“Oʻzbekiston Respublikasida gaz va gazkondensat konlarini ishlash qoidalari” ni tasdiqlash haqida (34-son)
14.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2007-yil 26-mart 20-15-65/13-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyul 323-sonli “Sanoatda, konchilikda kommunal-maishiy sektorda ishlarni xavfsiz olib borishni nazorat qilish boʻyicha Davlat inspeksiyasini faoliyatini tashkil qilish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman
1. Ilova qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasida gaz va gazkondensat konlarini ishlash Qoidalari” tasdiqlansin*.
Qoidalar matni rus tilida berilgan
2. Koʻrsatilgan Qoidalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Adliya Vazirligiga huquqiy ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtish uchun joʻnatilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab SSSR Gosgortexnadzor tomonidan 1970-yil 6-aprelda tasdiqlangan “Gaz va gazkondensat konlarini ishlash qoidalari” Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Mazkur Buyruqning bajarilishini nazorat qilish oʻz zimmamga olaman.
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining boshligʻi I.M. HOLMATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-fevral,
34-son
