2-modda
Oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik qilish haqida · Sana: 10.02.2010 · Amalda
Mazkur Anglashuv Memorandumining maqsadlarida quyidagi atamalar qoʻllaniladi:
“Xavfli karantin organizmlari” — davlatlar hududlarida mavjud boʻlmagan yoki cheklangan miqdorda tarqalgan, oʻsimliklarga zarar keltiruvchi rasmiy nazoratda boʻlgan zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilar va begona oʻtlar;
“karantin ostidagi materiallar” — xalqaro yuk tashishga taalluqli oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari, qadoqlash materiallari, tara, transport vositalari, konteynerlar, tuproq va boshqa tirik organizmlar, fitosanitar choralar talab etiladigan materiallar va mahsulotlar.
