich tizimiga toʻplash (chetlatish) bilan quyish germetiklangan boʻlishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Asoslangan holatlarda bugʻlarni svechaga yoʻnaltirish (chetlatish)ga ruxsat etiladi.
29. Bitta quyish qurilmasidan bajariladigan har qanday berilgan neft mahsulotlarini quyish mahsulot aralashishi istisno qilingan choralar taʼminlanishi bilan amalga oshirilishi kerak.
Aviatsiya uchun yonuvchi-moylash materiallari (YoMM)ni isteʼmolchiga berishda, alohida quyish qurilmalari koʻzda tutiladi.
Neft mahsulotlari uchun temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalari ham yuqorigi, ham pastki germetiklangan quyish qurilmalari bilan jihozlanadi. Aviatsiya YoMM lari va boshqa och rangli neft mahsulotlarini toʻkish, keyinchalik tindirish va ulardan ajralib turgan (mahsulotosti) suvini alohida rezervuarlarga chiqarib tashlash pastki toʻkish qurilmasi orqali amalga oshiriladi.
30. Quvuroʻtkazgichlar tizimi shunday bajarilgan boʻlishi kerakki, yopqich armaturadan keyingi quvuroʻtkazgich qismi quyilayotgan yoki toʻkilayotgan mahsulot qoldigʻidan toʻla boʻshatilishi taʼminlansin.
31. Kollektorlar va quvuroʻtkazgichlarni neft mahsulotidan boʻshatish uchun quyish qurilmalari va ular bilan bogʻliq kollektorlar va quvuroʻtkazgichlarni sizdirish (drenirovaniye) uchun vositalarni oʻz ichiga oluvchi yopiq drenaj tizimi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
32. Avariya vaziyatlarida nosoz tsisternani neft mahsulotlaridan boʻshatish operatsiyalarni bajarish uchun maxsus jihozlangan joy boʻlishi kerak. Asoslangan holatlarda, quyish-toʻkish estakadasini maxsus vositalar bilan jihozlanishida, nosoz tsisternalarni avariyali boʻshatish bevosita estakadada bajarilishiga ruxsat etiladi.
33. Atmosfera yogʻin-sochinlarini va toʻkilgan neftmahsulotlarni yigʻish va chetlatish uchun quyish zonasi drenaj tizimiga chetlatish qurilmasi bilan uskunalangan, qattiq beton qoplamasiga ega boʻlishi kerak. Bu zonada relslar temirbeton shpallarda oʻtkazilishi kerak. Qattiq qoplama suv oʻtkazmaydigan, perimetri boʻyicha balandligi kamida 0,2 m bortik bilan toʻsilishi va qabul qiluvchi qurilmalar (lotok, quduq, chuqurlik)ga suyuqlik oqishi uchun kamida 2% nishablikka ega boʻlishi kerak.
34. Drenaj sigʻimidan ifloslangan mahsulot, ajratuvchi sigʻimlar-rezervuarlarga yoki ishlatilgan neft mahsuloti uchun sigʻim-rezervuarlarga joʻnatilishi lozim.
35. Quyish-toʻkish estakalarida tez ishlaydigan oʻchiruvchi (uzib qoʻyuvchi) tizimlar (koʻproq avtomatik qurilmalar) koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Quyish jarayoni quyidagi holatlarda avtomatik tarzda toʻxtatilishi kerak:
a) berilgan normani quyib boʻlganda;
b) temir yoʻl tsisternasini toʻldirishning chegara sathiga yetganda.
36. Estakadada avariya paydo boʻlganda ushbu quvuroʻtkazgichlarni uzib quyish uchun estakadaga TAS va YoS kelayotgan quvuroʻtkazgichlarda tez harakatlanuvchi yopqich qurilmalari yoki masofadan turib boshqariladigan zulfinlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Uzib qoʻyuvchi qurilma quyish estakadasidan 20 — 50 m masofada, operator xonasidan boshqarilishi va bevosita temiryoʻl estakadasida evakuatsiya narvonining nol belgisida oʻrnatilishi kerak.
37. Neft va neft mahsulotlarini maksimal xavfsiz quyish tezligi quyiladigan mahsulot xususiyati, quyish qurilmasi quvuroʻtkazgichning diametri, uning devori materialining xususiyati nazarga olinib, loyihada belgilanishi kerak.
38. Neft va neft mahsulotlari maksimal quyish tezligini xavfsiz chegaralargacha cheklash, nasosning soʻruvchi quvuroʻtkazgichini mahsulotga toʻldirish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Toʻldiriladigan mahsulot sarfini avtomatik tartiblash, quyish temiryoʻl estakadasida mahsulot uzatuvchi bosim ostidagi quvuroʻtkazgichda bosimni doimiy ushlab turib bajariladi.
39. Quvuroʻtkazgich tizimlarida va quyish-toʻkish kollektorlarida portlashdan xavfli aralashmalar hosil boʻlishini istisno qilish uchun inert gazi yoki maxsus belgilangan uskunalar va statsionar tarmoqlardan foydalanib, ularga bugʻ keltirilishi koʻzda tutilishi kerak (ushbu talab avia YoMM omborxonalari uchun taalluqli emas).
40. Mazutni qabul qiluvchi-quyuvchi estakadalar (QTE)ning toʻkish lotok (nov)lari yonmaydigan materiallardan yasalishi, metall panjaralar, yechib olinadigan qopqoqlar bilan yopilishi va quyilgan yonilgʻini isitish vositalari bilan jihozlanishi lozim.
41. Mazut xoʻjaligining QTE qabul qiluvchi sigʻimlardagi temperaturani, sathni oʻlchash vositalari, sathni chegaraviy qiymatidan signal beruvchi, shamollatish patrubkalari, quyilgan yonilgʻini isitish vositalari, qayta haydovchi odatda artezian turidagi nasoslar va qoʻl kran-balkasi bilan uskunalanishi kerak. Qabul qiluvchi qurilmalar toʻlib-toshib ketishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
42. Temir yoʻl tsisternalarida, quyish-toʻkish qurilmalarida tez qotuvchi va yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini isitish, sirkulatsiya usuli yoki elektr isitish vositasi bilan qizdirilgan bugʻ, neft mahsuloti yordamida amalga oshiriladi.
Elektr isitishdan foydalanilganda, isitgichlar portlashdan xavfsiz qilib ishlangan boʻlishi kerak.
Aviamoylarni isitish uchun sirkulatsiya tizimiga uzatiladigan toʻyingan suv bugʻi yoki koʻchma bugʻisitgichlar qoʻllanilishi lozim.
43. Bugʻlarining chaqnash temperaturasi 61°S dan past boʻlgan neft mahsulotlari bilan quyish-toʻkish operatsiyalarini oʻtkazishda elektr isitishni qoʻllashga ruxsat etilmaydi.
44. Alohida asoslangan hollarda, temir yoʻl tsisternalaridagi yuqori qovushqoqli neft mahsulotlari (yonilgʻi mazutlar)ni isitishda qizdirilgan bugʻ (“kuchli bugʻ”) qoʻllashga ruxsat beriladi. Suvlangan neft mahsuloti suvsizlantirilishi kerak.
45. Koʻchma isitgichlardan foydalanilgan hollarda, issiqlik tashuvchini neft mahsuloti bilan bevosita kontaktda boʻlishiga ruxsat berilmaydi.
46. Koʻchma bugʻisitgichlardan foydalanilganda bugʻlar bosimi 0,4 MRa dan oshmasligi kerak (aviaportlar uchun — 0,3 MRa dan koʻp emas).
47. Temir yoʻl tsisternalarida elektr isitgichlar bilan neft mahsulotlarini qizdirish, faqat chiqarma isitgich (issiqlik almashgich)da sirkulatsiyali qizdirish bilan birga bajarilishi kerak.
48. Pastki quyish (toʻkish) qurilmasi tuzilishi, temir yoʻl vagon tsisternalarida neft va neft mahsulotlarini pastki quyish (toʻkish) qurilmasi uchun standartlashgan texnik shartlarga mos boʻlishi kerak. Koʻrsatilgan qurilmalarda elektr isitishni qoʻllashda, isitilayotgan neft mahsuloti tegib turgan yuzasida temperatura 90°S ga yetganda elektrenergiya uzatilishini uzib qoʻyadigan qurilma koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
49. Koʻchma elektr gryelkalardan foydalanishda, ular suyuqlik sathi isitish qurilmasi ustidan 500 mm pastga pasayganda, ularni uzib qoʻyadigan muhosaralash qurilmasi bilan jihozlanishi lozim.
50. Koʻchma bugʻli zmeyeviklar va elektr gryelkalarni, faqat isitgichning yuqorigi cheti yuzasidan kamida 500 mm chuqurlikka neft mahsulotiga choʻktirilgandan soʻnggina ishga tushirish kerak.
Bugʻ uzatishni toʻxtatish va elektro energiyani uzib qoʻyish, toʻkish boshlanishigacha bajarilishi zarur.
Isitilayotgan vaqtda temperaturaning oshishi bilan mahsulot tsisternadan otilib chiqmayotganligini kuzatish kerak. Sisternada suyuqlikni isitish temperaturasi ushbu suyuqlik bugʻlarining chaqnash temperaturasidan 15°S ga past boʻlishi kerak.
Neft mahsulotlarini elektr gryelkalar bilan isitayotgan vaqtda vagon-tsisternalardan ularni quyish taqiqlanadi.
51. Neft va neft mahsulotlarini, erkin tushuvchi oqim bilan quyish mumkin emas. Quyish qurilmasi shunday uzunlikda boʻlishi kerakki, uning uchidan tsisterna pastigacha boʻlgan masofa 200 mm dan oshmasligi kerak.
52. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarida, meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq portlashgacha boʻlgan konsentratsiyasi haqida signal beruvchi moslamalar oʻrnatilishi kerak. Portlashgacha konsentratsiya signalizatorining bitta sezdirgichi ikkita tsisternaga quyish va toʻkishni har qaysi fronti boʻylab nol belgida oʻrnatilishi kerak. Quyish va toʻkish ikki tomonlama frontda boʻlganda, sezdirgichlar “shaxmat” tarzida joylashishi kerak.
53. Mahsulotni estakadaga uzatishda umumiy kollektordagi quyilayotgan neftmahsulotning bosimi va temperaturasini tekshirish uchun, ushbu parametrlarni oʻlchash asboblarining koʻrsatgichlarini operator xonasiga chiqarib oʻrnatish zarur.
54. Yangi loyihalanayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan neft bazalari uchun och rang neft mahsulotlarini quyish uchun tegishli asoslanganda avtomatlashgan quyish tizimini koʻzda tutish tavsiya etiladi. Ularni loyihalash och rang neft mahsulotlarini temir yoʻl va avtomobil tsisternalariga taktli quyish qurilmalarini loyihalash boʻyicha koʻrsatmalariga koʻra amalga oshirilishi kerak.
55. Neft va neft mahsulotlari uchun quyish-toʻkish estakadalari toʻgʻridan toʻgʻri yashin urishidan va elektromagnit induksiyasidan himoyalanishi kerak.
56. Elektrostatik zaryadlarning toʻplanish ehtimolini va neft mahsulotlari bilan texnologik quyish-toʻkish operatsiyalarini bajarishda xavfli razryadlar paydo boʻlishining oldini olish uchun quyidagilar zarur:
a) tsisterna, quvuroʻtkazgich, quyish qurilmasini ertutashtirish;
b) quyishning boshlangʻich va oxirgi bosqichlarida quyish tezligini chegaralash.
Yertutash qurilmalarining qarshiligini, korxona bosh muhandisi tasdiqlagan grafik boʻyicha yiliga kamida bir marta tekshirish lozim.
57. Quyish-toʻkish estakadalarini loyihalash, montaj qilish, ishlatish va taʼmirlash, tez alangalanuvchi (TAS) va yonuvchan suyuqliklar (YoS) va suyultirilgan uglevodorod gazlarini temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarini loyihalash. temir yoʻl va avtotsisternalarga och rangli neft mahsulotlarini taktli quyishni avtomatlashgan qurilmalarini loyihalash boʻyicha talablarni oʻrnatuvchi, sanoat xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, soha hujjatlari, qurilish meʼyorlari standartlar va mazkur Qoidalar talablariga mos ravishda bajarilishi kerak.
58. Quyish-toʻkish qurilmalaridan yoki alohida turuvchi temir yoʻl ustunlaridan ikkala tomonga (ikkita ikki oʻqli yoki bitta toʻrt oʻqli vagonlar masofasida) signal belgilari-tekshiruv ustunlari oʻrnatilishi kerak, ularning tashqarisiga teplovozning kirishi taqiqlanadi.
59. Estakadaning boʻsh temir yoʻllari boʻylab quyish (toʻkish) marshrutlari neft bazasi (quyish punkti, stansiyasi) xodimlari tomonidan tekshirib turilishi lozim.
60. Quyish-toʻkish qurilmasi joylashgan temir yoʻllari boʻyicha teplovozlarning harakatlanishi taqiqlanadi va faqat temir yoʻllardan aylanib oʻtishga ruxsat beriladi.
61. Quyish-toʻkish qurilmasi, quvuroʻtkazgichlar va quvuroʻtkazgichli armatura muntazam koʻzdan kechirilishi va rejali-ogohlantiruvchi taʼmirlanib turilishi kerak. Aniqlangan nosozliklar va oqib chiqishlar darhol bartaraf qilinishi kerak. Toʻkish qurilmasining nosoz qismi (yoki quvuroʻtkazgich uchastkasi) uzib qoʻyilishi kerak.
62. Atmosfera elektr razryadlarida neft mahsulotlarini quyish va toʻkish taqiqlanadi, temir yoʻl tsisternalarining lyuklari yopiq boʻlishi kerak.
4-§. Avtomobil quyish-toʻkish stansiyalari
63. Avtomobil quyish-toʻkish stansiyalari sanoat xavfsizligi talablariga, temir yoʻl va avtomobil tsisternalariga och rang neft mahsulotlarini taktli quyishni avtomatlashgan qurilmalarni loyihalash, qurilish meʼyorlari va qoidalarga, standartlarga javob berishi kerak.
64. Quyish stansiyasi yoki quyish punkti quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: boshqaruv punkti xonasi, quyish qurilmasi postlari bilan jihozlangan avtomobil tsisternalariga quyish maydonchalari. Nasoslar quyish qurilmasidan alohida joylashishi mumkin.
65. Avtomobil tsisternalariga quyish maydonchalari neftmahsulotlar guruhlari boʻyicha birlashtirilib, ayvon (naves) ostida joylashtiriladi. Ayvon konstruksiyasi yonmaydigan materialdan tayyorlanishi kerak. Ushbu qurilmalarning yonilgʻi quyish orolchalari va ular orasidagi transportda oʻtish joylari QMQ 2.09.19-97 Neft va neft mahsulotlari omborxonalari talablariga mos boʻlishi kerak.
Avtotsisternalar uchun toʻkish-quyish qurilmasini maydonchalarga (ochiq yoki ayvon ostida) joylashtirish kerak. Shu qurilmalarni quyish orolchalari va ular orasidagi oʻtish joylari SNiP P-93 talablariga mos kelishi kerak.
66. Avtotsisternalarga quyish stansiyasi va punktlarida quyish postlari (quyish ustunlari) va operator xonasidan mahalliy va avtomatlashgan boshqaruvdagi avtomatlashgan quyish qurilmalari qoʻllanilishi lozim.
67. TAS va YoS ni quyish uchun qoʻllaniladigan quyish-toʻkish qurilmalarining uzatmalari, operatsiyani qoʻlda, gidravlik yoki pnevmatika bilan amalga oshirganda, qurilma mexanizmlarini oʻz-oʻzidan harakatlanishini istisno qilishi kerak.
68. Bugʻlarining tarangligi 500 mm Hg dan boshlab TAS ni quyish uchun moʻljallangan quyish-toʻkish qurilmalari bugʻlarni chetlatish qurilmasi bilan taʼminlanishi zarur.
69. Quyish avtouskunalari va avtoestakadalar avtomatlashtirilgan quyish tizimi yoki poynakli ichaklar yoki avtotsisterna tubigacha tushishini taʼminlaydigan uzunlikdagi uchqun bermaydigan metalldan ishlangan teleskopik quvurlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
70. Quyish quvurining uchi, tsisterna qozoniga urilganda, uchqun hosil qilishini istisno qiluvchi materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak. Uchlik konstruksiyasi vertikal tushib ketishini va quyish operatsiyasining boshlanishida mahsulot oqimi sachrashini istisno qilishi lozim.
71. Mahsulotni tsisterna qozonining boʻgʻizi chekkasi orqali toʻlib-toshib ketishining oldini olish maqsadida, berilgan miqdorga erishilganda quyish avtomatik toʻxtashiga imkon yaratuvchi, quyish sathini avtomatik cheklovchi moslamalar qoʻllanilishi zarur.
72. Quyish quvurining mahsulotdan butunlay boʻshatilishini taʼminlovchi va quyish oxirida mahsulotni tsisternaga toʻkilish ehtimolini istisno qiluvchi choralar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
73. Quvurni tsisternadan chiqarib olishda, quyish quvuridan toʻkilgan mahsulot qoldigʻini yigʻish uchun tomchiyigʻgich qoʻllash kerak.
