Qurilish, qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalarini tasdiqlash haqida (2224-son)
10.05.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2224]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Qurilish, qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 3-may,
23-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 3-maydagi 23-B-son buyrugʻiga ILOVA
Qurilish, qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning
NAMUNAVIY NORMALARI
Yakuniy qoida
Mazkur Namunaviy normalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi T.NARBAYEVA
2011-yil 2-may
Davarxitektqurilish qoʻmitasi raisi B. XOʻJAYEV
2011-yil 2-may
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi A. ShODIYEV
2011-yil 2-may
