“2454-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-288-son) · Sana: 21.04.2011 · Amalda
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
3) 315-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi”;
4) 317-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda) 401-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