74. Quyish-toʻkish qurilmasi konstruksiyasida yonmaydigan materialdan tayyorlangan salnikli zichlagichlari bilan sharnirli ulangan elementlarini hisobga olib, yagona kontur buzilishiga yoʻl qoʻymasdan, ertutashni har smenada tekshirish zarur.
75. Aviakorxonalar avtotsisternalariga mahsulotni pastki quyish uchun avtotsisterna flanetsi bilan toʻqnashishda uchqun hosil boʻlishining oldini oluvchi alyuminiydan tayyorlangan sharnirli quvurlar qoʻllanilishi kerak. Elastik metall rukavalar qoʻllashga ruxsat beriladi.
76. Avtomatik boshqariladigan yonilgʻi quyuvchi (YoQ) punktida, nasosni avariyali (qoʻlda) distansiyali uzib qoʻyilishi koʻzda tutilishi kerak. Avariya sharoitidagi uzish knopkasi qulay joyga oʻrnatilishi kerak.
77. AviaYoMM va YoQ quyish tizimi ularni pastdan quyishni taʼminlashi, yaʼni pastki toʻldirish orqali boʻlishi kerak. YoQ yuqoridan quyishga ruxsat berilmaydi.
78. Avtotsisternalarga neft mahsulotlarini quyishni dvigatel ishlamayotgan holda amalga oshirish kerak; haydovchi quyish jarayonini nazorat qilishi shart. Quyishni avtomatik tizimida (QAT) haydovchi shu sistema uchun yoʻriqnomada nazarda tutilgan amallarni bajarishi kerak. Avtoquyish estakadasida yongʻin hollarida avtotsisternalarni shatakka olish uchun shtanga yoki tros boʻlishi kerak.
79. Neft mahsuloti toʻkilishi (toʻlib-toshishi) hollarida, toʻkilgan neft mahsulotini butunlay yigʻishtirib olmaguncha, tezkor maydonchada turgan avtotsisterna dvigatelini ishga solish taqiqlanadi.
80. Neft mahsulotlarini quyishga uzatiladigan avtotsisternalar GOST 1510 “Neft va neft mahsulotlarini saqlash turlari va usullari markalashga, qadoqlashga, transportda joʻnatishga va saqlashga”ga muvofiq tayyorlangan boʻlishi kerak.
81. Avtoquyish stansiyalarida, quyish-toʻkishda turgan avtotsisternalarning, ertutash moslamasi yoʻqligida neft mahsulotlarini haydash uchun nasoslar ishga tushirilish ehtimolining oldini oluvchi muhosarali ertutash qilinishi kerak.
82. Avtomobil tsisternalariga neft mahsulotlarini quyish stansiyalari va punktlarida portlashgacha konsentratsiyadan xabarlovchi signalizatorlar oʻrnatilishi kerak.
83. Quyish stansiyasi va punktlarida neft mahsuloti bugʻlarining konsentratsiyasi, tarqalishning pastki konsentratsiya chegarasidan 20% dan koʻpga oshganda, quyish operatsiyasini toʻxtatilishi va avtomobil dvigatellarini ishga solinishi taqiqlanishi taʼminlanishi kerak.
84. Avtoquyish estakadasining tezkor maydonchasiga avtotransportni kelish joylariga tegishli belgilar va koʻrsatkichlar oʻrnatish kerak.
85. Neft mahsuloti bilan toʻldirilgan avtotsisternalarning neft quyish estakadalaridan xavfsiz chiqib ketishi haydovchi zimmasiga yuklatiladi.
5-§. Rezervuar parklari
86. Neft va neft mahsulotlarini saqlash turlari va usullari markalashga, qadoqlashga, transportda joʻnatishga va saqlashga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlishi kerak. Yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan neft bazalari uchun neft va neft mahsulotlarini chuqurlashtirilgan va yer osti rezervuarlarida saqlash taqiqlanadi.
87. Neft va neft mahsulotlari omborlari rezervuar parklarining yoki alohida rezervuarlarning sigʻimlari darajasiga koʻra, amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga koʻra toifalanadi.
88. Vertikal poʻlat rezervuarlar konstruksiyalari neft va neft mahsulotlari uchun vertikal silindrik poʻlat rezervuarlar tuzilishiga boʻlgan talablarga mos boʻlishi kerak.
SKQS ni saqlash uchun poʻlatdan ishlangan (maqsadga muvofiqroq zanglamaydigani), ichi ruxlanmagan yoki lakboʻyoq qoplamasiz gorizontal rezervuarlar va bochkalar koʻzda tutiladi.
Alyuminiy yoki uning qotishmalaridan tayyorlangan sigʻimlarda SKQS ni saqlashga ruxsat etilmaydi.
89. Asoslangan holatlarda devori himoyalangan (“stakandagi stakan” turi) poʻlat rezervuarlarni qoʻllashga ruxsat beriladi. Ayni paytda devorlararo boʻshliqqa mahsulot oqib oʻtishini tekshirish taʼminlangan boʻlishi kerak. Bunday tekshiruv toʻgʻridan toʻgʻri (oqib oʻtish holatlari) yoki bilvosita parametrlar (gazlashganlik) boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Asosiy rezervuarni germetikligida buzilish aniqlanganda, uni ishlatishdan chiqarish zarur.
90. Neft va neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va berish boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish uchun poʻlat vertikal rezervuarlar, saqlanayotgan mahsulot xususiyatlariga koʻra, quyidagi asosiy texnik qurilmalar bilan jihozlanishi kerak:
a) yopqich armaturali qabul qilish-tarqatish patrubkalari;
b) havo olish va saqlagichli armatura;
v) namuna va mahsulotosti suvini olish uchun qurilma;
g) tekshirish, signal berish va himoya asboblari;
d) isitish qurilmalari;
e) yongʻinga qarshi uskuna;
j) olovtoʻsgichli shamollatish patrubkalari.
Rezervuarda oʻrnatiladigan qurilma va uskunalarning toʻla komplekti va ularni joylashish sxemasi loyiha hujjatlarida belgilanadi.
91. Aviayonilgʻi uchun sarflovchi rezervuarlar yonilgʻini yuqoridan olish uchun suzuvchi qurilmalar bilan uskunalanishi kerak.
Aviatsiya benzinlarini suzuvchi tomli rezervuarlarda saqlashga ruxsat berilmaydi.
92. Rezervuar konstruksiyasi va unga oʻrnatiladigan uskuna, armatura va asboblar quyidagi hollarda rezervuarni ishlatishda xavfsizlikni taʼminlashi kerak:
a) toʻldirish, saqlash va boʻshatish;
b) tozalash va taʼmirlash;
v) tindirish va tovarosti suvini chiqarib tashlash;
g) namuna olish;
d) sathni, temperatura va bosimni oʻlchash.
93. Har bir rezervuar loyihaga asosan tayyorlanadi va har bir rezervuarga pasport joriy etiladi. Rezervuar korpusiga uning pasportida belgilangan raqam yoziladi.
94. Rezervuarlarni toʻldirish (boʻshatish) tezligi, unda oʻrnatilgan havo olish qurilmalarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati yigʻindisidan oshmasligi kerak. Tez alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklarni ochiq oqim bilan rezervuar (sigʻim)larga uzatishga ruxsat berilmaydi.
95. Suzuvchi tomli yoki pontonli rezervuarlar uchun toʻldirish (boʻshatish)ni maksimal samaradorligi, ponton (suzuvchi tom) harakatini ruxsat etilgan tezligi bilan chegaralanadi; bu tezlik sigʻimi 700 m3 gacha boʻlgan rezervuarlar uchun — 3,3 m/h dan, sigʻimi 700 m3 dan yuqori boʻlgan rezervuarlar uchun — 6 m/h dan oshmasligi kerak.
Ayni paytda ponton siljiganda, tezligi 2,5 m/h dan oshmasligi kerak.
96. Rezervuarda bosimni ushlab turish, havo oluvchi va saqlagichli armaturalar yordamida amalga oshiriladi. Havo olish armaturasi rezervuar turi va saqlanayotgan mahsulotga koʻra tanlanishi kerak.
97. Rezervuarlarda gidravlik klapan oʻrnatilganda, ular qiyin bugʻlanadigan, kristallanmaydigan, polimerlanmaydigan va muzlamaydigan suyuqlik bilan toʻldirilishi kerak.
98. Havo olish klapanlari muzlab yopishib qolmaydigan boʻlishi kerak.
99. Havo olish klapanlari bilan uskunalangan rezervuarlarda oʻtkazish qobiliyati bir xil boʻlgan saqlagich klapanlar oʻrnatilishi kerak. Havo olish va saqlagich klapanlar mustaqil patrubkalarga oʻrnatiladi.
100. Pontonlar va suzuvchi tomlar zichlatuvchi (zatvor)lar yasalgan material saqlanayotgan mahsulot xususiyatini, yaʼni uzoq muddatda ishlatishga, muzlashga, issiqqa chidamliligi, saqlanayotgan mahsulot bugʻlarini oʻtkazuvchanligi, alanga oluvchanligini hisobga olib tanlanishi va reglamentlangan loyihalar talablarini qoniqtirishi kerak.
101. Rezervuar va nasoslarning quvuri bogʻlamasi, avariyali vaziyat hollarida, bir rezervuardan ikkinchisiga mahsulotni qayta haydash imkonini taʼminlashi kerak. TAS va YoS rezervuarlari avariya holatlarida ularni saqlanayotgan mahsulotdan boʻshatish uchun avariyali sharoitlarda xizmat koʻrsatish uchun borish oson boʻlgan joydan distansiyali boshqariladigan, tez ishlaydigan yopqich armatura bilan jihozlanadi. Ishga tushish vaqti texnologik jarayon sharoitlari va ishlar xavfsizligini taʼminlovchi talablar bilan aniqlanadi.
102. Gazlashishni, neft mahsuloti yoʻqolishini istisno qilish, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish uchun tomi statsionar pontonsiz rezervuarlar guruhi, gaztekislovchi tizim yoki “azotli yostiq” (taglik) bilan uskunalanadi. Rezervuar parklarini gaztekislagich tizimi bilan jihozlaganda, u bilan aviatsiya va avtomobil benzinlari rezervuarlarini birlashtirish taqiqlanadi.
103. Rezervuarlarni gaztekislagich tizimi bilan jihozlaganda, uni avariyali holatlarda shu tizimdan har qaysi rezervuarni distansiyali uzib qoʻyish vositalari koʻzda tutilishi kerak (avariyali vaziyatni gaztaqsimlagich tizimi boʻylab tarqalib ketishining oldini olish uchun).
104. Guruhli rezervuarlarda neft mahsulotlarini “azot yostigʻi” ostida saqlaganda, ular gidrozatvor orqali atmosferaga “svecha” orqali “kichik” havo olishda va rezervuarlarni toʻldirishda tashlamali umumiy gaztekislagich tarmogʻi bilan uskunalanishi kerak.
105. Neft mahsulotlari bugʻlarini tashlash uchun svecha marza yoki toʻsuvchi devor tashqarisida, ulardan kamida 5 m masofada, bevosita rezervuar parkiga kirmaydigan, neft bazalari bino va inshootlariga nisbatan shamolga teskari tomonida joylashishi kerak. Svecha balandligi kamida 30 m boʻlishi kerak.
106. Neft va neft mahsulotli rezervuarlar amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq tekshirish va avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlanishi kerak.
107. Neft mahsulotlarini saqlash uchun belgilangan vertikal silindrik rezervuarlardan mahsulotosti suvlarini chiqarib tashlash uchun mahsulotosti suvini drenaj qilish tizimi qurilgan boʻlishi kerak.
108. Mahsulotosti suvlarini avtomatik tashlashda, drenaj tizimiga ortiqcha yuklanishning oldini olish maqsadida, unga bir qancha rezervuarlardan bir vaqtda tashlashning oldini oluvchi muhosaralash vositasi rejalashtirilgan boʻlishi kerak.
109. Neft va neft mahsulotlari boʻlgan rezervuarlar tagida joylashgan namunaolgichlar bilan jihozlanishi kerak. Rezervuar tomida lyuk orqali qoʻlda namuna olish taqiqlanadi.
110. Namuna olish, sathni oʻlchash tizimi qurilmasi ularni demontaj qilmasdan, rezervuarni mahsulotdan boʻshatish ishlash qobiliyatini tekshirish imkoni taʼminlanishi kerak.
111. Rezervuarlarda neft mahsulotlari sathini tekshirish nazorat-oʻlchov asboblari bilan amalga oshiriladi.
112. Mazutni saqlash uchun temirbeton va metall gorizontal, hamda statsionar tomli vertikal silindrik rezervuarlardan foydalaniladi. Ushbu rezervuarlar marzalari chegarasida quvuroʻtkazgichlarda elektrlashgan armaturalarni oʻrnatishga ruxsat beriladi.
113. Namunaviy rezervuarlarda oʻrnatiladigan uskunalar rezervuarning ushbu turiga mos kelishi kerak. Boshqa uskunani qoʻllash uchun loyihani ishlab chiqqan tashkilot bilan kelishish zarur.
114. Oʻta qovushqoqli va qotuvchan neft mahsulotlarini saqlashda, ularni isitish nazarda tutilishi kerak. Issiqlik manbai turini tanlash, saqlanayotgan yoki haydalayotgan mahsulot turi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari va portlash-yongʻindan xavfliligi koʻrsatkichlari, iqlim sharoitlari, saqlash uchun rezervuarlar turiga koʻra, loyiha tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
115. Rezervuarlarda mazutni isitishda, odatda sirkulatsiya usulidan foydalanish kerak. Mazutni olish joyida (soʻrish) oʻrnatiladigan mahalliy bugʻli isituvchi qurilmalar (registr, zmeyevik)ni qoʻllashga ruxsat beriladi. Bugʻli isitish qurilmasi rezervuar ichida joylashganda, rezervuarning tashqarisida drenaj uchun shtutserlar va zarur hollarda kondensatni drenaj qilish uchun yopqichli qurilmalari boʻlgan havochiqargich (vozdushnik) koʻzda tutilishi kerak.
116. Rezervuarlarda neft mahsulotlarini isitish temperaturasi neft mahsulotlari bugʻlarining yopiq tigeldagi chaqnash temperaturasidan kamida 15°S ga past boʻlishi va 90°S dan oshmasligi kerak. Rezervuarda isitilayotgan neft mahsulot temperaturasi, boshqaruv xonasida (operatorxona) koʻrsatgichlari qayd qilinib, doimo tekshirib turilishi lozim.
117. Neft mahsulotni bugʻisitgichlar yordamida isitganda toʻyingan bugʻ bosimi 0,4 MRa (4 kgf/cm2 ) dan oshmasligi kerak.
118. Bugʻ va kondensatoʻtkazgichlar quvuroʻtkazgichlarini oʻrnatish issiqlik manbalari boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, hamda bugʻ va issiq suvlar quvuroʻtkazgichlarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.
119. Isitgichlarni choksiz poʻlat quvurlardan yasash lozim.
120. Rezervuarlarda neft, mazutni saqlaganda, choʻkindi toʻplanishining oldini olish uchun yuvish tizimini rejalashtirish zarur.
121. Rezervuar marzalari ichida portlashdan himoyalanib ishlangan elektr isitish tizimlari, nazorat va avtomatika qurilmalari, hamda mahalliy yoritish asboblaridan tashqari, elektr uskunalarini oʻrnatish, elektro kabel liniyalarini oʻtkazish mumkin emas. Tegishli asoslashlarda, portlashdan himoyalanib ishlangan elektr uzatmali aralashtirgichlarni oʻrnatishga ruxsat beriladi.
122. Bevovosita rezervuar oldida oʻrnatiladigan yopqich qurilma qoʻlda ishga tushiriladigan boʻlishi kerak va marzalar tashqarisida oʻrnatilgan elektr uzatmali surma zulfinlar bilan dubl qilinishi kerak.
123. Rezervuar parklarining umumiy yoritilishi projektorlar bilan amalga oshirilishi kerak. Projektor machtalari rezervuarlardan kamida 10 m masofada, lekin har qanday holatda marzalardan yoki toʻsuvchi devorlardan tashqarida oʻrnatiladi.
124. Elektro statik xavfsizlikni taʼminlash uchun neft mahsulotlarini rezervuarda sachratmasdan, changitmasdan aralashtirish texnologiyasida koʻzda tutilgan boʻlishidan tashqari, joʻshqin aralashtirmasdan qoʻyilishi va elektro statik xavfsizlikni maxsus choralari taʼminlanishi kerak.
Boʻsh rezervuarni toʻldirishda neft (neft mahsulotlari), qabul qiluvchi patrubka toʻlishi momentigacha yoki ponton (suzuvchi tom) suzib chiqishigacha 1 m/s dan koʻp boʻlmagan tezlik bilan uzatilishi kerak.
125. Har bir ishlatuvchi tashkilotda ishlatish va texnik nazorat boʻyicha yoʻriqnoma, rezervuarlarning reviziya qilish va brakka chiqarish usullari boʻlishi kerak.
