Magistral gaz quvurlarning (mgq) gaz taqsimlash shahobchalari (gtsh) va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shahobchalarida (agtksh) suyultirilgai tabiiy gazni ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishda xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (73-son)
13.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan. 2009-yil 15-may 20-15-162/13-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Magistral gaz quvurlarning (MGQ) gaz taqsimlash shoxobchalari (GTSh) va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishda xavfsizlik qoidalari tasdiqlansin.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-aprel,
73-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining 2009-yil 13-apreldagi 73-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Magistral gaz quvurlarning (MGQ) gaz taqsimlash shoxobchalari (GTSh) va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishda
XAVFSIZLIK QOIDALARI
Magistral gaz quvurlarning gaz taqsimlash shoxobchalari va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishda xavfsizlik qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonuniga (2006-yil, 39-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami, 386-bet) muvofiq ishlab chiqilgan.
Magistral gaz quvurlarning (MGQ) gaz taqsimlash shoxobchalari (GTSh) va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) suyultirilgan tabiiy gazni (STG) ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishda xavfsizlik qoidalari STGni ishlab chiqarish boʻyicha toʻplamlarni loyihalash va ulardan foydalanish, saqlash va yetkazib berishda STGni ishlab chiqaruvchi va tashuvchi barcha tashkilotlar uchun majburiy hisoblangan tashkiliy, texnikaviy va texnologik talablardan iboratdir.
Ushbu qoidalarni ishlab chiqish STG nisbiy kichik hajmlarda saqlanganida (250 m3 gacha) u bilan ishlashda oldingi meʼyoriy xavfsizlik ishlarini qoʻllamaslikka shartlangan. Yagona meʼyoriy hujjat [Suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha oʻrnatmalar, izotermik saqlagichlar va gaz toʻldirish shoxobchalarini loyihalash meʼyorlari. VNTP 51-1-88] 10000-60000 m3 hajmda saqlash tartibida STG bilan ishlashga reglamentlangan. Ulardan foydalanish STGni kichik hajmda saqlash tizimiga tegishlidir, 8-250 m3 tartibida STGni saqlash kichik tizimlariga tegishlicha ishlatishga urinish, tashqi obyektlarigacha kerak boʻlgan portlash-yongʻin buzilish talablarining haddan ortiq koʻtarilishigacha olib keladi. Bu haqda, STGning chet elda qoʻllangan tajribalari guvohlik beradi.
Ushbu qoidalar ANS1/NFPA 59A-85 AQSh standartlari, A8 3961-1991 Avstraliya standarti, V8 7576:1992 Britaniya standarti, shuningdek qator amaldagi meʼyoriy hujjatlarga ( Portlash-yonish kimyoviy, neft-kimyoviy va neftni qayta ishlash sanoati uchun portlash xavfsizligi umumiy qoidalari”, SNiP I-89-80, SNiP 2.09.02-85, KMK 2.09.03-02, KMK 2.09.04-98 va boshqalar) va ishlab chiqaruvchi korxonaning kriogen uskunalaridan foydalanish boʻyicha hujjatlariga muvofiq VNTP-51-1-88 asosida ishlab chiqilgan.
ATAMALAR VA TAʼRIFLARI
Avariya — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan inshootlar va (yoki) texnikaviy qurilmalar buzilishi, nazorat qilinmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar otilishi.
Gazoanalizatorli — chiqqan xomashyolar, oraliq va tovar mahsulotlarida tahlil oʻtkazishda qoʻllaniladigan uskunalarni joylash uchun kerak joylar.
Bosh reja — berilgan territoriyalarni tuzish rejasi.
Himoya ekrani — yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi materialdan boʻlgan va yonida yonilgʻi olayotgan avtomobilni yonib ketishi mumkin boʻlmasligini taʼminlovchi, STG bilan ikkita avtomobilni toʻldirishda ikkita joyini chegaralaydigan devor.
Inert gazi — tizimlarning boshlangʻich toʻldirilishi, taʼmirlash va boshqalardan oldin texnologik uskunalarni puflash uchun moʻljallangan gaz (azot).
Bugʻlatgich — suyultirilgan tabiiy gazni gazlashtirish uchun qurilma.
Kalibr — quvurlar uzunligining ichki diametriga nisbati.
STG kompleksi — suyultirilgan tabiiy gaz oʻrnatmasi, saqlash tizimi, STGni yetkazib berish va gazlashtirish, shuningdek STG toʻldirish maydonini oʻz ichiga oluvchi tizim.
Kriogen rezervuar — bosim ostida ishlovchi, STGni toʻplab olish, saqlash, transportda tashish va isteʼmolchiga yetkazib berish uchun moʻljallangan izolatsiyali rezervuar.
Oʻta sovutilgan suyuqlik — atrof-muhit bosimiga teng haroratdan past, qaynash haroratidagi suyuqlik.
Quyish maydoni — transport rezervuarlariga qabul qilish va quyish uchun moʻljallangan STG majmuasi hududi qismi.
Ishchi gaz — STGni gazlashtirib olingan, yoki magistral quvurlardan olingan tabiiy gaz.
Svecha — atmosferaga puflash gazini chiqarish uchun qurilma.
Suyultirilgan tabiiy gaz (STG) — rangsiz va hidsiz, 101,33 kPa atmosfera bosimida, 110 — 115 K qaynash haroratida, yonuvchan tiniq suyuqlik. STG kimyoviy tarkibi boʻyicha oʻzida koʻp komponentli metan tarkibli uglerodlar qorishmasini taqdim qiladi.
Tozalash va quritish tizimi — namlik, CO2 va chiqqan tabiiy gazdan mexanik aralashmalarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan tizim.
Gazni tayyorlash tizimi — komplekslarning boshlangʻich qoʻyib yuborilishi, taʼmirlashdan oldin va keyin hamda zichlikka sinovda quvurlar, rezervuarlar, boshqa inert gazli (azotli, agar kerak boʻlsa, tabiiy gazli) apparatlarni puflash uchun moʻljallangan tizim.
STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi — bitta yoki bir nechta statsionar rezervuarlardan tashkil topgan, kerak toʻplanish, saqlash va STGni isteʼmolchiga yetkazib berish uskuna va moslamalari bilan jihozlangan majmua.
STGni izotermik saqlash usuli — atmosfera bosimiga yaqin Pizb = 4,9-6,8 kPa yoki 500 — 700 mm suv st.) toʻyingan bugʻlarning ortiqcha bosimini taʼminlovchi haroratda STGni rezervuarlarda saqlash.
STGni yarim izotermik saqlash usuli — STGni doimiy haroratda va izotermik saqlash usulidan farqli oʻlaroq bugʻ bosimida rezervuarlarda saqlash. STG komplekslari uchun yarim izotermik saqlash usuli bosimning maksimal texnologik asoslangan oʻlchami 1,2 MPani tashkil qiladi. Bu gaz taqsimlash shoxobchalari (GTSh) chiqish magistralidagi gazning maksimum ish bosimiga muvofiq boʻladi.
Turbodetander — kompressorli agregat (TDKA) — bitta valdagi turbodetander va kompressorli qurilma.
Namuna tanlash uzeli — namuna tanlash moslamasini ulash uchun uzel va mahsulot sifati nazorati qurilmasi.
Transport rezervuarini ulash uzeli — transport rezervuarining egiluvchan shlanglarini ulash uchun tarqatish ustunchasi bilan armaturali uzel va suyultirilgan va bugʻli fazalar statsionar quvurlarga mos berkituvchi armaturali uzel.
Suyultirilgan tabiiy gaz oʻrnatmasi — tayyorlash blokini oʻz ichiga olgan va sovuqni rekuperatsiya qilish uchun issiqlik almashinuvi bilan suyuqtirish oʻrnatmasi, armatura bogʻlamlar bilan quvurlar va nazorat-oʻlchamli moslamalar bilan.
I bob. UMUMIY QOIDALAR
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Ushbu qoidalar STGni 250 m3dan ortiq boʻlmagan kriogen rezervuarlar birlik hajmida 250 m3 gacha umumiy saqlash hajmi bilan STGni ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashda oʻrganilishi kerak boʻlgan talablarni oʻrnatadi.
2. Ushbu qoidalar yangidan loyihalashtirilgan va qayta qurilgan STG komplekslariga taalluqlidir.
3. STG kompleksi tarkibi, uning suyultirilganlik boʻyicha ishlab chiqarilishi, saqlash tizimi hajmi, ishlash tartibi kompleks belgilanishiga bogʻliq holda aniqlanadi.
4. Ushbu qoidalarda joylashish oʻrinlariga bogʻliq holda ikki turdagi STG komplekslari uchun majburiy talablar kiritilgan:
magistral gaz oʻtkazmalarning gaz taqsimlash shoxobchalarida hududiy joylashgan komplekslar (K-STG-GTSh MG);
avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida hududiy joylashgan komplekslar (K-STG-AGTKSh).
5. Mazkur qoidalar quyidagilarni loyihalash, montaj, ishga tushirish ishlari, qabul qilish, foydalanish, yoʻqotish va konservatsiyalashga taalluqlidir:
a) tabiiy gaz suyultirish qurilmasi;
b) STGni saqlash tizimi, quyish-toʻkish va bugʻlantirish (gazlashtirish);
v) STG toʻldirish maydoni.
Uskunaning koʻrsatilgan barcha uchta turini oʻz ichiga olgan kompleks qurilmasi ushbu qoidalarda keyinchalik “STGni ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berish boʻyicha komplekslar” yoki “STG komplekslari” deb ataladi.
6. STG kompleksi tarkibiga kiruvchi AGTKSh va MGQ GTShda sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda ishlab chiqarish nazorati tashkillashtirilgan va oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
7. STG obyektlarini loyihalash (konstruksiyalash), ishlab chiqarish, qurish, foydalanish, taʼmirlash, konservatsiyalash va yoʻqotish 2006-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Suyultirilgan tabiiy gazning texnologik jarayonini amalga oshirish uchun STG komplekslari yuqori bosimdagi gaz magistraliga — kirish boʻyicha, past bosimdagi magistralga — chiqish boʻyicha ulashni talab qiladi.
9. Kriogen saqlash rezervuarlari bugʻli boʻshliqlarida ortiqcha ish bosimi 1,6 MPa dan ortiq emas.
10. Kompleksda quyish-toʻkish operatsiyalarini oʻtkazish STGni avtomobildan tashqari boshqa transport turida tashishni nazarda tutmaydi.
11. Ushbu qoidalarda tatbiq qilinayotgan STGning barcha komplekslari quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
a) amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyihalash hujjatlari va reglamenti;
b) texnologik uskunalarning barcha turlariga pasport va foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma;
v) barcha uskunalar turlariga sertifikatlar;
g) avariyali vaziyatlarni lokalizatsiyalash va tugatish rejasi;
d) texnologik reglament va ushbu qoidalarga muvofiq tuzilgan ish yoʻriqnomalari;
e) korxona buyrugʻiga asosan MGQ GTSh va AGTKSh dan foydalanish xavfsizligi boʻyicha tayinlangan masʼul shaxs.
12. STG kompleksida avariya holatlarida uning texnik kuzatilishi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya sabablari tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
13. STG kompleksida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish” nizomida belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
II bob. BELGILANIShI VA TARKIBI
14. STG komplekslari STGni ishlab chiqarish, saqlash va isteʼmolchiga avtotsisternalar orqali tarqatilishi uchun moʻljallangan.
STG komplekslari oʻz faoliyati davomida MGQ GTSh yoki AGTKShda ishlayotgan bazalaridagi shtatli ishlash va xavfsizlik darajasini buzmasligi kerak.
§ 1. MGQ GTSh bazasidagi STG komplekslari
15. STG kompleksi tarkibiga quyidagi asosiy texnologik uskunalar, tizimlar, bloklar va qurilmalar kirishi kerak:
a) gaz tayyorlash texnologik bloki: yuqori bosimdagi chiquvchi tabiiy gazni tozalash va quritish tizimi (adsorbent yuqori haroratdagi regeneratsiyasi chizmasi bilan sotilgan boʻlsa, regeneratsiya gazini qizdiruvchisi bilan toʻplamda);
b) suyultirilgan tabiiy gaz qurilmasi;
v) kriogen nasoslar;
g) saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi;
d) mahsulotni quyilishi va quyilish maydoni tizimi;
e) gazni tayyorlash tizimi;
j) drenaj va gaz chiqarish tizimi;
z) kompleks quvurlari, shuningdek MGQ GTSh yoki AGTKSh chiqishdagi gaz quvurlari va suyultirilmagan gaz qismlarining qaytarilishi;
i) MGQ STG (AGTKSh) chiqishida magistrallardagi bosimdan past bosim ostida STGni ishlab chiqarishda bugʻlanadigan bugʻlarni siqish uchun kompressor;
k) nazorat, boshqarish va avariyaga qarshi himoya tizimi;
l) elektr taʼminoti tizimi;
m) shtatli va avariya yoritilishi tizimi;
n) aloqa (shuningdek telefonli) tizimi;
o) gazoanalizator.
16. STG komplekslarini loyihalashda maksimal blokli-komplekt uskunalar, namunaviy loyihalar, shuningdek uzellar va tizimlarning yakka tartibdagi ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
17. STG komplekslarini loyihalash qurilish loyihalashtirilishi (SN, SNiP, KMK), sanitar qoidalar va meʼyorlar, davlat standartlari, gaz sanoati obyektlarining loyihalashtirilishi va qurilishi boʻyicha tarmoq meʼyoriy hujjatlari (VNTP, VSN), yongʻin xavfsizligi, mehnat xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi meʼyorlari va qoidalari, bosim ostida ishlaydigan qurilma va idishlardan foydalanish xavfsizligi qoidalari, texnologik quvurlar uskunalaridan foydalanish va xavfsizlik qoidalari, elektr oʻrnatmalar qoidalari (EOʻQ), portlash-yonish xavfiga ega, kimyoviy, neft-kimyoviy va neftni qayta ishlash uchun amaldagi meʼyoriy hujjatlar va STGning oʻziga xos xususiyatlarini va ishlab chiqarish, saqlash, yuklash va gazlashtirishni ifodalaydigan ushbu qoidalar talablariga muvofiq olib borilishi kerak.
18. STG kompleksiga xomashyo sifatida kirib keluvchi, shuningdek gazlashtirishdan keyin uzatiladigan tabiiy gaz 1987-yil 16-apreldagi 36-sonli Gosstandart qarori bilan tasdiqlangan GOST 5542-87 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
19. Tabiiy gazni STG qurilmasi tarkibidagi gaz oʻtkazmalar tizimiga yetkazib berish tartibida magistral gaz oʻtkazmalarning ish tartibiga muvofiq berilgan sutkali gaz uzatilishi parametrlari bilan taʼminlaydigan gazlashtirish bloklari nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
20. STG bugʻlanishi (gazlashtirish) uchun quyidagi bugʻlatgichlar qoʻllaniladi:
a) chiqishda kerak harorat bilan taʼminlash uchun atrof-muhit haroratiga bogʻliq boʻlmagan holda qizdirgich bilan atmosferali (asosiy usul);
b) yoqilgʻi suyultirilishida qoʻllaniladigan issiqlik (alternativ usul);
v) muzlab qolmaydiganini oʻz ichiga olgan holda issiq suv, bugʻ va boshqa issiqlik tashuvchilar bilan (alternativ usul).
21. Quyish maydonlari STG ishlab chiqarilishi hududlarida quriladi va avtotsisternaga joylashtirilish uchun maydonli quyish-toʻkish qurilmasini oʻz ichiga oladi.
22. Quyish-toʻkish qurilmalari oʻzida suyultirish, puflash uchastkalari va avtotsisternaga ulash uchun egiluvchan elementlarda (shlangalar) tugaydigan statsionar yoki armaturali drenaj qurilmalarni ifodalaydi.
23. Rezervuarlardan chiqadigan STG quyish-toʻkish qurilmalariga oʻzi puflanib gazifikatorlardan bugʻ siqib chiqarilishi usulida uzatilishi mumkin.
§ 2. AGTKSh bazasidagi komplekslar
24. AGTKSh bazasida joylashgan komplekslar suyultirilgan tabiiy gazni olish, saqlash va isteʼmolchiga yetkazib berish uchun moʻljallangan.
25. STG komplekslari tarkibi ushbu qoidalarning 17-bandida koʻrsatilgan, suv taʼminoti va kanalizatsiyalari qoʻshilgan holdagi tarkibga oʻxshash.
III bob. STG KOMPLEKSLARI KLASSIFIKATSIYASI
§ 1. Ishlab chiqarilishi samaradorligi boʻyicha STG komplekslari
26. STG komplekslari quyidagilarga boʻlinadi: sanoat, tajriba-sanoat, tajriba.
Sanoat komplekslarida loyiha va texnologik reglamentdagi har qanday oʻzgarish va ogʻish turi ular realizatsiya qilinguncha STG komplekslari loyihalari ishlab chiqaruvchiga taqdim qilinadi va u bilan kelishiladi.
Uskunalar, konstruksiyaning alohida elementlari yoki texnologik jarayon bosqichlariga tegishli ishlash, oʻrganish va kyetkazib berish uchun moʻljallangan STG tajriba komplekslarida texnika xavfsizligi bobi, STG (MGQ GTSh va AGTKSh) kompleksi xizmati egasi muhandislari bilan kelishilgan holda va STG kompleksi texnikaviy rahbar egasi ruxsati bilan oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tajriba-sanoat komplekslari — texnologik jarayonlarning ishlashi elementlari bilan ishlab chiqarish va (yoki) tovar mahsulotlari toʻplari hajmi boʻyicha chegaralangan ish toʻxtatilishi sanoat komplekslari uchun qabul qilingan tartibga muvofiq. Asosiy oʻzgarish va ogʻishlariga aloqasi boʻlmagan boshqa hollarda, shtat texnologiyasi namunaviy komplekslar uchun oʻrnatilgan korrektirovka va hujjatlar kelishuvi tartibida oʻtkazilishi mumkin.
