Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1271-4-son)
12.05.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1271-4]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bojxona brokeri toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1271, 2003-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-aprel,
01-02/20-5-son