126. Neft va neft mahsulotlarini saqlash rezervuar parklari portlashgacha konsentratsiya (PK)dan signal beruvchi-sezdirgichlar bilan jihozlanishi va ular neft mahsulotlari bugʻlarining konsentratsiyasi alanga tarqalishini pastki konsentratsiya chegarasining 20% ga yetganda ishlab ketishi kerak.
127. PK dan signalizatorlar sezdirgichlarning joylashish tartibi va ularning soni saqlanayotgan mahsulotlar (TAS va YoS) turlari, saqlash shartlari, rezervuarlar yakka sigʻimlarining hajmi va ombor (park) tarkibida ularning joylashish tartibi bilan aniqlanadi.
128. PK sezdirgichlari tekislangan yer yuzasidagi belgilardan 1,0 — 1,5 balandlikda ombor (park)lar marzalarining perimetri boʻylab ichki tomonida oʻrnatilishi kerak.
129. Signalizator sezdirgichlari orasidagi masofa sezdirgichlar taʼsir radiusi 10 m dan koʻp boʻlmagan sharti 20 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
130. Sigʻim va rezervuarlar guruhi yoki atrofi marzalangan alohida rezervuarlar yonma-yon (qoʻshni) joylashishida, qoʻshni (ikkita guruh uchun umumiy) marzalar (toʻsiq) boʻyicha signalizator sezdirgichlarini oʻrnatish talab qilinmaydi.
131. PK sezdirgichlari omborning marzalari tashqarisida joylashgan yopqich-tartiblovchi armatura uzellari yonida oʻrnatilishi kerak. Signalizator sezdirgichlari soni uzellar egallagan maydonga koʻra, kamida ikkita sezdirgich boʻlishini hisobga olib tanlanishi kerak. Alangalanishni pastki chegarasi (APCh) signalizator sezdirgichlarini tekislangan yer yuzasidan 0,5 — 1,0 ga balandlikda uzel maydonining perimetri boʻylab, qarama-qarshi tomonida joylashtirish kerak.
6-§. Omborxonalar (idish omborlari) va neft mahsulotlarni qadoqlangan idishlarda berish
132. Idishlar saqlanadigan omborxonalarni joylashishi va ularga boʻlgan umumiy talablar QMQ 2.09.19-97 Neft va neft mahsulotlari omborxonalariga mos boʻlishi kerak.
133. Saqlash uchun idish turlari, uni tayyorlashga, toʻldirish va markirovkalashga, saqlash shartlariga boʻlgan talablar, hamda toʻldirish (qadoqlash)da, saqlashda xavfsizlik talablari, markirovka, qadoqlash, transportda joʻnatish va saqlash boʻyicha talablarga mos boʻlishi kerak.
134. Neft mahsulotlarini idishlarda saqlashni maxsus uskunalangan bino va naveslar ostida amalga oshiriladi. Qadoqlangan neft mahsulotlarini ochiq maydonchalarda sovuq paytlarda bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda saqlashga ruxsat etiladi.
135. Havo kemasining gʻildirak tirgaklari va gidrotizimi uchun moʻljallangan yonmaydigan gidravlik suyuqlik (YoGS) turidagi sintetik ishchi suyuqlikni YoMM yopiq omborlarida, oq tunukali, germetik yopiq va plombalangan bidonlarda saqlash kerak.
YoMM ning ochiq maydonlarida YoGS ni saqlashga ruxsat berilmaydi.
136. TAS ni portlashdan xavfli aralashma hosil qilishi mumkin boʻlgan boshqa moddalar bilan birgalikda saqlashga ruxsat berilmaydi.
137. Qadoqlangan neft mahsulotlari uchun ombor xonalari quyish va qadoqlashni, hamda nasosxonalar va yongʻin xavfsizligi talablari taʼminlanish sharti bilan boshqa xonalar bilan bitta binoda birlashtirishga ruxsat beriladi.
138. Neft mahsulotlarini idishlarda saqlash uchun omborxonalar va maydonchalar, yuklash-tushirish va transport operatsiyalari uchun mexanizatsiya vositalari bilan jihozlanishi kerak. Mazkur neft mahsulotlari uchun ombor bino devorlaridagi eshik oʻrinlari mexanizatsiya vositalarining xavfsiz oʻtishini taʼminlovchi oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.
139. Qadoqlangan neft mahsulotlarini saqlash uchun ombor xonalari quyidagilar bilan jihozlanishi kerak:
a) gazning portlashgacha boʻlgan konsentratsiyalarni aniqlovchi gaztahlillagichlari;
b) zarur havo almashinish karraliligini taʼminlovchi shamollatish tizimi;
v) yuklash-tushirish qurilmalari;
g) dastlabki oʻt oʻchirish vositalari;
d) yongʻindan avtomatik signal berish vositalari.
140. Qadoqlangan neft mahsulotlarini saqlash uchun bino omborlarining pollari yonmaydigan va neft mahsulotlarini shimmaydigan materiallardan boʻlishi, TAS ni saqlashda esa, uchqun hosil boʻlishining oldini oluvchi materiallardan yasalishi kerak. Pol yuzasi tekis, toʻkilgan suyuqlik chuqurcha tomon oqishi uchun nishablangan boʻlishi kerak.
Elektr oʻtkazmaydigan materiallardan yasalgan quyish xonalarining pollari ertutashtirilgan metall listlar bilan yopilib, unga mahsulot solinadigan metall idish qoʻyiladi. Bochka, bidon va boshqa koʻchma sigʻimlarni ertutash qurilmasiga uchi boltda boʻlgan misli tros bilan ulash orqali ertutash amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
141. Idishlardagi neft mahsulotlarini saqlash uchun maydonchalar qattiq qoplamali va suv oqishi uchun qiya boʻlishi kerak.
142. Idishlar saqlanadigan omborxonalarda neft mahsulotlarini qadoqlash, oʻrash, bogʻlash materiallarini boʻsh idish va boshqa begona predmetlarni saqlash taqiqlanadi. Mazkur xoʻjalik atrofida nishab yoʻlkalar va suv oqishi uchun qiyali suvchetlatuvchi kanallar boʻlishi kerak.
Suvchetlatuvchi oqimlar, quvurlar, nishab yoʻlkalar soz boʻlishi va vaqti-vaqti bilan tozalanishi kerak.
143. Neft mahsulotlarini (moylar, yogʻ-upa) idishlarga solish bochka va kichik idishlarga qadoqlab quyish va qadoqlash, maxsus xonalarda amalga oshirilishi kerak. Quyish va qadoqlash xonalari binolarda yoki iqlim sharoitlari va mahsulot turlariga koʻra, ayvon ostidagi maydonchalarda joylashishi kerak. Quyish xonalari bir qavatli boʻlishi kerak. Quyiladigan mahsulot turi va hajmiga koʻra, xonani izolatsiyalangan seksiyalarga boʻlish tavsiya etiladi.
144. Quyish va qadoqlash xonalaridagi elektr uskuna, elektr simlar portlashdan xavfsizlik talablariga mos kelishi kerak.
145. Quyish va qadoqlash xonalarini, mahsulot berish uchun avtomatlashgan qurilmalar, idishlarga quyish va neft mahsuloti miqdorini aniqlash, yuklash ishlarini mexanizatsiya vositalari, oqib ketgan mahsulotni yigʻuvchi va quyishni avtomatik toʻxtatish vositalari bilan jihozlanishi tavsiya etiladi.
146. Kichik idishlarga suyuq mahsulotni quyish, odatda, avtomatik qurilmalarda va germetik quyishni taʼminlovchi va mahsulot oqizib yuborishni istisno qiluvchi avtomatik liniyalarda amalga oshiriladi.
147. Oʻlchash qurilmalari, hamda idishga suyuq mahsulotni quyishni qadoqlovchi agregatlari (kameralar)ni mahalliy soʻrish moslamalari bilan uskunalash zarur.
148. TAS ni metall bochkalarga quyishda, quyish shlangasining patrubkasi tubga yetishi kerak. Patrubka, shlang va bochka ertutash qilinishi kerak.
149. Bevosita avtomashinalarga oʻrnatilgan bochkalarga TAS va YoS ni quyish taqiqlanadi.
150. Tarqatuvchi, qadoqlovchi qurilmalarni asosiy quvuroʻtkazgichlarga ulash, distansiyali va mahalliy boshqarishga ega yopqich armatura orqali bajariladi.
151. Quyish xonasining oldida mexanizatsiya vositalari bilan uskunalangan yuklash-tushirish maydonchalari (panduslar)ni joylashtirish kerak.
152. Sigʻimi 25 m3 gacha boʻlgan tarqatuvchi rezervuarlarni umumiy sigʻimi 200 m3 gacha boʻlgan neft mahsuloti turiga koʻra, quyidagi hollarda quyish xonasida joylashtirishga ruxsat beriladi:
a) rezervuarlardan chiqadigan bugʻlarni xonadan tashqariga chetlatish taʼminlanishi sharti bilan;
b) rezervuarning yaxlit devoridan 2 m masofa narida;
v) neftmahsulot quyish maydonini cheklovchi toʻsiqli qurilma (bortik)lar borligida.
Moyni isitish va berish uchun moʻljallangan tarqatish rezervuarlarining yon tomonini quyish xonasida joylashtirilib oʻrnatishga ruxsat etiladi.
153. Loyihalanayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan omborlarda moylar uchun rezervuarlarni erosti (podval) xonalarida joylashtirish taqiqlanadi.
154. Qadoqlangan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va quyish boʻyicha barcha texnologik operatsiyalar, tasdiqlangan texnologik reglamentlar (yoʻriqnomalar) va amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga mos ravishda oʻtkazilishi kerak.
155. Neft mahsulotini quyishdan oldin xizmat qiluvchi xodim idishni koʻzdan kechirishi shart. Neft mahsulotini idishga faqat korxonaning xizmat qiluvchi xodimi beradi.
156. Neft mahsuloti berish uchastkalarida neft mahsuloti tasodifan toʻkilishining oldini olish va ifloslangan joylarni tozalash uchun qum va vositalar zaxirasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
157. Neft mahsuloti toʻkilishi yoki idishdan oqib ketishida, neft mahsulotini butunlay tozalab olmaguncha va gazlashganlikni ruxsat etilgan konsentratsiya chegarasi (REKCh)gacha pasaytirmaguncha omborni ishlatilishi toʻxtatilishi kerak. Nosoz idish neft mahsulotidan boʻshatilishi kerak.
7-§. Texnologik quvuroʻtkazgichlar
158. Texnologik quvuroʻtkazgichlarga neft bazalari va neft mahsuloti omborxonalaridagi quvuroʻtkazgichlar va neft mahsulotoʻtkazgichlar kiradi; quvuroʻtkazgichlar orqali texnologik jarayonning olib borilishini va uskunalarning ishlatilishini taʼminlovchi neft va neft mahsulotlari, moylar, reagentlar, bugʻ, suv, yonilgʻi uzatiladi; neft mahsulotoʻtkazgichlar boʻylab esa, neft bazalari balansida turgan yaqin tashkilotlarga (neft bazalari bilan neftni qayta ishlash zavodlari, quyish prichallari, alohida turuvchi temir yoʻl va avtoestakadalar va boshq. orasidagi) neft mahsulotlari beriladi.
159. Neft bazalari va neftmahsulot tarkibidagi texnologik quvuroʻtkazgichlarining tuzilishi va ularni ishlatish, texnologik quvuroʻtkazgichlarining tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish, bugʻ va issiq suv quvuroʻtkazgichlarining tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish boʻyicha talablarga mos ravishda amalga oshiriladi.
160. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni ishlatuvchi tashkilotlar (neft bazalari, neft mahsulotlari omborxonalari) ularni toʻgʻri va xavfsiz ishlatilishiga, ular ishlashini tekshirish, reviziya va taʼmirlashni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazishga javobgar hisoblanadilar.
161. Xizmat qilish muddati, kategoriya va guruhlari loyiha tashkiloti tomonidan aniqlangan boʻlishi kerak.
162. Neft va neft mahsulotlarini uzatish uchun faqat poʻlat texnologik quvuroʻtkazgichlar qoʻllanilishi kerak. Shisha va boshqa moʻrt materialdan, hamda yonadigan va qiyin yonadigan materiallardan (ftoroplast, polietilen, viniplast va boshqalar) tayyorlangan quvurlarni qoʻllash mumkin emas.
163. Aviakorxonalar YoMM omborlari uchun quvuroʻtkazgichlar pastuglerodli poʻlatdan tayyorlanishi va zavod sharoitlarida surtilgan ichki antikorroziya qoplamasiga ega boʻlishi kerak. Ushbu quvuroʻtkazgichlar tashqi antikorroziya qoplamasiga ham ega boʻlishi, erostidan oʻtkazilganda esa, daydi toklaridan katodli himoyaga ega boʻlishi kerak.
164. SKQS omborlari uchun quvuroʻtkazgichlar, faqat zanglamaydigan poʻlatdan yasalishi kerak.
165. Aviayonilgʻi taʼminlash quvuroʻtkazgichlarining konstruksiyalarida mis va kadmiyli qotishmalar va ruxlangan poʻlat materiallarni qoʻllashga ruxsat etilmaydi.
166. Haydalayotgan neft mahsulotini korroziyaga faolligi va belgilangan ishlatish muddatiga koʻra, quvuroʻtkazgich devori qalinligini korroziyali yemirilishini hisobga olib aniqlash kerak.
167. Neft bazalari hududida yer ustidan oʻtkaziladigan neft va neft mahsulotli texnologik quvuroʻtkazgichlar, yonmaydigan konstruksiyalarda, estakadalarda, tirgak va tayanchlarda boʻlishi kerak.
168. Alohida tirgak, estakadalarda oʻtkaziladigan yer usti texnologik quvuroʻtkazgichlarni, eshik oʻrni boʻlgan binolar devorlaridan kamida 3 m narida, eshik oʻrni boʻlmagan bino devorlaridan kamida 0,5 m masofada joylashtirish kerak.
169. Texnologik quvuroʻtkazgichlar elektr payvandlangan choksiz, shu jumladan antikorroziyali qoplamali quvurlardan yasalishi kerak. Quvur materialini va tayyorlash usulini tanlash haydalayotgan muhit xususiyatlari va ishchi parametrlarga koʻra qabul qilinishi kerak.
170. Quvuroʻtkazgichlar oʻzaro bir-biri bilan payvandlab ulanishi kerak. Quvuroʻtkazgichlar boʻylab qotuvchan neft mahsulotlarini haydaganda, hamda armatura va texnologik uskunalar oʻrnatilgan joylarda yonmaydigan materialdan yasalgan qistirmali flanetsli ulamalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
171. Katta diametrli va katta uzunlikdagi texnologik quvuroʻtkazgichlarda, turli energiya manbalari (quyosh radiatsiyasi va boshqalar)dan qizishida bosim oshishi ehtimolida saqlagich klapanlari oʻrnatilishi, ulardan chiqqan tashlamalar yopiq tizim (drenaj yoki avariyali sigʻim)larga yoʻnaltirilishi kerak.
172. Saqlagich klapanlarini oʻrnatish zaruriyati, ularning diametri va oʻtkazish qobiliyati loyiha tashkiloti tomonidan aniqlanadi.
173. Texnologik quvuroʻtkazgichlarda tupikli uchastkalar, turgʻun zonalar boʻlmasligi kerak.
Quvuroʻtkazgichning eng past nuqtalariga yopqich armaturali drenaj qurilmasi oʻrnatilishi kerak.
174. Neft va neft mahsulotlari uchun quvuroʻtkazgichlarni qurganda, ularni boʻshatish ehtimoli uchun qiyalatib oʻtkazilishi, ayni paytda quvuroʻtkazgichlar uchun qiyaliklar quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
a) och rang neft mahsulotlari uchun — 0,2%;
b) oʻta qovushqoqli va qotuvchan neft mahsulotlari uchun — muayyan xususiyatlar va oʻziga xosligi, uzunligi va oʻtkazilganlik shart-sharoitlariga koʻra — 2%.
175. Quvuroʻtkazgichlarni damlash uchun inert gazi yoki bugʻni keltirib, quvuroʻtkazgichning boshlangʻich va oxirgi nuqtalarida bajariladi. Buning uchun armatura va tiqinli shtutserlar koʻzda tutilishi kerak.
176. Qovushqoq mahsulotlarni haydash uchun quvuroʻtkazgichlar tashqaridan isitiladigan boʻlishlari kerak. Issiqlik tashuvchilar sifatida bugʻ, sanoat issiqlik suvi va elektr isitishdan foydalanish mumkin. Tasmali isitgichlar yordamida elektr isitish usuli qoʻllanilganda, ular portlashdan himoyalanib ishlanishi kerak.
177. Neft va neft mahsulotlari texnologik quvuroʻtkazgichlariga obyektlarga (rezervuar parklari, nasosxonalar, temir yoʻl va avtoestakadalar, prichal) kiraverishida berkituvchi armatura oʻrnatilishi kerak. Berkituvchi armaturaning uzatmalarini boshqarish operator xonasidan distansiyali va oʻrnatilgan joyning oʻzida qoʻlda bajarilishi mumkin.
178. Zulfin uzellarini guruhli yoki alohida turuvchi rezervuarlarning marza (toʻsuvchi devor) tashqarisida joylashtirish kerak (116-bandga koʻra oʻrnatilgan zulfinlardan tashqari).