§ 2. Portlash xavfi boʻyicha STG komplekslari klassifikatsiyasi
27. Loyihani ishlab chiquvchi obyektdan foydalanishda portlash-yonish xavfsizligi shartlari bilan taʼminlashdan kelib chiqqan holda alohida texnologik bloklardagi STG kompleksi texnologik sxemasi ajralishini oʻtkazadi.
28. Texnologik bloklarning portlash xavfini miqdoriy baholanishida umumiy tamoyillar va portlash xavfi toifalari boʻyicha klassifikatsiya 1-ilovada* keltirilgan.
29. STG kompleksining har bir texnologik bloki uchun loyihani ishlab chiquvchi bilan energetik daraja baholanishi oʻtkaziladi va uning portlash xavfi toifasi aniqlanadi.
30. Energetik potensiallar (Qv) nisbiy qiymati boʻyicha texnologik bloklar portlash xavfi darajasi toifasi va vositalarning bugʻ-gaz massalari tashkilot texnologlari — loyiha ishlab chiquvchilari (yangidan loyihalashtiriladigan va quriladigan obyektlar uchun) va korxona (amaldagi mahsulot uchun) tomonidan oʻtkaziladi.
§ 3. STG saqlanishi uchun kriogen rezervuarlar klassifikatsiyasi
31. Kriogen rezervuarlar vazifasiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:
a) texnologik;
b) STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tarkibiga kiruvchi statsionar;
v) transport.
32. Texnologik rezervuarlar STG kompleksida ishlab chiqariluvchi qabul va isteʼmolchini ushbu mahsulot bilan (suyuq yoki gazsimon koʻrinishda) berilgan sarflash grafikasi boʻyicha taʼminlash uchun moʻljallangan.
33. Texnologik rezervuarlar hajmi 50 m3 dan oshmasligi va STG texnologik ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq boʻlmasligi kerak. Bitta toʻldirish kommunikatsiyasi bilan jihozlangan texnologik rezervuarlar uchun mahsulotni yuklash faqat qurilmada ish toʻxtatilgandagina amalga oshiriladi. Agar sigʻim ikkita yoki undan ortiq liniyaga ega boʻlsa, shuningdek maydonchada ikkita yoki undan ortiq texnologik rezervuar mavjud boʻlsa, STG yuklanishi suyultirish oʻrnatmasi ishi toʻxtatilmasdan amalga oshiriladi.
34. STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi statsionar rezervuarlari mahsulotni 0,02 dan 0,6 MPa gacha boʻlgan bosim ostida uzoq saqlash uchun moʻljallangan.
35. STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi statsionar rezervuarlari daraja nazorati koʻzdan kechirish vositalari va daraja vositalari distansion vositalari bosimidan tashqari, shuningdek quyishning yopiq (ochiq) klapanlari boʻyicha muvofiq blokirovkalar bilan minimal va maksimal signalizatsiya darajalari bilan taʼminlanishi kerak.
36. Statsionar saqlagich kompleks ishiga bogʻliq boʻlmasligi kerak va ularning birlik hajmlari 50 m3 dan oshishi mumkin.
37. Transport rezervuarlari STG ni isteʼmolchiga 1,6 MPa gacha boʻlgan bosim ostida yetkazib berish uchun moʻljallangan.
Izoh: Transport rezervuarlarni texnologik oʻrniga STGni toʻplab olish uchun rezervuar sifatida ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
38. STGni toʻplab olish uchun statsionar sifatida qoʻllaniladigan transport rezervuarlari bosim nazorati va STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tarkibidagi daraja qoʻshimcha distansion moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
IV bob. HUDUD, BINO VA INShOOT
§ 1. Bosh reja
39. STG komplekslari hududlari zonalarga boʻlinadi. Zonalar nomi va zonalarda joylashadigan texnologik bloklar tarkibi 2-ilovaning 1-jadvalda* keltirilgan.
40. Xavfsiz masofa quyidagicha aniqlanadi:
a) STG rezervuarigacha — hosil qilingan rezervuardan;
b) bino va inshootgacha — tashqi devor yoki konstruksiyalargacha yorugʻlikdagi masofada (metall zinalar hisobisiz);
v) estakada, texnologik quvurlar va estakadasiz qoʻyilgan quvurlarga — chekkadagi quvurlar oʻqidan;
g) temiryoʻllar yoʻllarigacha — yaqin relslar oʻqidan;
d) avtomobil yoʻllarigacha — yoʻllarning oʻtish qismlaridan;
e) gaz tashlanishi zonalarigacha — svechalar quvurlari oʻqlaridan.
41. STG kompleksining sanitar — himoya zonasi tarmoq meʼyorlariga muvofiq tanlanadi.
42. STG kompleksi tarkibiga kiruvchi rezervuarlardan minimal masofa 2-ilovaning 2-jadvalga* muvofiq qabul qilinishi kerak.
Izoh: Boshqa bosimli rezervuarlar uchun minimal masofa 5-ilovada koʻrsatilgan.
43. STG komplekslari aholi punktlarining shamolga teskari tomonida joylashgan boʻlishi kerak.
44. STG kompleksi hududi STG kompleksi yondashishi hisobida kengaytirilgan GTSh yoki AGTKSh hududlariga teng holda SN 441-72 koʻrsatkichlariga muvofiq yonmaydigan materialdan tayyorlangan svecha oʻtkazuvchi yagona perimetrli toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
45. STG kompleksi rezervuarlardan kompleksning boshqa zonalarida joylashgan texnologik bloklar va inshootlargacha boʻlgan minimal masofalar 2-ilovaning 3-jadvalga* muvofiq qabul qilinishi kerak.
Izoh: Boshqa bosimli rezervuarlar uchun minimal masofa 5-ilovada* koʻrsatilgan.
46. Kriogen rezervuarlardan STG kompleksi hududlari toʻsiqlarigacha masofa 10 m dan kam boʻlmagan holda qabul qilinadi (oʻralishlardan).
47. Agar loyihalash tashkiloti yoki uskunalarni ishlab chiquvchilar tomonidan nurlanishning oshirilgan issiqlik oqimlari taʼsirida, toʻkilgan STGni yonish vaqtining intervali davomida ularni portlash-yonish xavfsizligi bilan taʼminlaydigan asosli hisob-kitobi konstruktiv tadbirlarni (ekranlashtirish, issiqlik izolatsiyasi kattalashtirilishi, saqlagich qurilmalarning oshirilgan oʻtkazuvchanlik qobiliyati va boshqalar) qoʻllagan boʻlsa, texnologik uskunalar va STG kompleksi binolari 1-ilovadagi 2 va 3-jadvallar* talablariga muvofiq nazarda tutilgan masofalardan kam holda joylashishi mumkin.
Ekranlashtirish bilan uskunalarni himoyalashda turgʻun zonalar paydo boʻlishining oldini olish maqsadlarida ekranning pastki uchi yer yuzasidan 0,3 m dan kam boʻlmagan balandlikda joylashishi kerak.
50 m3 hajmgacha boʻlgan yer usti rezervuarlari umumiy 250 m3 dan ortiq boʻlmagan umumiy hajmda, umumiy himoya toʻsigʻida bitta qatorda guruhga joylashgan boʻlishi mumkin.
48. Quvurlar uchastkalarini STG kompleksining boshqa uskunalari bilan uskunani kriogen zonalar bilan bogʻlaydigan yuqori bosim (0,5 MPa dan ortiq emas), quvurlarning avariya zichlanishi hollarida yonuvchan gaz oqimi taʼsiri imkoniyatidan kriogen rezervuarlarni himoya qilish uchun ekranlar bilan toʻsish tavsiya qilinadi.
Ekranlovchi konstruksiyaning alangaga barqarorligi avariya quvurlardan gaz oqishi vaqti davomida kesib oʻtiluvchi uchastkalar chegaralarida ularga birga ulanishni taʼminlashi kerak.
49. Ishlab chiqarish zonalari texnologik bloklari oʻrtasidagi masofa quyidagicha qabul qilinadi:
4 m — texnologik bloklar oʻrtasida (tozalash, quritish, suyultirish va boshqalar);
9 m — texnologik rezervuargacha.
50. STGni saqlash tarkibiga kiruvchi rezervuarlar devorlari oʻrtasidagi minimal masofa guruhda ega boʻlgan katta diametrdan kam boʻlmasligi kerak. Umumiy himoya toʻsigʻi balandligi bitta (eng katta) rezervuar guruhida tarkib topgan STG hajmi hisobidan kelib chiqib qabul qilinadi.
51. Ishlab chiqarish zonalari texnologik bloklari oʻrtasidagi minimal masofa (texnologik rezervuar yoʻqligida) va maydonning tarqatish kolonkasiga 9 m qabul qilinadi. Texnologik rezervuar ishlab chiqarish zonalarida masofa mavjudligida 3-jadval* boʻyicha qabul qilinadi. Himoya ekranlari bilan ikki yoki undan ortiq tarqatish ustunchasi mavjudligida avtotsisternalarni toʻldirish joyi koʻrib chiqiladi.
52. Quyish maydonida oʻrnatilgan kolonkalar uchun avtomobil bilan urilishdan himoyalanishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
53. Piyoda yoʻllar qoplamalari, binolar koʻprikchalari, avtomobil yoʻllari va kompleks hududlaridagi boshqa transport inshootlari yonmaydigan va uchqun paydo qilmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak. Quyish maydonlari qoplamalari toʻkilgan STG taʼsiri ostida oʻzining konstruktiv xossalarini oʻzgartirmasligi kerak.
54. Boshqarish joylari kompleksiga tegishlilar [operatorli elektr toʻsiqli, gazanalizatorli (sarflanishni oʻlchagichli), qozonli va boshqalar] butunligicha MGQ GTSh va AGTKSh binolarining bor boʻlgan bitta namunali joyida ularning portlash xavfi boʻyicha toifasini hisobga olib, agar bu ularning meʼyorda ishlashini buzmasa, birga olib borilishi mumkin. Boshqa hollarda koʻrsatilgan joylarni 1-ilovadagi 2-3-jadvallar* talablarida oʻrnatilgan masofagacha binolarda joylash kerak. Elektr toʻsiqli joylar joylashuvi Elektr oʻrnatma qurilmalari qoidalari (EOʻQQ) talablariga muvofiq tanlanadi.
55. Komplekslarning yuqori kuchlanishdagi elektr yetkazib berish havo liniyalari, alohida turuvchi ochiq tarqatish qurilmalari va elektr shoxobchalar, shuningdek oziqlanuvchi kompleksga nisbiy joylashishi Elektr oʻrnatma qurilmalari qoidalari (EOʻQQ) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
56. STG kompleksi umumiy belgilanishdagi IV toifa avtomobil yoʻli bilan bogʻlanishi kerak.
57. STGning kompleks hududga kirishidan oldin avtomobillar burilishi va toʻxtashi uchun maydon koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
58. STG kompleksi hududida rezervuarlar oʻralishidan 5 m yaqin boʻlmagan va eng yaqin rezervuarlarga bevosita 20 m yaqin boʻlmagan holda daraxtlarning yaproqli jinslarini alohida oʻtqazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kompleks hududlariga butalar va daraxtlarning toʻliq oʻtqazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
§ 2. Binolar va inshootlar konstruksiyasi
Umumiy qoidalar
59. Bino, ishlab chiqarish inshooti va saqlagichning hajm-rejali va konstruktiv qarori qurilish meʼyori va qoidalariga, shuningdek maxsus ushbu qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
60. Binolar va inshootlarni loyihalashda QMvaQ 21-01-97 — “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” talablariga rioya qilish kerak.
61. Tabiiy gaz texnologik quvurlari oʻtkaziladigan bino fonarlar, deflektorlar va yuqori ogʻir qoplama (perekritiya) ostidan tabiiy gazni olib tashlash uchun boshqa moslamalarga ega boʻlishi kerak. Ogʻir qoplamali (perekritiya) konstruktiv elementlari ostida toʻplanish zonalar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoritish qurilmalari va ularning turlari zaruriyati QMQ 23-05-95 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” boʻyicha aniqlanadi.
62. Inshoot qavatliligi, ishlab chiqarish joylari balandligi va ularning oʻzaro joylashishi texnologik zaruriyatlarga muvofiq aniqlanadi.
63. Ishlab chiqarish joylari konstruksiyasi va rejalashtirilishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
64. Zinalar va evakuatsiya chiqishlari ShNK 2.01.02-04 “Yongʻinga qarshi meʼyorlar” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
65. Inshootlar loyihalanishi KMK 2.09.03-02 “Ishlab chiqarish korxonalari inshootlari” va ushbu qoidalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
66. Ochiq qavatli evakuatsiya zinalari perimetri boʻyicha joylashgan boʻlishi kerak.
STG saqlash tizimi rezervuarlarini joylashga maxsus talablar
67. STGni saqlash qulfli, saqlagich va rostlovchi klapanlari hamda daraja va bosimni nazorat qilish asboblari, shuningdek rezervuar qobigʻi mahkamlangan puflash bugʻlatgichi boʻlgan armaturali shkaflar bilan jihozlangan maxsus kriogen rezervuarlarda amalga oshiriladi. Portlash-yonish xavfi minimal energetik potensiallarini taʼminlash uchun eng kichik ortiqcha bosim bilan saqlash variantiga berilishi kerak.
68. Rezervuar joylashishida har bir toʻsiq rezervuar (rezervuarlar guruhi) atrofi qurilmasi bilan mumkin boʻlgan STG quyilishi avariya maydoni chegaralangan boʻlishi kerak.
69. Himoya toʻsiqlari sifatida STG uchun oʻtkazmaydigan inshootlar toʻla perimetrlari boʻyicha joyning ustki tuzilishida paydo boʻladigan tabiiy yoki sunʼiy toʻsiq xizmat qilishi mumkin (taglik).
70. Himoya toʻsiqlari konstruksiya va materiallari quyidagilarga hisoblangan boʻlishi kerak:
a) STG kriogen, gidrostatik va gidrodinamik taʼsirlari (tez oqadigan quyishda issiqlik va gidravlik zarb);
b) Toʻkilgan STGning hisobli hajmi toʻliq yonish vaqti davomida toʻsiqlarning konstruktiv barqarorligi saqlangan holda (funksional puxtalik) quyiladigan STG toʻsigʻi chegaralarida yonishdan issiqlik taʼsiri, bir soatdan kam boʻlmagan holda;
v) tashqi iqlimiy va taʼsir loyihasida kelishilgan boshqa oʻziga xosliklar.
71. Himoya toʻsigʻining balandligi STG eng katta rezervuardan toʻliq quyilganida shakllanadigan suyuqlik darajasidan kamida 0,3 m yuqori boʻlishi kerak.
72. Himoya toʻsigʻi ichidagi maydon rezervuardan toʻsiq tomonigacha 1' dan kam boʻlmagan umumiy qiyalikda va himoya toʻsigʻi ostida tashkil topgan suv toʻplagich (priyamka) tomoniga 0,25' dan kam boʻlmagan umumiy qiyalikda tekislanishi kerak. Suv toʻplagich yomgʻir va qor suvlarini haydash uchun echiladigan nasos bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Quyish quvuroʻtkazgichlari yordamida himoya toʻsigʻidan suv oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
73. Rezervuarlar oʻrnatmasi maydonida xizmat qiladigan shaxsning kirishi uchun himoya toʻsigʻining ikkita tomonida ham ikki donadan kam boʻlmagan holda rezervuarlardan toʻsiqlar tomoniga, birinchi navbatda armaturalar joylashgan joylarga qarama-qarshi joylashgan zina-oʻtishlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
V bob. TEXNOLOGIK QISM
§ 1. Uskunalarga maxsus talablar
Umumiy qism
74. Barcha texnologik uskunalar ochiq maydonlarga joylashtirilishi kerak. Bulardan xonalarga joylashtirilishi kerak boʻlgan nasoslar, kompressorlar, qizdirgichlar va boshqarish shkafi mustasno.
75. STGda tarkib topgan uskuna va apparatlar mahsulotning berilgan haroratini ushlab turish va xizmat qiluvchi shaxs sovuq yuzalarga tekkanida muzlashdan saqlash uchun issiqlikda izolatsiyalangan boʻlishi kerak. Issiqlik izolatsiyasi uchun materiallar yonmaydigan yoki qiyin yonadigan, bugʻ oʻtkazmaydigan, suvlardan ozod va yongʻinda alanga kengayishida suv oqimiga munosabatda barqaror boʻlishi kerak. Materiallar ahamiyatga ega boʻlgan eyilish yoki boshqa kirishish, deformatsiyalar (mineral paxta, shisha tolalari, gaz bilan toʻla izolatsiya va boshqalar) bilan zararlanmagan boʻlishi kerak. Izolatsiyalar tashqi yuzalari minimal harorati atrof-muhit haroratiga muvofiq boʻlishi kerak.
76. STGda tarkib topgan uskunalar va apparatlar uchun izolatsion qatlam qalinligi hisobi va izolatsiya konstruksiyasi tanlanmasi atrof-muhit maksimal haroratida minimal sovuqlikning yoʻqotilishini taʼminlab amalga oshirilishi kerak.
77. Quvurlar ishlab chiqarilishi uchun materiallar transportda tashiladigan muhit ish haroratlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Quvurlar uchun poʻlat markalari ushbu qoidalarning 3-ilovasiga* muvofiq tanlanishi kerak.
78. Yonuvchan gazlarni oʻz ichiga olgan texnologik apparatlar, uskunalarni quvurlar bilan bogʻlash, puflash va uskuna hamda quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlash uchun inert gazini yetkazib berish imkoniyatini koʻzda tutgan boʻlishi kerak.
79. STG ishlab chiqarilishi boʻyicha oʻrnatma asosiy bloklari texnologik sxemalari bitta maydonda joylashgan va texnologik jarayonlar bilan har bir texnologik apparatlar yoki apparatlar guruhlari oʻrtasida bevosita bogʻlangan avariya oʻchirilishi imkoniyati bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
80. STG komplekslari bloklarining avariyali yoki rejali (taʼmirda) oʻchirilishida apparatlar, uskunalar va quvurlar boʻshatilishi kerak.
