“1251-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-289-son) · Sana: 26.04.2011 · Amalda
Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga, yuk tashish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 126-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