179. Bogʻlama quvuroʻtkazgichlarda yopqich armaturalarni oʻrnatish va joylashish tartibi avariyali vaziyatlarda neft mahsulotini rezervuardan rezervuarga haydash imkonini taʼminlashi kerak.
180. Mazut xoʻjaligining texnologik sxemalarida qulay uglerodli va pastlegirlangan poʻlatdan tayyorlangan poʻlat choksiz va elektr payvandlangan toʻgʻri chokli quvurlar qoʻllanilishi kerak.
181. Issiqlik energetika agregatlari va texnologik tarmoqlari komplektida olib kelinadigan mos sertifikatli va ularni qoʻllanilishi uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan import quvurlarini qoʻllanilishiga ruxsat beriladi.
182. Mazut xoʻjaligida quvuroʻtkazgichlarni temperaturali deformatsiyasini kompensatsiyalash uchun trassaning qayrilishi va burilishlari hisobiga oʻzini-oʻzi kompensatsiyalashidan foydalanish kerak yoki maxsus kompensatsiyalovchi qurilmalar (P-simon kompensatorlar) oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak.
183. Mazut xoʻjaligi tizimida salnikli, linzali va toʻlqinsimon kompensatorlarni qoʻllanilishiga ruxsat berilmaydi.
184. Issiqlik elektro stansiyalarining mazut xoʻjaliklaridagi barcha mazutoʻtkazgich, bugʻoʻtkazgich va kondensatoʻtkazgichlarda faqat poʻlat armatura qoʻllanilishi kerak. Bolgʻalanadigan va kulrang choʻyandan va rangli metalldan yasalgan armaturalarni qoʻllash mumkin emas.
185. Mahsulot quvuroʻtkazgichlarida oʻrnatiladigan yopqich armatura, quvuroʻtkazgich yopqich armaturasi zatvorlarining germetiklik sinfi uchun belgilangan talablarga mos ravishda yasalgan boʻlishi kerak.
186. Shartli diametri 400 mm dan katta quvuroʻtkazgichlarda oʻrnatilgan yopqich armatura mexanik uzatmaga (elektr-, pnevmo- va gidrousul taʼsirida) ega boʻlishi kerak.
187. Massasi 500 kg dan ziyod armaturani gorizontal uchastkalarda joylashtirish kerak, ayni paytda vertikal tayanchlar koʻzda tutish kerak.
188. Zichlamalar konstruksiyasi, salnikli tiqinlar, qistirmalar materiallari va flanetsli ulamalarni montaj qilish, texnologik tizimni ishlatishni remontlararo davri mobaynida zarur germetiklik darajasini taʼminlashi kerak.
189. Portlashdan himoyalanib ishlangan elektruzatma armaturalarni kapital taʼmirlash ixtisoslashgan tashkilotlarda bajarilishi kerak.
190. Har birining sigʻimi 1000 m3 dan koʻp boʻlgan rezervuarlar guruhi marzalari chegarasida yigʻgich kollektorlarini oʻtkazishga ruxsat berilmaydi. Koʻrsatilgan cheklashlar, sigʻimi 3000 m3 va undan kam rezervuarlar uchun koʻchma yongʻin texnikasi oʻrnatilgan koʻpikkoʻtargichlar har qaysi rezervuarni oʻchirish imkoni taʼminlangan holatlar uchun taalluqli emas.
191. Neft mahsuloti bilan taʼminlash korxonalarining texnologik quvuroʻtkazgichlariga texnologik sxemalar tuzilgan boʻlishi kerak; unda har bir quvuroʻtkazgich belgilanishi va yopqich-armatura esa raqamlanishi kerak. Quvuroʻtkazgichlar amaldagi standartlar talablariga koʻra, oqim yoʻnalishini koʻrsatuvchi stryelka qoʻyilib boʻyaladi.
192. Xizmat qiluvchi xodimlar texnologik sxemalarini, surma zulfinlar joylashishi va ularning tayinlanishini bilishlari va avariyani bartaraf qilish yoki oʻt oʻchirish rejasiga koʻra surma zulfinlarni qayta ulash va uzishni bilishlari kerak.
8-§. Nasos qurilmalari va stansiyalari
193. Nasos qurilmalari deganda, bitta nasos va uchta yoki undan kam sonli bir-biridan 3 m va undan koʻproq masofada joylashgan nasoslar guruhi tushuniladi. Neft va neft mahsulotlarining nasosli qurilma (stansiya)lari yopiq (bino ichida) va ochiq (ayvon ostida) boʻlishi mumkin.
194. Ayvon ostida joylashgan ochiq nasos stansiyalarida, quriladigan yon toʻsiqlar maydoni, toʻsiladigan tomonining umumiy maydonining 50% ni tashkil qilishi kerak (balandligi boʻyicha poldan toʻsiqni turtib chiqqan qismigacha yoki nasosxona tomigacha hisoblaganda).
Ochiq nasosxonalarning himoya yon toʻsiqlari yonmaydigan boʻlishi va tabiiy shamollatish shartlari boʻyicha nasosxona poligacha va tomigacha kamida 0,3 m ga yetmasligi kerak.
195. Nasoslarning himoya tizimi, nasos va uning detallarining yasalgan materiali, barcha xizmat qilish davomida xavfsiz ishlatilishini taʼminlashi kerak.
Tez alangalanuvchi suyuqliklarni haydash (damlash) uchun qoʻsh yonlama markazdan qochma salniksiz nasoslar, asoslangan holatlarda esa, bir tomonlama va qoʻshimcha zichlanib qoʻllaniladi.
Yopuvchi suyuqligi sifatida yonmaydigan yoki haydalayotgan suyuqlik muhitiga neytral boʻlganlaridan foydalanish kerak.
Aeroportlardagi samolyotlarga markazlashgan yonilgʻi quyish (zapravka) tizimlarida porshenli nasoslarni qoʻllashga ruxsat berilmaydi.
Aviakorxonalar YoMM omborlari uchun muzlanishga qarshi suyuqlikning xorijiy analoglarini konteynerlarda yetkazib berishda, keltirilayotgan suyuqlikning texnik tafsilotlariga koʻra va haydashda uning fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlab qolish zarurati bilan tanlab olinadigan nasos agregatlari qoʻllanilishi kerak.
196. Haydash quvuroʻtkazgichda, haydalayotgan modda teskari yurib oqishining oldini olish uchun teskari klapan oʻrnatilishi kerak.
197. TAS va YoS ni maksimal quyish tezligini xavfsiz chegaralargacha cheklash, nasosning soʻruvchi quvuroʻtkazgichda neft mahsuloti qismini qayta oʻtkazib yuborib erishiladi.
198. Nasoslar, texnik xizmat koʻrsatish va ishlatish boʻyicha tayyorlovchi — zavod yoʻriqnomalari, normativ-texnik hujjatlarga mos ravishda, ularni xavfsiz ishlatilishini taʼminlashi, signal berish va muhosaralash tizimlari bilan jihozlanishlari zarur.
199. Neft va neft mahsulotlarini haydovchi nasoslar, ularning oʻrnatilgan joyidan qatʼi nazar, mahalliy va distansiyali boshqaruviga ega boʻlishlari kerak.
200. Nasoslarning soʻrish va haydash tarmoqlarida, odatda masofadan turib boshqariladigan berkituvchi yoki uzib qoʻyuvchi qurilmalar koʻzda tutilishi kerak. Quvuroʻtkazgich uchastkalarini distansiyali uzib qoʻyish moslamasi bilan jihozlash, quvuroʻtkazgichning diametri va uzunligi, haydalayotgan muhit tafsilotlariga koʻra, har qaysi muayyan holatlarda loyiha tashkiloti tomonidan qabul qilinadi.
201. Yangi loyihalanayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan neft bazalari uchun nasos uskunalarining ishlashi, jumladan vibratsi darajasi ustidan monitoring oʻrnatilishi kerak.
202. Markazdan qochma nasoslarni harakatchanlanuvchi qismlarida toʻsiqlar yoʻqligida ishga tushirish va ishlatish taqiqlanadi.
203. Manometri nosoz nasoslarni ishlatish taqiqlanadi.
204. Nasos stansiyalarining pollari yonmaydigan va neft mahsuloti taʼsiriga chidamli materiallardan boʻlishi va ularda drenaj lotok (nov)lari joylashishi kerak.
205. Nasos stansiyalari pollarida drenaj lotoklar joylanishi kerak. Lotoklar tegishlicha yopilgan boʻlishi, ularning tubi va devorlari suv va neft mahsulotlari oʻtkazmaydigan (shimmaydigan) boʻlishi kerak. Lotoklar gidrozatvor orqali kanalizatsiya bilan ulangan boʻlishi va u tomon doimiy nishablikka ega boʻlishi kerak.
206. Nasoslarni QMQ 2.09.19 — 97 Neft va neft mahsulotlari omborxonalari uchun yongʻinga qarshi normalarga rioya qilinib joylashtirish kerak. Nasosxonalardagi nasoslar va quvuroʻtkazgichlarni ularga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazish qulay boʻladigan qilib joylashtirish kerak.
207. Yangi loyihalanayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan neft bazalar uchun chuqurlashtirilgan nasos stansiyalarini qurish taqiqlanadi.
208. Oʻta qovushqoqli, namiqqan yoki tashqi havo temperaturasida ochiq maydonchalarda qotuvchan mahsulotlarni haydovchi nasoslarni, uzluksiz ishlashini, issiqlik izolatsiyasini yoki nasos va quvuroʻtkazgichlarni isitishni, damlash yoki nasos va quvuroʻtkazgichlarni yuvish tizimi borligi shartlariga rioya qilib oʻrnatish kerak.
209. Qozonxona boʻlimiga mazutni markazdan qochma nasoslar yordamida uzatish kerak. Issiqlik elektr stansiyalarini mazut xoʻjaligi tizimida vintli, rotatsiyali va porshenli nasoslarni qoʻllashga ruxsat beriladi.
210. Yoqish uchun mazut uzatishning ikki pogʻonali sxemasi, har qanday 1 pogʻonali nasos, isitgich, chuqur tozalash filtrni har qanday 2 pogʻonali nasos bilan ishlash imkonini koʻzda tutishi kerak.
211. Ishchi bosimi 2,5 MRa va undan koʻp boʻlgan issiqlik elektr stansiyalarning mazut xoʻjaligi tizimida drenaj quvuroʻtkazgichlarida va mazutoʻtkazgichlarida havochiqargichlarda, ketma-ket joylashgan ikkita berkituvchi qurilmalarni oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak.
212. Mazut isitgichlar xona tashqarisida — betonlangan ochiq maydonchalarda joylashishi kerak; ular jala suvlarini yigʻish uchun quduq (trap)lar tomonga nishab qilib, statsionar kran-balka bilan uskunalanishi kerak.
213. TAS va EC haydovchi nasos korpuslari, nasoslar bilan bitta ramada boʻlgan elektr dvigatellar ertutashidan qatʼi nazar, alohida ertutash qilinishi kerak.
214. Ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya (REChK) va portlashning pastki chegaraviy konsentratsiyasi (PPChK) boʻyicha gaplashganlikni tekshirish uchun nasos stansiyalarida ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlarga yetganda ishlab ketuvchi signal berish bilan gaz tahlillagichning avtomatik vositalari oʻrnatilishi kerak. Gazlashishning barcha hollari asboblar bilan qayd qilinishi kerak, ular yoʻqligida, obyektda tekshiruv namunalarini olish tartibi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Sezdirgichlar yoki namunaolgich qurilmalarini oʻrnatish joylari va ularni soni loyihada aniqlanadi.
215. Nasos agregatlari xonalarida majburiy oqma-tortma shamollatgichlarning ishlashi taʼminlanishi kerak. Nasoslarni ulanish sxemasi shamollatgich ishlamayotganda ular (nasos)ni ulanish ehtimoliga imkon bermasligi kerak.
Shamollatgich oʻchirilganda nasos agregatlarini ishga tushirish taqiqlanadi.
216. Nasos xonalari uskunalar, elektr uskunalarni taʼmirlash uchun yuk koʻtaruvchi qurilmalar bilan uskunalanishi kerak. Ular elektr qurilmalarni tuzilish talablari qoidalariga koʻra portlashdan xavfli aralashmani kategoriya va guruhiga va portlashdan xavfli zonalar sinfiga mos qilib yasalishi kerak.
217. Har bir nasos agregati pasportga ega boʻlishi kerak; unga taʼmirlash va komplekt qismlarini almashtirish boʻyicha barcha maʼlumotlar yoziladi. Agregat hujjatlarida ishlatishning hisoblangan muddati koʻrsatilishi kerak.
218. Nasoslarni montaj qilish, sozlash va sinashni loyiha va tayyorlovchi-zavod yoʻriqnomasiga muvofiq bajarish kerak.
219. Ajratuvchi toʻsiqlar, jumladan, nasos xonalarini mashina zali yoki boshqa xonalardan ajratib turuvchi, pol sathidan pastda joylashgan ularning pastki qismlari (devor yoki pardevorlar), hamda ulardan oʻtkazilgan oʻq (val)lar, quvuroʻtkazgichlar, kabellar germetik boʻlishi kerak.
220. Nasoslarning ishqalanuvchi qismlarining moylanishi, podshipniklar va salniklar temperaturasi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
221. Nasos agregatlarining podshipniklarini moylash tizimi yasagan-korxona yoʻriqnomasiga mos ravishda ishlatilishi kerak.
9-§. Bugʻ tutish tizimi
222. Rezervuar parklari, temir yoʻl va avtomobil quyish-toʻkish estakadalari tarkibida, bugʻlar tarangligi 500 m simob ustunidan yuqori boʻlgan och rang neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va yuklab joʻnatish boʻyicha obyektlarni loyihalash va rekonstruksiya qilish uchun bugʻ-gaz fazasini yigʻishni va utillashni tashkil qiluvchi statsionar qurilmalarni koʻzda tutish tavsiya etiladi.
223. Bugʻlarni tutishning asosiy uskunalarini komponovkalash (yigʻish) montaj qilish blok-modul usulini bajarilishi kerak.
Uskunani obyektlarning (rezervuar parklari, temir yoʻl va avtoestakadalar) bevosita yaqinida, bino yoki ayvon ostidagi ochiq maydonchalarda, rezervuar parklari marzalari tashqarisida va temir yoʻl estakadalari va avtoestakadalar maydonchalarida joylashtirish mumkin.
Asosiy uskuna bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan elektr uskuna va boshqaruv asboblari, portlashdan xavfli zonadan tashqarida joylashtirilishi lozim.
224. Bugʻlarni tutish tizimining apparatlarini bosim oshishidan himoyalash uchun saqlagichli qurilmalar rejalashtirilishi kerak. Qurilmalarni tanlash va hisoblash bosim ostida ishlaydigan idishlarni tuzilishiga doir talablar asosida bajariladi.
225. Bugʻlarni yutish boʻyicha qurilmani absorber tarkibida foydalanilganda, tizimda temperatura koʻtarilishi yoki bosim pasayishi boʻyicha aniqlanadigan tutish samaradorligi pasayganda, ishga tushadigan dubl apparati koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
226. Ajralib chiqayotgan bugʻlarni yigʻish uchun rezervuarlarning tuzilishi, ularni haydash va damlashda bugʻlar hajmini oʻzgarish ehtimoli taʼminlanishi kerak.
227. Bugʻlarni yigʻish uchun rezervuar saqlagich klapanlar, olovtoʻsgichlar, tekshirish asboblari va avariyaga qarshi himoya vositalari bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
228. Yigʻish tizimida vakuumli suyuqlik-halqa nasosidan foydalanilganda, u kompressorlar va vakuumli suyuqlik-halqa nasoslarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish standarti talablariga mos boʻlishi kerak. Suyuqlik haydash tarmogʻidan va zichlamalardan yigʻish tizimiga qayta yoʻnaltirilishi kerak.
229. Sovutuvchi tizimli bugʻlarni tutish qurilmasida qoʻllaniladigan uskuna va quvuroʻtkazgichlar, sovutish tizimining tuzilishi va xavfsiz ishlatish talablariga mos boʻlishi kerak.
230. Tutish tizimi tarkibiga kiruvchi va portlashdan xavfli zonada joylashtiriladigan elektr uskunalarni portlashdan himoyalab yasalishi portlashdan xavfli aralashmaning kategoriyasi va guruhiga va portlashdan xavfli zona sinfiga mos kelishi kerak.
231. Tutish qurilmasida separator qoʻllanilganda, kondensatni, maxsus yigʻgich sigʻimga yoʻnaltiruvchi avtomatik tizim boʻlishi kerak.
10-§. Ishlatilgan neft mahsulotlarini tiklash
232. Ishlatilgan neft mahsulotlardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga ularning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tiklash qurilmalari koʻzda tutilishi mumkin.
233. Tiklash qurilmalarini shamollatishda, havo almashinish karraliligi soatiga 12 havoalmashinishni tashkil qilishi kerak.