Texnologik blok
81. Blokka suyultirilgan gazni yetkazib berishdan oldin u mexanik aralashmalar, S02 uglekislotalardan tozalangan boʻlishi va namlikdan quritilgan boʻlishi kerak.
82. Tabiiy gazdagi S02 tarkibi tozalangandan keyin 100 + (promille) dan oshmasligi, shudringlar nuqtasi quritilgandan keyin suyultirish bloki issiqlik almashinuvchi armaturalari gidratlari qaytishidan mustasnolikda minus 70°S dan yuqori (meʼyordagi sharoitlarda) boʻlmasligi kerak.
Izoh: Alohida hollarda (suyultirish girdobi bloklari) S02 dan gazni tozalash boʻyicha talablarning kamaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
83. Tabiiy gazni tayyorlash bloklari (tozalash va quritish) suyultirish qurilmalari uskunalarining ishonchli, barqaror ishlatilishi taʼminlangan boʻlishi kerak.
84. Suyultirish qurilmasi konstruktiv bajarilishi quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) toʻliq germetiklik;
b) asosiy texnologik oqimlarda saqlagich klapanlar mavjudligi;
v) yerga ulash.
85. Tabiiy gazni suyultirish qurilmasi amaldagi meʼyorlar va qoidalarni qondirishi va quyidagi sharoitlarda ishonchli va barqaror ishlashi kerak:
a) atrof-muhit harorati — -40°S dan +40°S gacha;
b) 35°S haroratda atrof-muhitning nisbiy namligi 98% gacha.
Kriogen rezervuarlar
86. STG ni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish, texnologik va transport rezervuarlari, hamda ularning ishlab chiqarilishi tizimlari rezervuarlarining konstruksiyalarini ishlab chiqish kriogen texnika ishlab chiqish doirasida ixtisoslashgan korxonalarda amalga oshirilishi kerak.
87. STG kompleksi kriogen rezervuarlarining geometrik hajmi, aniq strukturalari va STG ehtiyoji turlarining har bir aniq holatlarida STGning funksional belgilanishiga bogʻliq holda texnik-iqtisodiy asoslangan bosqichlar loyihalarida aniqlanadi.
88. Kriogen rezervuarlarda STG saqlanadigan chegaraviy hajm (kg yoki m3) ishlab chiquvchi (ishlab chiqaruvchi zavod) tomonidan aniqlanadi.
89. STG kompleksini loyihalashda ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan chegaralardagi teng hajmda boʻlgan bir turdagi kriogen rezervuarlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
90. Kriogen rezervuarlar uchun, “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan tasdiqlangan, bosim ostida ishlaydigan uskunalar va idishlardan foydalanish xavfsizligi qoidalari tatbiq qilinadi.
91. Kriogen rezervuar joyida suyuqlik darajasi va bosimini oʻlchash qurilmalari, shuningdek bosim va harorat distansion nazorat imkoniyati taʼminlanishi uchun uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
92. Kriogen rezervuar kommunikatsiyasi konstruksiyasi, shuningdek echiluvchi elementlar (quvurlar, shlangalar) bilan birgalikda ularning puflanishi yoki yuvilishi hamda tozalanganlikni nazorat qilish imkoniyati bilan taʼminlanishi kerak.
93. Kriogen rezervuar konstruksiyasi STG aralashmalar tarkibida tahlil oʻtkazilishi uchun namunalar olishda xavfsizlik imkoniyati bilan taʼminlashi kerak.
94. Kriogen rezervuar yerga ulangan boʻlishi va chaqmoqdan himoyalash uskunasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
95. Kriogen rezervuar konstruksiyasida rezervuarga STGni ikki tizimli mustaqil yetkazib berish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
96. Rezervuar konstruksiyasi va oʻralishi kuyidagi texnologik operatsiyalar bajarilishini taʼminlashi kerak:
a) suyultirish qurilmasidan rezervuarlarga STG qabuli;
b) rezervuardan gazlashtirishga va (yoki) transport vositasining STG quyilish tizimiga STG uzatilishi;
v) bitta rezervuardan boshqasiga STGning qayta bosimlanishi imkoniyati;
g) STGning namuna olgichlarga tahlil uchun berilishi;
d) tabiiy gaz (oldindan sovutilgan), STG va azot uzatilishi (puflash);
e) rezervuarlardan saqlagich klapanlar orqali STG bugʻlari chiqarib tashlanishi.
97. Kriogen rezervuarlar uchun NOʻAvaA (nazorat oʻlchash asboblari va avtomatika) koʻrib chiqilishi kerak, saqlagich armaturalar va qurilmalari uskunalar va nazorat qilinadigan harorati muhit hisobida, bosim ostida ishlaydigan idishlardan foydalanish xavfsizligi qoidalariga muvofiq muhit haroratini nazorat qilgan holda amalga oshiriladi.
98. Rezervuarlar saqlagich klapanlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati muhit havosining 600°S haroratida (kengaytirish tizimi ishlari hisobga olinmaganda) yongʻin, vakuum yoʻqotilishi yoki issiqlik izolatsiyasi buzilishi holatlarida rezervuar va atrof-muhit oʻrtasida issiqlik almashinuvi sharoitlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
99. STG kompleksining kriogen zonalaridagi rezervuarlarini saqlagich klapanlaridan va boshqa uskunalaridan gaz chiqarilishi hisoblash yoʻli bilan aniqlanadigan, lekin rezervuarlarning xizmat koʻrsatish maydoni toʻshamasidan kamida 3 m balandlikka chiqarilishi kerak boʻlgan quvuroʻtkazgichlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Bir necha saqlagich klapanlarning bitta tashlash quvuroʻtkazgichiga birlashishiga yoʻl qoʻyiladi.
100. Portlash-yonish xavfsizligi yoki gaz tashlash quvuridan foydalanilganda portlash xavfi konsentratsiyalari paydo boʻlishi imkoniyatidan holi boʻlish uchun STG kompleksi kriogen zonalari yerdagi atmosfera qatlamida (h=2 m) alanga tarqalishi past konsentratsiya chegaralariga yetish ehtimolidan holi boʻlgan chegaralargacha STG bugʻlari muvofiq hisoblarga asoslangan boʻlishi kerak. Svechalar-chiqish uchastkalarida alanga kesuvchilar bilan gazsimon STG tarqalishini yaxshilash uchun maxsus qurilmalardan foydalanish kerak.
101. Texnik xizmat, montaj va saqlagich klapanlarni demontaj qilish uchun sharoitlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
102. STG saqlanishi, uzatilishi va gazlashtirishda texnologik ulanish tartibi:
1) saqlash tizimidagi texnologik ulanish kriogen quvur oʻtkazgichlarida ularning azot bilan puflanishi imkoniyatlari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak;
2) quvurlarning texnologik ulanishi loyihalashda quvurlarning avariyali uzilishlari holatlarida STG oqishini (gaz oqishi) chegaralaydigan maxsus qurilmalar oʻrnatmasi (qaytish, tezlik klapanlari va boshqalar) koʻzda tutilgan boʻlishi kerak;
3) rezervuar saqlagichlarning umumiy texnologik kommunikatsiyalar va quvurlar STG qabulida (yetkazib berish) texnologik jarayonlarni operativ boshqarish uchun har bir rezervuarga berkitish armatura — kesib oʻtuvchi va rezervuarlar bilan ishlash va avariya hollarida masofadan boshqariluvchi operativ boshqarish yuritmasi (pnevmoyuritma, portlashdan himoyalangan elektr yuritma) oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, operativ armatura qoʻl boshqarmasiga ega boʻlishi kerak.
Izoh: operativ boshqaruv armatura oʻrnatmasi zaruriyati kompleksga texnik topshirish tasdigʻi bosqichlarida aniqlanadi.
4) Rezervuarlar uchun kesib oʻtuvchi armatura rezervuarlardan bevosita yaqinlikka oʻrnatiladi. Operativ boshqarish armaturasi himoya toʻsiqlari chegaralariga joylashtirilishi kerak.
5) STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi quvurlar ulanishi shunday ishlab chiqilgan boʻlishi kerakki, bunda puflanmaydigan uchastkalar gorizontal tekislikka joylashganda quvurlar uch diametri uzunligidan oshmasin.
Namuna olish uzeli
103. Tahlil uchun STG olinishi oldindan azot bilan puflangan maxsus namuna olgichlarda bajariladi.
104. STGni tahlil qilish uchun uzluksiz va davriy faoliyat prinsipli namuna olgichlardan foydalanilishi mumkin.
105. Tahlil uchun STG rezervuari gaz fazasidagi gaz bosimiga teng haroratdan 1-2 °S past boʻlgan oʻta sovutilgan STG olinadi.
106. Namuna olgich nuqtasida qayta sovutish tizimdagi (puflash tomoni, oʻzidan puflanish) umumiy gidrostatistik bosim oshirilishi yoʻli bilan yetiladi.
107. Namuna olish nuqtasida qayta sovutish darajasi STG harorati va bosimini kyetkazib berish yoʻli orqali aniqlanadi.
108. Namuna olish usuli va tahlillar uchun apparatlar tarkibi kompleks texnologik reglamentida aniqlanadi.
109. Namuna olish tizimlaridan puflanadigan inert gaz, shuningdek namuna olgichni toʻldirishda bugʻlanadigan mahsulot umumiy svechaga yoʻnalgan boʻlishi kerak.
Gazlashtirish tizimi
110. STG bugʻlanishi (gazlashtirish) uchun oʻzida parallel ketma-ketlik kollektirlashtirish bilan issiqlik almashinuvchilar havo panellari komplektlarini taqdim qiladigan atmosfera bugʻlatgichlaridan foydalanish kerak. Panellar soni STG qayta ishlatilmasligigacha 20°S dan ortiq boʻlmagan atrof-muhit haroratiga munosabat boʻyicha taʼminlash sharoitlarini hisoblash yoʻli orqali tanlanadi.
Yuqori haroratdan ortiq gazlashtirilgan gaz qishki mavsumlarda yetkazib berilishi zaruriyatida, tasmali elektr qizdirgichlar yoki maxsus issiqlik almashinuvchi qurilmalardagi (qizdirgichlar) gazlashtiritlangan gaz suv bilan qizdirish quvurlarida yetkazib berishda qoʻllaniladigan gazning qoʻshimcha qizdirgichlari koʻrib chiqilishi kerak.
Issiqlik almashinuvchi (qizdirgich) atrof-muhit haroratiga bogʻliq boʻlmagan holda isteʼmolchiga kerak harorat bilan gazsimon mahsulotni yetkazib berishni taʼminlashi kerak.
111. Atmosfera bugʻlatgichlari (mahsulot) yomon iqlimiy sharoitlarda panellarning bitta komplektidan boshqasiga davriy qayta ulashni amalga oshirish uchun zaxiralarga ega boʻlishi kerak.
112. Atmosfera bugʻlatgichi chiqishidagi quvurlar ularga past haroratdagi (-70°S dan past) gaz sanksiyalanmasdan “issiq” gaz uzatilishidan quvurlarni himoyalaydigan uzish uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
113. Gazifikaziyalash bloki (bugʻlatgichlar) ushbu qoidalarning IV bob, 1-paragrafiga asosan binolar va inshootlar oʻrtasida yongʻinga qarshi qoidalarga rioya qilgan holda kompleksning alohida maydonida joylashgan boʻlishi kerak. Boshqarish shkafi bilan qizdirgichlar (issiqlik almashinuvchilar) gazsimon mahsulot ehtiyoji joyidagi qatorda joylashgan boʻlishi kerak.
114. Bugʻlatgichlar saqlagich klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Gazlashtirish blokdan chiqishdagi quvurlar bosim, harorat va sarflanish nazorati moslamalari hamda masofadan kesish klapanlari bilan jihozlanishi mumkin. Moslamalar va klapanlar oʻrnatmasi zaruriyati STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimiga texnikaviy topshiriq tasdiqlanib aniqlanadi.
115. Bugʻlatgichlar konstruktiv belgilanishiga bogʻliq holda toʻgʻridan toʻgʻri gazlashtirish va bosqichli gazlashtirish bloklariga boʻlinadi.
116. Toʻgʻridan-toʻgʻri gazlashtirish bugʻlatgichlar chiqishida aniq gaz harorati talab qilinmaydigan joyda qoʻllaniladi. Bosqichli gazlashtirish bloki atrof-muhit harorati bilan qiyoslash boʻyicha minimal qayta ishlatilmaslik bilan gaz haroratiga yetganda qoʻllaniladi.
117. Toʻgʻridan-toʻgʻri gazlashtirish bloki konstruksiyasi oʻzida kollektorlarni parallel birlashtiradigan issiqlik almashinuvchilar, kirish va chiqish bloklarini taqdim qilishi kerak. Kirish va chiqish quvurlari payvandlash yoki flanets bilan tashqi quvurlarni birlashtiradi.
118. Bosqichli gazlashtirish bloki konstruksiyasi panellarning parallel yigʻilishi bilan farq qiladi, yaʼni bitta karkasda ketma-ket joylashgan, har biri alohida pastki va yuqori kollektorlarga ega boʻlgan panellarning ikkita bloki mahkamlanadi. Birinchi blokning yuqori kollektori ikkinchisining pastki kollektori bilan ulangan.
119. Bitta karkasda bir vaqtning oʻzida toʻgʻridan toʻgʻri va pogʻonali gazlashtirish oʻrnatilgan boʻlishi mumkin.
120. Gazlashtirish bloki oʻrnatmasi ochiq beton maydonda (fundament) amalga oshirilishi kerak. Ushbu maydonlarni asfaltlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
121. Bugʻlatgichlarni metall toʻr bilan toʻsish tavsiya qilinadi.
122. Bugʻlatgichlar oʻrnatilgan maydonlarda vodoprovod, kanalizatsiya va boshqa xizmatdagi quduqlar boʻlmasligi kerak.
123. Berkitilgan surilma klapanlar va ushbu surilma klapanlargacha oʻrnatilgan quvur bogʻlami uzellari va saqlagich klapanlar —162°S gacha boʻlgan haroratda (atmosfera bosimida STG qaynashi harorati) STG bilan ishlash sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak.
124. Gazlashtirish bloklarini rezervuarga ulagandan keyin uni azot va ishchi gaz bilan svechadan gaz tashlab puflash kerak.
125. Isteʼmolchiga gaz taqsimlash tizimi “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan 2004-yil 6-fevralda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan 10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari” tatbiq qilinadi.
126. Bugʻlatgich bloklardan quyidagi sharoitlarda foydalanish man qilinadi:
a) oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqori holda suyuq va bugʻ fazalari bosimi oshsa;
b) saqlagich klapanlar rostlanmaganida;
v) mahkamlash detallarining toʻliq boʻlmagan soni yoki rostlanmaganligida;
g) gaz oqishi kuzatilsa;
d) nazorat-oʻlchash moslamalari va avtomatika vositalari rostlanmaganida (agar ular loyihalarda koʻzda tutilgan boʻlsa);
e) nazorat-oʻlchash moslamalari va saqlagich klapanlarning attestatsiya muddati tugasa (davlat nazorati tashkilotlarida tekshirish yaroqliligi muddatlangan).
Sifat nazorati
127. STG ishlab chiqarilishi, saqlanishi va uzatilishi tarkibiga kiradigan xomashyo, oraliq va tovar mahsulotlari tahlillari komplekslari oʻtkazilishini taʼminlaydigan ixtisoslashgan sifat nazorati uchastkalari kiritilishi mumkin.
128. Uchastka quyidagi oʻlchamlarni taʼminlashi kerak:
a) ikki oksidli uglerod, azot va merkaptanlar mavjudligini oʻz ichiga olgan chiquvchi tabiiy gaz komponent tarkibi;
b) kulrang vodorod mavjudligida, uning gaz tarmogʻiga qayta tashlanishida ishlab chiqilgan gazning komponent tarkibi;
v) isteʼmolchiga tovar mahsulot sifatida chiqariladigan STG tarkibi, zichligi va boshqa kerak xususiyatlari.
129. Tahlillar oʻtkazilishi uslubiyotlari, uskunalar, kimyoviy reagentlar va boshqalar davlat standartlari yoki maxsus texnikaviy shartlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
130. Tahlil uchun olingan STGning saqlanishi maxsus joylarda yoki sifat nazorati uchastkalari hududlarida maxsus metall yashiklarda ruxsat etiladi. STG zaxirasi STG ishlab chiqarilishi va yuklanishi nazorat grafigi asosida aniqlanadi.
131. Laboratoriya tahlillari va oʻlchash oʻtkazilishi davriyligi STG kompleksidan foydalanishga texnologik reglamentda oʻrnatiladi.
§ 2. Uskunalar va quvuroʻtkazgichlarni gaz va puflashga tayyorlash talablari
132. Gaz ishlariga tayyorlash operatsiyalari oʻtkazilishi uchun STG kompleksi uskunalari va quvurlarining barcha boshi berk uchastkalari yakka tartibdagi puflash ventillari yoki klapanlariga ega boʻlishi kerak. Quvurning puflanadigan uchastkasiga perpendikulyar boʻlgan berk uchastkaning gorizontal joylashishiga quvur uchta diametr uzunligida va quvurning oʻnta diametrigacha boʻshliqda ularning oriyentatsiyasiga qaramasdan quvur oʻtkazgichlarning yon otvodlari berk hisoblanmaydi.
Koʻrsatilgan uchastkalarni reglamentga muvofiq tayyorlash holatlarida erishiladigan qiymatlarni solishtirish boʻyicha 20 % dan ortiq boʻlgan aralashmalar tarkibini kattalashtirishga olib kelmaydigan barcha tizimlarni tabiiy gaz bilan toʻldirishda havo saqlanib qoladigan boshi berk va turgʻun zonalar mavjudligiga yoʻl qoʻyiladi.
