Zamonaviy va maʼnaviy eskirgan tibbiy uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2228-son)
12.05.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2228]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 102-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi 270-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10 va 11-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 19-maydagi OʻRQ-246-sonli Qonuni) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 447-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Zamonaviy va maʼnaviy eskirgan tibbiy uskunalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-aprel,
120-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 21-apreldagi 120-son buyrugʻiga ILOVA
Zamonaviy va maʼnaviy eskirgan tibbiy uskunalar
ROʻYXATI
Izoh:
1. Tibbiy uskunalarning zamonaviy yoki maʼnaviy eskirganligi mazkur tibbiy uskunalarning ishlab chiqarilgan yili bilan aniqlanadi. Bunda, tibbiy uskuna 1990-yil 1-yanvar kuniga qadar ishlab chiqarilgan boʻlsa maʼnaviy eskirgan, ushbu sanadan keyin ishlab chiqarilgan boʻlsa zamonaviy hisoblanadi.
2. Yangi tashkil etilgan tibbiy muassasalar maʼnaviy eskirgan tibbiy uskunalardan foydalanishlari taqiqlanadi.
3. Tibbiy faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar 2016-yilning 1-yanvar kuniga qadar oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼnaviy eskirgan tibbiy uskunalarni zamonaviy tibbiy uskunalarga almashtirishlari lozim.