234. Tiklash qurilmalari xonasidagi havoda moy bugʻlarini miqdori 5,0 mg/m3 dan koʻp boʻlmasligi kerak.
235. Ishlatilgan neft mahsulotlarining qizish temperaturasi, ularni tarkibiga kiruvchi komponentning bugʻlarni eng kam chaqnash temperaturadan 25°S ga kam boʻlishi kerak. Neft mahsulotlarini, ularni qizdirayotgan vaqtda toʻkishga ruxsat berilmaydi.
236. Bochkalarda kelayotgan ishlatilgan neft mahsulotlarini 0,5 — 0,1 MRa dan yuqori boʻlmagan bosimli bugʻ bilan qizdirishga ruxsat beriladi.
237. Ishlatilgan va tiklangan moylarni haydash alohida nasoslar bilan amalga oshirilishi kerak.
238. Tiklash qurilmalarida hosil boʻladigan chiqindilar (filtrlash materiallari, reagentlar va boshqalar) zaharli sanoat chiqindilarini toʻplash, tashish, zararsizlantirish va koʻmish tartibi haqidagi sanitariya qoidalariga mos ravishda chiqarib tashlanadi.
239. Ishlatilgan neft mahsulotlarini tiklash boʻyicha qurilmalarni taʼmirlashga tayyorlashda, uskuna mahsulotdan tozalanishi, kislota, ishqor va boshqa zararli moddalardan zararsizlantirilishi va zaruratga koʻra bugʻ yoki inert gaz bilan damlab tozalanishi kerak.
240. Ishlatilgan neft mahsulotlarini tiklash qurilmalarini xavfsiz ishlatishga, qurilma, uskunaga berilgan texnik hujjatga rioya qilib erishiladi.
III bob. TAʼMINOTNING TEXNIK TIZIMLARIGA DOIR SANOAT XAVFSIZLIGI TALABLARI
1-§. Tekshirish, boshqarish, avtomatlashtirish va avariyaga qarshi himoya tizimlari
241. Uskunalari bilan butlab keltiriladigan avtomatik tekshirish va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari yoki rejalar asosida ishlab chiqiladigan, joriy etiladigan, hamda mavjud neft bazalari va neft mahsulotlari omborlarini qurish, rekonstruksiya qilish sanoat xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
242. Texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirish hajmi va darajasini, hamda avtomatlashtirish vositalariga ehtiyojni aniqlashda, tekshirish va avtomatlashtirish tizimlariga boʻlgan sanoat xavfsizligi talablariga, tashkilotlarni (neft bazalar) neft mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha texnologik loyihalash normativ-texnik hujjatlariga, TAS, YoS va suyultirilgan uglevodorod gazlari (SUG) temiryoʻl quyish-toʻkish estakadalarini loyihalashga, och rangli neft mahsulotlarini temir yoʻl va avtomobil tsisternalariga taktli quyish avtomatlashgan qurilmalarini loyihalashga doir hujjatlarga tayanish kerak.
243. Ishlab ketish qurilmalari koʻrsatilib, muhosaralash va signal berish loyihada koʻzda tutilgan roʻyxat, neft baza, neft mahsuloti omborining texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
244. Ishlab chiqarish xonalari va tashqi qurilmalar portlash-yongʻindan xavfli zonalarida elektr vositalari va boshqaruv, tekshiruv, avariyaga qarshi himoya, aloqa va xabarlash tizimlarini joylashtirish, amaldagi elektr qurilmalarni tuzilish qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
245 Boshqaruv, tekshiruv, avariyaga qarshi himoya, aloqa va xabarlash tizimlariga xizmat koʻrsatish qulay va ular xavfsiz yerlarda joylashtirilishi zarur.
246. Neft bazaning texnologik jarayonlarini avtomatik boshqaruv va tekshiruv tizimi bitta punktdan — operator yoki dispetcher xonasidan markazlashtirilib amalga oshirilishi kerak.
247. Boshqaruv punktini joylashtirish, elektr qurilmalarni tuzilish qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
248. Boshqaruv xonasida ishlab chiqarish xonalari va boshqarilayotgan obyekt hududining gazlashganligi haqida yorugʻli va tovushli signal berish koʻzda tutilishi zarur.
249. Tekshiruv va boshqaruv tizimiga kiruvchi asboblari nosoz yoki toʻxtatib qoʻyilgan uskunalarda ishlashi va texnologik jarayonni olib borish taqiqlanadi.
250. Tekshiruv va boshqaruv tizimi elementlarini almashtirish davrida texnologik rejimlarni qoʻl rejimiga oʻtkazilishiga ruxsat beriladi. Ayni paytda xizmat koʻrsatuvchi personal harakatlari ishlatish yoʻriqnomasida bayon etilishi kerak.
251. Tekshiruv, boshqaruv va avariyaga qarshi himoya, aloqa va xabarlash tizimlarida xizmat muddatini oʻtagan yoki tekshiruv muddati oʻtib ketgan asbob, qurilma va boshqa elementlardan foydalanish taqiqlanadi.
252. Oʻlchash metodlari, oʻlchov vositalarini tekshirish va ularning nosozligini diagnostika qilish standartlashtirilgan boʻlishi, loyihada belgilangan zarur texnologik parametrlarni oʻlchashni moʻljaldagi aniqligini taʼminlashi kerak.
253. Texnologik operatsiyalarni amalga oshirishda, neft mahsulotlarini saqlashda va haydashda, chegaraviy parametrlar qiymati shu operatsiyalar texnologik reglamentida (karta) oʻrnatiladi va texnik rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
254. Mazut xoʻjaligining texnologik tizimlarining koʻrsatkichlari qayd qilinib va ular qiymatini oldindan signal berib, jarayonni portlashdan xavfsizligini taʼminlovchi parametrlarni tekshirish vositalari, hamda avtomatik tartiblash vositalari, issiqlik elektr stansiyalarida texnologik oʻlchashlar, signal berish va avtomatik tartiblash hajmi boʻyicha metodik koʻrsatmalarga muvofiq texnologik muhosaralash va avariyaga qarshi (texnologik) himoya tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
255. Barcha oʻlchash vositalarining toʻgʻri ishlashi tekshiriladi. Oʻlchov vositalarida mazkur ishlarni oʻtkazish “GOST 8.001-80 Davlat oʻlchash tizimi. Davlat tadqiqot oʻlchash manbalarini oʻtkazish va tashkil qilish tartibi”ga mos ravishda bajariladi.
2-§. Elektr taʼminlash va elektruskunalar
256. Neft va neft mahsulotlari omborlari ikkita mustaqil 1-ishonchlilik kategoriyadagi taʼminot manbalaridan elektr taʼminlanishi kerak. Oʻta masʼuliyati elektropriyemniklar (NOʻA elektr taʼminlash tizimi, avariyaga qarshi himoya aloqa va xabarlash) uchun elektroenergiya bilan taʼminlashni ishonchliligi 1-kategoriyadagi uchta mustaqil manbalardan taʼminlangan boʻlishi kerak.
257. Har bir neft bazada buyruq yoki farmoyish orqali, elektr xoʻjaligi boʻyicha javobgar shaxs tayinlanishi kerak. U MTX orasidan boʻlib, belgilangan tartibda bilimlari tekshirilgan, elektr xavfsizligi boʻyicha quyidagi malakaviy guruhga ega boʻlishi kerak:
a) IV, 1000 V gacha elektr qurilmalar ishlatilganda;
b) V, 1000 V gacha va undan yuqori elektr qurilmalar ishlatilganda.
258. Avariyaga qarshi tizim tarkibiga kiruvchi ijrochi mexanizmlar (elektr zulfinlar)ni elektr taʼminlash ishonchliligi 1-kategoriyadagi ikkita mustaqil manbadan taʼminlangan boʻlishi kerak.
259. Asosiy manbadan elektroenergiya uzatilishi toʻxtatilgan hollarda, ishonchli elektr taʼminlanish uchun, tizimda asosiy manbadan rezervdagisiga (AVR) avtomatik tarzda qayta ulanish vositalari qoʻllanilishi kerak.
260. Kabel trassasini yuqori temperaturalar, mexanik shikastlanishlar taʼsiri istisno qilingan joylardan oʻtkazish, asosan ochiq usul bilan amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan trassalarni zarur hollarda neft mahsuloti taʼsirini istisno qiluvchi joylardan yer ostiga koʻmib oʻtkazish bajarilishi mumkin. Polietilen izolatsiyali kabellarni qoʻllash taqiqlanadi.
261. Rezervuar parklarining marzalari ichida elektr shkaflarni va elektr oʻtkazgichlarni joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
262. Kabel tarmoqlarini koʻpriklar, estakadalar, prichal va pirslar boʻylab poʻlat quvurlarda oʻtkazish kerak.
263. Barcha sinfdagi portlashdan xavfli zonalar uchun, kuchlashshi 1000 V gacha boʻlgan kuchli va yoritish manbalari uchun, hamda boshqaruv, oʻlchov, himoya va signal berishni ikkilamchi zanjirlari uchun ularni poʻlat quvurlarda oʻtkazish sharti bilan, bronlanmagan rezinali, polivinilxloridli izolatsiyali sim va oʻtkazgichlarni qoʻllashga ruxsat beriladi.
B-Ia, B-I6, B-Ir sinflarga mansub portlashdan xavfli zonalarda yoritish manbalari, karkaslardagi bronlanmagan kabellar va oʻtkazgichlar yordamida ochiq bajariladi (oʻtkaziladi).
264. V-Ia sinfidagi portlashdan xavfli zonalarda mis tolali oʻtkazgich va kabellar qoʻllanilishi kerak. B-I6, V-1g sinflaridagi portlashdan xavfli zonalarda alyumin tolali kabellar qoʻllanilishiga ruxsat beriladi.
265. V-Ia sinfli xonalarda tarmoqlanish qutilari portlashni taʼsir qilmaydigan qilib bajarilgan boʻlishi, boshqa sinfdagi xonalarda, har qanday portlashdan himoyalangan, hamda chang oʻtkazmaydigan qilib bajarilgan boʻlishi kerak.
266. Kabel va quvurlar oʻtishi uchun devor va pollardagi teshiklar yonmaydigan material bilan zichlangan boʻlishi kerak.
267. Neft bazalarda kabel trassalarini va texnologik quvuroʻtkazgichlarni, “Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari” (quyida — ETQ) va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga koʻra, umumiy qurilish konstruksiyalarida oʻtkazishga ruxsat beriladi.
268. Birlashtiruvchi va tarmoqlanuvchi kabel muftalarini portlashdan xavfli xonalar ichida oʻrnatish taqiqlanadi.
269. Rezervuar park hududini, odatda, machtalarda oʻrnatiladigan projektor yoritqichlar bilan yoritiladi.
270. Statsionar elektr yoritish yoʻqligida, portlash-yongʻindan xavfli xonalarni, ochiq texnologik maydonchalarni, apparatura va boshqa uskunalarni vaqtincha yoritish uchun portlashdan himoyalanib ishlangan akkumulyatorli fonarlarni qoʻllash zarur. Portlashdan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan koʻchma yoritqichlarni qoʻllash taqiqlanadi. Fonarlarni yoqish va oʻchirishni portlashdan xavfli zonadan tashqarida bajarish kerak.
271. Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarni taʼmirlash ixtisoslashgan tashkilot tomonidan bajarilishi kerak.
272. V-Ia sinfidagi portlashdan xavfli zonalarning neft bazalari va neft mahsuloti omborlarida, ularda portlashdan xavfli aralashma hosil boʻladigan kategoriya va guruhlarga mos boʻlgan, portlashhimoya-portlashdan xavfsiz darajali elektr uskunalar qoʻllaniladi.
273. B-I6 sinfidagi xonalarda, himoya darajasi kamida IP 44 boʻlgan himoyalangan yoki sachrashdan himoyalangan elektr uskunalar oʻrnatiladi.
274. Avariyali tortma shamollatgichlarning elektrodvigatellari va ularning ishga tushirish apparatlari, portlashdan xavfli xonalarda hosil boʻladigan portlashdan xavfli aralashmalar kategoriya va guruhiga mos boʻlgan portlashdan himoya darajasi va turiga ega boʻlishi kerak.
275. Portlashdan xavfli zonadan tashqarida joylashtiriladigan tashqi qurilmalar uchun elektr uskunalar, ayvon yoki ayvon turidagi atmosfera taʼsiridan himoyalanib, yopiq yoki yopiq shamollatiladigan qilib qurilishi kerak.
276. Neft bazalarda va neft mahsuloti omborlarida, ayniqsa moylar, surkov moylari, idishlarga solingan boshqa mahsulotlarni saqlash va berishda, neft bazasi hududi boʻyicha qadoqlangan yuklarni tashish uchun elektrlashtirilgan transport — oʻziyurar akkumulyatorli telejka (elektrkara)lar, elektr yuklagichlar va portlashdan himoyalanib ishlangan tyagachlar qoʻllanilishi kerak.
277. Elektrlashtirilgan koʻtarma-transport qurilmalari (telfer, kranlar, chigʻirlar)ni ishlatishda, portlashdan xavfli xonalarda trolleyli oʻtkazgichlar va ochiq tok uzatuvchilar qoʻllash taqiqlanadi.
278. Tok keltirish egiluvchan kabel vositasida amalga oshiriladi; kabel halqa qilib toʻplanadi va rolikli karetkalarga osiltiriladi yoki barabanga oʻralishi kerak.
279. Neft baza va neft mahsuloti omborlaridagi elektr uskunalarni joylashtirish, montaj qilish, ularga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ishlatish boʻyicha qoidalar”, “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari”, qurilish meʼyorlari va qoidalari, davlat standartlari talablariga mos boʻlishi kerak.
280. Portlashdan himoya belgilari yoki davlat tekshiruvchi tashkilotlarning yozma xulosasiga ega boʻlmagan elektr uskunalar portlashdan xavfli zonalarda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
281. Texnologik qurilma bilan komplektda boʻlmagan xorijdan keltirilgan portlashdan himoyalangan elektr uskunalar, ularni portlashdan xavfli zonalarga oʻrnatilishi mumkinligi haqida sinovchi tashkilotning xulosasi boʻlishi kerak; xulosa korxonada suqlanishi kerak.
3-§. Yashindan va statik elektrdan himoyalash
282. Texnologik uskunalar, bino va inshootlar, portlashdan xavfli sinf va yongʻindan xavfli zonalariga koʻra, bino va inshootlarni yashinhimoya qurilmasi va statik elektrdan himoyalashni loyihalash boʻyicha normativ-hujjatlar talablariga mos ravishda yashinhimoya, statik elektrdan himoya va yashinni ikkilamchi namoyon boʻlishidan himoyalanib uskunalanishi kerak.
283. Bino va inshootlarning yashinhimoyasi talablariga javob beruvchi qurilmalar va tadbirlar, neft baza (alohida texnologik obyektlar, rezervuar parklari) qurilishi yoki rekonstruksiya qilish loyiha va grafigiga shunday kiritilishi kerakki, asosiy qurilish-montaj ishlari bilan yashinhimoya bir vaqtda bajarilishi taʼminlansin.
284. B-I g sinfiga mansub, hajmi 100 ming m3 dan ortiq boʻlgan metall va temir betondan yasalgan neft bazalarni yashindan bevosita muhofaza qilish uchun, odatda, iqtisodiy tomonidan asoslangan takdirda, alohida turgan yoki rezervuarlarning ustiga oʻrnatilgan yashin qaytargichlar bilan jihozlanadi.
285. Oʻzida portlashdan xavfli gazlar, bugʻlar, oson alangalanuvchi suyuqliklar (OAS) boʻlgan tashqi metall qurilmalar (B-I g sinfiga mansub zonalar qurilmasi) bevosita yashin urishidan quyidagicha himoyalangan boʻlishi kerak:
a) qurilmalar yoki alohida sigʻimlar tanasi tomi metalining qalinligi 4 mm dan kam boʻlganda, alohida inshootning oʻzida oʻrnatilgan yashin qaytargichlar bilan;
b) qurilma yoki alohida rezervuar tomi metalining qalinligi 4 mm va undan koʻp boʻlganda, hamda hajmi 200 m3 dan kam boʻlgan alohida rezervuarlarda tomi metalining qalinligidan qatʼi nazar erga ulanish yoʻli bilan.
286. TAS rezervuarlari havo olish armaturalari va ular ustidagi boʻshliq, hamda balandligi 2,5 m, diametri 3 m bilan chegaralangan zona, TAS li tsisterna boʻgʻizining kesimi ustidan boʻshliq toʻgʻridan toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
287. Yashinni ikkilamchi koʻrinishlaridan himoya quyidagi tadbirlar hisobiga erishiladi:
a) himoyalanayotgan binoda boʻlgan barcha uskuna va apparatlar, elektr uskunalarning yoki ularning armaturasi va qistirib qoʻyilgan detallarga payvandlash yordamida ulanishi boʻyicha uzluksiz elektr aloqasini taʼminlash sharti bilan bino temirbeton fundamentining ertutash qurilmasiga ulangan boʻlishi kerak;
b) quvuroʻtkazgich elementlari yoki boshqa uzun oʻlchovli predmetlarning ulamalarida, har qaysi kontaktga 0,03 Ω dan katta boʻlmagan oʻtish qarshiliklari bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
288. Lokboʻyoq materiallari bilan qoplangan, ertutashtirilgan metall uskunalar, agar uning ichki va tashqi yuzasining har bir nuqtasidagi qarshilik ertutash magistraliga nisbatan 10 Ω dan oshmasa, elektro statik ertutashtirilgan hisoblanadi. Bu qarshilikni oʻlchash, atrof havo nisbiy namligi 60% dan yuqori boʻlmaganda oʻtkazilishi kerak; shuning bilan birga oʻlchash elektrodini uskuna yuzasi bilan tegish maydoni 20 cm2 dan oshmasligi kerak, oʻlchashlarda esa, elektrod ertutashtirilgan elementlar, detallar, armaturalar shu yuzaning eng uzoqlashgan kontakt nuqtalaridan uskuna yuzasi nuqtalarida joylashishi kerak.
