“Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1546-1-son)
25.05.2011
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1546-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-son, 118-modda), “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 40-son, 431-modda) qonunlariga va “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 105-modda) muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha Davlat “inspeksiyasining “Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash Qoidalari”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2005-yil 26-dekabrdagi 232-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1546, 2006-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 8-son, 57-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-aprel,
5-son