133. Atmosfera havosini STG uskunalari va quvurlaridan (kriogen rezervuarlardan tashqari) siqib chiqarish maqsadlarida gaz ishlariga tayyorlash ish boshlanishidan oldin “Magistral gaz oʻtkazmalar gaz taqsimlash shoxobchalaridan texnikaviy foydalanish boʻyicha nizomlar”ga muvofiq 0,1 MPa dan yuqori boʻlmagan bosim ostida tabiiy gazni puflash usulida oʻtkaziladi.
134. Puflanadigan gaz svechada atmosferaga tashlanadi. Puflash vaqtida PGK-03 yoki ANKAT7641-10 turidagi gazoanalizator yordamida kislorod tarkibini nazorat qilishi kerak.
135. STG saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi kriogen rezervuarlari birinchi ishga tushirish kompleks tayyorlanishida va taʼmirlash ishlari oʻtkazilishidan keyin STG barcha ichki yoʻllari va quvurlarida gaz ishlariga tayyorlanishi va sovutilishi oʻtkazilishi imkoniyati koʻmagida oldindan suyuq azot bilan toʻldirilishi tavsiya qilinadi.
136. Uskunalar kesik armaturalari va quvurlaridan tabiiy gazni siqib chiqarish uchun oʻtkaziladigan taʼmirdan oldin inert gazini qoʻllash tavsiya qilinadi.
137. Inert gazi uzatilishi echiluvchan uchastkalarning ikki tomoniga armaturalar oʻrnatilishi bilan quvurlar yoki egiluvchan shlangalar echiluvchi uchastkalari yordamida amalga oshirilishi kerak. Puflash ishlari yakunidan keyin berkitish armaturasiga tiqin oʻrnatiladi.
138. STG toʻldirilishiga STG kompleksi tayyorlanishida barcha texnologik uskunalar havo va boshqa aralashmalardan tozalanishi kerak. Sigʻim tizimi tozalanishi (rezervuarlar, quvurlar) quyidagi usullarda bajariladi:
a) yuvish (keyinchalik puflash va rezervuar, quvurlardan inert gazi otilishi);
b) puflash (rezervuar, quvurlar atmosferalarini svechalatish);
v) yuvish va puflashning har qanday kombinatsiyasi.
139. STG toʻldirilishiga kompleks tayyorlanishining u yoki bu usuli qoʻllanilishi aniq ishlab chiqarish sharoitlarida (yoki saqlash tizimlari), ularning konstruktiv oʻziga xosliklari va texnologik operatsiyalar oʻtkazilishi xavfsizligi texnikaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
140. STG kompleksini yuvish bilan (suyultirish) tayyorlash usuli ishchi bosimgacha tizimni yuvish gazi bilan koʻp karra toʻldirib aralashtirish uchun saqlash va tashlashdan iborat. Yuvish miqdori hisoblab tozalash sifati — yuvilgan gaz va uning zaxirasi tozaligi bilan aniqlanadi. Ushbu usulni qoʻllashda u yoki bu tizimning barcha boshi berk uchastkalari yakka tartibdagi puflash ventillari va klapanlariga ega boʻlishi kerak.
141. STG kompleksini puflashga tayyorlash usuli STG kompleksi kommunikatsiyasining har xil turlarini tozalash uchun yuvib solishtirish boʻyicha eng qulay (afzal) sanaladi. Puflash usuli bilan quvur oʻtkazgichlarni tayyorlashda oʻnta diametrgacha — (erga nisbatan) ularni gorizontal va puflanayotgan magistralga nisbatan perpendikulyar joylashishida ularning oriyentatsiyaga qaramasdan puflanayotgan magistralning yon qismlari berk zona hisoblanmaydi.
142. Inert gazi sifatida azot qoʻllanilishi kerak.
143. Azot manbalari sifatida quyidagilar qoʻllanilishi mumkin: ballon rampa, azot generatori yoki suyuq azot uchun gazifikator.
144. STG komplekslarini toʻldirishga tayyorlashda harorat oʻlchanishi yoʻli bilan toʻldirilgan rezervuarning quyidagi imkoniyat holatlari aniqlanadi:
a) issiq, rezervuarning ichki idishi atrof-muhit harorati yoki unga yaqin, teng boʻlgan haroratga ega boʻlganida hamda rezervuarda havo yoki azot boʻlsa;
b) sovuq, rezervuarning ichki idishi saqlagich klapanlar ishlab chiqargan bosimga teng yoki past haroratga ega boʻlsa;
v) issiq va sovuq oʻrtasida oraliq.
145. Puflash paytida gazoanalizator yordamida kislorod tarkibini nazorat qilish kerak. Puflash umumiy hajmi 3 % dan ortiq boʻlmagan chiqish gazidagi kislorod konsentratsiyasigacha olib boriladi.
§ 3. Ishlab chiqarishni inert gazi bilan taʼminlash
146. Uskunalar va quvurlar puflanishi uchun GOST 9293-74 (180 2435-73) “Gaz hosil qiluvchi” (Azot gazoobrazniy texnicheskiy)boʻyicha uchinchi navdan tashqari inert gazi (azot) qoʻllaniladi.
147. Inert gazining talab qilinadigan hajmi inert gazi qoʻllaniladigan apparatlar soni, sigʻimi, muntazamligidan kelib chiqib har bir aniq hollarda aniqlanadi.
148. Doimiy hajm sigʻimidagi siqilgan inert gazi zaxirasi bir ish soatidan kam boʻlmagan inert gazi ehtiyojida aniqlanadi.
§ 4. Rezervuar bugʻli boʻshligʻida bosim saqlanishi va rostlanishiga talablar
149. Saqlash tizimi rezervuarlarida bosim STGning ishlab turgan kompleksidan toʻldirish tartibidagi kabi kriogen rezervuarlar bugʻli yoʻllarida darak beradigan MGK GTSh yoki AGTKSh past bosimi magistrallaridagi bosimda aniqlanadi. Bunda, rezervuarlar bugʻli yoʻllarini STG kompleksida avariyali vaziyatlar paydo boʻlishi hollari kabi past bosimdagi magistrallardan oʻchirish uchun armatura koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
150. Saqlash tizimi rezervuarlari saqlash, rostlash va rezervuarlarning texnikaviy shartlarida oʻrnatilgan chegaralarda bosim oshishidan himoya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Bunday vositalarning unumdorligini hisoblashda, toʻkilgan STG yonishini va rezervuar issiqlik izolatsiyasining buzilishida saqlagichlarga tashqi issiqlik ekstremal taʼsiri hisobga olinishi kerak.
151. Berilgan texnologik reglamentga ortiqcha bosim nisbiy nominal oshishida kattalik avtomatik ravishda gaz tashlanishi (drenaj) klapanlari tizimlari orqali bugʻ fazalari ortishida amalga oshiriladi.
152. Guruhda ikki yoki undan ortiq rezervuarlar mavjudligida rezervuarlarda oʻrnatilgan barcha saqlagich klapanlarining konstruksiyalari, qoʻshni rezervuarda STG yonayotgan issiqlik nurlanishi sharoitlarida ularning toʻliq ish qobiliyatlari saqlanishini taʼminlashi kerak.
§ 5. Saqlashga boʻlgan talablar
153. STGni rezervuarlarda saqlash davriy va uzluksiz gaz tashlanishi bilan amalga oshirilishi mumkin. U va bu hollarda ham saqlash jarayonida ortiqcha bosim rezervuardan foydalanish yoʻriqnomasida oʻrnatilgan minimal bosimdan (odatda, 0,05 MRa) pastga tushmasligi kerak.
154. Rezervuarlar toʻldirilishi darajasi va ish bosimi STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi uskunalari pasportida koʻrsatilgan chegaralardan oshmasligi kerak.
155. Ish bosimigacha rezervuar puflanishi STG bugʻlatgichida bugʻlanib, uni rezervuarning erkin hajmiga uzatib amalga oshiriladi.
156. Rezervuarlar suyuqlik bilan toʻldirilgandan keyin (yoki toʻldirilguncha) STG saqlanishi va isteʼmolchiga yetkazib berishdan oldin suyuqliklar tahlili oʻtkazilishi kerak.
157. Kriogen rezervuarlarda ulardan foydalanish jarayonida toʻplab olinadigan aralashmalar alohida guruhlari evakuatsiyasi uchun (uglerod dioksidi, oliy uglevodlar) undan STGni olib tashlash bilan bogʻliq boʻlgan qisman qizdirish operatsiyasi va aralashmalar chiqarilishi paytigacha idishni issiq tabiiy gaz bilan puflash qoʻllaniladi. Saqlash tizimi rezervuarlari qisman qizdirilishi davriyligi isteʼmolchiga yetkazib beriladigan STG dagi aralashmalar tarkibi boʻyicha tartiblanadi.
158. Kriogen rezervuar avariyalarida uning tezda boʻshatilishi imkoniyati bilan bogʻliq operatsiyalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Boʻshatish usuli STG kompleksi loyihalanishi bosqichida ishlab chiqilishi kerak.
§ 6. STG quyilishi maydoniga boʻlgan talablar
159. Mahsulotni isteʼmolchiga chiqarish faqat STG quyish maxsus maydonlarida amalga oshiriladi.
160. Quyish maydoni ushbu Qoidalarning 4-bobiga muvofiq joylashtirilgan boʻlishi kerak.
161. Quyish maydonlari qoplamasi quyilgan STG ostida buzilmaydigan, zarba va ishqalanishlarda uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
162. Quyish kolonkalari oʻrtasidagi masofa shunday boʻlishi kerakki, bunda toʻldirishdan keyin kolonkalarga mashinalar kirishi va oʻtishi toʻsiqsizligini taʼminlashi kerak.
163. Maydondagi quyish uskunalari soni suyultirish oʻrnatmasi ishlab chiqarilishi, transport rezervuarlari hajmi, isteʼmolchilar soni, mavsum boʻyicha STG teng boʻlmagan ehtiyoji hisobida yetkazib berish jadvali va boshqalardan kelib chiqib hisoblangan yoʻl orqali tanlanadi.
164. MGK GTShda STG kompleksi quyilish maydoniga quyidagi uchta kriogen quvurlar keltiriladi:
a) saqlash tizimidan chiqadigan suyuq STG uzatilishi quvurlari;
b) statsionar rezervuardan toʻldirishda transport rezervuaridan gaz tashlash tizimiga STG ortiqcha bugʻlarini tashlash quvuri;
v) STG qizdirilishida toʻldirish quvurlaridan chiqadigan STG bugʻlari ortishi quvurlari.
165. AGTKShda STG kompleksi quyish maydoniga quyidagi ikkita kriogen quvurlar keltirilishi kerak:
a) saqlash tizimidan suyuq STG uzatilishi quvurlari;
b) transport rezervuarlari va ulash quvuridan gaz tashlash tizimiga STG ortiqcha bugʻlarini tashlash quvuroʻtkazgichi.
166. Tortish dvigateli ishlayotganda transport sisternalariga STG toʻldirishini amalga oshirish man qilinadi.
167. STGni faqat toʻgʻrilangan, quyish uchun maxsus moʻljallangan rezervuarlarga quyishga ruxsat etiladi.
168. STGni isteʼmolchiga chiqarishdan oldin STG quyilishi amalga oshiriladigan quvurlarning barcha uchastkalari azot bilan puflangan boʻlishi kerak. Puflash ushbu qoidalarning 135-banddagi shartlarga rioya qilgan ravishda ish gazida amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
169. Isteʼmolchining rezervuar bilan statsionar bogʻlangan hollarda, isteʼmol liniyasi puflanishi, toʻlatishga saqlagichni tayyorlash bilan bir vaqtda bajariladi.
170. Mahsulotni quyish maydoni tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) transport rezervuaridan bugʻ fazalarini qoʻyish va chiqarish uchun egiluvchan shlangalar;
b) STG uzatilishi qayta yopilish klapani.
171. Saqlash tizimi rezervuarlaridan transport rezervuarlariga STGning kirib kelishida oʻzi oqishi (muvofiq sharoitlar yaratilganda) yoki kriogen omborda puflash yo nasos orqali ortiqcha bosim hisobida amalga oshirilishi mumkin.
172. Ishlamayotgan holatda toʻldirish qurilmalarning barcha ajratiladigan birlashuvlari chang yoki namlik kirishining oldini oluvchi tiqinlar bilan berkitilgan boʻlishi va toʻldirish qurilmalarida muz paydo boʻlishining oldini olish uchun choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
173. Quyish maydoniga keltirilgan suyuq va bugʻ fazalari quvurlarida kolonkalardan kamida 10 m masofada oʻchirish qurilmalarini nazarda tutish lozim.
174. Barcha sovuq texnologik kommunikatsiyalar (bugʻlar chiqishi liniyalaridan tashqari), shuningdek ventillar korpusi transport sisternalari toʻldirilishida quvurlarda STGning minimum yoʻqotilishigacha qisqartirish maqsadlarida ishonchli issiqlikda izolatsiyalangan boʻlishi kerak.
Muqarrar quvurlarga transport rezervuarlari ulanishi egiluvchan boʻlishi, sisternalarni oʻz osmasiga tabiiy vertikal joylashishi, shuningdek chok uzel va uning germetikligining qulay ulanish imkoniyati bilan taʼminlashi kerak.
§ 7. Gaz tashlanishi, chiqindilarning yoʻq qilinishi, quvurlar va armaturalarga talablar
175. STG komplekslarida yonuvchan gazning tashkiliy chiqarib yuborilishi uchun quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
a) saqlagich klapanlar ishlab ketishida avariya tashlamalari qurilmasi;
b) qoʻlda kimyoviy ishlov berishda, shuningdek avtomatik avariya holatlarida bloklarning gaz va bugʻdan boʻshatilishida yoki qulflash armaturasi bilan masofadan boshqarish qoʻllanilganda yoki boshqalar;
v) gaz tashlamalari texnologik reglamentida koʻzda tutilgan doimiyliklarda;
g) gaz bugʻlari, ishga tushirish, sozlash va texnologik obyektlar oʻrnatmasining davriy kimyoviy ishlov berilishida.
176. Yonuvchan gaz tashlamalari gaz tashlamalari tizimiga quyidagicha yoʻnaltirilishi kerak:
a) umumiy, STG kompleksi bilan texnologik bogʻliq korxonalar bilan (otqinlar birligi shartlarida);
b) alohida, STG kompleksiga tegishli.
177. Korxona gaz tashlamalari umumiy tizimiga yoʻnaltirilgan STG kompleksi texnologik tizimi chiqishidagi otiluvchan gaz va bugʻlar harorati +200 °S dan yuqori boʻlmasligi va —100 °S dan past boʻlmasligi kerak.
178. Gaz chiqarib yuborish umumiy tizimidagi yonuvchan gazning yoʻl qoʻyilgan otilishi “Mashʼal tizimi qurilmalari xavfsizligi va ulardan foydalanish qoidalari”da oʻrnatilgan saqlagich klapanlardan gaz otqini tizimiga talablarni hisobga olgan holda uning oʻtish qobiliyati hisobi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
STG kompleksi texnologik tizimidan umumiy tizimga gaz chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday holat ishchi saqlagich klapanlar uchun bosim oshishiga olib kelishi mumkin.
179. Gaz chiqarib yuborish tizimida portlash xavfiga ega aralashmalar paydo boʻlishini ogohlantirish uchun puflash gazi qoʻllanilishi kerak. Puflanadigan va chiqarib yuboriladigan gazlar, shuningdek tarkib gazlarida kislorod hajmi ulushi kislorod tarkibi minimal portlash xavfi 50 % dan oshmasligi kerak.
180. STG kompleksi gaz chiqarib yuborish tizimi tarkibida tashlamalar uchun alohida tizimlar loyihalangan boʻlishi kerak:
a) “issiq” bugʻ va gazlar (+200°S dan —100°S haroratgacha);
b) “sovuq” bugʻ va gazlar (—100°S dan —166°S haroratgacha).
181. “issiq” gazlar chiqarib yuborish tizimi “Mashʼal tizimi qurilmalari xavfsizligi va ulardan foydalanish qoidalari”ga muvofiq amalga oshirilgan boʻlishi kerak.
182. “Issiq” gazlar tashlamalari (metan, tabiiy gaz bugʻlari) svechalar orqali atmosferaga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyiladi. “Sovuq” gazlar tashlamalari havoga munosabat boʻyicha 0,8 dan ortiq boʻlmagan chiqarib yuboriladigan gaz zichligi taʼminlanishi maqsadlarida qizdirgichlarda amalga oshirilishi kerak. Tarkibning mumkin boʻlgan oʻzgarishlari va havoga munosabat boʻyicha 0,8 dan ortiq boʻlmagan chiqarib yuboriladigan gaz zichligi kattalashishi holatlarida yoqib tugatilmasdan yoʻl qoʻyilmaydi.
183. Svechada ichki alangalanish shartlari paydo boʻlishi ogohlantirilishi uchun unda oʻtdan toʻsuvchilar va qaytarish klapanlari qoʻllanilishi kerak.
184. “Issiq” gazlar uchun svechalar qurilmalari va chiqarib tashlash sharoitlari texnologik uskunalar, bino va kompleks inshootlari joylashishi zonalarida portlash xavfi paydo boʻlishidan tashqari chiqarib tashlanadigan gaz bugʻlarining samarali tarqalishini taʼminlashi kerak. Svechalar balandligi hisoblab aniqlanadi, lekin KMK 2.04.08-96 boʻyicha talab qilinganlardan kam boʻlmasligi kerak.
185. Atmosferaga STG bugʻlari chiqarib yuborilishi (drenaj) shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda STG kompleksi shaxsiga shikast yetkazuvchi omillar taʼsiri va gaz alangalanishi va keyinchalik yonishi ehtimolidan holi boʻlishi, shuningdek ish zonalari va kompleks chegaralarida YQChK oshishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak. STG kompleksining binolar va inshootlari svechalari va texnologik uskunalari oʻrtasidagi masofa svechalar kesimida yonuvchan gaz sanksiyalanmagan alangalanishi hollarida insonlar, bino va inshootlarga yomon omillar taʼsiri yoʻl qoʻyilgan shartlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Hisoblash uslubi 4-ilovada* keltirilgan.