289. Yashinqabulqilgichlarni tokchetlatgichlar bilan va tokchetlatgichlarni ertutashlar bilan ulanishi, odatda payvandlash bilan, olovli ishlar mumkin emasligida, uni har yili momaqaldiroq mavsumi boshlanishidan oldin majburan tekshirib, 0,05 Ω, dan koʻp boʻlmagan oʻtish qarshiligi bilan boltli ulanishda bajarilishiga ruxsat beriladi.
290. Yertutashtirgichlar, tokchetlatgichlar har 5 yilda bir marta davriy tekshirib turiladi. Har yili ertutashtirgichlar va tokchetlatgichlarning umumiy sonidan 20% ochib koʻriladi va ularni korroziya yemirilishiga tekshiriladi. Agar koʻndalang kesimi maydonining 25% dan koʻp zararlangan boʻlsa, u holda bunday ertutashtirgichlar almashtiriladi.
Oʻtkazilgan koʻrik va tekshiruvlar natijalari yashinhimoya qurilmasi pasportiga va yashinhimoya qurilmalari holatini hisobga olish jurnaliga yoziladi.
Yashinhimoya qurilmalarini reviziya qiluvchi shaxslar koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalarini va aniqlangan nuqsonlar koʻrsatilgan sinov bayonnomalarini tuzishlari kerak. Yashinhimoya qurilmalarini reviziya, oʻtkazilgan taʼmirlashlar va h. k. natijalarini ixtiyoriy shakldagi ishlatish jurnallariga yozib borishlari lozim.
291. Neft mahsulotlari bugʻlarining portlashdan xavfli va yongʻindan xavfli konsentratsiyalari hosil boʻlishi mumkin boʻlgan bino va inshootlar, statik elektr toʻplanishidan himoyalanishi kerak.
292. Statik elektrning xavfli namoyon boʻlishlarining oldini olish uchun metall uskunalar va quvuroʻtkazgichlarni ertutashtirish, quvuroʻtkazgichlarda neftmahsulotlar harakati tezligini va neft mahsuloti sachrashini kamaytirish yoki neft mahsulotlari bugʻlari konsentratsiyasini xavfsiz chegaralargacha kamaytirish orqali uskuna va neft mahsulotida statik elektr zaryadlarini toʻplanish ehtimolini bartaraf etish zarur.
293. Statik elektr namoyon boʻlishidan himoyalash uchun quyidagilar ertutashtirilishi kerak:
a) TAS va YoS, hamda dielektrik va bugʻlanganda havo bilan bugʻni portlashdan xavfli aralashma hosil boʻlishiga moyil boʻlgan boshqa suyuqliklar uchun moʻljallangan erusti rezervuarlari;
b) erusti quvuroʻtkazgichlar har 200 m da va har bir tarmoqlanishda qoʻshimcha, har bir tarmoq ertutashga ulanib;
v) metall kallaklar va rukavalar patrubkasi;
g) koʻchma yonilgʻi quyish vositalari ishlab turganda;
d) quyish-toʻkish uchastkalarning oʻzaro bir-biri bilan elektrik ulangan temir yoʻl relslari, hamda quyish-toʻkish estakadalarining uzunligi boʻyicha ikkala tomonidan metall konstruksiyalari;
e) avtoquyish qurilmalarining metall konstrukiyalari;
j) neft mahsulotlarini haydash uchun nasos stansiyalarning barcha mexanizmlari va uskunalari;
z) dengiz va daryo prichallarining neft mahsuloti quyish (toʻkish)ni bajarish joylaridagi metall konstruksiyalar;
i) portlashdan xavfli xonalardagi termoizolatsiya gʻilofi va metall havooʻtkazgich quvurlar har 40 — 50 m da.
294. Statik elektrdan himoyalash uchun ertutash qurilmasi, odatda elektr uskunani himoyalash va yashinhimoyani ertutash qurilmalari bilan birlashtirilish kerak. Statik elektrdan faqat himoyalash uchun belgilangan ertutashtiruvchi qurilma qarshiligi 100 Ω dan koʻp boʻlmasligi kerak.
295. Texnologik uskunaning barcha metall va elektr oʻtkazuvchi nometall qismlari, statik elektrdan himoyalashni boshqa choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar, alohida ertutashtirilgan boʻlishi kerak.
296. Metall konstruksiyalarning (rezervuarlar, quvuroʻtkazgichlar va h. k.) oʻzaro qoʻzgʻalmas bir-biri bilan ulanishi, hamda ularni ertutash bilan ulanishi, kesimi kamida 48 mm2 boʻlgan tasmali poʻlat yoki diametri 6 mm dan katta boʻlgan dumaloq poʻlat tayoqcha yordamida payvandlanib yoki boltlar yordamida bajariladi.
297. Neft mahsulotlarini temir yoʻl tsisternalariga, avtotsisternalarga, quyish kemalariga va boshqa transport vositalariga quyish uchun ishlatiladigan metall uchlikli noelektr oʻtkazgichli materiallardan ishlangan ichak (quvur)larning (s r ≤ 108 Ω*m) diametri kamida 2 mm li oʻrama qadami 100 mm dan koʻp boʻlmagan mis sim (yoki kesim yuzasi kamida 4 mm3 boʻlgan misli arqonlar) bilan oʻralgan boʻlishi kerak. Sim arqonning bir uchi mahsulot uzatgichni erga ulanish moslamasidagi metall qismlari bilan payvandlab (yoki bolt bilan) ulanadi, boshqasi esa ichak uchligi bilan ulanadi. Armaturalangan yoki elektr oʻtkazgichli (s r ≤ 105 Ω*m) ichaklardan foydalanganda armatura yoki elektr oʻtkazgich rezina qavatini mahsulot oʻtkazgich erga ulanishi yoki ichak metall uchligi bilan albatga birlashtirish sharti bilan ularni oʻramalash talab qilinmaydi. Ichak uchliklari uchqun chiqarmaydigan metallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
298. Elektrostatik induksiyadan himoyalash, bino va qurilmalarda boʻlgan barcha uskuna va apparatlar himoya ertutashga ulanib taʼminlanishi kerak.
299. Yashindan himoya qurilmasi boʻyicha I-toifaga mansub bino va elektromagnit induksiyadan himoyalash, hamda ochiq konturlar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun quvuroʻtkazgichlar va boshqa uzun metall predmetlarni oʻzaro 10 cm va undan kam masofaga yaqinlashgan joylariga, har qaysi 20 m da metall toʻsiqlar payvandlash zarur.
300. Yashindan himoya qurilmasi boʻyicha I-toifaga mansub bino va elektromagnit induksiyadan himoyalash uchun bir-biridan 10 cm gacha boʻlgan masofada joylashgan quvuroʻtkazgichlar va boshqa uzun metall predmetlar orasida har 25 — 30 m da metall toʻsiqlar qurish orqali bajariladi.
301. Yerosti metall kommunikatsiyalarni (quvuroʻtkazgichlar, kabellar, jumladan kanal va tonnellardan oʻtkazilgan) yuqori potensiallar sodir boʻlishidan himoyalash uchun inshoatga kirishdagi, elektrostatik induksiyadan ertutash himoyasiga yoki uskunani ertutash himoyasiga ulash zarur.
302. Bino va momaqaldiroq razryadlarining ikkilamchi namoyon boʻlishidan himoyalash boʻyicha barcha tadbirlar statik elektrdan himoyalash boʻyicha tadbirlar bilan mos tushadi. Shuning uchun momaqaldiroq razryadlarining ikkilamchi namoyon boʻlishi uchun belgilangan qurilmalar, bino va statik elektrdan himoyalash uchun foydalanilishi kerak.
4-§. Aloqa va xabarlash tizimlari
303. Oʻz tarkibida portlashdan xavflilik kategoriyasi turlicha texnologik obyektlarga ega va boshqa obyektlar bilan oʻzaro texnologik bogʻliq boʻlgan neft bazalari va neft mahsuloti omborlari baland ovozda gapiradigan va telefon aloqa tizimi bilan uskunalanadi.
Aloqa va xabarlash tizimlarini loyihalashda, ularni joylashtirish va ishlatish talablarini amalga oshirishda normativ-texnik hujjatlarga tayanish kerak.
Obyektlar uchun portlash xavfliligi 1-kategoriyali texnologik bloklar, dispetcher punktlari xodimlari, yongʻin xavfsizligi xizmati, quyish-toʻkish punktlari, yonuvchan va zararli mahsulotlar ombor va nasos xonalari bilan ikkitomonlama baland ovozda gapiradigan aloqa asoslangan hollarda nazarda tutiladi.
Aloqa oʻrnatilayotgan ishlab chiqarish boʻlimlari roʻyxati, aloqa turi texnologik jarayon xosligiga koʻra, ishlab chiqarish sharoitlari. texnologik bloklarning portlashdan xavflilik kategoriyasini va ularga kiradigan boshqa omillarni hisobga olib, loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan aniqlanadi.
304. Aloqa oʻrnatiladigan ishlab chiqarish boʻlimlari roʻyxati, texnologik bloklarni portlashdan xavflilik kategoriyasini hisobga olib, ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra, aloqa turi, loyiha ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan aniqlanadi.
305. Portlashdan xavflilikni barcha kategoriyasidagi texnologik bloklarda, avariyali vaziyatning paydo boʻlishi haqida xabar beruvchi texnik vositalar koʻzda tutilishi kerak.
306. Xabarlash vositalari tashqi koʻrinishi boʻyicha sanoatda foydalaniladigan analogik vositalardan farq qilishi kerak; ularning joylashishi va tuzilishi begona shaxslarning kirishi va tasodifan foydalanish ehtimoli istisno qilingan boʻlishi kerak. Xabarlash tizimining signal berish qurilmalari plombalangan boʻlishi kerak.
307. Avariyali vaziyatlarda xabar berishni tashkil qilish tartibi va ishlab chiqarish xodimlarining harakatlari, avariyali vaziyatlarni bartaraf qilish rejasi (ABR) va neft va neft mahsulotlarini avariyali toʻkilishini bartaraf qilish rejasi bilan aniqlanadi.
5-§. Isitish va shamollatish
308. Isitish va shamollatish tizimlari vazifasi, tuzilishi, texnik tavsiloti, yasalishi, xizmat koʻrsatilishi va ishlatish shartlari boʻyicha qurilish meʼyor va qoidalari, sanoat korxonalarining sanitariya normalarini loyihalash, davlat standartlari va mazkur Qoidalar talablariga javob berishi kerak.
309. Isitish, shamollatish va havoni konditsionerlashtirish tizimlari uchun issiqlik tashuvchi sifatida harorat jadvali boʻyicha tartibga keltiruvchi teplofikatsion suvdan foydalanish lozim.
Hisoblangan harorati minus 40°S va undan pastni tashkil qilgan hududlardagi binolar uchun suvning muzlanishi oldini oluvchi qoʻshimchalarni ishlatishga ruxsat etiladi. Qoʻshimchalardan foydalanilganda portlash va yongʻindan xavfli moddalar, hamda ishchi zonaning havosida SREKdan oshib ketuvchi avariyali ajralib chiqishlarda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan miqdordagi zararli moddalardan foydalanish mumkin emas.
310. Yilning sovuq paytida ishlab chiqarish xonalarining ichidagi havo harorati quyidagidan past boʻlmasligi kerak:
a) xizmat koʻrsatuvchi personalning doim hozir boʻladigan joylarida — 16°S;
b) xizmat koʻrsatuvchi personal vaqtincha boʻlgan joylarda — 10°S (xizmat koʻrsatuvchi ishchi xodimlarning 2 soatgacha uzluksiz boʻlgan joylarda);
v) maʼmuriy — idoralar va laboratoriya xonalarida — 18 — 22°S;
g) operator xonalarida, mikroprotsessor texnikasi bilan jihozlangan xonalarda ichki havo parametrlari oʻzgarmas darajada ushlab turilishi kerak (mikroiqlim);
1) harorat — 22 — 24°S;
2) nisbiy namlik — 60 — 40%.
311. Ichida ortiqcha havo bosimini vujudga keltirish uchun oqib keluvchi shamollatishni talab etuvchi barcha elektr xonalar, NOʻA va A, operatorlik xonalarida, odatda, oqib keluvchi ventilatsiya yoki konditsionerlash bilan birgalikda havo bilan isitishni koʻzda tutish kerak.
Isitish tizimi (suvli, bugʻli) tuzilishi, qoʻllaniladigan element va armaturalar, ularni NUA va A elektr xonalarining ustidan oʻtkazishdagi joylashishi mazkur xonalarga, barcha ishlatish rejimida va mazkur tizimlarga xizmat koʻrsatishda, namlik kirishini istisno qilishi kerak.
312. Isitish tizimi quvuroʻtkazgichlarini ishlab chiqarish xonalari polining ostidan oʻtkazish mumkin emas.
313. Isitish tizimi tranzit quvuroʻtkazgichlarini elektrotexnik xonalari, NUA va A, hamda operatorlik xonalari ichidan oʻtkazish mumkin emas.
314. Kam issiqlik isteʼmol qiluvchilar uchun, 1 Gcal/h (8000 Gcal/y), issiqlik tashuvchi kiritishni oqib kelish shamollatish qurilmalari bilan bir xonada joylashtirishga ruxsat etiladi.
315. Gaz ajralib chiqadigan ishlab chiqarish xonalarida havo almashinuvini, zararli moddalarni soʻnggi ruxsat etilgan konsentratsiyasidan (SREK) va yoki alangalanishni pastki konsentratsiya chegarasi (APKCh)dan oshmasligi shartidan kelib chiqib aniqlash lozim.
316. Portlashdan xavfli xonalar uchun moʻljallangan xonalarda alanga tarqalishini pastki konsentratsiya chegarasini 10% oshmaydigan bugʻlar konsentratsiyasini taʼminlab turish uchun havo sarfini taʼminlovchi sunʼiy qoʻzgʻatishli umumiy almashinuv soʻruvchi shamollatish tizimining bitta rezerv shamollatgichligini (har bir tizim yoki bir necha tizimlar uchun) nazarda tutish lozim.
Quyidagi hollarda rezerv shamollatgichni nazarda tutmaslik mumkin, agar shamollatish tizimi toʻxtaganda, uning bilan bogʻliq texnologik uskuna toʻxtashi mumkinligida; xonada avariyali shamolatgich nazarda tutilganda va alangalanishning pastki konsentratsiya chegarasi (APKCh)ning 10% dan oshmaydigan yonuvchi gazlar va bugʻlar konsentratsiyasi taʼminlanishida.
Rezerv shamollatgich oʻrnatish imkoni boʻlmasa, avariyali signal berishni nazarda tutish lozim.
317. Hisoblashlar bilan asoslangan holatlarda ishlab chiqarish xonalari uchun avariyali shamollatishni moʻljallashtirish lozim.
318. Avariyali shamollatish tizimi xonada oʻrnatilgan PK signalizatorlari yoki portlashdan xavfli bugʻ va gazlar ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi oshib ketishida gazanalizatorlar ishlab ketishi boʻyicha avtomatik ulanishi kerak.
319. Portlash-yongʻindan xavfli xonalardagi avariyali shamollatishni sunʼiy qoʻzgʻatgichli, nasosxonalar uchun asosiy shamollatishga qoʻshimcha tariqasida — bir soat ichida 8 karra havoalmashinuvli qilib loyihalash kerak.
320. Oqib keluvchi shamollatish tizimi uchun havo olish moslamalarini, neft bazalarning barcha ishlash rejimida shamollatish tizimiga portlashdan xavfli bugʻ va gazlar kirishini istisno qiluvchi joylarga joylashtirishni moʻljallash kerak.
321. Shamollatish uskunalari uchun xona xizmat koʻrsatuvchi xonadan yongʻinga qarshi toʻsqich bilan toʻsilishi darkor. Yongʻinga qarshi toʻsqichni kesuvchi shamollatish uskunalarining soʻruvchi havo quvurlarida olov toʻsqichlar moʻljallanishi zarur.
322. Portlashdan xavfli xonalarga xizmat koʻrsatuvchi oqib kelish tizimi uskunalarini normal bajarishda (yasalganda) qabul qilish lozim. Bu holda havo quvurlarida ventameradan chiqishda portlashdan himoyalangan teskari klapanlar nazarda tutilishi kerak.
323. Isitish va shamollatish tizimining shamollatish uskunalari, metall quvuroʻtkazgichlar va havo quvurlari ertutashgan boʻlishi kerak.
