“Oʻzbekiston Respublikasida shaharda, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda umumiy foydalanishdagi avtomobil va elektr transportida hamda soatbay tashishlarda tashilgan yoʻlovchilar sonini va yoʻlovchilar aylanishini aniqlash toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1164-1-son)
14.04.2011
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1164-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 174-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-son “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 27-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2002-yil 24-iyuldagi 97i-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1164, 2002-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 15-16-son) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida shaharda, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda umumiy foydalanishdagi avtomobil va elektr transportida hamda soatbay tashishlarda tashilgan yoʻlovchilar sonini va yoʻlovchilar aylanishini aniqlash toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-mart,
52-son