186. “Sovuq” gazlar gaz chiqarib yuborilishi tizimida suyultirish, nasosli STG va boshqalar tizimidan tashlamalarni, shuningdek STG rezervuarlari gaz chiqarib yuborish klapanlaridan tashlamalar yoʻnaltirilishi kerak.
187. STG kompleksi “sovuq” gazlar gaz chiqarib yuborilishi tizimi quyidagilardan tashkil topgan chiqariladigan gaz suyultirilishi uchun oʻz oʻrnatmalariga ega boʻlishi kerak:
a) ogolovka va labirint zichlagich bilan jihozlangan svecha naylari;
b) oʻt oldirish tizimlari;
v) nazorat va avtomatika vositalari;
g) bogʻlama quvurlar.
Chiqarib yuboriladigan gazlar alangalanishi va svecha nayining barqaror yonishi taʼminlanishi uchun “issiq” gaz quvurlarini eltuvchi elektr taʼminoti ishonchliligi toifasidagi masofadan oʻt oldirgich uskunalari va oʻt oldirgichli navbatchi yondirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
188. “Sovuq” gazlar gaz chiqarib yuborilishi tizimi quyidagi talablarga muvofiq loyihalanishi kerak:
a) STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimlari rezervuarlarida oʻrnatilgan gaz chiqarish tizimlaridan STG bugʻlari chiqarilishi maxsus kollektordagi har bir rezervuar va suyultirish bugʻlari uchun mustaqil oʻrnatmadan alohida quvurlari boʻyicha yoʻnalishi kerak;
b) saqlagich klapanlar va texnologik bloklarning boshqa avariya qurilmalari orqali tashlamalar rezervuarlarning gaz klapanlaridan tashlamalar tizimlari bilan bogʻliq boʻlmagan mustaqil tizimlarga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
189. Kriogen rezervuarlar gaz chiqarib yuborish klapanlaridan STG bugʻlari yigʻimi maxsus kollektori yongʻinda issiqlik taʼsiridan boshqa ularda ortiqcha bosim paydo qiladigan omillarning barcha mumkin boʻlgan hisoblarida STG saqlanishi tizimlari barcha rezervuarlarida paydo boʻladigan bugʻlar maksimal miqdorida hisoblangan boʻlishi kerak.
Ushbu tizimda bosim yoʻqotilishi (rezervuardan svecha nayi tepasigacha) atmosferaga toʻgʻridan toʻgʻri chiqarib yuborish saqlagich klapanlari ishlashni boshlaganda maksimal tashlamada STG rezervuaridagi yoʻl qoʻyilgan maksimal bosim qiymatidan (texnologik reglamentlarda berilgan) yuqori boʻlmasligi kerak.
190. STG qurilmasi texnologik bloklaridan svechalar oʻtkazish qobiliyati hisoblari quyidagi sharoitlardan kelib chiqib oʻtkazilishi kerak:
a) alohida texnologik bloklardan umumiy kollektorgacha boʻlgan quvurlar uchun — berilgan blokning bitta apparatidan chiqqan maksimal avariya chiqarib yuborishi boʻyicha;
b) kollektor uchun — ushbu tashlama boshqalari bilan solishtirilganda maksimal hisoblangan joyda oʻsha texnologik blok avariya chiqarib yuborishi boʻyicha, 1,2 koeffitsiyenti bilan.
Ushbu tizimda bosim yoʻqotilishi maksimal chiqarib yuborishda 0,1 MPa dan (svecha naylari tepasigacha) oshmasligi kerak.
191. “Sovuq” gaz gaz chiqarib yuborilishi tizimlari quvurlari yerda, tayanchlarda, separatorlar tomonidan qiyalik bilan qoidaga koʻra, kamida 0,003 dan kam boʻlmagan holda loyihalanishi kerak.
192. “Sovuq” gaz gaz chiqarib yuborilishi tizimlari past haroratli sharoitlarda (—166°S gacha, 3-ilova*) ishlay oladigan konstruksion materiallardan tayyorlangan holda amalga oshirilishi kerak.
* 3-Ilova PDF-faylda berilgan.
Quvurlar payvandlab ulanishi kerak. Har bir ulangan chok OST 26-2044-83 talablariga muvofiq samarador sifat nazorati bilan taʼminlanishi, nazoratni buzmaydigan usulda tekshirilgan boʻlishi kerak.
193. Svecha naylari texnologik bloklarga kollektorlar masofasini kamaytirish uchun maksimal lekin, kerak xavfsiz masofaga yaqin boʻlmagan holda yaqinlashtirilishi kerak. Svecha naylari balandligi issiqlik oqimi zichligi boʻyicha hisoblanishi kerak. Hisoblash usuli 4-ilovada keltirilgan.
194. Texnologik uskunalar va quvurlar qizdirilishi va tozalanishidan keyin olingan chiqindilar maxsus transport rezervuariga quyilishi va koʻmish uchun olib ketilishi kerak.
195. STG ishlab chiqarilishi chiqindilarini sanoat kanalizatsiyalariga toʻkish man qilinadi.
196. Quvurlar armaturalariga talablar “Magistral gaz quvurlardan foydalanish qoidalari” va ushbu qoidalar talablariga muvofiq aniqlanadi.
197. Kompleks hududi boʻyicha gaz oʻtkazmalar qistirmasi yer sathidan 0,5 m balandlikdan kam boʻlmagan yonmaydigan materialdan tayyorlangan tayanchlarda yer ustidan koʻrib chiqilishi kerak. 0,5 m dan yuqori yoki past masofadagi komplekslar binolari tashqi devorlari boʻylab (metall qoplamalar va polimer isitgichlar bilan panellardan tayyorlangan devorlardan tashqari) yoki 0,5 m dan yuqori boʻlgan eshik oʻmizlarida gaz oʻtkazmalar qistirmalariga yoʻl qoʻyiladi. Bunday holatlarda, qulf armaturasi, oʻmizlar usti va ostida flanets va rezbali ulanmalarga yoʻl qoʻyilmaydi.
198. Qizdirishda bosim oshishidan quvurlarni himoyalash uchun qulfli qurilmalar bilan chegaralangan suyuq fazalar yer usti gaz oʻtkazmalari uchastkalarida saqlagich klapanlar, gaz chiqarib yuborilishi tizimi orqali kirib chiqilishi kerak boʻlgan gaz chiqarib yuborilishi saqlagich klapani oʻrnatmasi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
199. Nasos va kompressorlarning soʻruvchi quvurlarida qulfli qurilmalar, bosim quvurlarida esa qulf qurilmalari va qaytish klapanlari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Nasoslar oldidan puflash quvurlari bilan filtrlar, quvurlar nasoslarida filtrlardan puflash quvurlari bilan birlashishga yoʻl qoʻyadigan puflash quvurlari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Nasoslarning bosim kollektorida nasos soʻruvchi liniyalari bilan birlashgan qayta ishga tushiruvchi qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Qulfli armatura oʻrnatmasi qayta ishga tushirish qurilmasida boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
200. Nasoslar, nasoslardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarda koʻzda tutilgan barcha hollarda elektrodvigatellarda oʻchiriladigan avtomatikalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak, shuningdek quyidagilarda:
a) dumalatilgan rezervuar xavfli qiymatigacha dam berib toʻldirilgan liniyalarda bosim oshishi;
b) toʻldiriladigan rezervuarda maksimal darajaga yetish.
201. Armatura but, toʻgʻrilangan holatda, texnologik sxemalarga muvofiq raqamlangan, gaz oqimi yoʻnalishi koʻrsatkichi va qulf holati koʻrsatkichiga ega boʻlishi kerak. Qoʻl (mexanik) yuritmaga ega armaturada stryelkalar bilan ochilish va yopilish yoʻnalishi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Armaturada uning boshqarilishi boʻyicha yozuvlar va belgilanishlar boʻlishi kerak.
202. Chiziqli qismlar (chiziqli kranlar) va koʻp ipli oʻtishlardagi kranlar gaz oʻtkazmalar ish tartibi oʻzgarishi mumkinliklarini hisobga olib qurilgan kranlarning avariya yopilishi avtomatlariga ega boʻlishi kerak.
203. Qulfli kranlar moylanishi va zichlik tiklanishi uchun ishlab chiqaruvchi zavod-korxona va ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan tavsiya qilingan konsistent moylar va maxsus pastalar qoʻllanilishi kerak.
204. Transport gazi parametrlariga muvofiq kelmaydigan ish bosimi yoki haroratli qulfli armaturalar oʻrnatmasi man qilinadi.
205. Foydalanish jarayonida pnevmogidravlik boshqaruv tizimlariga suv kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
206. Gaz oʻtkazmalar kranlari uchun asosan masofadan va joydan pnevmogidravlik boshqaruv qoʻllaniladi. Qoʻlda boshqarish, pnevmogidravlik yuritma yoʻqligida yoki uning ishlamasdan qolishidagina yoʻl qoʻyiladi.
207. Chiziqli qismlarda kranlar qulfining meʼyordagi holati — ochiq, svechali va aylanma chiziqlarida — yopiq. Gaz oʻtkazmalarning koʻp ipli tizimlari iplari oʻrtasidagi toʻsiqlarda qulflarning holati gaz oʻtkazmalar ish tartibida aniqlanadi.
208. Qulfli kranlar (svechali va aylanmadan tashqari) kranlargacha va ulardan keyin gaz bosimi oldindan tenglashtirilgandan soʻng ochilishi kerak.
Svecha va aylanmalardagi qulfli kranlar toʻliq toʻxtamasdan ochilishi kerak.
209. Har bir bobda amaldagi meʼyorlarga muvofiq qulfli armaturasining avariya boʻlishi kerak. Avariya armaturasi konservatsiyalangan holatda omborlarda saqlanishi kerak.
210. Ishlab chiqarish chiqindilari sifatida quyidagilar koʻriladi:
1) ishlab chiqarilgan kompressor moyi (AGTKShda);
2) issiqlik almashinuvchi apparatlar qizdirilishida ulardan chiqqan haydalmaydigan choʻkindilar. Oxirgilari oʻzida ogʻir uglevodorodlar va metilmerkaptanlar asosidagi koʻp komponentli murakkab suyuqlikni taqdim qiladi. Ularning yigʻilishi va utilizatsiya qilinishi tartibi ish yoʻriqnomasining maxsus boblarida tartiblangan boʻlishi kerak. Ularning oʻrtasida quyidagi STGni tashkil qiluvchilarni ajratish mumkin (qavs ichida moddaning xavflilik sinfi koʻrsatilgan):
a) metilsiklogeksan va siklogeksan (4);
b) siklopentadiyen (3);
v) metilmerkaptan (2).
STG politsiklli hidli uglevodorodlar — naftalin, atsenaftalin, atsenaften, benz(a)piren va boshqalar kabi uglevodorodlar sinfining eng toksin vakillaridan tashkil topmagan.
§ 8. Nazorat-oʻlchov asboblari. Boshqaruv va tahlil qilish xonalariga, aloqa va xabar berish liniyalariga talablar
Nazorat-oʻlchov asboblari
211. STG komplekslari nazorat, avtomatik rostlash, avtomatlashtirilgan boshqaruv, avariyaga qarshi himoya, avariya holatlari toʻgʻrisida aloqa va xabar berish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ushbu tizimlar komplekslarda texnologik operatsiyalarning xavfsiz boshqarilishi va xizmatdagi shaxsni meʼyorlardan ogʻish yoki asosiy texnologik parametrlarning xavfli (yoʻl qoʻyilgan chegaraviy) qiymatlari, avariya holatlari paydo boʻlishi (yongʻin, gaz yigʻilishi va boshqalar) toʻgʻrisidagi ogohlantirishlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
212. Boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimlari va komplekslarning avariyaga qarshi himoya tizimlari mikroprotsessorli texnika qoʻllanilgan holda zamonaviy element bazasida shakllantirilishi kerak.
Avariyaga qarshi himoya tizimlarini ishlab chiqish “Portlash-yonish xavfidagi kimyoviy, neft-kimyoviy va neftni qayta ishlash mahsulotlari uchun portlash xavfsizligi umumiy qoidalari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
213. Kompleksning boshqaruv pultida quyidagilarni oʻlchash asboblari oʻrnatilgan boʻlishi kerak:
a) rezervuardagi STG darajasi va bosimi;
b) STG komplekslarini MGQ GTSh yoki AGTKSh bilan bogʻlaydigan quvurlarda gaz harorati, bosimi va sarflanishi;
v) gaz suyultirish oʻrnatmasida gaz harorati, bosimi va sarflanishi;
g) gazni tayyorlash, quritish va tozalash blokida gaz harorati va bosimi (regeneratsiya gazi qizdirgichi bilan birgalikda);
d) suyultirish oʻrnatmasiga uzatiladigan gazdagi namlik va ikki oksidli uglerod tarkibi;
e) quyish kolonkasiga uzatiladigan STG komponent tarkibi.
214. STG kompleksi avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimi quyidagi hollarda avariya toʻxtatilishi bilan taʼminlashi kerak:
a) kompleksdan yongʻin paydo boʻlishi;
b) avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimida pnevmoyuritmali kesuvchan armatura qoʻllanilganda ishchi gaz bosimining tushishi;
v) har qanday kriogen rezervuarda STGning chegaraviy darajasiga yetish;
g) kompleks elektr taʼminoti oʻchirilishi;
d) kriogen rezervuarlar ish zonalarida STG kompleksi joylari (himoya toʻsiqlari chegarasida) yoki quyish maydonida gaz yigʻilganida datchiklarning ishlab ketishi;
e) agar STG kompleksi operatori avariya holati yoki boshqa oldindan koʻrilmagan holatlar oʻrinsiz avj olishining oldini olish maqsadlarida signal bergan boʻlsa.
215. STG kompleksidan xavfsiz foydalanishni taʼminlash maqsadlarida oʻchirilganda quyidagi texnologik blokirovkalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
a) —10°S dan past boʻlgan past bosimli gaz magistraliga qaytadigan harorat tushishi holatlarida STG kompleksi;
b) texnologik reglamentlarda koʻzda tutilgan chegaralardan past boʻlgan gazifikatordan keyin gaz harorati tushishi holatlarida STG kompleksi;
v) chiqish magistralida berilgandan 10 % ortiq boʻlgan bosimning barqaror ogʻishi (1 minutdan ortiq) holatlarida STG kompleksi.
216. STG kompleksi kriogen rezervuarlari uchun rezervuar bugʻ yoʻlida berilgan ortiqcha bosimni avtomatik ushlab turish qurilmasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
a) puflash atmosfera bugʻlatgichlari ishida avtomatik ulash past chegaralari boʻyicha;
b) past bosim magistralida atmosfera mahsulot bugʻlatgichlari orqali STGning avtomatik chiqarib yuborilishi yuqori chegaralari boʻyicha (MGQ GTShda STG komplekslariga qabul qilingan).
Kriogen rezervuarlardan foydalanishda 0,1 MPa dan ortiq boʻlmagan hisobli ortiqcha bosim, rezervuarda bosim tushishidan himoyalash talab qilinmaydi. Bunda, bosim oshishi saqlagich klapanlar ishlab ketishigacha sodir boʻlishi mumkin.
Saqlash tizimi rezervuarlari uchun STG kompleksi texnologik reglamentida saqlagich klapanlarning ishlab ketishi minimal chastotasini taʼminlaydigan choralar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
217. Xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun nasoslar va turbo-detander- kompressor agregati (TDKA) signalizatsiya va blokirovkalar tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
218. Yuqori bosimdagi tabiiy gaz chiqishi va gaz oqimi komponent tarkibida namlik va ikki oksidli uglerod tarkibi nazorati uchun STG kompleksida ishlatiladigan asboblar koʻp maqsadli belgilanishdagi, yaʼni kompleksning turli nuqtalariga davriy ulanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Gaz komponent tarkibi nazorati uchun qoʻllaniladigan barqaror oʻrnatilgan xromatografda uning koʻp funksiyali, shuningdek yuklanadigan STG komponent tarkibi oldindan gazlashtirilishi va chiqish gazida ikki oksidli uglerod tarkibi nazorati uchun ishlatilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
219. Tahlildan keyingi gaz gaz chiqarib yuborish tizimiga yuboriladi (bir necha normal l/min dan ortiq boʻlmagan sarflanish).
220. A toifasi joylarida xonalar havosidagi gaz xavfli konsentratsiyasi signalizatorlari oʻrnatmasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
221. Komplekslar pult boshqarmasiga signal kiritilgan qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanadi (STG komplekslari uchun MGQ GTSh va AGTKSh operatori pultiga).
222. Portlash xavfi joylari va tashqi oʻrnatmalarda oʻrnatilgan elektr asboblar va avtomat vositalari “Elektr oʻrnatma qurilmalari qoidalari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
223. Umumiy sanoat bajarilishi elektr asboblari va avtomat vositalari portlash xavfidan izolatsiyalangan joylarga oʻrnatilishi kerak.
224. Texnologik jarayonlar, avtomat va masofadan boshqarish, avariyaga qarshi himoya tizimlari, shuningdek avariya holatlari toʻgʻrisidagi aloqa va xabar berish signalizatsiyalari ushbu qoidalar, amaldagi meʼyoriy-texnikaviy hujjatlar, loyihalar, reglamentlar talablariga muvofiq boʻlishi va texnologik parametrlar, texnologik jarayonlar aniqligi va xavfsizligi bilan taʼminlashi kerak.
