Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida (PF-1503-son)
08.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning faoliyatiga asossiz aralashishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshiradigan idoraviy taftish xizmatlarining mavjudligi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari (Davlat soliq qoʻmitasi va moliya vazirligi bundan mustasno) konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar mavjud taftish xizmatlarini tugatsinlar va oʻz tarkibidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil etishning auditorlik shakllarini qoʻllasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur bandning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, 1997-yil budjetida boshqaruv idoralarining lavozimlari roʻyxatidagi tegishli oʻzgarishlarni nazarda tutsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida tekshirishlarni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 10-dekabrdagi 696-son Farmon, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 8-noyabrdagi 574-son Farmoyishining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-avgust,
PF-1503-son