324. Oqib kelish tizimi uskunalari uchun moʻljallangan xonalarda bir soatda kamida 2 karrali havoalmashinuvli oqib kelish ventilatsiyasini koʻzda tutish darkor.
325. Soʻruvchi tizimlarni oʻrnatilishi moʻljallangan xonalarda soatiga kamida bir karra havoalmashinuvi moʻljallangan soʻruvchi ventilatsiya koʻzda tutilishi kerak.
326. Odatda, ruxlangan poʻlatdan yasalgan havo quvurlarini ishlatish darkor.
327. Shamollatish tizimini avtomatlashtirish va blokirovka qilish quyidagi ishlar uchun moʻljallanadi:
a) xonadagi havoda APKCh 10% ga erishilsa, shu erda oʻrnatilgan gaztahlillagichdan avariyali shamollatgich avtomatik ravishda ishga tushib ketishi uchun;
b) xonaga yetarli miqdorda havo yetkazishni taʼminlovchi bosim tushib ketganda, boshqaruv xonasiga signal beruvchi, havo yetkazish xonalariga xizmat koʻrsatuvchi oqib kelish ventilatsiyasi tizimlaridagi havo bosimi pasayganligi haqida signal berish uchun;
v) doimiy ishlab turadigan ventilatsiya tizimining ishlashi haqida signal berish uchun (boshqaruv punktiga yetkazib);
g) xonadagi havo haroratini yoki oqib keluvchi havo haroratini avtomatik tartibga keltirish uchun;
d) kaloriferlarni muzlab qolishdan avtomatik himoyalash uchun;
e) havoni konditsionerlash tizimini avtomatlashtirish uchun;
j) avtomatik oʻt oʻchirish yoki signal berish tizimi bilan jihozlangan xonada yongʻin sodir boʻlsa, ventilatsiya tizimini avtomatik ravishda oʻchirish uchun;
z) ishdagi shamollatgich buzilganda, rezerv shamollatgich avtomatik ishga tushirib, bu toʻgʻrisida signal berish uchun;
i) yongʻinda tutun chetlatish tizimini avtomatik ishga tushirish uchun.
328. Tambur-shlyuzlarga xizmat koʻrsatish tizimlardan tashqari barcha boshqa ventilatsiya tizimlarini avariyali oʻchirishni, binoga kirish oldida joylashgan yagona umumiy tugma orqali bajarilishini nazarda tutish lozim.
6-§. Suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya va tozalash qurilmalari
Suv bilan taʼminlash
329. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimlarini loyihalash, qurish va ishlatish qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, davlat standartlari, soha boʻyicha normativ hujjatlar va mazkur Qoidalar talablariga asosan bajarilishi lozim.
330. Suv nasos stansiyalar agregatlari elektr energiyasi bilan 2 ta mustaqil manbalardan taʼminlanishi darkor.
331. 0,5 m dan chuqurroqqa oʻrnatilgan nasos stansiyalari, boshqaruv pultiga (operator xonasiga) chiqarilgan signalli portlashgacha boʻlgan konsentratsiyalar avtomatik gaztahlillagichi bilan jihozlanishi kerak. Nasos xonasi gazlashgan holda avariyali shamollatish ishga tushirilishi kerak.
332. Yongʻinni oʻchirishga suv zaxirasi boʻlgan yongʻin rezervuarlar yoki hovuzlar miqdori meʼyoriy hujjatlar talablariga asosan aniqlanadi.
333. Suv olish joyidagi issiq suvning harorati 60°S dan oshmasligi zarur.
334. Yongʻin uskunalari va yongʻin gidrantlariga olib keluvchi joylar har doim boʻsh boʻlishi shart; yongʻin gidrantlari va yongʻin suv havzalari oldida ularning joylanishini tez topishga imkon beruvchi koʻrsatma-yozuvlar osib qoʻyilishi kerak.
Yerosti gidrantli quduqlar lyuklarining qopqoqlari muz va qordan tozalangan boʻlishi, ustuni suvdan boʻshatilishi darkor. Qish paytda gidrantlar isitilishi kerak.
335. Yongʻinga qarshi suvoʻtkazgich tarmogʻini taʼmirlash uchastkalariga boʻlinishi koʻpi bilan 5 gidrantni tizimdan oʻchirilishini, hamda isteʼmolchiga uzluksiz suv berilishini taʼminlashi kerak.
336. Quvurlar va quduqlarni koʻzdan kechirish va tozalash jadval boʻyicha gazdan xavfli ishlarni xavfsiz oʻtkazishni tashkil qilishga oid meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda bajarilishi lozim.
337. Rezervuarlar guruhi marzasi ichida tranzit quvuroʻtkazgichlarni oʻtkazish mumkin emas.
Kanalizatsiya
338. Kanalizatsiya tizimlari reglamentlashtirilgan rejimda ishlashida, shuningdek, avariyali otqinlar holatida hosil boʻladigan kimyoviy zaharlangan texnologik, yuvuvchi va boshqa tashlama suvlarni chiqarib yuborilishi va tozalanishini taʼminlashi darkor. Mazkur oqova suvlarni dastlab mahalliy tozalamay, magistral kanalizatsiya tizimiga tashlash taqiqlanadi, tashkilotning oʻzida tozalash va shunday oqova suvlarni qabul qiluvchi magistral tizimiga ega boʻlgan holatlar bundan mustasno.
339. Neft bazalarda quyidagi kanalizatsiya tizimlari nazarda tutilishi kerak:
a) maishiy kanalizatsiya;
b) ishlab chiqarish yogʻinlar kanalizatsiyasi;
v) obodonlashtirilmagan hudud va avtoyoʻllardagi yogʻinlar kanalizatsiyasi.
340. Ishlab chiqarish — yogʻinlar kanalizatsiyasiga quyidagi oqova suvlar chiqarib yuborilishi darkor:
a) neft va neft mahsulotlari tindirilganidan hosil boʻlgan mahsulotosti suvlari;
b) rezervuarlarni yongʻin paytida sovutuvchi suv;
v) ochiq maydon yoki marzalardan oqib keluvchi yogʻin suvlari;
g) texnologik uskunalarning va laboratoriyalarning ishlab chiqarish oqova suvlari.
341. Ishlab chiqarish oqova suvlar tizimi berk boʻlishi va yonmaydigan materiallardan qurilishi kerak.
342. Portlash-yongʻindan xavfli mahsulotlarni kanalizatsiyaga tashlash taqiqlanadi, shu jumladan, avariyali holatlarda ham.
343. Neft va neft mahsulotlari uchun moʻljallangan rezervuarlarni tozalashdan va bugʻlashdan hosil boʻlgan oqova suvlari tozalash inshootlariga yuborilishi kerak.
344. Laboratoriyada ishlatilgan chiqindi reaktivlar kanalizatsiyaga tashlanishdan avval neytrallashtirish kerak. Bu holda oqova suvlarning rN koʻrsatgichi 6,5 dan 8,5 gacha boʻlishi kerak.
345. Neft va neft mahsuloti parklari hududidagi kanalizatsiya tizimi chiqarish yoʻlida oʻrnatilgan zulfinlar berk holatda va plombalangan boʻlishi lozim.
346. Etillangan benzinlarni ishlatish va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan rezervuar parklari texnologik uskunalarining oqova suvlari, hamda tarkibida tetraetilqoʻrgʻoshin (TEQ) mavjud boʻlgan laboratoriyadan chiqqan oqova suvlar alohida tizim boʻyicha mahalliy tozalash inshootlariga yuborilishi lozim. Etillangan benzin parki hududidan oqova suvlarni, tahlili oʻtkazilgandan soʻng chiqarib yuborish kerak. Tarkibida TEQ mavjud boʻlgan suvni mahalliy tozalash inshootlarga yuborish zarur.
347. Yuqoriqovushqoq neft mahsuloti (gudron, bitum, parafin va boshqalar) rezervuar parklaridan faqat yongʻin suvlar chetlatiladi.
348. Rezervuarlar guruhi yoki bitta rezervuardan kelayotgan oqova suvlarni chiqarishda marzadan tashqarida zulfinli quduqlar va gidravlik toʻsqichli quduqlar oʻrnatilishi zarur. Gidravlik toʻsqichdagi suyuqlik ustunining balandligi 0,25 m dan past boʻlmasligi lozim. Mahsulotosti suvi va atmosfera yongʻinlari rezervuar parki maydonlaridan marza chegarasidan tashqariga alohida tizimlar boʻylab chiqarilishi darkor.
349. Kimyoviy ifloslangan oqova suvlar kanalizatsiyasini maishiy-xoʻjalik kanalizatsiya bilan gidrotoʻsqichsiz toʻgʻridan toʻgʻri birlashtirish taqiqlanadi. Oqova suvlarga portlash-yongʻindan xavfli va zaharli moddalar kirish ehtimoli boʻlganda, qurilmadan chiqish (kollektor)da ular mavjudligini nazorat qilish va signal berish vositalari nazarda tutilishi, hamda bunday moddalar maishiy-xoʻjalik kanalizatsiyasiga kirib qolish ehtimolini yoʻq qiluvchi choralar qoʻllanilishi darkor.
350. Ishlab chiqarish yogʻin kanalizatsiya tarmogʻidagi quduqlar berk holatda, poʻlat yoki temirbeton halqada saqlanib, qopqoqlari kamida 10 cm qum qatlami bilan sepib qoʻyilishi kerak.
351. Kanalizatsiya tarmoqlaridagi quduqlarni texnologik quvuroʻtkazgichlar estakadalari ostida, tarkibida portlashdan xavfli mahsulot boʻlgan tashqi qurilmalar marzasi va chegarasida joylashtirish taqiqlanadi.
352. Kanalizatsiya quvurlari, lotoklar, gidrotoʻsqichlarni koʻzdan kechirish va tozalash ishlari gazdan xavfli ishlarni xavfsiz oʻtkazilishini tashkil qilishga oid namunaviy yoʻriqnomaga asosan bajarish lozim.
353. Ishlab chiqarish-yogʻin kanalizatsiya tarmogʻida gidrotoʻsqichli quduqlar har 300 m da oʻrnatilishi darkor.
354. Kanalizatsiyaga tashlanayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarning harorati 40°S dan oshmasligi kerak.
355. Kanalizatsiya tarmoqlarining oʻtkazish qobiliyati, oqova suvlarning eng katta ishlab chiqarish sarfi va kanalizatsiyaga oqib keluvchi yogʻin sarfidan katta boʻlgan yongʻin paytidagi suvning sarflanish qiymatlari yigʻindisidan kelib chiqib hisoblanishi darkor.
Tozalash inshootlari
356. Portlashdan xavfli mahsulotlarni tozalash va chiqarib yuborish choralari, kanalizatsiya tizimida bugʻ va gazlar portlashdan xavfli konsentratsiyasini vujudga kelish ehtimolini yoʻq qilishi darkor.
357. Tozalash inshootlarida quyidagi sarflarni oʻlchash uchun moslamalar koʻzda tutilishi lozim:
a) tozalash moslamalariga yuboriladigan oqova suvlarni;
b) qaytalab foydalanishga qaytarilayotgan tozalangan oqova suvlarni;
v) hovuzga tashlashga moʻljallangan tozalangan oqova suvlarni;
g) aylanayotgan (sirkuliruyushiy) ortiqcha va aktiv loyni;
d) flotatsiyaga kelayotgan havoni;
e) ishlab chiqarishga tortilayotgan suvsizlantirilgan neft mahsulotini.
358. Kanalizatsiya tizimi inshootlarining unumdorlik zaxirasi boʻlishi darkor (hisoblangan sarflarning 20%).
359. Kanalizatsiya tarmogʻida neft tutqichlardan oldin va ulardan keyin kamida 10 m masofada gidravlik toʻsqich (zatvor)li quduqlar qurilishi darkor. Agar neft mahsulotini chetlatish uchun bir necha neft tutqichlarga bir kollektor oʻrnatilgan boʻlsa, kollektorga har bir ulanishda gidravlik toʻsqichli quduq qurilishi zarur.
360. Loyihalashtirilayotgan va yangi qurilayotgan neft bazalari uchun quyidagi qiymatlar tavsiya etiladi:
a) har birining maydoni 400 m2 va undan katga boʻlgan neft tutqichlarning orasidagi masofa-kamida 10 m, 400 m2 katta maydonliklar uchun-meʼyorlashtirilmaydi;
b) neft tutqich va neft mahsuloti tutish idishi orasidagi masofa — kamida 20 m;
v) neft tutqich va mazkur neft tutqichga xizmat koʻrsatuvchi nasosxona orasidagi masofa — kamida 20 m;
g) koʻrsatilgan masofalar, sigʻimi 100 m3 gacha boʻlgan boʻlgan neft tutqichlargacha — 50 % kamaytirilishi, sigʻimi 50 m3 gacha boʻlganlar uchun — 75% kamaytirilishi mumkin;
d) bir tarafining uzunligi 42 m dan oshmaganda neft tutqich umumiy yuzasini koʻpi bilan 2000 m3. Neft tutqich devorlari balandligi, suyuqlik sathidan devor tepasigacha masofani hisobga olib, kamida 0,5 m;
e) avariyali sigʻimlar.
361. Nefttutgichlar yonmaydigan materialdan yasalishi va berk boʻlishi darkor.
362. Oqova suvlar sifatini nazorat qilish uchun ulardan namuna olish va kimyoviy tahlilini oʻtkazishni tashkil qilish kerak.
363. Oqova suvlarni tozalash portlashdan xavfli mahsulot bugʻlarini nazorat qilish va ruxsat etilgan miqdordan oshib ketganligi toʻgʻrisida signal berish vositalari bilan jihozlanishi zarur.
IV bob. TEXNOLOGIK USKUNALAR, REZERVUARLAR VA QUVUROʻTKAZGIChLAR TAʼMINOTINI TEXNIK TIZIMLARIGA XIZMAT KOʻRSATISh VA TAʼMIRLASh
364. Qurilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash, hamda uskunalarni diagnostika qilish boʻyicha ishlarni oʻz ichiga oluvchi qayta tiklash tavsilotli ishlar, sanoat xavfsizligi boʻyicha normativ-texnik hujjatlar talablari va tashkilotda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarishni tashkil qilish talablariga mos ravishda oʻtkazilishi kerak.
365. Uskunaga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishlar hajmi, davriyligi, tashkil qilish va oʻtkazish tartibi, ishlatishni muayyan sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan yoʻriqnomalar bilan aniqlanadi.
366. Poʻlat rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazishda, rezervuar tanasining pastki poyas choklarining va utor yon qirralari holatiga alohida eʼtiborni qaratish kerak. Rezervuar payvandlangan choklarida yoki korpus metallida terlash yoki yoriqlar aniqlanganda, darhol uni ishlatishdan chiqarish kerak.
367. Rezervuarni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari uning pasportiga javobgar shaxs tomonidan kiritiladi.
368. Har bir rezervuar asosining choʻkishi ustidan muntazam kuzatuv oʻrnatilishi kerak. Yangi qurilgan rezervuarlar uchun ishlatishni birinchi besh yilligida, bir yilda kamida 1-marta rezervuarning sakkizta diametral qarama-qarshi nuqtalarida majburiy nivelirlash oʻtkazilishi kerak. Rezervuar notekis choʻkishida, u neft mahsulotlaridan boʻshatiladi.
369. Har bir omborda avariya yoki yongʻin holati uchun, mahsulotlardan boʻshatilgan zaxira rezervuar ajratilishi tavsiya etiladi. Ushbu rezervuarning sigʻimi omborning eng katta rezervuar sigʻimidan kam boʻlmasligi kerak.
370. Temir yoʻl tsisternalarini tozalash va ularni quyishga tayyorlash maxsus punktlarda amalga oshiriladi.
371. Rezervuarlar va boshqa qadoqlash idishlarini tozalashni xizmat koʻrsatuvchi xodimlar yoki ixtisoslashtan tashkilotlar bajaradilar.
372. Metall rezervuarlar 1510 GOSTga muvofiq vaqti-vaqti bilan quyidagi muddatlarda tozalanib turilishi kerak:
a) yiliga kamida ikki marta — reaktiv dvigatellar, aviatsiya benzinlari, aviatsiya moylari va ularning komponentlari uchun moʻljallangan rezervuarlar;
b) bir yilda bir marta moylovchi materiallar uchun qoʻshilma (prisadka)lar va qoʻshimcha (prisadka)li moylar solingan rezervuarlar;
v) ikki yilda kamida bir marta boshqa barcha moylar, avtomobil benzinlari, dizel yonilgʻisi, parafin va shunga oʻxshash xossali neft mahsulotlari solingan rezervuarlar;
Neft mahsulotlarini uzoq vaqt mobaynida saqlaganda, metall rezervuarlarni boʻshatgandan soʻng ularni tozalashga ruxsat beriladi.
Rezervuarlarni, shuningdek, quyidagi zarurat tugʻilganda tozalash lozim:
a) neft mahsuloti sorti almashganda;
b) pirofor yotqiziqlardan tarkibida mineral iflosliklar, zang va suv mavjud boʻlgan yuqori qovushqoq choʻkindilardan boʻshatishda;
v) jadvalga asosan taʼmirlashda, shuningdek, umumiy toʻliq defektoskopiya oʻtkazilganda.