225. STGni saqlash, yetkazib berish va gazlashtirish tizimi rezervuarlarda daraja va bosim nazorati masofa oʻzgartirgichlaridan tashkil topishi kerak. I va II toifali bloklarga portlash xavfi boʻyicha tegishli rezervuarlar ikkita oʻzgartirgich darajasidan kamida ikkita chegaraviy daraja signalizatorlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
226. Nazorat va boshqaruv tizimlarida energiya oʻchirilishi holatlarida avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlari STG ning oʻrnatmaga qabuli, STGning isteʼmolchiga uzatilishi toʻxtatish va rezervuarlardagi STG saqlanishining xavfsizlik sharoitlari bilan taʼminlanishi kerak.
227. Metall konstruksiyalarning barcha elektr moslamalari va toʻsiqlari “Elektr oʻrnatmalardan foydalanish qoidalari” talablariga muvofiq yerga ulanadi.
Boshqaruv va tahlil qilish xonalariga boʻlgan talablar
228. Boshqaruv va tahlil xonalariga talablar “Elektr oʻrnatmalardan foydalanish qoidalari” va ushbu qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Zaharli moddalar YQChK nazorat sezuvchanligi usullari va asboblari GOST 12.1.007-76 ga muvofiq aniqlanadi.
229. Boshqaruv va tahlil xonalari qoidaga koʻra, alohida turgan holda oʻrnatiladi.
Ularni portlash xavfi zonalari yoniga qurishga yoʻl qoʻyiladi. Boshqaruv joyining STGli joylarga yondashishi holatlarida berilgan yondashish faqat bitta devorda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, quyidagilar man qilinadi:
a) portlash xavfiga ega, kimyoviy faol va zaharli muhitlar, tortish ventilatsiyalari boʻlgan kamerali joylarning usti yoki ostida joylashish;
b) texnologik jarayonlar boshqaruvi tizimi bilan aloqada boʻlmagan boshqa uskuna va qurilmalarni qoʻllash;
v) boshqaruv joyidan quvurlar, kabellar va boshqalar tranzit qistirmasi.
230. Joyning ozod hajmidan 5% oshadigan hajmda portlash xavfiga ega aralashmalar yaralishi uchun yetarli boʻlmagan miqdorda yonuvchan gaz tarkibida (yonuvchan gaz bilan ishlash ochiq olov qoʻllanilmasdan amalga oshiriladi) gazoanalizator xavfli zonalari sinfi “Elektr uskunalaridan foydalanish qoidalari” boʻyicha — V-16.
231. Analizator joylari quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) 1 m3 joy hajmida 0,05 m2 dan kam boʻlmagan oyna solish maydoniga ega boʻlishi;
b) doimiy taʼsirdagi ventilatsiya tizimdan havoning kafolatli tirgagi;
v) bitta gazoanalizatorning gaz eltuvchi quvurlari toʻliq uzilishida tahlil qilinadigan mahsulotlarining bir soat davomida portlash xavfi konsentratsiyasidan holi boʻlishi.
232. Agar yonuvchan gaz va LVJ bilan ishlash tortuvchi shkaflar yoki tortuvchi soyabonlar ostida amalga oshirilsa, gazoanalizatorli joylar portlash xavfiga ega zonalar hisoblanmaydi.
233. Analizatorli xonalarga analizatorlarda ishlash uchun talab qilinadigan bosimdan ortiq boʻlgan namuna tanlash quvurlari kiritilishiga taqiqlanadi.
Namuna tanlash qurilmalarida xarj va bosim chegaralagichlari analizator joyi tashqarisiga joylashtirilishi kerak.
234. Analizator xonalariga gaz, etalon va solishtirma gazli ballonlar oʻrnatilishi taqiqlanadi. Ular analizator xonalariga bevosita yaqin binolar tashqarisiga oʻrnatilishi kerak.
235. Tahlil qilinadigan moddalar tahlildan keyin texnologik sxemaga qaytarilishi va utilizatsiya qilinishi kerak.
236. Analizatorlar gaz liniyalari boʻylab himoyaga ega boʻlishi kerak.
237. Xonalar elektr qabul qilishi ozigʻi neytral bilan 380/220 V kuchlanishda tarmoqdan yerga ulash koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Asosli hollarda tarmoqdan neytral bilan tarmoqdan 380/220 V kuchlanishda yerga ulashga yoʻl qoʻyiladi.
238. Boshqaruv joylari quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) boshqaruv joylaridagi oynalar ochiq boʻlmasligi kerak;
b) boshqaruv toʻsiqlari ortidagi svechalar yakka tartibdagi uzgichlar va shtepsel rozetkalarga ega boʻlishi kerak;
v) havo isitgichiga ega boʻlishi kerak;
g) asosli hollarda boshqaruv joylarida elektron moslamalarga ega boʻlmagan suvli isitgich qurilmalariga yoʻl qoʻyiladi;
d) doimiy taʼsirdagi ventilatsiya agregatlardan kafolatli havo tirgagiga ega boʻlish;
e) STGli joyga bitta devor bilan yondashish, bunda kabel kanallari uchi va pol darajasi V-1a sinfidagi portlash xavfi joylari poli darajasidan yuqori boʻlishi kerak.
239. Xonalarning elektr tarmoqlari tashqi yoritish, yongʻinga qarshi qurilmalar, dispetcher tizimi, yorugʻlik koʻrsatkichlari, tovush va boshqa signalizatsiyalar oziqlanishi bilan taʼminlashi kerak.
240. Xonalar kirishlari ventilatsiya oʻrnatmalar va ventilatsiya-taqsimlagich oʻrnatmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Joylarga kirishdan oldin tashqi oziqlanuvchi tizimlar va joylarning ichki tarmoqlari xizmat qilishi sferalari ajratilishi uchun qoʻshimcha kabel yashiklari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aloqa va xabar berish tizimlariga talablar
241. Barcha portlash xavfiga ega joylar va tashqi oʻrnatmalar, shuningdek boshqaruv joylari yorugʻlik va tovushli signalizatsiya hamda ikki tomonli baland tovushda gapiruvchi va telefon aloqasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
242. Alohida xavfli obyektlar uchun GO shtabi, VGSS, VPCh xizmatlari bilan ikki tomonli aloqa koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
243. Xavfli zonalar chegaralarida avariya holatlarida texnologik ishlab chiqarish, omborlar, pultli joylar, ishlab chiqarish, maʼmuriy-xoʻjalik yoki kishilarning vaqtinchalik kelish joylari texnologik obyektda avariya hollari toʻgʻrisidagi jadal xabar berish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
244. STGni ishlab chiqarish, saqlash va tarqatish boʻyicha barcha korxonalar pult boshqaruvidagi muhofazalash tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
VI bOb. KOMPLEKSLARNING ENERGIYA TAʼMINOTI
§ 9. Elektr taʼminoti va elektr yoritilishiga talablar
245. Elektr oʻrnatmalarning qurilmalari, montaji, xizmat qilishi va taʼmirlanishi “Elektr oʻrnatmalar qurilmalari qoidalari”, “Isteʼmolchining elektr oʻrnatmalardan foydalanish qoidalari”, “Isteʼmolchining elektr oʻrnatmalardan foydalanish texnika xavfsizligi qoidalari” va ushbu qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
246. Oʻz bloki tarkibida I toifali portlash xavfiga ega boʻlgan STG komplekslari elektr qabul qilgichlari ishonchlilik I toifasi boʻyicha elektr energiya bilan taʼminlanishi kerak.
247. Oʻz bloki tarkibida II va III toifali portlash xavfiga ega boʻlgan STG komplekslari faqat I va II toifalar elektr qabul qilgichlarning foydalanish konkret shartlariga bogʻliq holda taʼminlanishi kerak. PAZ pnevmoyuritmali kesik armaturalar va ushbu qoidalarga muvofiq STG kompleksi tarkibidan nasos-suv va koʻpikda oʻchirgichni holi qilinganida II toifali puxtalik boʻyicha elektr taʼminotiga yoʻl qoʻyiladi.
248. Taqsimlash punktlari, qurilmalar, transformator shoxobchalar joylari turgʻun binolardan alohida joylashtiriladi.
Texnik-iqtisodiy asoslarda elektr joy bitta devorining II va III toifali portlash-yonish xavfiga ega texnologik bloklar boʻlgan portlash-yonish joylari bilan tutashuviga yoʻl qoʻyiladi.
I toifali portlash-yonish texnologik bloklariga ega boʻlgan joylarning korpuslarida joylashgan elektr joylar kishilar har doim ham boʻlavermaydigan portlash-yonish xavfiga ega boʻlmagan joylarda joylashgan oʻrnatmadan 6 m dan keyingi bino yon devoriga oʻrnatilishi kerak.
Pol darajasi, shuningdek elektr joylardagi kabel kanallari uchlari 0,15 m dan kam boʻlmagan, V-1a sinfidagi portlash muhiti aralash joylarining poli darajasidan yuqori boʻlishi kerak.
Elektr joylar kafolatli havo tirgagi va bir soatda 8 ta joy hajmidan kam boʻlmagan havo almashinishi karraligini taʼminlaydigan tortuvchi ventilatsiyalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
249. Portlash-yonish xavfiga ega sexlar va STG komplekslari texnologik uskunalarida amaldagi qoidalar va meʼyorlarga muvofiq chaqmoqdan himoya va statistik elektrlikdan himoya koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
250. Elektr oʻrnatmalar va kuch elektr uskunalari uchun yerga ulovchi qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Ushbu qurilmalar imkoniyati boʻyicha chaqmoqdan himoyalash va statistik elektrlikdan himoyalash tizimlariga oʻxshash qurilmalar bilan almashtirilishi mumkin.
251. Kishilar doimo boʻladigan portlash-yonish xavfiga ega xonalar, shuningdek KOʻAiA boshqaruvi xonalari avariya va evakuatsiya yoritilishlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
252. STG kompleksi tashqi oʻrnatmalari elektr yoritilishi xizmat koʻrsatish zonalari boʻylab masofadan va joydan ulashlarga ega boʻlishi kerak.
253. Kompleks hududlari qoʻriqlash yoritishlariga ega boʻlishi kerak.
§ 10. Isitish, ventilatsiya va issiqlik yetkazib berishga talablar
254. Berilgan bobga talablar KMK 2.04.05-97 “Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari” va ushbu qoidalar talablarida oʻrnatiladi.
255. A toifasi joylari, elektr joylar, KOʻA va analizatorlar joylarida tortuv ventilatsiyalar bilan birgalikda havo isitgichlari qoʻllanilishi kerak.
Isitish tizimlari yuza qizdirilishi maksimal harorati sanitar meʼyorlar talablariga muvofiq loyihalarda oʻrnatiladi.
256. Isitish moslamalari shunday qurilishi va joylashishi kerakki, bunda qizdirish yuzalari tizimi changdan tozalansin va kuyish ehtimollaridan holi boʻlsin.
257. Barcha ishlab chiqarish xonalarida uzluksiz amaldagi tortuv mexanikali, tabiiy yoki aralash ventilatsiyalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
258. Katta miqdordagi portlash xavfli bugʻ va gazlar ajralishi mumkin boʻlgan portlash-yonish xavfiga ega ishlab chiqarish joylari uchun umumiy almashinuv va avariya ventilatsiyalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
259. Nasos va kompressorliklardan tashqari ishlab chiqarish joylarida avariya ventilatsiyalari doimiy faoliyatdagi mexanik ventilatsiyani hisobga olgan holda soatiga kamida 8-marta havo almashtirish bilan taʼminlashi kerak.
260. Nasos va kompressorlari joylarida avariya ventilatsiyalari doimiy faoliyatdagi mexanik umumiy almashinuv ventilatsiyasiga qoʻshimcha 8-marta havo almashtirish bilan taʼminlashi kerak.
261. Portlash-yonish xavfiga ega ishlab chiqarish joylari gazoanalizatorlar, chiqariladigan sanoat, joylarda portlash xavfi moddalari mavjudligi toʻgʻrisida xabar beruvchi yorugʻlik va tovush signalizatsiyalari qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
262. Signal beruvchi qurilmalar ushbu qurilmalar signali boʻyicha ishda avtomatik yoqiladigan avariya ventilatsiya oʻrnatmalari bilan blokirovkalangan boʻlishi kerak.
263. Ishlab chiqarish va boshqarish joylarida ventilatsiya tizimlar ishining toʻgʻriligi toʻgʻrisidagi signalizatsiyalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
264. Dahliz-darvozalarga havo yetkazib berilishidan tashqari, yongʻin holatlarida barcha ventilatsiya oʻrnatmalarning markazlashgan masofadan oʻchirilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Yongʻin oʻchirish avtomatik oʻrnatmalari bilan uskunalangan joylar uchun ventilatsiya tizimlari ushbu tizimlarning ishlab ketishida avtomatik ravishda oʻchiriladigan boʻlish kerak.
265. Ventilatsiya kameralari havo aylantiradigan boʻlishi kerak.
266. Ventilatsiya kameralari taʼmirlash, montaj qilish, demontaj ishlari va oʻrnatmalarni kyetkazib berish ishlari oʻtkazilishi uchun oson va erkin joylarda joylashgan boʻlishi kerak.
267. Barcha metall havo tortgichlar va tortish tizimi uskunalari yerga ulangan boʻlishi kerak.
268. Ventilatsiya tizimlarida bitta joydan boshqasiga havo yoʻllari boʻylab portlash-yonish xavfiga ega bugʻ va gazlar kirishi ehtimolidan holi chora va vositalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
269. Ventilatsiya tizimlari qurilish va montaj tugatilgandan keyin loyiha quvvatigacha rostlanishi kerak, bundan keyin ular foydalanishga beriladi.
270. Korxonalarda ventilatsiya tizimlarining toʻxtamasdan va avariyasiz ishlashi taʼminlanishi uchun tartib oʻrnatilgan boʻlishi, ventilatsiya tizimlari xizmat koʻrsatishi, ularning toʻxtatilishi va ulanishi, shuningdek ular ishining samaradorligi nazorati uchun shaxslar tayinlanishi kerak.
271. Ventilatsiya tizimlari loyihalar, qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda davlat standartlariga muvofiq bajarilgan boʻlishi kerak.
§ 11. Suv taʼminoti va kanalizatsiyalarga talablar
272. Suv taʼminoti va kanalizatsiyalar QMQ 2.04.01-98 “Ichki suv quvurlari va binolar kanalizatsiyalari”, QMQ 2.04.02-97 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, QMQ 2.04.03-96 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” talablari va ushbu qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak.
273. STG komplekslari suv taʼminoti quyidagi tizimlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
a) xoʻjalik-ichimlik;
b) aylanma suv taʼminoti (faqat AGTKSh uchun);
v) ishlab chiqarish-yongʻinga qarshi (faqat AGTKSh uchun).
274. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti tizimi tashib keltirilgan suvda tashkillashtirilishi mumkin.
275. Suvga portlash-yonish xavfiga ega bugʻ va gazlarning suvga kirishi ehtimoli boʻlganda aylanma suv taʼminoti tizimlari uchun texnologik apparatlarning chiqishida nazorat vositalari, shuningdek ushbu tizimlardan foydalanishda xavfsizlik choralari koʻrib chiqilishi kerak.
276. Suv taʼminoti tizimi rezervuarlarida suv bilan gidravlik sinov oʻtkazish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
277. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimi 8.2 bob talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
278. STG komplekslari quyidagi kanalizatsiya tizimlariga ega boʻlishi kerak:
a) maishiy;
b) ishlab chiqarish-yomgʻir yoʻli.
279. Ishlab chiqarish-yomgʻir yoʻli kanalizatsiyalari STG kompleksi hududlaridan (tashqi texnologik oʻrnatmalarning bino va inshootlaridan) yomgʻir suvlari qabul qilinishi, shuningdek yongʻinda rezervuarlarni sovutish uchun suv bilan taʼminlashi kerak.
280. Ishlab chiqarish-yomgʻir yoʻli kanalizatsiyalari tarmoq va inshootlarining oʻtkazish qobiliyati ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda quyidagi hisoblangan tashlamalarning oqova suvlari qabulida hisoblangan boʻlishi kerak:
a) STG kompleksi hududlaridan yomgʻir suvlari;
b) yongʻin paytida STG rezervuarlarining sovutilishi.
281. STG kompleksi ishlab chiqarish-yomgʻir yoʻli kanalizatsiyalari 250 mm dan kam boʻlmagan balandlikdagi gidroqulflar orqali kanalizatsiyalarning magistral tarmoqlariga ulangan boʻlishi kerak.
282. Relyefning muvofiq tashkillarida kompleks hududlari chegaralarida oʻz-oʻzidan oqish, yongʻin oʻchirishda maydonlarga kirib keladigan suv va yomgʻir suvlarini eltib qoʻyishlarga yoʻl qoʻyiladi.
283. STG kompleksi suv oʻtkazish va kanalizatsiya quduqlarida ikkitadan qopqoq koʻzda tutilgan boʻlishi kerak, qopqoqlar oʻrtasidagi boʻshliqqa 0,15 m dan kam boʻlmagan qatlamda qum sepilgan boʻlishi yoki quduqlarga gaz kirishi ehtimolidan holi boʻlgan boshqa materiallar bilan zichlanishi kerak.
284. Kompleks kriogen zonalarida vodoprovod, kanalizatsiya va boshqa quduqlar koʻrib chiqilishi taqiqlanadi.
285. STG kompleksi hududlarida issiqlik tarmoqlari quvurlari yerga ulangan boʻlishi kerak. Yer osti qistirmasiga alohida uchastkalarda yer usti qistirmasini amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
286. Saqlash tizimi rezervuar parklari ishlab chiqarish-yomgʻir yoʻli kanalizatsiyalari magistral tarmoqlariga mustaqil ulanishga ega boʻlishi kerak.
287. Kanalizatsiyaga STG tashlanishi taqiqlanadi.
288. Gidroqulfli quduqlar binolar tashqarisiga, tashqi maydonlar texnologik uskunalari ostiga va rezervuarlar obvalovka tashqarisiga joylashtirilishi kerak.
