8-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida (768-XII-son) · Sana: 10.12.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini:
harbiy qismlarda, harbiy kemalarda ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda harbiy xizmatchilarning harbiy salom berishi — harbiy ustavlar bilan;
ichki ishlar organlarida ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning salom berishi — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari bilan belgilanadigan qoidalar bilan;
taʼlim tashkilotlarida ijro etish — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib belgilab qoʻyadigan qoidalar bilan tartibga solinadi.