373. Rezervuarlarni tozalashda foydalaniladigan tozalash agregatlarining elektr uskunalari portlashdan himoyalanib yasalgan boʻlishi kerak.
374. Rezervuarlarni oltingugurtli neft mahsulotlaridan tozalashda oltingugurtli birikmalar (piroforli temir)ni oʻz-oʻzidan alangalanishining oldini olish uchun korroziyali mahsulot qoldiqlarini, ularni rezervuardan butunlay chiqarib tashlagunga qadar, nam holda ushlab turish kerak.
375. Neft mahsuloti bugʻlarini portlashdan xavfsiz konsentratsiyagacha rezervuardan chiqarib tashlash, mexanizatsiyalashgan tozalash yoki bugʻlash uchun maxsus uskunalar yordamida uni maxsus suvli eritmalar bilan yuvish jarayonida, hamda yuqorida koʻrsatilgan operatsiyalarni oʻtkazgandan soʻng rezervuarni obdon shamollatishda erishiladi.
Agar rezervuardan olingan havo namunasining tahlili, neft mahsuloti bugʻlari miqdorini ruxsat etilgan chegaraviy meʼyoridan oshganligini koʻrsatmasa, shamollatish oʻtkazilmaydi.
376. Rezervuarning barcha lyukslarini ochib qoʻyib shamollatish lozim. Majburiy shamollatish hollarida, shamollatgich rezervuarga vibratsiya paydo qilmaydigan qilib mahkamlanadi.
377. Vaqtincha elektr uskunalar qoʻllanilib, qoldiqni soʻrib olish, bugʻ bilan damlash, puflash va yuvish bilan bogʻliq vaqtincha quvuroʻtkazgich sxemalarini montaj qilishda, elektr taʼminlash va elektr uskunalar (koʻchma nasos, ishga solgichlar, rubilniklar) portlashdan himoyalanib yasalgan boʻlishi kerak.
378. Rezervuarlarni bugʻlash, dam berib tozalash, yuvish va tozalash uchun belgilangan quvuroʻtkazgichlar, yechib olinadigan boʻlishi va shu operatsiyalarni oʻtkazishdan oldin montaj qilinishi kerak. Ish tamom boʻlganda, ular demontaj qilinishi, rezervuar marzalaridan tashqarisida toʻplanishi va qor-yomgʻirdan himoyalanishi kerak.
379. Neft va neft mahsulotlarini transportirovka qilish (yuklab joʻnatish)da, ishlayotgan uskunada nosozlikni bartaraf qilish taqiqlanadi.
380. Har kuni, hamda neft mahsulotlarini quyish, toʻkishdan oldin quyish-toʻkish va tarqatish qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish kerak. Koʻrik natijalari jurnalga yoziladi.
381. Quyish-toʻkish va tarqatish uskunalarining germetikligini tekshirish, gidravlik yoki pnevmatik mustahkamlikka sinash orqali ikki yilda bir marta bajariladi.
382. Qadoqlangan neft mahsulotlari omborxonalarini soz holatda tutib turish uchun quyidagilar zarur:
a) ularga suv tushishiga yoʻl qoʻymaslik;
b) omborxonani muntazam shamollatish;
v) omborxona holatini har oyda tekshirish va barcha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish;
g) joriy yoki kapital taʼmirlash zaruratini aniqlash maqsadida har yili komissiya ishtirokida koʻrik oʻtkazish.
Omborxona va unda joylashgan neft mahsulotlari muddatdan oldin buzilishining oldini olish uchun tom va nishabli yoʻlkalar qordan muntazam tozalanishi, qor erishi va bahorgi suv toshqinlari boshlanishidan oldin, undan tashqari suv chetlatuvchi kanallar, quvurlar, novlar qor va muzlardan tozalanishi kerak.
Momaqaldiroq, boʻron va kuchli shamoldan soʻng omborxonani koʻzdan kechirish zarur va aniqlangan shikastlanishlar bartaraf qilinishi lozim.
383. Yashinhimoya qurilmalarini doimo ishonchli holatda tutib turish uchun har yili momaqaldiroq mavsumi boshlanishidan oldin ularni koʻrikdan oʻtkazish zarur. Undan tashqari yashinhimoya qurilmasi holatini davriy tekshirish va navbatdan tashqari koʻriklarni oʻtkazish lozim.
Har yili yashinhimoya qurilmalarini koʻrik va tekshiruvini oʻtkazilayotgan vaqtda quyidagilarni aniqlash zarur:
a) yashinhimoya qurilmalaridagi mexanik mustahkamlikning buzilishi oqibatida, almashirilishi va taʼmirlashni talab qiluvchi elementlarini aniqlash;
b) yashinhimoyaning alohida elementlarini korroziyadan buzilish darajasini aniqlash va korroziyaga qarshi himoya boʻyicha va korroziyadan shikastlangan elementlari faoliyatini yaxshilash boʻyicha choralar qoʻllash;
v) barcha yashinhimoya qurilmalarining (payvandlangan, boltli va boshqa ulamalar) tok uzatuvchi qismlari orasidagi ulamalarning ishonchliligini tekshirish;
g) yashinhimoya qurilmasining tavsilotlariga mosligini tekshirish va oʻtgan davr ichida qurilish va texnologik oʻzgarishlar aniqlangan hollarda, yashinhimoyani zamonaviylashtirish va uni meʼyoriy koʻrsatkichlarga koʻtarish;
d) barcha ertutashtirgichlar qarshiligini oʻlchash va ertutash qarshiligi hisoblangan (meʼyoriy) qiymatlar bilan taqqoslaganda 20% dan koʻpga oshganda, ertutashtirgichlar qarshiligini talab qilinadigan qiymatlarga keltirish boʻyicha choralar qoʻllash, ertutash qurilmalarini qarshilik qiymatini oʻlchash ishlari yashinhimoyani va oʻzini barcha taʼmirlashlardan soʻng ham oʻtkaziladi.
384. Yashinhimoya qurilmasini navbatdan tashqari, kuchli (boʻron) shamollardan va favqulodda muttasil momaqaldiroqdan soʻng koʻrikdan oʻtkazish kerak.
385. Yashinchetlatgichlar, momaqaldiroq vaqtida ularga 4 m dan yaqin masofaga yaqinlashishni taqiqlovchi ogohlantiruvchi yozuvlarga ega boʻlishi kerak.
386. Himoya qurilmalaridagi barcha taʼmirlashlar momaqaldiroq mavsumi (aprel oyi) boshlanishigacha bajarilgan boʻlishi kerak.
387. Tekshirish, tartiblash va avtomatika asboblariga xizmat koʻrsatish, tayyorlovchi-zavod yoʻriqnomasi va shu asboblarni ishlab chiqaruvchilarning ishlatish va xizmat koʻrsatish boʻyicha normativ-texnik hujjatlar talablariga koʻra, maxsus tayyorlangan mutaxassislar bilan amalga oshiriladi.
388. Meʼyoriy muddat xizmatini oʻtagan uskunalar, texnik diagnostikadan va texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtishi kerak. Sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasisiz uskunalarni ishlatish mumkin emas.
389. Taʼmirlashda qoʻllaniladigan barcha materiallar ilk tekshiruvdan oʻtishi va talab qilinadigan sifatni tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
390. Neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonalari hududidagi portlashdan xavfli zonalarda taʼmirlash ishlarini bajarganda, uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish zarur.
391. Uskunani taʼmirlashga tayyorlash va taʼmirlashni oʻtkazish bilan bogʻliq gazdan xavfli ishlar, gazdan xavfli ishlarni tashkil qilish va xavfsiz oʻtkazish boʻyicha normativ-texnik hujjat talablariga mos ravishda bajarilishi kerak.
392. Olovli ishlarni qoʻllab taʼmirlash ishlari, portlash-yongʻindan xavfli obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz oʻtkazishni tashkil qilish boʻyicha normativ-texnik hujjat talablariga mos ravishda bajarilishi lozim.
393. Uskunalarni taʼmirlashni ishlatuvchi yoki xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi maxsus pudratchi tashkilot oʻtkazishi mumkin.
394. Montaj qilish, texnik shahodatlash yoki ishlatish jarayonida uskuna normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlanganda, u ishlatishdan chiqarilishi kerak.
395. Alohida uskunani va uning ogʻir detallarini koʻtarish va siljitish uchun statsionar yoki koʻchma yuk koʻtaruvchi mexanizmlardan foydalanish lozim.
396. Ishlab chiqarish yoʻriqnomalari, ularni amal qilish muddati oʻtashi boʻyicha va texnologik sxemalarda, jarayonlarni apparatli rasmiylashtirish oʻzgarishida va javobgar lavozimli shaxslar funksiyasiga taʼsir qiluvchi boshqaruv strukturalari oʻzgarishida, qayta koʻrib chiqilishi kerak.
397. Neft va neft mahsuloti omborlarini ishlatuvchi tashkilotlar, amaldagi tartibga koʻra, har yili kuzgi-qishgi va bahorgi-yozgi mavsumiy ishlarga tayyorgarlik boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadilar.
398. Obyektlarni konservatsiya qilish, uzoq davrga xavfsiz toʻxtatish va (yoki) xavfli sanoat obyektlarini konservatsiya qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilish va uni oʻtkazish boʻyicha oʻrnatilgan tartibga koʻra bajarish zarur.
399. Isitish, shamollatish va konditsionerlash tizimlarining elektr qabul qilgichlari texnologik yoki binoning muhandislik uskunalari elektr qabul qilgichlari uchun belgilangan kategoriyada boʻlishini rejalashtirish kerak.
400. Yongʻindan soʻng gazlar va tutunlarni chiqarib tashlash uchun tizimlardan tashqari, avariyali shamollatish, tutunchiqarish, elektr xonalar uchun tirgak tizimlarini elektr bilan taʼminlash, ishonchliligi boʻyicha 1-kategoriyali boʻlishi zarur.
V bob. NEFT BAZALARI XIZMAT KOʻRSATIShDA SANOAT XAVFSIZLIGINING UMUMIY TALABLARI
401. Tashkilot ishchilari shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim, maxsus poyabzal, maxsus asboblar va boshqa vositalar bilan belgilangan tartibda taʼminlangan boʻlishlari kerak.
402. Rezervuar, tsisternalar ustida, ularning ichiga tushib ketganda, uchqun keltirib chiqarish mumkin boʻlgan predmetlarni qoldirish taqiqlanadi.
403. Rezervuar, quduqlar zulfinlarni boshqarish moslamalari va boshqa koʻrikdan oʻtkazishda, ularda neft mahsuloti bugʻlari borligida nafas olish aʼzolarini himoyalash izolatsiya vositalaridan foydalanish zarur.
404. Neft mahsuloti va moylarni qabul qilishda, berishda va ombordagi boshqa operatsiyalarda haydash uchun koʻchma vositalardan foydalanishda ularni yopiq xonalarga oʻrnatishga ruxsat berilmaydi.
405. Quyish-toʻkish estakadalaridan tsisternalarga oʻtish uchun ular soz tashlama koʻprikchalar bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
406. Quyish-toʻkish uchastkalarida tsisternalarni uchqun chiqaruvchi materialdan tayyorlangan boshmoqlar bilan tormozlash mumkin emas.
407. Rezervaurlar, temir yoʻl, avtomobil tsisternalar qopqoq lyuklarini asta-sekin, ehtiyotlik bilan, ularni tushib ketishiga va boʻgʻiziga urilishiga yoʻl qoʻymasdan ochish va yopish kerak.
408. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni quyishga statik elektr zaryadlari toʻplanishi qobiliyatiga ega boʻlgan kiyimdagi avtotsisterna haydovchilarni boʻlishlariga ruxsat etilmaydi.
409. Neft bazalari va neft mahsuloti omborlarining ishlab chiqarish zonasida begona shaxslarning va shaxsiy avtotransport vositalarining boʻlishi mumkin emas.
410. Ishchi joylari aptechkalar bilan butlangan boʻlishi kerak.
1-§. Hudud, bino va saqlashga doir talablar
411. Neft bazalari va neft mahsuloti omborlarini joylashtirish, ularning hajmiy-rejalashtirish yechimlari QMQ 2.09.19.-97 Neft va neft mahsuloti omborxonalari belgilagan talablarga javob berishi kerak.
412. Barcha erosti kommunikatsiya va kabel trassalari ularni joylangan eri va moʻljallanishini aniqlashga yordam beruvchi tanituvchi belgilarga ega boʻlishlari kerak.
413. Neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonasining kommunikatsiyalar ijro rejasiga ega boʻlmogʻi kerak. Neft bazalari yoki neft mahsulotlari omborxonasini qayta qurish, yangi obyektlar joylashtirish va mavjud obyektlarni tugatish ishlarini bajarishda, korxona loyihalash tashkilotiga kommunikatsiyalar ijro rejasi va ijro bosh (generalniy) rejasini taqdim etadi.
414. Barcha bino va kerakli texnik hujjatlari mavjud boʻlishi lozim.
415. Neft bazalari va neft mahsulotlari omborxonalari hududida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tartibda ruxsatnoma-naryadsiz er-tuproq ishlarini bajarish taqiqlanadi. Ruxsatnoma-naryadda ishlarni bajarish shart-sharoitlari belgilanishi darkor.
416. Ishlab chiqarish xonalari eshiklarining kirish tarafida, rezervuar parklari tashqi qurilmalarining shchitlarida portlash-yongʻindan va yongʻindan xavfliligi boʻyicha xonalar kategoriyasi va portlashdan xavfli zonalar sinfi, undan tashqari yongʻin xavfsizligidan javobgar shaxs, yongʻin xavfsizligi choralari haqida yoʻriqnomalar va yongʻin xavfsizligi boʻlimlarini chaqirish telefon nomerlari yozib qoʻyilishi kerak.
417. Tashkilot hududida shamolni yoʻnalishi va tezligini aniqlovchi asbob oʻrnatilishi zarur.
418. Yongʻinga qarshi uskuna, oʻt oʻchirish, aloqa va signal berish vositalariga olib boradigan yoʻllar, tuynuklar, oʻtish yoʻllari toʻsilmagan, ifloslanmagan boʻlishi lozim.
419. Meʼyorda belgilangan binolararo yongʻinga qarshi uzilish joylarida materiallar, uskuna va idishlarni saqlash, transport turish joyi sifatida foydalanish, vaqtincha foydalanadigan bino va qurilmalar qurish mumkin emas.
420. Neft bazalari yoki neft mahsuloti ombori hududi neft bazalari yoki neft mahsuloti perimetri boʻyicha yonmaydigan shamollatib turiladigan toʻsiq bilan toʻsilishi darkor.
421. Tungi paytda baza (ombor) hududiga olib kelish yoʻllari butun perimetri boʻyicha yoritilishi darkor. Qoʻriqlash signalizatsiyasi mavjud boʻlsa, baza (ombor) hududiga olib kelish yoʻllarini yoritish zarurati signalizatsiyani ishlatish yoʻriqnomasida belgilanadi.
422. Avtotransport yurish yoʻllari, piyodalar uchun yoʻllar, koʻpriklar va quvuroʻtkazgichlar va marzalar ustidan oʻtkaziladigan oʻtish yoʻllari qurilish normalari va qoidalariga javob berishi shart.
423. Hududga avtokirish yoʻli oldida tashkilot hududi boʻyicha harakat qilishni tashkil qilish sxemasi osib qoʻyilishi va transport harakatining maksimal tezligi belgilanishi kerak. Kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan transportning harakatlanish marshrutlari kesishishi mumkin emas.
424. Tez alangalanuvchi neft mahsulotlarini qayta haydash, saqlash va berish bilan bogʻliq xonalarda antistatik materialdan tikilgan kiyim va elektr oʻtkazuvchan hisoblanuvchi poyabzal (charm taglik poyabzal yoki elektr oʻtkazuvchan rezina va boshqalar)dan foydalanish zarur.
425. Korxona hududida, korxonalarda, ishlab chiqarish uchastkalarida v. h. joylarda chekish uchun maʼmuriyat maxsus ajratgan joylardan tashqarida chekish taqiqlanadi.
426. Korxona hududining yonuvchan bugʻ va gazlar toʻplanish ehtimoli boʻlgan uchastkalarida avtomobil, traktor, mototsikl va boshqa transportlarni haydab yurish taqiqlanadi. Shunday uchastkalarning perimetri boʻylab tegishli koʻrsatkichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
427. Hududga oʻt oʻchirish va yongʻin xavfsizligi vositalari bilan taʼminlanmagan avtomobillarni haydab kirish taqiqlanadi.
428. Mazkur Qoidalarni buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar va fuqarolarning javobgarlikka tortilish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
VI YAKUNIY QOIDA
429. “Neft bazalari va neft mahsulotdari omborxonalariga doir sanoat xavfsizligi qoidalari” “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi, OʻzR IIV YoHBB, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekneftgaz” Boshqaruv raisining oʻrinbosari N. A. AHMEDOV
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi A. X. GʻULOMOV
OʻzR IIV YoHBB boshliq lavozimini vaqtincha bajaruvchi M. M. MIRFAYZIYEV
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. J. NIMATULLAYEV