VII bob. FOYDALANISh VA TAʼMIRLASh
§ 12. Umumiy talablar
289. Barcha uskunalardan foydalanish, ularning taʼmirlanishi va xizmat qilishi ishlab chiqaruvchi zavod uskunalari pasporti talablariga rioya qilgan ravishda “Gaz xoʻjaligida texnikaviy foydalanish va mehnat xavfsizligi qoidalari” ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
290. Rezervuarlarni yogʻsizlantirish ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
291. Uskuna va quvurlarning foydalanishga kiritilishi, texnikaviy xizmat tartibi, texnikaviy xizmat koʻrsatish va ularni parvarishlash korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Yoʻriqnomalarda texnologik ishlar bajarilishi xavfsizligi boʻyicha talablar, operatsiyalar, texnika va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari, korxonaning ichki tartibi qoidalari bayon qilingan boʻlishi kerak.
292. Uskunalardan malakaviy texnik foydalanishni tashkillashtirish uchun apparatlar ishi, taʼmirga toʻxtash hisobi oʻrnatilgan boʻlishi, barcha oʻrnatilgan koʻrsatkichlar maxsus jurnalga kiritilgan boʻlishi zarur.
293. Ish joylarida quvurlarni boʻyash uchun qabul qilingan ixtiyoriy ranglarda uskunalar, armaturalar va ularning raqamlari, nazorat nuqtalari va quvurlar koʻrsatilgan sxemalar boʻlishi kerak.
294. Apparatlar, moslamalar, armaturalar, quvurlar va boshqa uskunalardan foydalanish va texnikaviy xizmati xavfsizligi ularning holati, quvurlarning oʻz vaqtida tanlanma va toʻliq taftish oʻtkazilishi, oʻz vaqtida va sifatli taʼmirlanishi (quvurlarning kuzatilishi va taftish qilinishida, aniq hajmda), yoʻriqnomalarda oʻrnatilgan muddatlarda gidravlik va pnevmatik tekshiruv sinovlari kuzatilishi bilan aniqlanadi va eyilish choralari boʻyicha quvur oʻtkazmalarning barcha elementlari yangilanadi.
295. Xizmat qiluvchi shaxs foydalanish davrida quvurlar va quvurlarning boshqa elementlari tashqi yuzalari holatini doimo va yaxshilab kuzatib borish majburiyatini oladi. Bunda, alohida eʼtibor toʻgʻrilangan holatda boʻlishi kerak boʻlgan armaturalarga qaratiladi.
296. Tabiiy gaz oqishining eng xavfli joylari sanalgan sex ichi armaturalari, flanets ulanmalar va yogʻli zichlagichlarining holati tekshirish va kyetkazib berish yoʻllari bilan smenasiga kamida bir marta organoleptik ravishda tekshirilishi kerak. Gaz oqqan hollarda quvurlardan foydalanish qatʼiyan man qilinadi.
297. Ochiq holda qoʻyilgan quvurlarning tashqi kuzatuvi izolatsiya olinmasdan amalga oshirilishi mumkin. Quvurlar devori yoki payvandlangan choklari orqali gaz oqishi holatlari kuzatilsa, masʼul shaxs koʻrsatmasi boʻyicha izolatsiyaning qisman yoki butunlay olib tashlanishi kerak.
298. Ishlab chiqarish, rezervuarlar va boshqa obyektlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish tasdiqlangan texnikaviy hujjatlarga muvofiq olib borilishi kerak.
299. Tasdiqlangan texnikaviy hujjatlarga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishi kerak.
300. Texnologik reglamentlar, foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar va texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarda mumkin boʻlishi boʻlgan avariya holatlari ogohlantirishlari hamda yoʻq qilinishlari nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
301. Barcha uskunalar va quvurlar texnologik sxema boʻyicha bosim, diametr, raqam va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan jadvalchalarga ega boʻlishi kerak. Quvurlarga bevosita yozuvlar tushirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Izoh: Raqamlar mavjudligiga talablar ushbu qoidalar chiqishigacha boʻlgan uskunalarda tatbiq qilinmaydi.
302. Har bir obyektda shartli ranglarda bajarilgan apparatlar va quvurlar joylashishi va aloqasi sxemalari boʻlishi kerak.
303. Toʻgʻrilanmagan uskunalar, shuningdek kerakli nazorat-oʻlchash asboblari va saqlagich qurilmalar bilan jihozlanmagan uskunalardan foydalanish man qilinadi.
Bir-birini takrorlovchi qurilmalar yoʻqligida KOʻA, apparat va kommunikatsiyalarda ishlaydigan rostlovchi va boshqa qurilmalar olinishi va tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
304. Rezervuarlar va quvurlarga STG yetkazib berilishidan oldin ular puflangan boʻlishi kerak. Rezervuarning (quvurlar) gaz muhitida kislorod qoldiq miqdori 3 % umumiy hajmdan oshmasligi kerak.
305. Oqizish, namunalar tanlash va boshqa jarayonlar joylarining tabiiy gaz, azot metan aralashmalar va boshqa yonuvchan, portlash xavfiga ega va toksin gazlar bilan ifloslanish ehtimolidan holi boʻlishi kerak.
306. Oqimdagi puflash gazi tarkibi nazorati texnologik reglamentga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
307. Tabiiy gazli yoki avariya holatlaridagi tizimlar va agregatlar taʼmirlashga toʻxtatilishida texnika xavfsizligi va yongʻinga qarshi xavfsizlik boʻyicha texnologik reglament va yoʻriqnomalar koʻrsatkichlariga qatʼiy rioya qilinadi.
308. Barcha uskunalar amaldagi qoidalarga muvofiq puxtalik bilan yerga ulangan boʻlishi kerak.
309. Avtomatik rostlagichlar, KOʻA, ishlab chiqarish signalizatsiyalari va masofadan boshqarishga ularning xavfsiz va toʻxtamasdan ishlashini taʼminlaydigan har smenada nazorat oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
310. Nazorat-oʻlchash asboblari oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda davlat qiyosloviga joʻnatilishi kerak.
311. Barcha saqlagich klapanlar oʻrnatilishi va foydalanishga chiqarilishidan oldin saqlagich qurilmalardan foydalanish va montaj qilish texnikaviy shartlari boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq taftish qilinishi va sinovga tayyorlanishi kerak.
Klapan ochilishida ishlash va boshlangʻich bosim rostlanishiga saqlagich klapanlar sinovi olib boriladigan bosimning oʻlchamlarini silliq rostlash bilan taʼminlaydigan maxsus stendlarda oʻtkazilishi kerak.
Klapanlar sinovida quyidagilar tekshiriladi:
a) klapan ochilishi boshlangʻich bosimi;
b) toʻliq yurishda klapan koʻtarilishi;
v) koʻtarilishda klapan oldi bosimi;
g) ishlab ketgandan keyin klapan zichligi;
d) klapan qoʻndirilgandan keyin bosim oʻlchami.
Klapan ochilishi paytini aniqlash uchun nazorat muhiti sifatida azot, havo yoki tabiiy gaz qoʻllanilishi kerak.
Klapan ochilishi paytini aniqlash uchun qoʻllaniladigan nazorat muhitlari toza, mexanik va kimyoviy iflosliklarsiz boʻlishi kerak.
Saqlagich klapanlarning taʼmirlanishi va taftish qilinishi grafigi korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
312. Barcha uziluvchi qurilmalar toʻliq toʻgʻrilangan holda tashkil qilinishi va suyultirish agregatlari, STGli tizim, toʻldirgichli va sarfli quvurlarning tez va ishonchli uzilishi bilan taʼminlanishi kerak.
313. Suyultirish agregatlari, quvurlar va suyuq hamda gazsimon tabiiy gaz tizimlarining xizmat koʻrsatishida uchqun paydo boʻlishi ehtimolidan holi uchqun xavfisiz asboblar va maxsus kiyimlar qoʻllanilishi kerak.
314. Saqlagich klapanlar taftishi quyidagilarda oʻtkazilishi kerak: uzluksiz harakatdagi oʻrnatmalarning barcha apparatlarida; taʼmirga agregatlarning har bir toʻxtashida, yiliga kamida bir marta.
Saqlagich klapanlar taftishi, taʼmiri va rostlanishida mexanik, taʼmirlash va rostlash boʻyicha usta, shuningdek klapanlarni rostlagan chilangar tomonidan dalolatnoma tuzilgan boʻlishi kerak. Klapanlar taʼmiri va rostlanishi tugatilishi boʻyicha klapan pasportida belgi qoʻyilib, tamgʻalanishi kerak. Pasport yonida klapanlarning taftishi va rostlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar saqlanishi kerak.
315. Uskunalar va quvurlarning xizmat koʻrsatishida smenalar boʻyicha apparatlar va quvurlar yetkazib berishlari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Barcha olingan nuqsonlar smena almashinishi jurnaliga kiritilishi va ularning toʻgʻrilanishi boʻyicha zudlik bilan choralar qabul qilinishi kerak.
316. Transport rezervuarlariga yuklanadigan STGning har bir toʻpi mahsulotning sifati va toʻplarning tarkib miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan pasport, shuningdek maʼlumotlar toʻldirish jurnali (zavod raqami, taralar massasi, netto, brutto, quyilgan STG massasi, taralar muddati) bilan uzatiladi.
§ 13. Montaj va ishga tushirish
Umumiy qoidalar
317. Uskunalarni montaj qilish va ishga tushirish boʻyicha ishlar ishlab chiqarish loyihalariga muvofiq tashkillashtirilishi va oʻtkazilishi kerak.
318. Qurilish va rekonstruksiya tugatilgandan keyin, gaz quvurlar va gaz uskunalarini foydalanishga qabul qilish, shuningdek, toʻla taʼmirdan keyin, alohida inshootlarning foydalanishga qabul qilinishi, tugatilgan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish savollari boʻyicha “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan tasdiqlangan “Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari” talablariga rioya qilgan ravishda amalga oshiriladi.
319. Montajdan oldin ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan tamgʻalangan saqlagich klapanlar stendda tekshirilgan va rostlangan boʻlishi kerak.
320. STG komplekslarining foydalanishga kiritilishi boʻyicha ishga tushirish ishlari asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
a) uskunalar, armaturalar, moslamalarning toʻgʻriligini tashqi kyetkazib berish va aniqlash
b) gazning portlash xavfiga ega konsentratsiyalari signalizatorlari ishlashini tekshirish;
v) rezervuarlar va gaz oʻtkazmalarni puflash (inert gazi bilan);
g) nazorat-oʻlchash moslamalari ishini tekshirish;
d) tabiiy gaz quritilishi va tozalanishi tizimini tekshirish.
321. Montaj va ishga tushirishdan oldin barcha apparat va idishlar kuzatilgan, konservatsiyalangan va mustahkamlik hamda zichlik pnevmatik sinovlariga qoʻyilgan boʻlishi kerak. Bunda, koʻrsatilgan sinovlar oʻtkazilishining kafolatli xavfsizligiga choralar qabul qilingan boʻlishi kerak.
Agar qandaydir apparat yoki idish transportda tashishda (yuk tushirilishida) zararlangan boʻlsa, u holda ishlab chiqaruvchi korxona yoʻriqnomasi yoki “Sanoatkontexnazorat” DI qoidalariga muvofiq texnikaviy shahodatlanishdan oʻtishi kerak.
322. Montaj ishlari va sinov oʻtkazilishining tugashi boʻyicha tayyorlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilishi kerak.
323. Ishga tushirish ishlari vaqtida barcha texnologik operatsiyalar yakuniy ishlab chiqiladi, bundan keyin, zarur boʻlganda, ishlab chiqarish (texnologik) yoʻriqnomalari, shuningdek mehnat muhofazasi (xavfsizligi) yoʻriqnomalariga muvofiq tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritiladi. Ishga tushirish ishlari boshlanishi va tugashidan oldin barcha xizmat qiluvchi shaxslar boʻlim rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriqdan oʻtkaziladi.
Yoʻl-yoʻriqning turlari va ularni oʻtkazish tartiblari GOST 12.0.004-90 ga muvofiq tanlanadi.
324. STG komplekslarining foydalanishga kiritilishi boʻyicha ishga tushirish ishlari oʻtkazilishi davrida ularning oʻtkazilishi xavfsizligiga masʼul qilib ishga tushirish brigadasi rahbari hisoblanadi va barcha ishlar faqat uning koʻrsatmasiga binoan bajariladi.
Montaj va quvurlarning ishga tushirilishi
325. Tabiiy gaz uchun moʻljallangan STG komplekslarining yuqori va past bosimli quvurlari montaj qilinishi va payvandlanishi “Uskunalar va texnologik quvurlardan foydalanishning xavfsizlik qoidalari” va QMQ 3.06.08-97 talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
326. Montaj tugatilgandan keyin TG uchun barcha quvurlar tashqi kuzatuvdan oʻtkazilishi va mustahkamlik hamda zichlik sinovlariga qoʻyilishi kerak.
327. Sinov bosimlarining sinov turlari va oʻlchamlari har bir gaz oʻtkazma uchun loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Tabiiy gazni suyultirish qurilmalarining montaji
328. TGni suyultirish qurilmasi montaji ishlab chiqaruvchi zavod texnikaviy shartlari va ushbu qoidalar talablari boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
329. Montaj texnologiyasi boʻyicha quvurlar alohida sinalmasligi kerak, suyultirish bloki apparatlari bilan birgalikda ishchi bosimda azot (havo) bilan sinaladi. Quvurlarning gidrosinovi faqat TG suyultirilishi bloki tashqarisida amalga oshirilishi kerak.
330. TGni suyultirish qurilmasi montaji tugatilgandan keyin barcha apparat va quvurlar, impuls liniyalarida yaxshilab puflash amalga oshirilishi, shuningdek barcha nazorat-oʻlchash apparatlari va boshqa moslamalar tekshirilishi kerak. Tabiiy gaz bilan zichlik sinovidan oldin oldindan apparat va quvurlarning inert gazi bilan ularning atmosfera kislorodida 3 % hajmi qoldiq tarkibigacha ichki yuzalarini (polostlarini) puflash amalga oshirilishi kerak.
331. TGni suyultirish qurilmasining zichlik sinovida barcha armaturalar boʻyicha zichligi va ishi tekshiruvi amalga oshirilishi kerak.
332. TGni suyultirish qurilmasining zichlik, qayta toklanish, issiq va sovuq presslanishlar sinovi ishlab chiqaruvchi zavod texnikaviy shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Montaj va sinov natijalari buyurtmachi texnikaviy xizmat koʻrsatish mutaxassislari ishtirokida ushbu ishlarni olib boruvchi tashkilotlar dalolatnomalari bilan bajarilishi kerak.
STG saqlanishi, uzatilishi va gazlashtirilishi tizimlari montaji
333. Montajdan oldin quyidagilar tekshirilishi kerak:
a) uskunalarning butligi va hujjatlarga muvofiqligi;
b) tiqinlar, plombalar va boshqalar mavjudligi;
v) transportda tashishda uskunalarning saqlanishi.
334. STG saqlanishi, uzatilishi va gazlashtirilishi tizimlari montaji ishlab chiqaruvchi zavod texnikaviy shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
§ 14. Mustahkamlik va zichlik tekshirilishi
335. STG kompleksining barcha uskunalari foydalanish uchun ishga tushirilishgacha mustahkamlik va zichlik sinovidan oʻtkaziladi.
336. STG tizimining barcha ajratgich ulanmalari uzellar va quvurlarni taʼmirlash yoki almashtirish ishlari bilan bogʻliq ishlar tugatilganidan keyin inert gazi bilan ishchi bosimida zichlik tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak.
337. Oqish joylar ajratilishi oqim qidirgich yoki sovunli qorishma yordamida amalga oshirilishi mumkin.
§ 15. Qizdirilish, uskunalar va armaturalarning puflanishi
338. Saqlash tizimi qizdirilishi atrof-muhit haroratiga yaqin haroratgacha oʻtkaziladi, aralashmalar toʻplanishi va yoʻq qilinishi nazorati oʻtkazilishi, rezervuarlar izolatsion boʻshligʻida vakuum tiklanishi va ularning saqlash tizimi rezervuarlari taʼmiri imkoniyatini taʼminlash uchun amalga oshiriladi.
339. Rezervuar izolatsion boʻshliqlarida vakuum tiklanishi uchun qizdirish davriyligi rezervuarlar foydalanish hujjatlarida oʻrnatiladi.
340. Rezervuarlar atrof-muhitdan uskunalarga issiqlik oqimi hisobida tabiiy yoʻl kabi, issiqlik gazi bilan puflash orqali sunʼiy holda qizdirilishi mumkin.
341. Qizdirish vaqti chegaralanmagan hollar istisno etilganida, rezervuarlarni qizdirish sunʼiy yoʻlda oʻtkaziladi.
342. Uskunalarda gaz muhiti tahlillari natijalari qizdirish va puflanishdan keyin jarayonlar amalga oshirilgan rezervuar bosimi va idishlar ichki harorati koʻrsatilgan holda rezervuarlar ishchi jurnaliga kiritilishi kerak.
§ 16. Uskunalar taʼmiri
343. Rejali taʼmirlarning barcha turlari korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejali-ogohlantirish ishlari jadvaliga muvofiq qatʼiy amalga oshirilishi kerak.
344. Agregat yoki kommunikatsiyalar taʼmiri boshlanishi yoki tugashi toʻgʻrisidagi farmoyishlar STG kompleksi boʻyicha farmoyishlar jurnali toʻplamiga boshliq tomonidan yozilishi kerak. Apparatlar, mashinalar va quvurlar ulanishi “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan tasdiqlangan “Gaz xavfi ishlarining xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha namunaviy yoʻriqnomalar”ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Taʼmirga qoldirilgan uskunalarning boshqa ishlab chiqarishlarga texnologik bogʻliq holatlarda, uning taʼmirga toʻxtatilishi oʻzaro bogʻliq ishlab chiqarishga yozma ravishda bayon qilinishi kerak.
