Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida (PF-1658-son)
11.12.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni taʼminlash, korxonalar bankrotligining oldini olishga, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik va sudgacha sanatsiyalash tartib-qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek kreditorlar hamda aksiyadorlarning manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida:
2. Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va ular bankrot boʻlishining oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini oʻtkazish;
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi bor, va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzdor boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qarorlar qabul qilib, bankrotlik tartib-qoidasini joriy etish haqidagi takliflarni xoʻjalik sudiga kiritish;
bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish va shunga oid qarorlar qabul qilish;
qarzdor korxonaga nisbatan sanatsiyani oʻtkazishning asosiy prinsiplari va tartibini, vakil qilingan organlar va tashkilotlarni uni oʻtkazishda qatnashish shartlarini tasdiqlash;
korxonalarni sanatsiyalashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan korxonalar bankrotligi tartib-qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish;
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini maʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart.
10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida:
korxonalarni bankrotlikka olib kelgan korxona rahbarlarining maʼmuriy-jinoiy javobgarligini oshirish toʻgʻrisidagi;
hozir amalda boʻlgan qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni roʻyobga chiqarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-dekabr,
PF-1658-son