345. Taʼmirdan keyin (tizimdan echilgan holda) apparatlar va quvurlar uchun barcha qulf moslamalari va armaturalari stendda gidravlik bosim bilan mexanik mustahkamlik sinoviga va suyultirilgan inert gazi (azot) bosimida zichlik sinoviga qoʻyiladi.
346. Oʻrnatmalar joyida armaturalarni tekshirish apparat va quvurlar bilan bir vaqtning oʻzida tekshirish bilan amalga oshirilishi kerak.
347. Uskunalarni tekshiruv, taʼmirga tayyorlash va ularning oʻtkazilishi ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
348. Texnologik uskunalarning (rezervuarlar va quvurlar) montaji (demontaj) bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar, faqat uskunalarni STGdan boʻshatgandan keyingina, uning qizdirilishi ijobiy haroratgacha va inert gazi bilan puflab oʻtkazilishiga ruxsat etiladi.
Izoh: STG saqlash tizimi ombori bilan bogʻliq boʻlmagan texnologik uskunalarni taʼmirlashda (agar u STG kompleksi tarkibida boʻlsa) rezervuarni muvofiq kommunikatsiyalar standart titsinlari oʻrnatmasi shartlarida va xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda suyultirilgan tabiiy gazdan olib tashlamaslikka ruxsat etiladi.
349. Ochiq oʻt qoʻllanilgan holda uskunalarni taʼmirlash “Portlash va yonish xavfiga ega obyektlarda oʻt bilan ishlash ishlarini tashkillashtirish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomalar” va ushbu qoidalarga muvofiq olib borilishi kerak.
350. Barcha uskunalarning rejali va toʻla taʼmirlanishiga uskunalar oʻrnatilishi STG dan olib tashlanishi, inert gazi bilan puflanishi va qizdirilishi kerak.
351. Uskunalar ishlab turgan vaqtda apparatlar, mashinalar, kommunikatsiyalar, armaturalar va boshqalarni taʼmirlash va nuqsonlarini toʻgʻrilash, shuningdek harakatdagi qismlarda ponalar mahkamlanishi va boltlar tortilishi taqiqlanadi. Uskunadan foydalanayotgan shaxsga uskuna ishlashdan toʻxtaganligi, tizim ishonchli oʻchirilganligi, unda ortiqcha bosim va yonuvchan gaz yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib taʼmirlash brigadasini uskunalar va kommunikatsiyalar taʼmiriga kiritish taqiqlanadi.
352. Mashinalar, apparatlar, rezervuarlar, kommunikatsiyalar va boshqalar tekshirilgan holda foydalanishga qabul qilinishi kerak.
353. Texnologik sxemalar (kuzatuv va tajriba ishlaridan holi) oʻzgarishi yoki boshqa sabablar boʻyicha doimiy qabul qilingan natijalarda texnologik jarayonlar oʻtkazilishida qoʻllanilmaydigan barcha quvurlar va armaturalar demontaj qilingan boʻlishi kerak.
354. A va B portlash xavfidagi ishlab chiqarishlaridan qoʻllaniladigan, gʻildiraklar, zinalar va moslamalarda harakatlanuvchi aravachalar gʻildiraklari mis gardishlar yoki rezina shinalarga ega boʻlishi kerak. Tutashuvchi detallar uchqunlanmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
355. Portlash, yonish va gaz xavfidagi barcha ishlab chiqarishlarda oʻchirilgan tortuv ventilatsiya tizimlarida ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
356. Agregatning (alohida apparat) yigʻilishi yoki ochilishi ichki kuzatuv, taʼmirlash yoki boshqa operatsiyalarda uni ishlab chiqarish mahsulotlaridan boʻshatilgandagina va koʻrinadigan quyruqli tiqinlarni bosim manbai boʻlgan agregatlar yoki boshqa agregatlar bilan ulangan quvurlardan uzilgandagina amalga oshiriladi. Agregatdagi (apparat) mahsulotga bogʻliq holda u ochilishidan oldin inert gazi yoki oʻtkir suv bugʻi bilan puflanishi, kerak boʻlsa suvda yuvilishi va toza havo bilan puflanishi kerak. Uskunalarni taʼmirga tayyorlash tartibi korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarda oʻrnatiladi.
357. Agar ishlab chiqarish shartlari boʻyicha tiqinlar oʻrnatmasi bilan agregatlarning qisman uzilishi talab qilinsa, ularning oʻrnatilish joyi loyihalarda aniqlanishi kerak, bunda ularga erkin yondashish va tiqinlar oʻrnatilishi (echilishi) boʻyicha qulay ishlash sharoitlari bilan taʼminlaydigan ishchi maydon koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
358. TG kommunikatsiyalariga tiqinlarni oʻrnatishdan (echish) oldin quvurlar va apparatlardagi ishchi muhit bosimini chiqarib tashlash va ularni inert gazi bilan puflash kerak. Tiqinlar oʻrnatilishi (echilishi) maʼmuriyat tomonidan tayinlangan masʼul shaxs ishtirokida amalga oshirilishi va tiqinni oʻrnatgan (echgan) shaxs imzosi bilan jurnalga qayd qilinishi kerak. Barcha tiqinlar raqamlanishi va aniq bosimda hisoblangan boʻlishi kerak. Tiqinda hisoblangan raqam va bosim uning quyrugʻida urib chiqarilishi kerak.
359. Qulf organlari va tiqinlar oʻrtasidagi zichlik nazorati uchun gaz chiqarib yuborish qurilmasi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
360. Atmosferaga toʻgʻridan toʻgʻri ulanishga ega boʻlgan gaz chiqarish qurilmalari mavjudligida keyinchalik oʻrnatilgan qulflash organlari bilan ikkita apparat bosimi manbalaridan uzish amalga oshiriladi. Bunday hollarda, zulfinlar yuritmalari, ventillar va ochiq drenajlar qulfda yopilishda zulfinlar zichligining boʻshashishi imkoniyatidan holi boʻlgan tarzda qulf bilan berkilgan boʻlishi kerak. Qulf kaliti maxsus vakil shaxsda saqlanishi kerak.
361. Apparatlar, idishlar va boshqa shunga oʻxshash uskunalar ichidagi ishlar “Gaz xavfidagi ishlarning xavfsiz tashkillashtirilishi boʻyicha namunaviy yoʻriqnomalar” ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
§ 17. STG komplekslarini konservatsiyalash va yoʻq qilish
362. STG komplekslarining vaqtinchalik konservatsiyalanishi va yoʻq qilinishi quyidagi hollarda nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
a) texnikaviy daraja zamonaviy talablarga javob bermasa;
b) STG kompleksi faoliyatida kiritish uchun toʻla qoʻyish taʼminlanishi mumkin boʻlmagan hollarda.
363. STG komplekslarini konservatsiyalash toʻgʻrisidagi qaror qoidaga koʻra, rejalashtirilgan yilga toʻla qurilish rejasi bilan bir vaqtning oʻzida tasdiqlanib qabul qilinadi.
364. STG komplekslarini konservatsiyalash toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror asosida qurilish konservatsiyasi toʻgʻrisidagi buyruq tatbiq qilinadi, bunda komplekslarni qurilishi bilan toʻxtatilgan konservatsiyalash boʻyicha ishlarni olib borish va asbob-uskunalarni, konstruksiyalarni va materiallarning saqlanishini taʼminlash uchun kerak boʻlgan hujjatlarni ishlab chiqish muddatlari belgilanadi, shuningdek ushbu obyektlarni, asbob-uskunalarni, materiallarni saqlanishiga javobgar boʻlgan tashkilotlar aniqlanadi.
365. Buyurtmachi va pudratchi qurilish konservatsiyasi toʻgʻrisidagi buyruq asosida bir oy muddatda quyidagilarni tuzadilar:
a) boshqa obyektlar qurilishida konservatsiya va yetkazib berishga tegishli uskunalar, konstruksiyalar va materiallar vedemostlar ilovasi bilan obyektlarda bajarilgan ishlar hajmi smeta hisobi koʻrsatilgan holda qurilish toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
b) konservatsiyalangan komplekslar va ularning konstruktiv elementlari, taʼmirlanmaydigan uskunalar, konstruksiyalar va foydalanilmaydigan materiallar saqlanishini taʼminlash uchun kerak ishlar va xarjlar roʻyxati.
Koʻrsatilgan roʻyxat loyiha tashkilotlari tomonidan tuziladi.
366. STG kompleksi, konservatsiyadan keyin yangilanadigan qurilish buyurtmachi tomonidan yetkazib berish kunida texnikaviy holat koʻrsatilgan akt boʻyicha pudratchiga uzatiladi.
VIII Bob. MEHNAT MUHOFAZASI, YoNGʻIN XAVFSIZLIGI, ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
§ 1. Mehnat muhofazasi
367. Ishlab chiqarish joylari, maʼmuriy-xoʻjalik, maishiy belgilanishdagi, texnologik obyektlar va xavfli zonalar chegaralaridagi hududlarda odamlarning doimiy yoki vaqtinchalik boʻlish joylari texnologik obyektda avariya toʻxtatilishi toʻgʻrisida samarali xabar beruvchi tizim bilan taʼminlanishi kerak.
Avariyalarni tugatish rejalari avariyani bartaraf qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan kishilarni xavfsiz joylarga chiqarish boʻyicha choralar nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
368. Apparatlar va uskunalar taʼmiri oʻtkazilishi uchun amaldagi ishlab chiqarishda STG kompleksi texnikaviy rahbari tomonidan tasdiqlangan qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrib chiqiladi.
369. STG qabul qilinishi va chiqarilishi boʻyicha operatsiyalar kunning yorugʻ paytida yoki ish zonalarida yetarlicha joy yoritilishida amalga oshirilishi kerak. Bunda, barcha transport vositalari, quyish qurilmalari va quvurlar yerga ulangan boʻlishi, avtomashinalar dvigatellari oʻchirilgan boʻlishi, muvofiq ogohlantirish belgilari osilgan boʻlishi hamda barcha talab qilingan xavfsizlik choralari qabul qilingan boʻlishi kerak.
370. Portlash-yonish xavfiga ega bugʻ va gazlar oqishi mumkin boʻlgan texnologik uskunalar, quvurlar, armaturalarda zichlik boʻyicha nazorat amalga oshirilishi kerak.
371. Ishlab chiqarish joylari va sanoat maydonlarida gaz yigʻilganligi nazorati signalizatsiyali va avariya ventilatsiyalari ulanishi gazoanalizatorlar vositalarida amalga oshirilishi kerak.
372. Ish zonalari havosi parametrlari GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
373. Xizmat qiluvchi shaxs maxsus kiyimlarda ishlashi, yakka tartibdagi va kollektiv himoya vositalarini ishda qoʻllashni bilishi kerak.
374. Texnologik uskunalar ichidagi ishlar maxsus topshiriq boʻyicha “Gaz xavfidagi ishlarni xavfsiz oʻtkazilishini tashkillashtirish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomalar” ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
375. Faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish xonalari yoki tashqi maydonlarida ochiq oʻtdan (payvandlash, kesish va boshqalar) foydalanilib, bajariladigan ishlar “Portlash va yonish xavfidagi obyektlarda oʻt ishlari oʻtkazilishining xavfsizligini tashkillashtirish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomalar” ga muvofiq boʻlishi kerak.
§ 2. Yonish-portlash xavfsizligi
376. Kompleksda STGni ishlab chiqarish, saqlash va joʻnatish boʻyicha “Sanoatkontexnazorat” DI tomonidan tasdiqlangan “Yongʻin xavfsizligi qoidalari”, meʼyoriy hujjatlar, shuningdek ushbu qoidalar talablariga muvofiq texnologik jarayonlar, binolar va inshootlar portlash-yonish xavfsizligini taʼminlaydigan tadbirlar nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
377. Yer yuzasiga quyilgan suyuq tabiiy gaz yonishida yongʻin oʻchogʻiga tabiiy gaz kirishiga ehtiyot choralari qoʻllanilib uning nazorat ostida yonishiga imkoniyat yaratilishi tavsiya qilinadi.
378. Yirik avariyali STGni toʻkilish holatlarida, qachonki TGning yongʻin oʻchogʻiga kirishini toʻxtatishning imkoniyati boʻlmasa, yonayotgan tabiiy gaz oʻchirilishi amalga oshiriladi. Bunday holatlarda, oʻrab turgan obyektning yonish oʻchogʻini (issiqlik nur tarqatishi, yonishning tarqalishi) bevosita taʼsiridan suvli sugʻorish bilan himoya qilish kerak.
379. STG kompleksi kriogen rezervuarlari yongʻinida issiqlik taʼsiridan himoyalash uchun suvda sugʻorish va barqaror lafet naylar (ikki yoki undan ortiq saqlash tizimlari mavjudligida) avtomatik oʻrnatmasi kerak.
380. Sugʻorish ariqlari turlari, soni va joylashtirilishi, shuningdek ularning ishlari (sugʻorish ariqlari oldidagi bosim, changitish jadalligi) himoyalovchi yuzalarning tekis sugʻorilishi va aralash rezervuarlar aylanmasi chegaralarida yonayotgan STG alangasi issiqlik taʼsirida rezervuar konstruksiyasida ishonchli issiqlik himoyasi sharoitlaridan kelib chiqqan holda loyihalarda aniqlanishi kerak.
Yonayotgan rezervuarlarni sugʻorish uchun suvli sovutish tizimlaridan foydalanish qatʼiyan man qilinadi, bunda suv kirishi quyiladigan STG bugʻlanishi va keyinchalik STG yonishi jadalligini kuchaytiradi.
381. Rezervuarlarning yon yuzalari sugʻorilishi halqali quvurlar ulanishi sxemasi qatoriga ikki yoki undan ortiq rezervuarni oʻrnatish uchun aralash rezervuarlar tomonidan aylana yarmida paydo boʻlgan rezervuar yon devorlari yuzasi qismlarining differensiyalangan sugʻorish imkoniyati bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
382. Suvda sugʻorish va lafet naylar (agar mavjud boʻlsa) avtomatik oʻrnatmasi suv taʼminoti manbalari boʻlib, yuqori bosimdagi yongʻinga qarshi halqali vodoprovod xizmat qilishi mumkin.
383. Yongʻinga qarshi vodoprovod tarmogʻidan suv sarflanishi 150 ga gacha qurish maydonidagi bitta yongʻindan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Qoʻshimcha tarzda sarfi 50l/s dan kam boʻlmagan koʻchma yongʻin texnikasi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
384. Rezervuarlar yoki sigʻim sugʻorilishi avtomatik oʻrnatmasida suv sarflanishi ular bilan aralash yonayotgan rezervuar yoki sigʻimning bir vaqtda sugʻorilishi sharoitlaridan kelib chiqib, qabul qilinishi kerak. Kriogen rezervuarlar yoki sigʻim sovutilishiga suv yetkazish jadalligida quyidagilar qabul qilinadi:
a) 1 m2 himoyalanadigan yuzaga 0,1 l/s — rezervuarlar yoki sigʻim yuzalari uchun;
b) 1 m2 himoyalanadigan yuzaga 0,5 l/s — funksional uskunalar joylashishi joylari uchun (saqlagich klapanlar, uziladigan armaturalar uzellari).
Sugʻorish avtomatik oʻrnatmalari rezervuarlari sovutilishining hisobli davomiyligi 75 minutda, qolgan uskunalarniki 60 minutda qabul qilinishi kerak.
385. Sugʻorishda avtomatik oʻrnatmasidan tashqari, masofadan pultli NOʻA va qoʻl yordamida ulanilishiga ega boʻlishi kerak.
Boshqaruv uzellari sigʻim uskunasidan yoki rezervuarlar oʻralishidan 10 m dan kam boʻlmagan masofada joylashishi kerak.
386. Barcha binolar, inshootlar, tashqi oʻrnatmalar, STG kompleksi omborlari yongʻin muhofazasini chaqirish uchun qoʻl yongʻin xabar bergichlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
387. Yongʻin deposi va postlari binolarining soni, joylashishi va jihozlanishi SNiP 11-89-80 va yongʻin xavfsizligi meʼyorlariga muvofiq aniqlanadi.
§ 3. Atrof muhit muhofazasi
388. STG ishlab chiqarilishi, saqlanishi va uzatilishi boʻyicha komplekslar loyihalanishi, qurilishi va ulardan foydalanishda amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq sanitar meʼyorlar talablariga rioya qilgan ravishda tabiat muhitini muhofaza qilish boʻyicha va tabiat resurslaridan foydalanish boʻyicha ratsional qoʻllash tadbirlari amalga oshirilishi kerak.
389. Loyihada quyidagilar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
a) tuproq-oʻsimlik qoplamlari muhofazasi va yer qurilishida buzilganlarni tiklash;
b) sanitar-himoya zonasi, hududlarni koʻkalamzorlashtirish;
v) aholi joylari atmosfera havosi yoʻl qoʻyilgan chegaraviy konsentratsiyasi aholi joylarida uglevodorod gazlaridan tarkib topgan ventilatsiya va texnologik chiqindilari sochilishini tashkillashtirish.
390. Har bir korxonada chiqindilar chegaraviy joylashtirilishi meʼyoriy loyihasi, atmosferaga chegaraviy yoʻl qoʻyilgan chiqindilar meʼyorlari loyihasi, chiqindilarning yoʻl qoʻyilgan chegaraviy meʼyorlari loyihasi, shuningdek ekologik pasport ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
391. GOST 17.4.2.01-81 ga muvofiq tuproq nazorati koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
392. Har bir STG kompleksi joylashtirilishida “Atrof-muhit muhofazasi” bobi toʻliq hajmda taqdim qilinishi kerak boʻlgan joylarga obyekt bogʻlanishi loyihalari ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
IX bob. YAKUNIY QOIDALAR
Mazkur magistral gaz quvurlarning gaz taqsimlash shoxobchalari va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida suyultirilgan tabiiy gazni ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishda xavfsizlik qoidalari — Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Oʻzbekiston Kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
“Oʻzbekneftegaz” MXK raisi N. AXMEDOV
